Bargsimon ko’rinishda forpress kunjarasini ekstraksiyaga tayyorlashning texnologik sxemasi (10. 1-rasm)


Download 246.23 Kb.
bet6/13
Sana17.06.2023
Hajmi246.23 Kb.
#1531552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
ahmadillo kursovoy

Ko’p marta purkash usuli bilan ekstraksiyalashda (perkolyasion) yog’ nisbatan qarama-qarshi oqim sharoitida ajratiladi, chunki bu yerda faqat erituvchi harakatlanadi, material esa qoida bo’yicha lenta, kovsh, rotor seksiyalari, korzinka va boshqa biror transport mexanizmida tinch holatda turadi.
Bu usulda ishlovchi ekstraktorlarning quyidagi afzalliklari mavjud: yuqori konsentrasiyali missella olinishi (25-35%), bu esa ekstraksiyalanadigan material va erituvchining miqdoriy nisbatini kamayishiga va missellani distillyatsiya qilishda issiqlik sarfining (bug’ning) kamayishiga olib keladi, olinayotgan missellaning ekstraksiyalanayotgan material qatlami orqali o’tishi tufayli yuqori darajada toza bo’lishi, ekstraktorning ixchamligi, balandligi yuqori emasligi.
Ko’p marta purkash usulida ishlaydigan ekstraktorlarning kamchiliklari quyidagilardan iborat: ekstraktorning geometrik hajmidan foydalanish koeffisiyentining kichikligi (45%dan yuqori emas) va uskuna ichida havo va erituvchi bug’lari aralashmasining portlovchi konsentrasiyasini hosil bo’lish imkonining mavjudligi, erituvchi va missellaning aylanish tizimini murakkabligi va nasoslar sonining ko’p bo’lishi, uskunani harakatga keltiruvchi moslama kinematik sxemasining murakkabligi.
Aralash usulda ekstraksiyalashda cho’ktirish va purkash usullari afzalliklaridan foydalaniladi. Cho’ktirish bosqichida to’g’ri oqimda harakatlanayotgan erituvchi maxsus uskunada ekstraksiyalanayotgan materialni ho’llanishi va aralashishini ta’minlaydi. Bu yog’ning asosiy qismini missellaga o’tishini tezlashtiradi. Tugal yog’sizlantirish boshqa uskunada olib borilib, bunda jarayon ekstraksiyalanayotgan materialni konsentrasiyasi past missella va toza erituvchi bilan bosqichma-bosqich yuvish orqali amalga oshiriladi. Bu bosqichda missella material qatlami orqali erkin yoki majburiy oqimda o’tib filtrlanadi. Bu usulda olingan missella yuqori darajada toza va yuqori konsentrasiyali bo’ladi.
Ekstraksiyalanayotgan materialni erituvchida cho’ktirish usuli bilan ishlovchi ekstraktorlar. Bu turdagi ekstraktorlar asosan ikki xil bo’ladi: vertikal shnekli va minorali ekstraktorlar. MDH da vertikal shnekli ekstraktorlarning asosan uch xil turi keng qo’llaniladi: ND-1000, ND-1250 va ND-1250M modellari. Bu uskunalarning barcha ishchi organlari bir xil, faqat korpusning ichki diametri har xil: 1000 va 1250 mm. Hozirgi kunda yog’-moy korxonalarida asosan ND-1250 ekstraktorlari eng ko’p tarqalgan ekstraktorlardir.
Modernizatsiya qilingan ND-1250 liniyasi birinchi bo’lib 1972-1973 yilda qurilgan zavodlarda joriy qilindi, bu esa zavodlarga quyidagi imkoniyatlarni berdi:

  • Sexning quvvati 18%gacha oshdi,

  • Elektrenergiya sarfi 10%gacha, erituvchi sarfi esa qayta ishlanayotgan urug’ga nisbatan, tonnasiga 1,5 kg ga kamaydi.

  • Ekstraksiya sexidagi mehnat unumdorligi 20%ga oshdi.


Download 246.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling