Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz


Platformalar va ularning xususiyatlari haqida so‘zlab bering


Download 1,66 Mb.
bet67/69
Sana22.02.2023
Hajmi1,66 Mb.
#1221304
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69
Platformalar va ularning xususiyatlari haqida so‘zlab bering.

Hozirgi geosinklinal oblastlarga Tinch okeanning Kuril va Aleut orol lari joylashgan hududlar kiradi. Atlantika okeanida esa harakatdagi vulqonlar keng tarqalgan orollar kiradi. Uzoq kelajakda ko'p olimlarning taxmini bo'yicha geosinklinallar faoliyati to'xtaydi. Platformalardan kristall jinslardan iborat poydevor Yer yuzasiga chiqib, ochilib qolgan katta-katta maydonlar ajralib turadi. Bunday joylarni qalqonlar deyiladi. Qalqonlar odatda asta-sekin ko'tarilib boradi. Platforma poydevori ancha cho'kkan va ular cho'kindi jinslar bilan to'lgan joylar plitalar deb ataladi. Ular asta-sekin cho'kishda davom etmoqda. PI at form an ing turi i qismlarida turli xil foydali qazilmalar uchraydi. Platformalarning plitasida, y a ’ni cho'kindi jinslari orasida noruda qazilmalar uchraydi (tuzlar, toshko'mir, neft, tabiiy gaz, yonuvchi slaneslar), qurilish materiallari (oxaktosh, qumlar, gillar), ba'zan esa metali qazilmalar (boksitlar, marganets va temir rudalari) ham uchraydi. Platformaning poydevorida rudali foydali qazilmalar ko'p bo'ladi. Magmaning cho'kindi jinslar orasiga kirib kelishidan ham ko'pgina foydali qazilmalar hosil bo'lgan. Bular orasida noruda foydali qazilmalar (olmoslar, qimmatbaho toshlar va h.k.) ham bor. Yer po'sti tuzilishining xususiyatlaridan yana biri kontinental riftlardir. Ular geosinklinallarga o'xshab harakatchan bo'ladi, seysmiklik va vulqonizm yuqori darajada rivojlangan bo'ladi, uzoq masofalarga cho'zilgan va tor boMadi. Ikkalasini ham Yer po'stini gorizontal kengayishi natijasida vujudga keladi.

Eng qadimgi platformalarga misol keltiring.
Platformalar yoshiga qarab ham farqlanadi. Platformaning yoshi quyi qavat. ya'ni poydevor paydo bo'lgan davr bilan belgilanadi. Eng qadimgi platformalar tokemberiy, ya'ni arxey, proterozoy eralarida vujudga kelgan platformalardir. Ularga Sharqiy Yevropa, Sibir, Xitoy, Arabiston, Hindiston, Avstraliya, Afrika, Antarktida, Shimoliy Amerika va Janubiy Amerika platformalari kiradi. Qadimgi platformalar yoshiga qarab epiproterozoy platformalardir. Ularni atrofida esa epibaykal, epikaledon, epigersin platformalari joylashgan.

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling