Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz


Flyuvial relef shakllari haqida ma’lumot bering?


Download 1.66 Mb.
bet57/69
Sana22.02.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1221304
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   69
Flyuvial relef shakllari haqida ma’lumot bering?
Yer yuzasi relyefini o'zgartirishda oqar suvlar muhim ahamiyatga ega. Vaqtincha va doimiy oqar suvlar ta’sirida vujudga kelgan relyef shakllari flyuvial (lotincha «flyuvios»-daryo oqizish, degan m a ’noni bildiradi) relyef shakllari deb ataladi. Oqar suvlar m a’lum energiyaga ega bo'lib, o ‘z yoMida uchragan togb jinslarini yemiradi, yemirgan jinslarni oqizib, quyi qismida cho‘ktiradi. Oqar suvlar bajardigan ishiga qarab 3 turga boMinadi: o ‘zanini yuvish (eroziya), yuvilgan jinslarni oqizib ketishi (transportirovka) va oqizib ketayotgan jinslarni cho'ktirib yotqizishi (akkumulyatsiya). Oqar suvlarning o ‘yish ishi eroziya (lotincha «erodo»-yuvilish) deyiladi. Eroziya jarayoni chuqurlashtirish eroziyasi va yon eroziyaga boMinadi. Chuqurlashtirish eroziyasi asosan qattiq jinslardan tarkib topgan va nishab hududlardan oquvchi daryolarda rivojlanadi. Nishab hududlardan oquvchi daryo tez va shiddat bilan oqqanligi uchun suv ostini yuvib, o'zanni chuqurlatadi. Chuqurlashtirish eroziyasi tufayli daryo qayirlari vujudga keladi.

Jar va balka tushunchalariga izoh yozing.
Jarlarning katta-kichikligi, ya'ni chuqurligi va uzunligi joyning balandligi va jinslar tarkibiga qarab turlicha boMadi. Jarlarning chuqurligi 10-20 m, ba’zan 80 m gacha boMadi. Uzunligi bir necha kilometrga yetishi mumkin. Ba‘zi hollarda jarlar juda tez o'sadi. O 'rta Rossiya qirlaridagi bir jarning 3 yilda 490 m o'sganligi hisobga olingan. Bu yerda bir kuchli jaladan keyin suv uzunligi 17 m va chuqurligi 35 sm chuqurlik hosil qilgani ham qayd etilgan. K.M.Mirzajonov ma’lumotga ko'ra Zarafshon vodiysida jarlarning o'sishi o'rta hisobda yiliga 3 m dan 26 m gacha, lyoss mavjud boMgan hududlarda 150 m o'sishi kuzatilgan. Vaqt o'tishi bilan jar tagi normal qiyalik profiliga yetadi. Shundan so'ng jarlarning chuqurlashuvi susayadi, denudatsiya jarayonlari kuchayib, jar yonbag'rining tikligi kamayadi. Natijada jar balkaga -yassi jarga aylanadi/' Balka - bu ham uzun cho'zilan botiq bo'lib, uning yonbagMrlari tik va o'simliklar bilan qoplangan bo'ladi. Demak, jar o'z rivojlanishi jarayonida asta-sekin balkaga aylanadi. Yakka jarlar hamma joyda bor. balka - yassi jar relyefi dasht va -dasht zonalarida keng, O rta Rossiya qirlari, Volgabo'yi qirlarida, Yuqori Ural oldida, Oltoy tog' oldilarida, AQSHning o'rta g'arbida, Kanadada keng tarqalgan.


Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling