Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz
Glyatsial relef shakllari haqida ma’lumot bering?
Download 1.66 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karlar, kamlar, ozlar, drumlinalar, zandralar tushunchalariga izoh bering.
Glyatsial relef shakllari haqida ma’lumot bering?
Yer yuzasi relyefini o'zgarishida muzliklar ham ishtirok etadi. Muzliklar (togMi hududlarda) harakat qilayotganda yo'lida uchragan tog‘ jinslarini surib, o ‘zi bilan ilashtirib ketadi va bu jarayonni ekzaratsiya (o ‘yib ketish) deyiladi. Muzliklar ishi tufayli turli - karalar, trog vodiylari, qo'y peshonalari, jingalak qoyalar, shxeralar, morena yotqiziqlari kabi ko'plab relyef shakllari vujudga keladi. Jingalak qoyalar - muz silliqlagan kristall jinslardan tarkib topgan pastroq qoyalar hamda tepalardir. Bunday qoya hamda tepalarning qiya va yassilari «qo'ypeshonalar» deyiladi. Ularning silliqlangan yuzasida muz hosil qilgan chandiqlar, harakatdagi muzga yopishib qolgan toshlar tirnagan chiziq va j o ‘yaklar ko'zga tashlanib turadi. Qoyatoshlarning bir tomoni qo'yning peshonasi kabi bo'rtgan holda silliqlanib, uning qarama-qarshi tomoni esa bir muncha tik holatda kuzatiladi. Dengiz yoki ko'ldagi jingalak qoyalar shxeralar deb ataluvchi sonsanoqsiz kichik toshloq orollar va sayozliklarni hosil qiladi. Eng tipik shxeralar Finlandiyaning janubiy qirg'oqlari bo'yidagi Aland arxipelagida rivojlangan. Muz eriganda unda g'o 'la toshlar, qum, qumoq va boshqa xil uvoq jinslar ajralib qolgan. Ular hududni deyarli yoppasiga qoplagan asosiy morenani hosil qiladi. Morena qirlardagina uchramaydi, chunki bunday yerlarda ular yuvilib ketadi. Karlar, kamlar, ozlar, drumlinalar, zandralar tushunchalariga izoh bering. Karlar - (shotland tilida corrie - ko'zasimon ) sovuq ta’sirida vujudga keladigan kavaksimon o'yilmalar bo'lib, ko'zaning og ‘ziga o'xshash, qush uyasini eslatuvchi botiqlardir. Karlarning devorlari tik, tub qismlari esa yotiq egarsimon. Karlarning tubida alohida ajralib turuvchi firn qoplamidan iborat muzliklar mavjud boladi, relikt tarzidagi karlar tubida esa kichik tog‘ ko'llari kuzatiladi. Relikt turdagi karlar hozir ham saqlanib qolgan bo'lib, qor chizig'idan quyi hududlarda uchraydi. Muzning yemirishlishi natijasida hosil bo'ladigan togborasimon vodiylar troglar (nemischa «trog» tog‘ora)deb ataladi. Muzlar tektonik vodiy bo'ylab pastga siljiganda har ikki yonbagMrni o ‘yib. surib tog'orasimon vodiy hosil qiladi. Shuning uchun trog vodiylarining asosiy qismi keng bo'lib. yonbag‘ri tik zinasimon shaklda rivojlanadi. Muz olib kelgan yotqiziqlardan hosil bo'lagan tepaliklar morena tepaliklari, y a ’ni kamlar deyiladi. 173 Ozlar - muzlarning yoriqlarida tcTplanib qolgan jinslarni erishi va olib keti 1 ishi natijasida hosil boMadi. Ularning uzunligi 30-40 km, kengligi o ‘nlab metrga yetishi mumkin. Drumlinalar - uzunligi 400 m dan 2500 m gacha boMgan tepaliklardir, ularning kengligi 150-400 m, balandligi 45 m gacha boMadi. Kelib chiqishi hali toMa aniqlanmagan. Zandralar - keng qum tekisliklari, muzdan oqib kelayotgan suvlarni yotqiziqlari natijasida hosil boMadi. Muzlik ta'sirida soliflyukatsiya, alaslar, bayjaraxlar hosil boMadi YonbagMrdan o 'ta nam tog4 jinslarini sekin-asta surilib tushishiga soliflyukatsiya deb ataladi. Yer ostidagi muzlarni erishi natijasida hosil boMadigan botiqlarni Yoqutistonda alaslar deb ataladi. Yoriqlardagi muzlarni erishi natijasida hosil boMadigan do'nglar bayjaraxlar deb ataladi Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling