Barchaga ma’lumki har qanday texnika foydali bo’lishi mumkin qachonki u tegishli sifatga EGA bolsa


Aylana turdagi detallarga ishlov berish t


Download 0.73 Mb.
bet2/6
Sana19.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1615023
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
hisobot- 3

Aylana turdagi detallarga ishlov berish tokarlik stanoklarida sirtlarning hosil qiluvchi chiziqlari iz va nusxa ko‘chirish usulida olish bilan amalga oshiriladi (1-rasm). Masalan, 1-rasm, a, b, v, g da yo‘naltiruvchi av lar iz usulida hosil qilinadi. Yasovchilar 1-rasm, a, g da o‘zgarmas radiusli aylana, 1- rasm, b, v da esa o‘zgaruvchan radiusli aylanadan iborat 1-rasm, d da yasovchi ade nusxa ko‘chirish usulida hosil qilinadi, yo‘naltiruvchi esa aylanadan iborat.
.


1- rasm. Yuzalarga ishlov berish sxemalari:
a — silindrik yuzaga; b — konussimon yuzaga; v — yon yuzaga; d — shakldor yuzaga ishlov berish sxemasi
Tokarlik stanoklarining turlari. Tokarlik stanoklarida aylanuvchi jismlarning tashqi, yon va ichki sirtlariga ishlov berish uchun asbob sifatida turli keskichlar: o‘tadigan, shakldor, rezba kesadigan, yon sirt kesadigan va kesib tushiradigan keskichlar ishlatiladi. Ichki sirtlarga ishlov berish uchun shuningdek parmalar, zenkerlar, razvertkalar va metchiklar ham ishlatiladi. Tokarlik stanoklarida turli shakldagi aylanuvchi jismlar: silindrik, konussimon, shakldor va rezbali buyumlarning tashqi, yon va ichki sirtlariga ishlov beriladi. Agar zagotovka chiviq shaklida bo‘lsa, detalni kesib tushirish ishi ham bajariladi. Tokarlik stanoklari tasniflash qoidalariga ko‘ra 1guruhga kiradi. Ularning turlari har xil ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Masalan, tokarlik-vintqirqish stanoklarining turi stanok markazlarininig balandligiga, tokarlik-revolverli avtomatlarning turi esa ishlov beriladigan chiviqning eng katta diametriga qarab aniqlanadi va h. k.

Dastgohning strukturaviy texnologik modelini ishlab chiqish


Qabul qilingan dastgoh prototipiga muvofiq loyihalanayotgan dastgoh uchun 1K62 rusumli dastgohning tuzilish sxemasi va koordinat tizimini qabul qilamiz. Loyixa dastgohi tuzilish sxemasi va koordinat tizimi quyidagi rasmda berilgan

Tokarlik dastgohining tuzilishi sxemasi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling