Bargsimon ko’rinishda forpress kunjarasini ekstraksiyaga tayyorlashning texnologik sxemasi (10. 1-rasm)


Ekstraksiya qurilmalarining umumiy sinflanishi


Download 246.23 Kb.
bet5/13
Sana17.06.2023
Hajmi246.23 Kb.
#1531552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
ahmadillo kursovoy

Ekstraksiya qurilmalarining umumiy sinflanishi. Ekstraktordagi moyli mahsulotni harakatlantiruvchi mexanizmlarning xilma-xilligi ularni konstruktiv belgilariga qarab sinflanishiga imkon bermaydi. Hozirgi vaqtda ekstraktorlar faqatgina ekstraksiyalanadigan mahsulot va erituvchining o’zaro ta’sirlashuvi – ekstraksiya usuliga qarab sinflanadi. Shunga ko’ra, ekstraktorlar uch turga bo’linadi:
1-ekstraksiyalanayotgan mahsulot va erituvchining harakat oqimlari qarama-qarshi bo’lgan, cho’ktirish usulida ishlaydigan ekstraktorlar;
2-qandaydir transport mexanizmida harakatlanayotgan moyli mahsulotga nisbiy qarama-qarshi oqimda erituvchini ko’p marta purkash usuli bilan ishlaydigan ekstraktorlar;
3-aralash usulda ishlaydigan ekstraktorlar, ya’ni ularda birinchi bosqichda sermoy mahsulotni konsentrlangan missella bilan ho’llanadi va ekstraksiyalanadi, ikkinchi tugal bosqichda esa mahsulotga missellani ko’p marta purkash yo’li bilan beriladi va oxirida toza erituvchi yordamida jarayon tugallanadi.
Cho’ktirish usuli bilan ekstraksiyalashda (immersion usul) moyni ajratib olish absolyut qarama-qarshi oqimda, bosqichlarsiz amalga oshiriladi. Shuning uchun bu usulda ekstraksiyalash yo’li uzunligi va ekstraksiyalanayotgan material va erituvchi miqdorining nisbati katta ahamiyatga ega.
Cho’ktirish usulida ishlovchi ekstraktorlar uchun quyidagi afzalliklar harakterli: tuzilishi oddiy va kam joy egallaydi; ularni geometrik hajmidan foydalanish koeffisiyenti yuqori (95-98%) va uskunada havo va erituvchi bug’larining portlashga havfli aralashmalarini hosil bo’lish imkoni juda kam;
Shular bilan bir qatorda bu usulda ishlaydigan ekstraktorlarda quyidagi kamchiliklar ham mavjud: olingan missella konsentrasiyasining pastligi (15-20%); material harakatlanayotganda uning strukturasini buzilishi va shu tufayli missellaning loyqalanib ketishi, bu esa o’z navbatida filtrlashni qiyinlashtiradi; uskunaning gabarit balandligining kattaligi; material zichligi oxirgi missella zichligidan kichik bo’lganda, uni missella bilan birga oqib chiqib ketish ehtimoli borligi;

Download 246.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling