Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun
Download 360.19 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- USHBU SONDA: USHBU SONDA: MUSTAQILLIK UFQLARI
- SALOMATLIK OLAMI Metabolitik sindrom .................................................................9 NAFOSAT
- MUSHTARIY MINBARI Cho‘qqilarni zabt etmoq orzusi ...............................................19 TUYG‘UDAGI YOG‘DULAR
- ODOBNOMA Go‘zal tarbiya – hayot mayog‘i ..............................................25 ILM-FAN UFQLARI
- TASHRIF Yangi yil kuni ........................................................................32 BIRINCHI BET: Yangi 2015-yilingiz
- Sog‘lom oila Sog‘lom avlod uchun | 12
- Oiladagi munosabatlarning turlari.
Barkamol avlod – Vatanning baxti SOG‘LOM AVLOD UCHUN Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal
“Sog‘lom avlod uchun” jurnali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 13-aprel 127-sonli qaroriga asosan “Maktabgacha tarbiya” jurnali negizida tashkil etilgan. 1996-yil yanvardan chiqa boshlagan. MUASSISLAR: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi JAMOATCHILIK KENGASHI: Svetlana INAMOVA Tatyana KARIMOVA Ulug‘bek INOYATOV Abdulla ORIPOV Gulnora YO‘LDOSHEVA BOSH MUHARRIR: Muftillo YUSUPOV TAHRIR HAY’ATI: Hidoyat OLIMOVA (mas’ul kotib) Shomirza TURDIMOV Sabohat MIRDJALILOVA Malohat A’ZAMOVA Manzilimiz: 100000. Toshkent shahri, Buyuk Turon ko‘chasi, 41. Telefon 233-18-92 (faks), 233-31-53. E-mail: jlsaumt@mail.ru www.jlsau.uz O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan 2007-yil 3-yanvarda 0102- tartib raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Jurnal maketi tahririyatning matbaa bo‘limida tayyorlandi. Bosilayotgan materiallardagi ma’lumotlar, dalil va raqamlarning to‘g‘riligi uchun mualliflar javobgardirlar. Tahririyat nuqtayi nazariga mos kelmagan maqolalar tahlil etilmaydi va egalariga qaytarilmaydi. Navbatchi muharrir: Nigina Nuriddinova Musahhih: Gulhayo Naimova Jurnalda M.Amin, M.Nurinboyev, B.Rizoqulov olgan suratlardan foydalanildi. Bosmaxonaga 2014-yil 23-dekabr kuni topshirildi. Ofset usulida chop etildi. Qog‘oz bichimi A-4. Qog‘oz hajmi 4,0 bosma taboq. Nashriyot hisobida 3,8 bosma taboq. Adadi 4833 nusxa. 1762-buyurtma. "SANO-STANDART" MCHJda chop etildi. 100069, Toshkent, Shiroq ko‘chasi, 100-uy.
Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2014 2 Mustaqillik ufqlari Dunyoning taniqli siyosiy arboblaridan biri Mahatma Gandi shunday yozgan edi: “Men uyimning deraza va eshiklarini mah- kam berkitib o‘tira olmayman. Chunki unga toza havo kirib turishi kerak. Va shu baro- barida eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo‘lib, xonadonimni ag‘dar- to‘n tar qilib, o‘zimni yiqitib tashlashini ham xohlamayman.” Bu falsafiy so‘zlar bugungi axborot xurujlari va yot g‘oyalarning mam- lakatlarda asrlar mobaynida shakllangan qadriyatlar, urf-odatlar, e’tiqod shakllari va ta’lim-tarbiya tizimiga salbiy ta’siri mohiya- tini ham aks ettiradi. Sanoati va texnologiyalari rivojlangan ja- miyatlarda kishilarning yanada to‘kin ha- yotga eri shishga bo‘lgan ko‘r-ko‘rona intili- shi ularning asl qadriyatlarga, jumladan, oila va nikohga, yoshlar tarbiyasiga bo‘lgan munosabatlarida keskin inqirozni keltirib chiqarmoqda. Bugun bu holat gedonistik psixologiyaning asosi deb baholanadi. Uning oqibati jamiyatda qator ijtimoiy muammo- larni keltirib chiqarayotganligi ochiq e’tirof etiladi. Gedonizmning ma’nosi shuki, shaxsning xulq-atvorida nimalardandir lazzatlanish, qoniqish va o‘zidagi ichki ruhiy iztiroblar- dan xoli bo‘lishga intilish ustuvor bo‘ladi. Aslida insonning to‘q va farovon hayotga intilishi, yaxshi yashashni xohlagani ayb emas, lekin bunday to‘kinlik insoniylik qoi- dalariga zid bo‘lmasligi kerak. So‘nggi yillarda insoniyat ong va shuuri- dagi o‘zgarishlar ba’zi bir Yevropa xalqlari- ning eng zarur va muhim qadriyatlarni oyoq osti qilishiga sabab bo‘lmoqda. Masa- lan, bu holat Yevropada tug‘ilayotgan bola- larning har uchtasidan bittasi nikohsiz tu- g‘ilayotganligi, tug‘ilishning keskin kamayib ketganligi, umuman ayollar o‘zidan zurriyot qoldirishni istamayotganligida, ijtimoiy ya- shash tarzi yax shi bo‘la turib farzand tu g‘i- lishi va uni tarbiyalashga sarflanadigan xa- rajatlardan qochayotganligida yaqqol namo- yon bo‘l moqda. Bunday salbiy munosabat bizning ayrim yosh larimizda ham kuzatilishi juda achinarli albatta va bunday illatlarning oldini olish u chun har bir shaxsda psixolo- gik himoya bo‘lishi zarur. Psixologik himo- yani hosil qilish uchun yoshlarda mustaqil fikr bo‘lishi lozim. Darhaqiqat, Prezidentimiz Islom Karimov: “Milliy g‘oya va istiqlol mafkurasi haqida gap borar ekan, biz nihoyatda keng qamrov- li, murakkab, serqirra, insoniyat tarixida aniq va mukammal ifodasi, tugal namunasi hali- hanuz yaratilmagan tushunchalarni o‘zimiz- ga tasavvur qilishimiz kerak, deb o‘ylayman. Bu tushunchalar Vatan ravnaqi, yurt tinchli- gi, xalq farovonligi kabi yuksak g‘oyalarning ma’no-mazmunini teran anglab yetishga xiz- mat qiladi. Bu mafkura xalqni xalq, millatni millat, uning sha’n-u sharafi, or-nomusi, i shonch-e’tiqodini ifodalaydigan, ja mi yati miz- ning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li, turmush tar zi, tub manfaatlariga tayangan holda mut- tasil rivojlanib, takomillashib boradigan g‘o - yalar tizimidir” deb ta’kidlaydilar. Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan 31 million aholining 60 foizidan ortig‘ini 30 yosh gacha bo‘lgan yoshlar tashkil etishini inobatga oladigan bo‘lsak, milliy g‘oya yosh- larimizning istiqbolda tinch va farovon ya- shashiga kafolat beruv chi g‘oyaviy kuch bo‘
lib, u millatni millat, xalqni xalq etib birlashtiruvchi kuchli omildan biridir. Bu- gungi kunda milliy g‘oya va mafkura tar- g‘iboti bilan keng jamoatchilik shug‘ullan- moqda, ayniqsa, xalq ta’lim tizimida bir SOG‘LOM G‘OYA – MILLIY MAFKURA TAYANCHI
Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2014 3 Mustaqillik ufqlari qator ilmiy manbalar, darsliklar ya ratilib, o‘quv jarayonlarida qo‘llanilishi yoshlarni o‘z Vataniga sodiq, mard, fidoyi, yuksak ma’- naviy fazilatlar egasi bo‘lishga undamoqda. Yoshlarimizga ezgu g‘oyalarni tar g‘i bot-tash- viqot qilishda quyidagi usullardan foydala- nish yaxshi samara berishi mumkin: – oilalar, mahallalarda, keng jamoatchilik orasida axborot tarmoqlari, jamoat tashki- lotlari orqali ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot yu- ritish;
– ijtimoiy so‘rovlarda yoshlar fikrini o‘r- ganib borib, ular bildirgan fikr-mulohazalar aso sida mafkuraviy targ‘ibot yuritish mum- kin. Bunda asosan uchta omilga ahamiyat berish zarur. Birinchi omil – so‘rovda ishti- rok etayotganlarning mazkur so‘rovdan ijti- moiy manfaatdorligi, ikkinchi omil – bahs- mu
nozaraga sabab bo‘ladigan vaziyat, uchinchi omil – ishtirok etayotganlarning maz - kur fikrga nisbatan aniq qarashlari bo‘ lishi kerak;
– ommaviy axborot vositalari orqali yosh- lar fikriga tez va kuchli ta’sir eta olish zarur. Chunki har bir oilada ommaviy axborot vo- sitalari xabarlaridan foydalaniladi va inson- larning ma’lumot olish manbayi bo‘lgan bu vosita tufayli yoshlarimizga milliy g‘oyani sing dirish qulayroqdir; – badiiy adabiyot mutolaasi ham yoshlari- mizga sabr- qanoat, halollik, vatanparvarlik, sadoqat ka bi fazilatlarni singdirishda yaxshi samara beradi. Milliy g‘oya va mafkura o‘zida gumanizm talablarini, xalqning iroda va intilishlarini aks ettirgan taqdirda jamiyatimizni birlash- tirib, uning salohiyat va imkoniyatlarini to‘la yuzaga chiqarishda beqiyos omil bo‘la- di. O‘zbekiston xalqining ongi, dunyoqara- shi, hayotga ijtimoiy munosabati, xatti-ha- rakatlarida mafkuraviy immunitetni shakl- lantirib milliy istiqlol mafkurasini yurtdosh- larimiz qalbi va ongiga sindirish bugungi kundagi muhim vazifa. Mafkuraviy kurash- lar kuchaygan bir paytda yoshlar qalbida ona Vatanimizga, boy tariximizga, milliy qadriyatlarimizga, millatning o‘lmas ruhi bo‘lgan ona tilimizga, ota-bobolarimizning e’tiqodiga sog‘ lom munosabatni qaror topti- rishimiz, ularning mafkuraviy immunitetini shakllantirishimiz maqsadga muvofiqdir. Faxriddin RO‘ZIQULOV, Navoiy viloyat XTXQTMOI rektori, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent. Dilmurod SAFAROV, Navoiy viloyat XTXQTMOI psixologiya fani o‘qituvchisi.
Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2014 4 Bola tarbiyasida oila va maktab tarbiyalari uzviy birlikda amalga oshirilishi samarali na- tijani kafolatlashi sinalgan haqiqat. Fan, xusu- san pedagogika bu hamkorlikni o‘rganib, qa- tor xulosalarga kelgan. Maktab bilan bog‘liq bo‘l gan oilaviy tarbiya muammolarini umu- miy pedagogika, boshqa jihatlarini esa ijtimo- iy pedagogika o‘rganadi. Oilaning vazifasi shu oilada o‘sib kelayot- gan inson tarbiyasiga ham jismoniy, ham ma’naviy ta’sir etishdan iborat. Ayni vaqtda oila bolaning yashash va tarbiyalanish muhiti hisoblanadi. Bola hayotining boshlang‘ich bosqichlarida oilaning ta’siri boshqa tarbiya ta’sirlaridan ancha ustunlik qiladi. Tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, oila ham maktabning, ham axborot vositalari, mehnat jamoasining, do‘stlarning, shu bilan birga adabiyot va san’- atning ta’sirini o‘zida aks ettiradi. Bu o‘z navbatida pedagoglarga quyidagi uzviylikni aniqlashga yordam beradi. Demak, shaxs shakllanishining muvaffaqi- yatini dastlab oila ta’minlar ekan. Oila muhiti qan chalik yaxshi bo‘lsa, uning tarbiyaviy ta’siri chuqurroq, ya’ni shaxsning jismoniy, ma’naviy mehnat tarbiyasi samaradorligi yuqori bo‘ladi. Oilada qanaqa tarbiyaviy iqlim hukm sursa, bola ham shu tarbiya ruhida bo‘ladi. Bu bog‘liqlik ko‘pdan beri amaliyotda qo‘llaniladi. Malakali pedagog bolaning qan- day oilada tarbiya olganligini bilishi uchun unga nazar solishi va biroz suhbatda bo‘lishi- ning o‘zi yetarli. Xuddi shuningdek, bolalar- ning ota-onalari bilan muloqotda bo‘lib, ular- ning oilasida qanday bola o‘sayotganligini aniqlash mumkin. Oila va bola, bu ko‘zgudagi bir-birining ak- sidir. Shaxs shakllanishi jarayonlari va sama- radorligida oilaning ta’siri shunchalik kuch li ekan, tabiiyki, ayni oilada to‘g‘ri tarbiya ta’- sirini uyushtirishga jamiyat va davlat e’tibor qaratmog‘i lozim. Sog‘lom va ma’naviyatli oila bu qudratli davlatdir. Bu aksioma, ya’ni isbotga muhtoj bo‘lmagan haqiqat. Tarix shuni isbotlaganki, hamma davlatlar turli vaqtlardagi urushlar, inqiloblar, iqtisodiy va madaniy inqirozlar davrida jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan oila bardoshiga suyangan. Oilalar mustahkam bo‘lgandagina tanglikdan chiqib keta olganlar. Bizning zamonaviy jamiyatimizda oilalar ma’naviy zaifligi ko‘zga tashlanmoqda. Oilaning asosiy vazifasi hisoblangan tarbi- yaning sustlashuvi tanglikning sabablaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy, insoniy munosa- batlarning yomonlashuvi, nikoh va oilaga nisbatan yuzaki munosabatda bo‘lish, urf- odat qoidalari va an’analarni unutish, surbet- lik va ichkilikka mubtalo bo‘lish, o‘zini tuta bilmaslik, ajralishlarning o‘sib borishi kabilar ham bola tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Oilaning ma’lum tarbiya vazifalarini aniq- lash asnosida quyidagi xulosalarga kelamiz: – boshqa tarbiyaviy ta’sirlardan ko‘ra oila tarbiyasining bolaga ta’siri kuchliroq. Bola ulg‘aygan sari oilaning ta’siri susaysa ham, lekin hech qachon kuchini butunlay yo‘qot- maydi;
– oilada shunday sifatlar shakllanadiki, ular faqat oila muhitida vujudga kelishi mum- kin; – oila shaxs shakllanishini amalga oshira- di. Ularning jismoniy, ma’naviy va mehnat tarbiyasiga qaratilgan harakatlarini ifodalaydi; – oila jamiyat a’zolarini yetishtirib chiqa- radi, ya’ni oila qanday bo‘lsa, jamiyat shun- daydir; – oila an’analar uzviyligini amalga oshiradi; – fuqarolarni vatanparvar inson, bo‘lajak oila egasi, qonunga itoatkor jamiyat a’zosi qilib tarbiyalash oilaning muhim ijtimoiy va- zifalari hisoblanadi; QUSH UYASIDA KO‘RGANIN QILAR! Sog‘lom oila Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2014 5 – kasb tanlashda ham oila muhim ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi kunda ko‘pchilik oilalar o‘zining asosiy kuch va vaqtlarini bolalarning ma’na- viy shakllanishi va rivojlanishiga emas, balki moddiy ta’minlanishiga sarflaydi. Sotsiologik tadqiqotlarning ma’lumotlariga ko‘ra, ishlay- digan ota-ona bir sutkada bola tarbiyasiga 16 minut, dam olish kunlari esa 30 minut vaqt ajratarkan. Ota-onalarning bolalar bilan ma’- naviy muloqotlari, hamkorlikdagi mash g‘u- lotlari, afsuski, ko‘p oilalar uchun bajarib bo‘lmas vaziyatdir. Ota-onalarning muloqoti asosan bolaning maktabdagi o‘qishini nazorat qilish bilan chegaralanadi. Oilada bolaning qoniqarsiz tarbiyalanishi quyidagi sabablar bilan bog‘liq: 1. Ko‘pchilik oilalar iqtisodiy salohiyatining pastligi. Ya’ni ota-onalar o‘zlarining asosiy vaqtlarini tirikchilik uchun zarur bo‘lgan vosi- talarni ishlab topishga sarflaydi. 2. Past madaniyatli ijtimoiy hayot, ya’ni ikkiyuzlamachilik, ijtimoiy tanglik, ertangi kunga ishonchsizlikning asabiy keskinlikka olib kelishi. 3. Oilada ayolga ikki ishning yuklanishi. 4. Ajrashishlarning ko‘payishi. 5. Oila a’zolari o‘rtasidagi muammolarning avj olishi. 6. Oila va maktab o‘rtasidagi munosabat- larning uzilishi. Pedagog olimlar ota-onalar va bolalar mu- ammolarini o‘rganib, shu fikrga kelishdiki, oilalar qancha bo‘lsa, tarbiyaning shun cha o‘zi- ga xos xususiyatlari mavjud. Bu kattalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlarning tipik o‘ziga xos modelini belgilab beradi.
1. Bolalarini hurmat qiladigan oilalar. Bu oilalarda bolalarni yaxshi ko‘rishadi. Ularning fikrlarini hurmat qilishadi. Ota-onalar ular- ning nimaga qiziqishlarini, nimalarga bezovta bo‘lishlarini bilishadi. Qiziqishlarini munta- zam ravishda o‘stirib borishadi. Bu oiladagi bola baxtli, mustaqil, tashabbuskor, samimiy bo‘lib o‘sadi. Ularning munosabatlari oilaning ma’naviy muhitida xarakterlanadi. 2. Ko‘ngilchan oilalar. Bu oilalarda ham ota-onalar bilan bolalar o‘rtasidagi munosa- batlar tabiiy, lekin ular o‘rtasida belgili oraliq mavjud. Bolalar oiladagi o‘z o‘rnini bilishadi va ota-onalariga bo‘ysunishadi. Ota-onalar bolalariga nima kerakligini o‘zlari bilishadi. Bu oiladagi bolalar ham itoatkor, mehribon, samimiy bo‘lib o‘sishadi, lekin ularda tashab- buskorlik xislati yetarli darajada emas. 3. Moddiy-oriyentirlangan oilalar. Bu oila- lardagi asosiy e’tibor moddiy jihatdan ta’min- langanlikka qaratiladi. Bolalarni yoshligidan narsa va hodisalarning foydali tomonini ko‘- rishga o‘rgatishadi. Ularni yaxshi o‘qishga un- dashadi, bundan birgina maqsad, keyin chalik oliy o‘quv yurtlariga kirishdir. Bolalarning qi- ziqishlari e’tiborga olinmaydi, faqat foyda keltiradigan tashabbuskorlik rag‘batlantirila- di. Bu oilalardagi bolalar erta ulg‘ayi shadi. Biroq ularning rivojlanishi kutilmagan hol da kechishi mumkin. 4. Adovatli oilalar. Bu oiladagi bolalarga nisbatan hurmatsizlik, ishonchsizlik, ta’qib qilish, jismoniy jazo choralari qo‘llaniladi. Natijada ularda nosamimiylikni, ota-onalarga nisbatan yomon munosabatni, tengdoshlari bilan kelishmaslik, maktabni yoqtirmaslik, uydan ketish singari vaziyatlarni kuzatish mumkin. 5. G‘ayriijtimoiy oilalar (jamoatchilik uchun zararli oila) oila emas, balki vaqtinchalik bosh- panadir. Bu yerda ham bolalarga nisbatan mehr-muhabbat yo‘q. Bu oiladagi ota-onalar axloq qoidalariga xilof tarzda kun kechirisha- di, ya’ni oiladagi kelishmovchiliklar, urush- janjal, bir-birini qo‘rqitish, ichkilikka berilish, o‘g‘rilik qilish kabilar kelajakda jamiyat uchun
Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2014 6 foydasiz shaxslarni tarbiyalashi mumkin. G‘ay- riijtimoiy oila bolalari aksariyat hollarda dav- lat qaramog‘iga olinadi. Oila tarbiyasining mazmuni jamiyatning asosiy maqsadlariga bog‘liq. Ijtimoiy va oila- viy hayotga tayyor jismoniy, ruhiy sog‘lom, ma’naviy yetuk rivojlangan shaxslarni shakl- lantirish oilaning majburiyatlaridan hisobla- nadi. Oila tarbiyasining tarkibiy qismlarini quyidagi yo‘nalishlar tashkil etadi: – jismoniy tarbiya; – ma’naviy tarbiya; – estetik tarbiya; – mehnat tarbiyasi. Bulardan tashqari iqtisodiy-ekologik, hu- qu qiy va siyosiy tarbiyalar bilan to‘ldiriladi. Pedagogikada oila tarbiyasi deganimizda, oila- dagi ota-ona bilan farzand o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tizimi tushuniladi. Bu munosa- batlar tarbiyalovchilik xususiyatiga ega. Oila- dagi ota-onaning tarbiyaviy faoliyati bu birin- chi navbatda o‘zini tarbiyalashdan iborat. Bu esa har bir ota-onaning pedagog bo‘lishini, farzandlar bilan o‘zaro munosabatlarini bosh- qarish yo‘llarini o‘rganishni talab etadi. Oila tarbiyasining zamonaviy amaliyotida 3 turdagi munosabatlar ajralib turadi: avtoritar (so‘zsiz bo‘ysunish), liberal (beparvo, ko‘n gil chan, murosasiz) va demokratik (xalqparvar). 1. Avtoritar munosabat – ota-onaning bola- ga bo‘lgan qattiqqo‘lligi, talabchanligi, qat’iy- ligi bilan izohlanadi. Qo‘rqitish, majbur etish bu turning asosiy vositasi hisoblanadi. Psixo- loglarning ta’kidlashicha, bu ichki qarama- qar shilikka olib kelib, tashqi qo‘pollik, yol g‘on - chilik, ikkiyuzlamachilikda o‘z aksini topadi. 2. Liberal munosabat – bu o‘ta kechirimli- lik va bolalarga nisbatan sabr-toqatlilik bilan ifodalanadi. Buning kelib chiqish sababi far- zandlarni haddan tashqari yaxshi ko‘rish va erkalashdadir. Bu oiladagi bola intizomsiz, mas’uliyatsiz, xudbin (egoist), ikkiyuzlama- chi bo‘lib o‘sadi. 3. Demokratik turdagi munosabatlarda ota- onalar o‘zlarining xatti-harakatlari va talabla- rini asoslash bilan bir qatorda farzandlarini ham tinglashadi va hurmat qilishadi. Ularning mustaqil mulohaza qila olishlarini rivojlanti- rishadi. Va albatta bola ota-onasini yaxshiroq tushunadi, intizomli, tashabbuskor, o‘z qadri- ni biladigan bo‘lib ulg‘ayadi. Ota-ona bola uchun ideal hisoblanib, ulardan o‘rnak oladi. Oiladagi tarbiya metodlari umumiy tarbiya metodlaridan farqlanmaydi. Faqat unga yon- dashish turli bo‘lishi mumkin. Masalan, tu- shuntirish usulini kimdir yumshoq singdirish orqali amalga oshirsa, boshqa birov qo‘rqitish va jazolash orqali amalga oshiradi. Usul tanlangan maqsadga bog‘liq bo‘lib, ito- atkorlikni tarbiyalashda tanlangan usul bola- ning kattalar talablarini so‘zsiz bajarishga qa- ratilgan bo‘ladi. Boshqalar esa bolada mustaqil fikrni tarbiyalashni muhim deb hisoblab, shunga yo‘naltirilgan usullarni tanlashadi. Oila tarbiyasi usulini tanlash va qo‘llash bir qator umumiy shart-sharoitlarga tayanadi: – ota-onalar farzandlarining ijobiy va qo- niqarsiz sifatlarini bilishi; – ota-onalarning shaxsiy tajribasi. Tanlan- gan usullardan shuni bilish mumkin-ki, shax- siy natijalar orqali tarbiyalashga harakat qilin- gan. Bunda ko‘proq ko‘rgazmali usuldan foy- dalanishadi; – hamkorlikdagi faoliyatga e’tiborning qa- ratilishi. Amaliy usullardan foydalangan holda tarbiyalash. Masalan, tomosha qilingan ko‘r- satuv xususida fikr almashish. Bunda bolalar ancha samimiy bo‘lishadi; – ota-onalarning pedagogik madaniyati tarbiya usullari, vositalari va shakllarini tan- lashda muhim ta’sir ko‘rsatadi. Fanda shu narsa aniqlanganki, ma’lumotli oiladagi bola to‘g‘ri tarbiya topadi. Shu kungacha bola tarbiyasi xususida juda ko‘p kuzatishlar olib borilgan hamda shu asos- da tegishli xulosaga kelingan. Ularni shartli ravishda oilada bolani tarbiyalashning umu- miy qonuniyatlari sifatida tasniflash mumkin. Shular asosida maslahatlar va oilaviy tarbiya qoidalari kelib chiqadi. Oila tarbiyasini to‘g‘ri amalga oshirishga uch narsa xalaqit beradi: 1) Irsiyatning ta’siri. 2) Doimiy ravishda yashash sharoitining o‘zgarishi va qiyinlashuvi. 3) Oilaviy tarbiya madaniyatining qoloqligi Download 360.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling