Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun
Download 360.19 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mushtariy minbari Sog‘lom avlod uchun | 12
- Tuyg‘udagi yog‘dular O‘qituvchilar rasmi
- Ma’naviy olam Sog‘lom avlod uchun | 12
- Ibn Sino darsxonasi Sog‘lom avlod uchun | 12
O‘lkamiz tarixidan Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2014 19 Mana va nihoyat oliygohda to‘rt yil ichida intilib, izlanib olgan bilimlarimni amalda qo‘l- lash uchun yo‘llanma oldim. Endi maktabda fransuz tili darsi bo‘yicha muallima bo‘ldim, bolajonlarga ziyo nurini taratishdek faoliyatni tanlab adashmadim. Zero, sinfga kirib, o‘quv- chilar bilan muloqotda bo‘lib, ularga ilm-fan- dan saboq berishning gashti o‘zgacha. O‘qituvchi insonlarning eng yaqin do‘sti bo‘lishi zarur. O‘zim ham dunyoga umid bilan qadam qo‘yib kelayotgan navnihol bolajon hayotda munosib o‘rnini topib olishida ko‘- makdosh bo‘lsam deyman. Kelgusida o‘quv- chilarimni ezgu g‘oyalarga sadoqat ruhida o‘tmishni qadrlab, kelajakka hurmat tuyg‘usi bilan tarbiyalayman. Jahon maydonida bunyodkor avlodga bar- cha havas bilan boqadi. Bilimli, intizomli o‘quvchilarga chuqur ilm berish maqsadida o‘z ustimda qayta-qayta ishlayman. Axir o‘quvchi orzusiga qanot baxsh etmoq uchun o‘qitish kerak-ku! Ezgu niyatim – o‘z mutaxas- sisligimni yanada mukammal o‘rganib borish, o‘zbek adabiyotidagi hikmatli so‘zlarni, nodir asarlarni fransuz tiliga o‘girish. Fransuz xalqi ham bizning buyuk bobokalonlarimiz va mu- tafakkirlarimiz hayoti, ijodini yanada yaqin- roq bilsalar, tanisalar degan istakdaman. Bu istaklarimning ro‘yobga oshishida Vatanim muhabbati va Lukretsiyning ushbu satrlari menga yo‘ldosh bo‘ladi: Donishmandlar aqlin tikkan, Metin kabi mustahkam Cho‘qqilarni zabt etishdan Katta baxt yo‘q olamda! Ishonamanki, men jamlab borayotgan sar- chashmalar o‘quvchilarga ma’naviy yordam bo‘ladi, ular uchun buloq vazifasini o‘taydi. Men asarlardagi teranlik, davomiylik bo‘lmish aql durdonalarini ko‘zdan kechirar ekanman, ulardagi go‘zal fikrlardan o‘zim uchun yangi ma’no topaman. Fransuz yozuvchisi Mopas- sanning asarlarini o‘rganishim davomida uning ruhi menga madad bo‘layotgandek, ko‘zlarimga yanada yog‘du bag‘ishlayotgan- dek tuyuladi. Zero, uning yozgan asarlarini o‘qib qalbim yorishdi, kuchimga kuch qo‘shil- di, dilimda yangi orzu-istaklar uyg‘ondi, aqlim charxlandi. U o‘z tarjimayi holida “Men den- giz sohillari bo‘yida o‘sib ulg‘aydim, Shimoliy moviy dengiz, ki chik baliqchilar shaharchasi va mayin esgan shabbodalar, shivirlab yoqqan yomg‘irlar...” deya bolalik, beg‘uborlik onlari- ni ko‘p eslaydi. Mopassan adabiyotning ko‘p sirlarini usto- zi Floberdan o‘rgangan. U hayoti davomida ustozining “Azizim, talant – bu o‘z ustida ishlash ekanligini hech qachon esdan chiqar- mang, hamisha ishlang!” degan ijod dunyosi- ga yo‘llanma bergan so‘zlarini unutmadi. Men ham hayot yo‘limda bu ulug‘ ustozlar sa- bog‘ini, umr ibratini mayoq qilib olishga ahd qilganman. Ezgu maqsadlar ro‘yob bo‘lishiga ishonib, katta hayot yo‘liga chiqdim. Yo‘limda umid va shijoat hamroh bo‘lishiga ishonaman.
Hamroxon MAMATQULOVA, Andijon viloyati, Oyim shaharchasi. CHO’QQILARNI ZABT ETMOQ ORZUSI
Mushtariy minbari Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2014 20 Deyarli har kuni Salimaxon buvijonim biz nabiralarini doim o‘zgalarga mehrli bo‘lishga undaydilar. Maktabimda ustozlarim ham o‘quvchilarni yaxshilikka, ezgu ishlarni qilish- ga chorlaydi. Demak, umrimiz chiroyi o‘zi- mizga bog‘liq ekan-da, degan fikrga keldim. Darsdan so‘ng kutubxonaga kirib, bolalar ro‘znomalari taxlamlaridan dur topaman, nurga chulg‘anib chiqqandek bo‘laman. Isho- nasizmi, gazetadagi sahifalarda yoritilgan maqolalar meni tarbiyalamoqda. Biroz jizzaki o‘quvchi bugun esli-aqlli bo‘lishga intilyapti. Jonkuyar, o‘z fanining bilimdoni ustozlarim Malika Tolipova, Fotima Mirzayeva, Ham- roxon Mamatqulova, Davrbek Nuraliyev, Sai- da Nasriddinova, Abdug‘affor Mahmudovlar dars davomidagi “Ma’naviyat daqiqalari”da bizga rivoyatlar, hayotiy hikoyalar so‘zlab berishadi. O‘quvchilar uchun bular koni foy- da-da. Men ulardan minnatdorman. Bu ustoz- lardek bo‘lishga harakat qilayotgan, ularga havas qiladigan o‘quvchilar bisyor. Ustozlari- miz ishonchini oqlab, ulardek hammaga ez- gulik ula shuvchi insonlar bo‘lishga chin dildan sa’y-harakat qilamiz. Sadoqat SOLIJONOVA, Jalolquduq tumanidagi 30-maktabning 8-sinf o‘quvchisi.
Men qadimgi donishmandlarning o‘z asarla- rida bizga qoldirib ketgan aql durdonalarini ko‘zdan kechiraman; agarki biz ularda nimadir yaxshi bir narsaga duch kelsak, uni o‘zlashtirib olamiz va juda katta foyda orttirgan hisoblana- miz. SUQROT
Olg‘a intilgan har bir kishi o‘tmish va o‘z davri boyliklaridan foydalanishi turgan gap. A. DISTERVEG Mukammal zakovat, agar ta’bir joiz bo‘lsa, avvalgi barcha asrlardagi aqlni o‘zida mujas- sam etadi. B. FONTENEL Qadimgi donishmandlik shu qadar ko‘p dur- donalarni meros qoldirganki, ularni bir-biriga qarab chiqish natijasida butun bir yiqib bo‘lmas devor vujudga kelgan. M. SALTIKOV-SHEDRIN Insonning eng yaxshi va go‘zal fikrlarini jamlash beqiyos xazina yaratish bo‘lur edi. J. DELIL Turli-tuman tarbiyaviy hikoyatlar va hik- matli so‘zlarni to‘plash tengsiz davlatdir. I. GYOTE Odamning ulug‘ligi bo‘yi bilan o‘lchanma- ganidek, xalqning ulug‘vorligi ham uning soni bilan o‘lchanmaydi; yagona o‘lchov, uning aqliy kamoloti va axloqiy barkamolligidir. V. GYUGO Donolar bisotini o‘rganish bizni yuksaklikka ko‘tarib, qudratli va oliyjanob insonga aylanti- radi.
Y. KOMENSKIY Go‘zallik ba’zi xislat va belgilardan iborat emas, balki umumiy qiyofada va unda hayot mohiyati qay daraja aks etishidadir. N. A. DOBROLYUBOV TAFAKKUR GULSHANI Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2014 21 O‘zingizda shunday holatni kuzatganmisiz, kimlarningdir orzusidagi katta shaharda ya- shaysiz, atrofingizda do‘stlaringiz, yor-biro- darlaringiz bisyor... Charog‘on ko‘chalarda sayr qilasiz, favvo- ralarning oftob shu’lasida kamalak rangida ji- lolanishini ko‘rib zavqlanasiz. Lekin kibor-u manman nigohlardan bezib ketgan ko‘ngil kengliklarni, bepoyon qir-adirlarni, yaylovlar- dan-da bag‘ri keng odamlar bilan suhbatga tashna ekanligini sezib qolasiz. O‘jar ko‘ngilning istagini ma’lum ma’noda qondirish uchun bu hayotda topganim eng rostgo‘y, vafodor-u mehribon do‘stim – kitob- lar olamiga – kitob do‘konlariga yo‘l olaman. Turfa xil – yaltiroq, chiroyli muqovali kitoblar orasida bittasi diqqat-e’tiborimni tortadi. Ki- tob nomini o‘qiboq vujudimda kengliklar na- fasini his qila boshlayman. Normurod Norqo- bilov... “Ovul oralagan bo‘ri”. Mundarijaga ko‘z yugurtiraman: “...Ovul ora lagan bo‘ri”, “Tog‘ odami”, “Adadsiz azob”, “Ajal chorlagan kun”, “Kurash”... Mutolaa jarayonidagi hayratlarim bir dun- yo. O‘rol Tansiqboyevning asarlarini ko‘rga- nimda shunday hayratlanganim esimda. “Ovul oralagan bo‘ri”... Tirik mavjudotlar orasida Alloh faqat odamzotgagina ong bergan. Inson shu jihati bilan jamiki jonli va jonsiz mavjudotlardan ustun sanaladi. Bo‘rilar yovuzlik, ochko‘zlik timsoli ekanli- gini isbotlovchi misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Qissa bilan tanishish jarayonida fik- rim biroz boshqa tomonga o‘zgardi. Bo‘rilarda ham burch, mas’uliyat, sadoqat kabi tuyg‘ular mavjudligiga amin bo‘ldim. Ba’zan hayotda ikki insonni bir-biriga qi- yoslab turamiz. Lekin yirtqich hayvonni ongli mavjudot – odam bilan solishtirib ko‘rish bir qarashda g‘alatidek tuyuladi, ammo bo‘rilar- dagi burch, sadoqat hissi insonlarning tuy- g‘ularidan ustun ekan! Qissa qahramonlaridan biri Salom mergan hamqishloqlari bilan bahs boylashib, bo‘ri ovlaydi. Shundan keyin yuz bergan voqealar jarayonida mergan o‘z ishidan pushaymonlik- ni his qiladi. Dunyoda boylik va obro‘-e’tibor- dan ham yuksak tuyg‘ular borligini, o‘z juftiga sadoqatni bo‘ri timsolida ko‘radi. ...Cho‘ngkalla o‘zboshimchalik bilan day- dib ketgan jufti Oqyolni qidirib yurib, dashtda qon iziga duch keladi. Bu yerda Oqyolning qadrdon isi bilan birga odam isi, yana bo‘ri zotiga yoqmaydigan temir qurol isi havoda burqsib turardi. Cho‘ngkallaning ko‘ngli yo- mon narsani sezdi, lekin Oqyolga nimadir bo‘lishi mumkinligini tasavvuriga sig‘dirol- madi, to‘g‘rirog‘i bunday xayolni kallasidan chiqarib tashlashga jon-jahdi bilan harakat qildi. To ungacha esa... “Cho‘ngkalla o‘z jufti- ni har qanaqangi balo-qazolardan ko‘z qora- chig‘iday asrardi. Uni odamlar bor tomonga yaqinlashtirmaslik payida bo‘lardi.” Bugun esa, afsuski... bunga faqatgina Oqyolning tan- tiqligi, o‘zboshimchaligi sabab bo‘ldi. Cho‘ngkalla bunday judolikka chidolmay, jonini xavfga qo‘yib bir necha bor qishloqqa, Salom merganning uyi atrofiga bordi. Uning kallasida faqat bitta – Oqyolni inson qo‘lidan qutqarish fikrigina g‘ujg‘on o‘ynardi. Salom merganga bunday vahimali jondorni qopqon qo‘yib bo‘lsa ham ushlash lozimligi haqida maslahat berganlar ham bor edi. Lekin u buni xohlamadi. Uning nazarida juftini qutqarish uchun tunda ikki bor o‘limga ro‘ba- ro‘ bo‘lgan bu jonivor faqat mardona o‘limga loyiq edi. Jonini xavfga qo‘yib, Oqyolning isi anqib turgan ombortomga yaqinlashgan Cho‘ngkal- TABIAT, SEN ONA EKANLIGING ROST... Ma’naviy olam Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2014 22 la uning nega bunchalik loqayd, harakatsiz ekanligidan o‘ta taajjublandi, tumshug‘i bilan turtganda bir qop somonday ag‘darilib tush- ganida esa yuragi noxush narsani, bo‘lishi muqarrar-u, o‘zi tan olishni xohlamagan, hatto o‘ylashga ham qo‘rqib yurgan narsasi sodir bo‘lganini payqadi. Judolikning bor alam va achchig‘ini yurakdan teran his etdi. “... Salom mergan va nihoyat uning tepasi- ga bordi. Tanida o‘q izini ilg‘amagach, bosh tomoniga o‘tdi. Jonivorning qishloqqa tikilgan ko‘zlarida yosh qotib qolgandi. Bechoraning yuragi judolikka bardosh berolmagandi. Buni daf’atan anglab yetgan Salom merganning to- mog‘iga yong‘oqdek narsa kelib taqaldi. Egilib jonivorning boshini silarkan, chuqur xo‘rsin- di. Shunda u mukofotning naqdligini o‘yladi. Biroq bundan zig‘ircha quvonmadi. Jondor- ning yoshli ko‘zlariga qarayolmay, uzoq- uzoqlarga g‘amgin termularkan, ikki motot- siklda yelib kelishayotgan hamqishloqlarini ko‘rdi. Cho‘ngkallaning jasadi Salom mergan- ning ko‘nglida mudrab yotgan tuyg‘ularni uyg‘otib yuborgani rost. Shuning uchun u hamqishloqlaridan Cho‘ngkallaning jasadini qizg‘andi, himoya qilishga o‘zini mas’ul his etdi.
– Terisini shilmaysizmi? - deya Eson pol- von tiqilinch qildi. - Yo qarashib yuboraylik- mi? Shiling terisini. – Yo‘q, shilmayman! – dedi Salom mergan qandaydir begona ovozda. – Buni izzatlab ko‘mish kerak! – Endi hamma taajjublanib unga qaradi. Salom mergan bu gal yanada qat’iy ta’kidladi: – Ko‘mish kerak buni!...” Qissani yakunlab shunday xulosaga kel- dim, Salom mergan endi hamqishloqlari tuya va’da qilsalar ham biror jonzotga o‘q uzmasa kerak... Inson o‘zi uchun muqaddas deb hisoblay- digan narsalarga ona so‘zini qo‘shib aytadi – Ona Vatan, ona zamin, ona tabiat... Ona Va- tanning, ona zaminning inson uchun qancha- lik muqaddas ekanligi – ona ekanligini yaxshi bilamiz. Bular alohida mavzular, lekin tabiat- ning ona ekanligi... keling, yaxshisi adibning “Tog‘ odami”ga murojaat etamiz. Bosh qahramon Jondosh shahardan dam olishga kelganlardan birini oyog‘idan otib qo‘yadi. Sababi ular Jondosh boqib katta qil- gan kiyikni bo‘g‘izlab, undan taom pishira- yotgan edilar. Nodon, toshmehr odamlardan bezib, bor mehrini tog‘larga berib, tog‘-u toshlarni makon tutgan Jondosh o‘z harakati- ni jinoyat deb hisoblamaydi. Chunki u o‘zini shu tog‘larning, u yerda yashaydigan jonivor- larning, dov- daraxtlarning qo‘riqchisi, posbo- ni deb biladi. Jondoshni tog‘lar o‘ziga ipsiz bog‘lab qo‘y- gandi. Qachondan beri? U bu savolga tugal bir javob aytolmasa-da, kishilar tomonidan top- talgan ko‘ngli tog‘lardan osoyish topganini yaxshi eslaydi. Tog‘largacha u hammani do‘st- birodar deb bilardi. Qachonki, jaholat-u och- ko‘zlikka, tubanlik-u pastkashlikka ro‘baro‘ kelgachgina, dil oynasi darz ketdi. Odamlar- dan yurak oldirib qo‘ydi. Izidan odam tushganini, o‘zining qamalishi mumkinligini o‘ylab tog‘ ichkarisiga qochadi. Ta’qib qiluvchilarning qo‘liga tushib qol- ganda, u faqat bir narsadan – tog‘laridan judo bo‘lib qolishdan qo‘rqadi. “Mensiz ularning holi ne kechadi?” deb kuyunadi. Jondosh in- sonning ko‘ngli qadr-qimmati bilan qiziqmay- digan odamlarga duch kelib qolishdan bezil- lardi. Chunki shundaylar tufayli uning jamiki odamzotga bo‘lgan ishonchi, ixlosi so‘ngan edi.
Yana shunday odamlar orasida yashash... Jondosh bunday hayotdan ko‘ra yashamaslik- ni afzal ko‘radi va o‘zini jardan tashlab yubo- radi.
Lekin qissaning yana bir qahramoni Sadir nozirning ta’biri bilan aytganda “....yaxshi odamning o‘limini hatto tog‘lar ham istamas ekan...”
Chuqur jarlikning yon devoridan o‘sib chiqqan archa Jondoshning hayotini saqlab qoldi. Jar labidan to archagacha bo‘lgan ma- sofada u hayotning naqadar shirin ekanligini, yashashi, faqat yashashi kerakligini anglab yetadi.
“... U istagan vaqtda pastga qulashi mum- Ma’naviy olam Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2014 23 kin edi. Biroq Jondoshning quyiga qulamoqqa endi xohishi yo‘q edi. Tezroq archazorga ye- tib, tog‘lar bag‘riga singib ketgisi kelardi...” Tabiat odil, mehribon ona ekanligi rost. Yozuvchining yana bir qissasi “Paxmoq”da aytiladiki: “...Aslida u nolimasa ham bo‘lardi. Endilik- da onalikni tabiat bekam-u ko‘st o‘z zimmasi- ga olgandi. O‘z onasidan farqli o‘laroq, tabiat shunday ona ediki, mehridek qahri ham jo‘shqin edi. Bu ona uning nasibasini butun tog‘-u toshlarga sochib tashlaganidek, pishib ulg‘aysin, salga ruhi cho‘kadigan bo‘lmasin, deya son-sanoqsiz g‘animlarini yo‘liga ko‘n- dalang qilib qo‘ygandi. Paxmoq ular bilan talashib-tortishib ulg‘a- yishga majbur edi. Hatto chog‘roqqina to‘ng‘iz ham unga hamla qila olardi. Bo‘rilarga-ku gap yo‘q, uni ko‘rdi deguncha oldilariga solib quvlashardi. Ammo ona tabiat buning ham g‘amini yeb qo‘ygandi. Qochib berkinsin deya o‘ngirlarni yaratganidek, tirmashishga tog‘da archa-yu boshqa xil dov-daraxtlar bilan chor- atrofni to‘ldirib tashlagandi.” Odil tabiat mehribon, g‘amxo‘r odamning o‘limini istamaganidek, bemehr, qahri qattiq odamlarga o‘z jazosini tayyorlab qo‘yadi. Jondoshdek qo‘riqchisining o‘limini istama- gan tabiat unga jardan o‘sib chiqqan archani ro‘para qildi... Hozirgi kunda atrof-muhitni, tabiatni as- rash eng dolzarb muammo ekanligi hech kimga sir emas. O‘sib kelayotgan yosh avlodni tabiatni sevishga o‘rgatishni juda yoshligidan boshlash kerak. Bolalarga “tabiatni, jonivorlarni sevish, as- rab-avaylash kerak” degan quruq gaplar bilan ta’sir o‘tkazib bo‘lmaydi. Buning o‘rniga tabi- at qo‘yniga sayohat qilish orqali ularning qal- bida atrof-muhitga nisbatan mehr-muhabbat uyg‘otish lozim. Shu mavzuga oid qissa, ertak va hikoyalarni o‘qib berish ham yaxshi natija beradi. Bu borada Normurod Norqobilovning tabiat, jonivorlar mavzusiga bag‘ishlangan qissalari, jumladan “Ovul oralagan bo‘ri” ki- tobining ahamiyati ayniqsa katta. Asolat AHMADQUL qizi. Ma’naviy olam Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2014 24 “Salomatlik – tuman boylik” ekanligini har birimiz yaxshi bilamiz. Ammo salomatlikni asrash, xastaliklarga chalinmaslik uchun ehti yot choralarini ko‘rishga e’tibor bilan yondash maymiz. Tanamiz og‘riq sezib, kasallik belgi lari bezovta qilgandagina shifokorga murojaat qilamiz. Albatta, kasallik shifokorning muola jalari tufayli ortga chekinadi, bartaraf etiladi. Biroq kasalliklar to‘g‘risida umumiy tasavvur ga ega bo‘lish, uning oldini olish ni bilib qo‘yish zarar qilmaydi. Shu ma’noda ushbu sahifada yuqumli xastaliklardan biri haqida shifokor ma’lumotlarini e’tiboringizga havola etamiz. O‘tkir respirator-virusli infeksiyalar (O‘RVI) – nafas yo‘llarining zararlanishi natijasida yu- zaga chiqadigan yuqumli kasalliklar polietio- logik guruhiga kiradi. Bolalarda uchrovchi yuqumli kasalliklar tuzilmasida bu xastalik birinchi o‘rinni egallaydi. Kasallikning eng yuqori ko‘rsatkichlari bo- lalar jamoalari orasida, ya’ni bog‘cha, mak- tablarda uch karra ko‘proq kuzatiladi. Yil da- vomida O‘RVI bilan 3-4 marta va undan ortiq og‘ruvchi bolalar tez-tez kasallanuvchilar sira- siga kiradi. Ushbu kasallikni bolalar jamoa larida eng ko‘p gripp, paragripp viruslari, rinovirus- lar va adenoviruslar keltirib chiqaradi. U nafas yo‘llari (burun, hiqildoq, kekirdak, bronxlar) shilliq pardalari, ko‘z shilliq pardasi – kon- yunktiviga zarar yetishi bilan kechadi. Bu ka- salliklar ko‘proq bolalarda uchraydi. Virusli-respirator infeksiyasi havo tomchi yo‘li orqali yuqadi. Sog‘lom odam kasallikni bemor aksirganda, yo‘talganda, infeksiyalan- gan havodan nafas olganda og‘iz-halqum shil- liq qavati orqali yuqtiradi. Burun bitishi, keyinchalik seroz yoki seroz yiringli ajramalar bo‘lishi, aksirish, halqum orqa devori gipermiyasi va donadorligi, quruq yoki nam yo‘tal mazkur kasallikning belgilari- dandir. Shuningdek, tana haroratining ko‘tari- lishi, holsizlik, lanjlik, charchash, teri qop- lamlari rangparligi, ko‘ngil aynishi, qusish, og‘ir holatlarda tirishishlar kuzatiladi. Adeno- virusli infeksiya rinit, faringit va konyunktivit bilan kechadi. Rinit – burun bo‘shlig‘i shilliq qavati yal- lig‘lanishini bildiradi. Kasallikning dastlabki belgisi sifatida bemorning nafas olish tizimi buzilishini kuzatish mumkin. Agar bemor cha- qaloq bo‘lsa, nafas buzilishi uning sut emishi- ni qiyinlashtiradi. To‘liq ovqatlanmaslik bemorning uyqusi buzilishiga, bezovtalanishiga va ozib ketishi- ga olib keladi. Halqumning orqa devoridan shilliq oqishi og‘iz orqali nafas olganda ku- chayuvchi yo‘tal chaqiradi. Yo‘tal ko‘pincha kechasi kuzatiladi. Katta yoshdagi bolalarda dastlab burun va burun-halqumida qurish, achishish, burun orqali nafas olishning qiyinlashishi, ko‘zdan yosh oqishi, bosh og‘rig‘i kuzatiladi. Bir necha soatdan keyin seroz, suvsimon, keyinroq qu- O‘TKIR RESPIRATOR-VIRUSLI INFEKSIYALAR
Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2014 25 yuq shilliq suyuqlik ajraladi. Ajralmalar burun atrofi terisi ta’sirlanishiga olib keladi. Intoksi- katsiya belgilari odatda kam namoyon bo‘ladi. Rinit deyarli hamma vaqt rinofaringit ko‘rini- shida bo‘ladi, ya’ni jarayon so‘ngra halqumga o‘tadi. Albatta, har qanday kasallik alomatlari pay- do bo‘lganda uni darhol davolash choralarini izlash kerak. Tabiiyki, birinchi galda shifokor- ga murojaat qilib, tegishli choralar ko‘rish ta- lab etiladi. O‘tkir respirator-virusli infeksiyalar bilan og‘rigan bemorlarni uy sharoitida davolagan- da ularga alohida xona ajratish zarur. Bemorni parvarish qilayotgan oila a’zolari og‘iz-burni- ga doka niqob taqib yurishlari kerak. Kasal yotgan xonani tez-tez shamollatib, ko‘rpa- yostiq jildi, choyshabni muntazam almashtirib turish, bemorning harorati ko‘tarilgudek bo‘l- sa, uni yaxshilab o‘rab-chirmab, limon, mali- na solingan issiq choy berish zarur. Iloji bori- cha ko‘proq suyuqlik (choy, kompot, sharbat) ichirish lozim. Ovqat yengil hazm bo‘ladigan va oqsilga boy (sho‘rva, go‘shtli va baliqdan
idish-tovoq tutish, u yotgan xona va jihozlarni kuniga ikki mahal nam latta bilan artib turish maqsadga muvofiq. Har qanday kasallikka qarshi kurashish bi- rinchi galda ozodalik, shifokor maslahati bilan tegishli muolajalarni olish, sog‘lom turmush tarzini yuritish orqali olib boriladi. Hayot taj- ribasidan kelib chiqib aytish mumkinki, ka- sallikni davolashdan ko‘ra uning oldini olgan ma’qul. Barno KARIMOVA, Toshkent tibbiyot akademiyasi “Umumiy amaliyot shifokori” kafedrasi assistenti. Download 360.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling