Bargsimon ko’rinishda forpress kunjarasini ekstraksiyaga tayyorlashning texnologik sxemasi (10. 1-rasm)
Soya urug’ini xom yanchilma ko’rinishida ekstraksiyaga tayyorlashning texnologiyasi
Download 246.23 Kb.
|
ahmadillo kursovoy
Soya urug’ini xom yanchilma ko’rinishida ekstraksiyaga tayyorlashning texnologiyasi. Xom yanchilmani ekstraksiya qilish texnologiyasi hozirgi paytda asosan kam moyli hom ashyoni qayta ishlashda ishlatiladi: soya, kashnich chiqindilari.
Soya qishloq xo’jaligi xom ashyolarining eng qimmat baho turlaridan biriga kiradi. Soya urug’uni tarkibida yuqori sifatli oziq-ovqat moyi, qimmat baho o’simlik oqsili, fosfatidlar va boshqa komponentlar bor. Soya moyi to’yinmagan yog’ kislotalar (olein, linol va linolen)ga boy. Ularning umumiy miqdori 80-85%ga yetadi. Soya moyining biologik qiymati boshqa moylarga ko’ra ancha yuqori. Fosfatid konsentrati soya moyidan olinadigan asosiy oziqa mahsulotlardan biridir. Moy ishlab chiqarishda moy tarkibiga o’tadigan fosfatid miqdori moy massasiga nisbatan 1,5-4,0%ni tashkil qiladi, bu boshqa moylarga nisbatan anchagina ko’pdir. Butun urug’larni, maydalangan yoki ezilgan urug’larni o’tkir bug’ bilan qisqa muddatli ishlovi fosfatidlarni moyga o’tishini 1,4-1,7 marta oshiradi. Soyani boshqa moyli urug’lardan farqi shundaki, uning tarkibida juda ko’p miqdorda oqsil bor (36-50%). Aminokislota tarkibiga qaraganda u iste’mol tomonidan to’la quvvatli hisoblanadi, chunki uning tarkibida hamma noyob aminokislotalar: lizin, leysin, metionin, valin, arginin, hamda odam va hayvonlar organizmida sintez qilinmaydigan boshqa moddalar bor. Soyadagi lizing miqdori bug’doy, makkajo’xori, guruchlarga qaraganda 10 marta ko’proq; triptofan bug’doyga qaraganda 9 marta ko’p. Soya urug’ini tarkibida suvda eriydigan oqsil miqdori 80-90%ni tashkil etadi. Buning hammasi shrotdan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishga imkon beradi. Masalan oziq-ovqat soya uni. Oziq-ovqat mahsulotlarida soya unini qo’shimcha sifatida ishlatilishi ularda bo’lgan noyob aminokislotalarni fiziologik qiymatini oshiradi, protein iste’moliga bo’lgan balans buzilganda boshqa aminokislotalarni hazm qilinishini oshiradi. Hozirgi vaqtda bir qator zavodlarda oziq-ovqat soya unini tayyorlash uchun, oziq-ovqat shroti ishlab chiqariladi. Soya urug’i tarkibidagi lipid va oqsilni analizi shuni ko’rsatadiki, uning yanchilmasini to’g’ridan-to’g’ri ekstraksiya qilish sxemasi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Issiqlikning kam miqdorda ta’sir qilishi uning moyini, fosfatid konsentratini sifatini yaxshilaydi va oqsil moddalarini kam miqdorda denaturasiya bo’lishini ta’minlaydi. Soya urug’ini qayta ishlashda asosiy texnologik yo’nalish, maxsus tayyorlangan yanchilmani benzin yoki geksan bilan moyini to’g’ridan-to’g’ri ekstraksiya qilish va yog’sizlangan materialdan oqsil komponentlarini ajratib olishdan iboratdir Soya urug’ini qobig’ida foydali moddalar miqdori mag’izidagiga qaraganda juda kam bo’lgani uchun qobiqni ajratib olib, omixta yem ishlab chiqarishda ishlatilishga tavsiya qilinadi. Bu o’z navbatida moyni sifatini oshiradi va fosfatid konsentratlarini rangini yaxshilaydi. Oziq-ovkat shrotini ishlab chiqarishda odatda yirik fraksiyali 5-6 mm diametrli urug’ ishlatiladi. Mayda fraksiyali urug’lar, shu jumladan sovuq urgan, pishmay qolgan urug’lar omixta yem shroti ishlab chiqarishda ishlatiladi. Soya urug’larini saqlashdan oldin fraksiyalash maqsadga muvofiq. Bu narsa shu bilan tushuntiriladiki, mayda urug’lar tez yomon bo’lib qoladi, shuning uchun ularni ajratib olinadi, saqlashga qo’yiladi va birinchi o’rinda qayta ishlanadi. Soya urug’ini qobig’ini yaxshi ajratish uchun qayta ishlashdan oldin uni namlash tavsiya qilinadi va mavxum qaynash qatlamida quritib olinadi. Bu, urug’ ichida katta kuchlanishga olib keladi, natijada qobig’ni mag’iz bilan bog’lanishi buziladi. Pishmagan, sovuq urgan urug’lardan omixta yem shroti olishda ularni qobig’i mag’iziga kirishib ketgan bo’ladi va ajralmaydi, sxemada uning ajralishi ko’zda tutilmaydi. Mayda (Ø < 5 mm), lekin sifati bo’yicha to’la sog’ urug’larini omixta yem shrotini olish uchun qayta ishlaganda qobig’ini ajratib olish operasiyalarini ko’rib o’tish maqsadga muvofiq. Soya urug’ini ekstraksiyaga tayyorlash sxemasi (1-sxema) bo’yicha soya urug’lari, elektromagnitdan o’tgandan keyin, oraliq saqlash bunkeriga uzatiladi. Bundan keyin ular qayta ferromagnetik qo’shimchalardan tozalashga o’tadi, tortilishdan o’tgach yirik mineral qo’shimchalardan tozalashga yuboriladi. Bu operasiya uchun toshdan tozalovchi uskunalar ishlatish tavsiya qilinadi. Ajratilgan chiqindi ishlab chiqarishdan chiqariladi, urug’lar namlash-bug’lash shnekiga yuboriladi, u yerda qisqa vaqtda namlash va bug’lash bilan qayta ishlanib namligi 14%gacha, harorati 60-70ºS yetkaziladi. Bundan keyin urug’lar rotasion quritgichga keladi, u yerda qizdirilgan havo bilan quritiladi. Quritgichni pastki seksiyasida urug’lar sovuq havo bilan sovitiladi. Ishlatilgan havo quritgichdan tozalashga yuboriladi. Maxsus uskunalarda urug’lar yuzidagi iflosliklardan tozalanadi. Shu yerni o’zida uskunani ustki qismiga ishqalanish natijasida urug’dan qobig’i (muchkasi) va kurtagi ajrashi mumkin, so’ngra mineral aralashmalar bilan birga ajratilishi uchun nazorat separatoriga kelib tushadi. Separatorda ajratilgan urug’lar tozalangan urug’lar oqimiga kelib tushadi, muchka, qobiq va kurtak – omixta yem shrot oqimiga, havo tozalagichga yuboriladi. Tozalangan urug’lar maydalanish uchun bir juftli riflili valsovkali uskunalarga kelib tushadi. Hosil bo’lgan maydalangan urug’ separatorlarga yoki yelpig’ichlarga boradi, bu yerda yarim chaqilma, qobiq, mag’iz, muchka va kurtak ajratiladi. Yarim chaqilma qayta maydalanishga yuboriladi, muchkani qobig’i va kurtak omixta yem shroti tizimiga yuboriladi. Mag’iz keyingi qayta ishlovga yuboriladi. Separatordan chiqqan ishlatilgan havo tozalagichga yuboriladi, u yerda qobig’ni mayda zarrachalari va moyli chang ushlab qolinadi va omixta yem shroti tizimiga yuboriladi. Maydalangan mag’iz namlash – bug’latish shnekiga yuboriladi, u yerda bug’ yordamida 80-90ºS gacha qizdiriladi va 15%gacha namlanadi, bundan keyin konditsiyalashga yuboriladi. Konditsiyalash uchun qasqonli qozonlar ishlatiladi. Qozonninig pastki qasqonida maydalangan urug’ni namligi 8,0-9,5%, harorati 60-70ºS bo’ladi. Shu usulda tayyorlangan mag’iz, elektromagnitdan o’tgandan keyin ikki juftli valsovkaga yanchilma tayyorlash uchun yuboriladi. Tayyor yanchilma ekstraksiya sexiga yuboriladi. Soya urug’ini omixta yem shroti ishlab chiqarish uchun ekstraksiyaga to’g’ridan-to’g’ri (2-sxema) tayyorlashda soya urug’i elektromagnit himoyasidan o’tgandan keyin, oraliq saqlash uchun lentali transportyorlar yordamida ishlab chiqarish bunkeriga uzatiladi. Bu yerdan ular tortishga, keyin bir juftlik valsovkaga maydalash uchun yuboriladi. Muchka, kurtak va qobig’ bilan maydalangan urug’ namlash-bug’lash shnekiga uzatiladi, bu yerda o’tkir bug’ bilan ishlanadi. Bundan keyin ular konditsiyalash uchun qasqonli qozonlarga kelib tushadi , bu yerda oziq-ovqat shrotiga o’xshash isitiladi va namlanadi. So’ngra maydalangan urug’lar yanchilish uchun ikkinchi juftli valsovkaga yuboriladi. Tayyor yanchilma ekstraksion sexga yuboriladi. Download 246.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling