Bargsimon ko’rinishda forpress kunjarasini ekstraksiyaga tayyorlashning texnologik sxemasi (10. 1-rasm)


O’simlik moylarini davriy va uzluksiz ishlaydigan qurilmalarda ekstraksiya qilish


Download 246.23 Kb.
bet4/13
Sana17.06.2023
Hajmi246.23 Kb.
#1531552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
ahmadillo kursovoy

O’simlik moylarini davriy va uzluksiz ishlaydigan qurilmalarda ekstraksiya qilish. Moyli mahsulotdan moyni ajratib olishda ekstraksiyalashning ikki xil usuli qo’llanilishi mumkin: tindirish usuli va asta-sekin yog’sizlantirish usuli.
Tindirish usulida yangi moyli material ustiga toza erituvchi quyiladi. Bir qancha vaqt o’tgach materialdagi moy erituvchiga o’tib, missella eritmasi hosil bo’ladi va u to’kib olinadi. So’ng, moysizlangan material ustiga yana toza erituvchi quyiladi. Bu jarayon materialda deyarli moy qolmaguniga qadar takrorlanadi. Dastlabki olingan missella yuqori konsentrasiyali, qolganlari esa past konsentrasiyali bo’ladi. Materialga ko’p marta toza erituvchi bilan ishlov berishda ko’p vaqt sarflanadi va olinadigan missella konsentrasiyasi past bo’ladi.
Asta-sekin yog’sizlantirish usulida toza erituvchi uzluksiz ravishda moyi ajratib olinayotgan materialga berib turiladi, konsentrlangan missella esa – yangi materialga beriladi. Bu usuldan foydalanish yuqori konsentrasiyali missella olish imkonini beradi va ekstraksiya vaqtini qisqarishiga olib keladi. Hozirgi kunda o’simlik moylari ishlab chiqarish sanoatida deyarli ushbu usul qo’llanib kelinmoqda. Bu usulda ishlovchi ekstraktorlar davriy va uzluksiz usulda ishlovchi turlarga bo’linadi.
Bizni mamlakatimizda va Rossiyada paxta chigiti va kungaboqar urug’ini qayta ishlashda uzoq vaqt “Keber” firmasining davriy ekstraktorlaridan foydalanib kelindi. Ekstraksiya sexlarida ishni uzluksiz olib borish maqsadida yetti, sakkiz va to’qqizta apparatdan iborat batareyali ekstraktorlardan foydalanildi. Qurilma asta-sekin yog’sizlantirish usulida ishlab keldi. Batareyali ekstraktorlar davriy qurilmalarga xos bo’lgan bir qator kamchiliklarga ega. Uzluksiz ishlovchi apparatlarda asta-sekin yog’sizlantirish usuli bilan ekstraksiyalashda quyidagilar kuzatiladi:
- qarama-qarshi oqimda harakatlanish prinsipi saqlanadi va jarayon bitta uskunada olib boriladi;
- sexdagi elektrodvigatel mashina va uskunalarni avtoblokirovkalash yo’li bilan ish havfsizligi oshiriladi;
- sexda barcha operasiyalar to’liq mexanizatsiyalashtirilgan va ularning ko’p qismi avtomatlashtirilgan bo’ladi;
- ishlab chiqarishda aylanma erituvchining miqdori sezilarli qisqaradi.
Hamma uzluksiz ishlaydigan ekstraktorlar asta-sekin yog’sizlantirish usulida ishlaydi.
Materialni harakatlanishi va ekstraktorning uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun har xil ko’rinishdagi ishchi qismlar – vertikal va gorizontal shneklardan foydalaniladi; tarelkalar yoki aylanuvchi valga yig’ilgan to’g’ri va qaytar to’rli voronkalar sistemasi; vertikal va qiya kovshli transportyorlar; gorizontal tekislikda harakatlanuvchi kameralar (savatlar); gorizontal lentali va lenta – ramali transportyorlar; qo’zg’almas zeyerli yoki ochiladigan (yig’ma) taglikli rotasion kameralar.

Download 246.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling