Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun


Nafosat Sog‘lom avlod uchun  |  12


Download 360.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana23.09.2017
Hajmi360.19 Kb.
#16329
1   2   3   4   5

Nafosat

Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2014

13

ni, ishlab chiqarish jarayoni hamda sharoitla-

riga, sotsiologiya va boshqa bilimlarga ega 

bo‘lishini hayotning o‘zi taqozo etmoqda.

Dizayn hayotga yangicha qarash, yangicha 

tuyg‘u, yangi shakl, rang, texnologiya, xom-

ashyo, yangicha tuzilish va majmualar uy-

g‘unligini ta’minlash demakdir. U har bir so-

hada o‘ziga xos talqinga ega bo‘lib, me’mor-

chilikda ham, avtomobil ishlab chiqarish so-

hasida ham, sanoat ishlab chiqarishida ham, 

umuman, ijtimoiy hayotning har bitta jabhasi-

da dizaynning o‘z o‘rni bor. Tariximizdan 

ma’lumki, ajdodlarimiz o‘z zamonalarida 

bar cha sohalarda betakror dizayn namunala-

rini yaratishgan. Lekin o‘sha davrda bu kasb 

egalari “dizayner” deb emas, balki usta-hu-

narmand nomi bilan yuritilgan. Bugun yurti-

mizda ushbu sohani taraqqiy ettirish uchun, 

eng avvalo, ajdodlarimizning hayotiy tajriba-

larini poydevor qilib olishimiz zarur. Bu – ta-

rixiy bilimlarimizni chuqurlashtirish va zamo-

naviy bilimlarni mushtarak olib borish lozim-

ligini anglatadi. Qolaversa, dizayn o‘ta mu-

rakkab ijodiy jarayon sifatida kishidan nozik 

estetik did va hammaga ham xos bo‘lmagan 

nafosat hissini talab qiladi. 

Darhaqiqat, narsalar muhitini, estetik va 

funksional sifatlarini shakllantirish maqsadiga 

qaratilgan loyihalash faoliyati turlarini ifoda-

lovchi dizayn san’atining shakllanish va rivoj-

lanish yo‘li uzoq tarixni qamrab oladi. Bugun 

mazkur yo‘nalish faoliyati tarkibiga keng is-

te’mol buyumlari, turli-tuman avtotransport-

lar, dastgohlar, kiyim-kechaklar ishlab chiqa-

rish, qadoqlash materiallarini tayyorlash, ja-

moat hamda turarjoy binolarini jihozlash, 

mebel va kundalik turmushda zarur boshqa 

vositalarni ishlab chiqarish kiradi. O‘zbekis-

tonda esa zamonaviy dizaynning sanoat, 

landshaft dizayni, interyer dizayni, mebel di-

zayni, grafika dizayni, televideniye dizayni, 

tekstil dizayni, libos dizayni, art-dizayn, eks-

po-dizayn, veb-dizayn va boshqa turlari keng 

ravnaq topib bormoqda.

Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng yurti-

mizda ham dizayn sohasidagi mutaxassislarni 

maxsus oliy o‘quv yurtlarida tayyorlash tizimi 

yaratildi.

Bu yo‘nalishni rivojlantirish, uni mustaqil 

fan sifatida o‘qitish ishlariga katta ahamiyat 

qaratildi. Jumladan, Kamoliddin Behzod no-

midagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 

interyerlar va sanoat grafikasi, libos dizayni 

bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘-

yildi. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat 

institutida ham dizayn ta’lim yo‘nalishi alohi-

da mutaxassislik sifatida joriy qilindi.

 Dizayn kishilik jamiyati taraqqiyoti davo-

mida sanoat yo‘nalishi sifatida paydo bo‘lib, 

so‘ngra san’at darajasiga qadar ko‘tarilib keldi 

va bunda zamon talablari asosida bilim ola-

yotgan mutaxassis dizaynerlarning hissasi 

salmoqli bo‘layotir. Mamlakatimizda ham 

boshqa sohalar qatori dizayn san’ati taraqqi-

yotiga qaratilayotgan yuksak e’tibor tufayli 

uning kundalik hayotimizni yanada qulay, 

yanada shinam qilish, eng muhimi, go‘zallik 

hamda nafosat olami bilan boyitishdagi aha-

miyati tobora ortib bormoqda.

Dilnavoz ABDIYEVA,

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat 

instituti Yengil sanoat texnologiyalari 

fakulteti talabasi.



Nafosat

Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2014

14

Ko‘pni ko‘rgan nuroniy keksalarimizning 

suhbatiga quloq tutsangiz, “Belbog‘i bor er 

yigitning beli baquvvat bo‘ladi” yoki “Be-

lingdagi belbog‘ing bo‘shashmasin” kabi 

iboralarni eshitasiz. Darhaqiqat, belbog‘ 

azal-azaldan mardlik, oriyatlilik, jasurlik 

timsoliga aylanganligi uchun ham er yigit-

ning jo‘mardligi uning belidagi belbog‘iga 

qarab baholangan. Hatto milliy sport o‘yin-

larimizdan biri ham “belbog‘li kurash” deb 

atalishi bejiz emas. O‘z umrining yigitlik 

mavsumiga qadam qo‘y 

gan o‘smirlarning 

beliga otasi yoki tog‘asi “Ilohim, beling 

baquvvat bo‘lsin!”, degan yaxshi niyat bilan 

shoyi belbog‘ bog‘la 

shida ham ana shu 

ma’no yashiringan. Yozma yodgorliklardan 

biri “Avesto”da ham bola 15 yoshga to‘lga-

nida maxsus “belbog‘ bog‘lar” marosimi 

o‘tkazilganligi haqida ma’lumot berilganligi 

xalqimizning belbog‘ bilan aloqador udum-

larining tarixi g‘oyat qadimiyligidan dalolat 

beradi. 

Belbog‘ qadimdan yigitlik quvvati, kuch-

qudrat, boy-badavlatlik va xotirjamlik tim-

soli sanalib kelinganligi bois, xal qimizning 

nikoh to‘yi marosimi bilan bog‘liq udum va 

rasm-rusumlarda ham uning ramziy mohi-

yatiga alohida e’tibor qaratiladi. Masalan, 

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tuma-

nidagi udumga ko‘ra, kuyov tomondan qiz-

ga sovchi yuborilayotganda yigitning bobosi 

yoki otasi sovchilarning beliga belbog‘ – 

belqars bog‘laydi. Qiz xonadoniga borgan 

sovchi o‘tirib gap boshlash asnosida belidagi 

belqarsini asta-sekin bo‘shatib qo‘yar ekan. 

Shunday qilinsa, qiz tomon ham sekin-asta 

“bo‘shashib”, qudalashishga rozi bo‘ladi 

deb o‘ylaydilar. Andijonlik sovchilar qiz 

xonadoniga olib boradigan sovg‘a-salomlar 

orasiga bitta kichkina oq tuguncha ham 

qo‘shib qo‘yadilar. “Shayton ora lama” deb 

ataladigan bu oq tuguncha qu dalashayotgan 

ikki oila orasiga sovuqlik tushmasin, muno-

sabatlari hamisha iliq, sovchilarning yo‘li 

oq bo‘lsin, yo‘ldan uruvchi kishilar niyatiga 

yetmasin, degan maqsadda qo‘yiladi. 

Agarda qiz tomon qudalashishga moyil 

bo‘lsa, sovchilarga to‘n kiygizib, bellariga 

belbog‘ bog‘langan. Kuyov tomon esa sov-

chilikdan qaytib kelgan ki shilardan “Bo‘ri-

mi, tulkimi?” – deb so‘raganda, sov chilarning 

ishi bitgan bo‘lsa “bo‘ri” deb javob bergan. 

Ana shunda bo‘lajak kuyovning otasi yoki 

bobosi sovchining beliga belbog‘ bog‘lagan. 

Nikoh to‘yining ajoyib udum laridan yana 

biri “yo‘l to‘sish” yoki “baqan solish” odati-

da ham belbog‘dan foydalanilgan. Yosh-ya-

langlar kelinni olib kelayotgan mashina 

o‘tadigan yo‘lga chiqishgan va ikki yigit 

belbog‘ning ikki uchidan tutgancha “yo‘lni 

to‘sishgan”. Kelinning yonida kelayotgan 

yangalari “yo‘l to‘ suvchilar”ga pul yoki bel-

bog‘ berishgan. Hadyani olishgandan 

so‘ng yigitlar “Kelin-kuyov baxtli bo‘lish-

sin!” deb tilak bildirishgan va yo‘lni ochish-

gan. Bu udum o‘zbek xalq dostonlarining 

eng sarasi “Alpomish”da ham o‘z badiiy 

ifodasini topgan. Atoqli baxshi Fozil 

Yo‘ldosh o‘g‘li Alpomish bilan Barchinning 

to‘yini ta’riflab shunday deb kuylaydi:

Yo‘lda baqan solaylik deb,

Do‘ppi, ro‘mol olaylik deb,

Akasiman ul ko‘rishib qoladi,

Ko‘p qizlar kelinni o‘rtaga oladi,

O‘tkazmaydi, yo‘lda baqan soladi,

Suqsur kaniz do‘ppi, ro‘mol beradi. 

Ilgarilari Toshkent shahri va uning atrofi-

dagi ayrim qishloqlarda nikoh to‘yida tortish-

machoq udumi o‘tkazilganda ham belbog‘ 

BELIDA BELBOG‘I 

BO‘LSIN YIGITNING!



Milliy meros vorisligi

Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2014

15

ishlatilishi kuzatilgan. An’anaga ko‘ra, ku-

yovni chimildiqqa kirgizib qo‘yib, keyin 

qizni chodiri (ya’ni palak, ko‘rpa, tagdo‘zi 



palak)  bilan birga ko‘tarib uyga olib kirib, 

bir tomonda qiz taraf, ikkinchi tomonda yi-

git taraf turib yosh, sog‘lom, kuchli juvon-

lardan biri beliga belbog‘ bog‘lab o‘rtaga 

tushadi. Qiz-juvonlar qiyqirib tortishadi. 

Oxiri bir tomon zo‘r chiqib yengadi. Chodir 

ichida qizni tayyorlab turadilar, uyoqda ku-

yov chimildiq ko‘tarib yo‘l o 

chilgandan 

so‘ng qizni ko‘tarib chimildiqqa olib kirib 

ketadi.

Xalq qarashlari va an’analariga ko‘ra, 



belbog‘ kuyovlikning asosiy belgisi sanaladi. 

Shuning uchun ham xalq qo‘shiqlarida ku-

yov beliga adras belbog‘ bog‘lagan o‘ktam 

yigit sifatida tasvirlanadi:

Kuyov keldi gul bilan yor-yor-yorone,

Sochlari sumbul bilan, yor-yor-yorone.

Adras belbog‘ belida, yor-yor-yorone,

Qo‘ynida bulbul bilan, yor-yor-yorone.

Qizlar o‘zlarining sevgan yorlariga atab 

belbog‘ tikishgan. Bunday belbog‘lar uchun 

asl, sara matolar tanlab olingan. Turli be-

zaklar, gullar bilan bezatilgan bunday bel-

bog‘larga ishq-muhabbat, mehr, samimiyat, 

sadoqatni tarannum etuvchi baytlar ham 

naqsh qilib tikilgan. Sayl-tomoshalarda, 

Navro‘z, hosil bayrami singari bayramlarda 

sevishgan yoshlar bir-birlariga turli sovg‘a-

salomlar yo‘llashgan. Yigitlar yosh bolalar 

orqali o‘zlari ko‘ngil qo‘ygan qizlarga turli 

shirinliklar, ro‘mol va boshqa hadyalar yu-

borishsa, yangalari bilan saylga kelgan qiz-

lar o‘zlari unashtirilgan yigitlarga do‘ppi, 

belbog‘ taqdim etishgan. Xalqimiz orasida 

qadimdan urf bo‘lib kelgan bu an’ana 

qo‘shiqlarda shunday bayon etiladi: 

Daryo to‘lib oqadi axsi bilan,

O‘ynab kulaveringlar yaxshi bilan.

O‘ynaganda kulganda yaxshi bo‘lar,

Belbog‘ tikib beradi naqshi bilan.

Surxon vohasida ham ilgarilari qiz bo‘la-

jak yoriga atab chopon, belbog‘, do‘ppi tik-

kan. Bu liboslar to‘y kuni kuyov qizni uyiga 

olib ketish uchun kelganida o‘tkaziladigan 

“kuyov kiyintirar” udumi chog‘ida kuyovga 

kiygizilgan. Xalq qo‘shiqlarida bu odat quyi-

dagicha kuylanadi:

Belqars tikay yorimga deb,

Beli quvvatli bo‘lsin deb,

Suv keltiray yorimga,

Suvday tiniq bo‘lsin deb.

Xorazm vohasi nikoh to‘ylarida “belbog‘ 

yechar” deb ataluvchi o‘ziga xos ajoyib bir 

udum mavjud bo‘lgan. 

Belbog‘ qadimdan erkaklar kuchi, qudrati 

va bahodirligining timsoli hisoblanganligi 

uchun ham belbog‘ kuyovning beliga bog‘la-

nayotganda qattiq qilib tugilgan. Bu bilan 

kuyovning oila boshlig‘i, ya’ni er bo‘lganligi, 

uning kuch-quvvatga egaligi, yovuz kuch-

lar, yomon ko‘z, suq-nazardan himoyalan-

ganligi angla shilgan. An’anaga ko‘ra, kuyov 

belbog‘i to‘y kuni yangalar tomonidan ye-

chilishi kerak bo‘lgan. Yechish mushkul 

bo‘lsin uchun ham kuyovjo‘ralar belbog‘ni 

mahkam bog‘laganlar. “Belbog‘ yechar” 

udumi kelin bilan kuyovning hayot yo‘li 

bog‘lanmasin, qiyinchiliklar bartaraf bo‘lsin, 

barcha tugunlar yechilsin degan ramziy 

ma’noni anglatgan. Yangalarning so‘zga che-

chan, uddaburon va chaqqonrog‘i kuyov-

ning belbog‘ini yechayotganda kuyovjo‘ra-

lar:


Kela qoling yangajon,

Yecha qoling, yangajon!

Belbog‘ yecholmasangiz,

Tanga soching, yangajon! 

deb qo‘shiq aytishgan.

Xullas, ayrim milliy liboslarimiz turkiy va 

sharq xalqlarining qadimgi madaniyatidan 

boshlab o‘z o‘rni va ahamiyatiga ega bo‘lib 

kelgan. Xususan, belbog‘ning paydo bo‘lishi 

juda ko‘p rivoyat va an’analar bilan bog‘liq. 

Belbog‘ bilan bog‘liq o‘zbek xalq maqollari 

ham salmoqli qismni tashkil etadi. Aynan 

o‘zbek folklorida – o‘lan va aytishuvlarda 

qahramon yoki oshiq yigit ko‘p hollarda 



Milliy meros vorisligi

Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2014

16

belbog‘ bilan tasvirlanadi. “Belida belbog‘i 

bor” tushunchasi o‘smir yigitning balog‘at 

yoshiga yetganini ifodalaydi.

Belbog‘ – oshiqlik, bardamlik, qahramon-

lik, muayyan mushkul vazifaga kirib borish, 

qiyin ishlarni bo‘yniga olish ramzlarini ifo-

dalaydi. Ming afsuslar bo‘lsinki, ayni za-

monlarda belbog‘ bog‘lash sahnaviy talqin-

da, to‘y yoxud g‘am-g‘ussaga botish yoki 

azadorlik sifatida yashab kelmoqda. 

Belbog‘ asosan erkaklar libosi bo‘lib, uni 

faqat muayyan bir marosim, masalan, to‘y 

yoki azada emas, balki har doim bog‘lab 

yurish foydadan xoli emas. Kaykovusning 

“Qobusnoma” nomli didaktik asarida “bel-

bog‘ bog‘lash” deb atalgan fasl mavjud 

bo‘lib, unda belbog‘ asosan javonmardlar 

belgisi sifatida talqin qilinadi. Asarda hatto 

belbog‘ni qanday bog‘lash, qay shakl va 

rangdagisini tanlash, shuningdek, bel-

bog‘ning turli xil ramziy-timsoliy ma’nolari 

haqidagi ma’lumotlar ham keltirilgan.

Mamlakatimizning ayrim hududlarida 

belbog‘ “belqars”, “qiyiq”, “qiyiqcha”, 

“ro‘pok cha” deb ham ataladi. Belbog‘ belga 

bog‘lanishdan tashqari, ayrim narsalarni 

bir-biriga bog‘lash, masalan, sepoya-taltay-

larni bog‘ lash, non va boshqa yeguliklarni 

tugib olishda ham ishlatilgan. Ayrim hudud-

larda bu udum haligacha saqlanib qolgan.

Belbog‘ning xalq tabobatida ham o‘rni 

be qiyos. Fiziolog mutaxassislar inson orga-

nizmidagi asosiy tayanch nuqta deb bel so-

hasini bilishadi. Barcha hayotiy kuchlar, 

energiya, asosan bel qismdan taqsimlangani 

uchun donishmand ota-bobolarimiz hami-

sha belbog‘ bog‘lab yurganlar. Buni har bir 

inson sinab ko‘rishi mumkin. Bel siqib 

bog‘langanda inson o‘zini bardam tuta 

boshlaydi. Og‘ir atletika bilan shug‘ullanuv-

chi sportchilarni kuzatsak ham o‘ziga xos 

belbog‘ taqqanlarining guvohi bo‘lamiz.

Xalqimizning qadimiy an’analariga ko‘ra, 

belbog‘ yovuz kuchlardan asrash vositasi 

deb ham qaraladi. Bunga ko‘ra, bel bog‘lan-

ganda kishining tanasi tashqi kuchlar ta’siri-

dan magik doira vositasida himoya qobig‘i 

hosil qiladi. Shuning uchun ham belbog‘i 

bor kishiga yomon nazar yoki yovuz kuchlar 

ta’sir ko‘rsatolmaydi, deb ishonganlar. 

Ayollar ko‘zi yoriganda chaqaloqning atrofi-

ni belbog‘ bilan aylantirib o‘rab qo‘yish 

odatining ma’nosi ham ana shunda.

Xullas, belbog‘ asrlar mobaynida oriyatli-

lik, kuch-quvvat, bahodirlik va jasurlik tim-

soli sifatida yigitlarimizning g‘ururini ko‘k-

larga ko‘tarib kelgan. Shunday ekan, o‘z 

yurtining har qarich tuprog‘ini muqaddas 

bilgan, oilasini asrash uchun ko‘kragini qal-

qon qilgan har bir yigitning belida belbog‘i 

bo‘lsin!


Shahodatbonu IMOMNAZAROVA. 

Milliy meros vorisligi

Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2014

17

Temuriylar sulolasining shon-shuhratini 

dunyoga yoygan buyuk munajjim va davlat 

arbobi Mirzo Ulug‘bek 1409-yili sohibqiron 

bobosining taxtiga o‘tirgach, Amir Temur ish-

larining chinakam davomchisiga aylandi. Yosh-

ligidanoq tug‘ma iste’dod sohibi bo‘lgan 

Ulug‘bek olimlar, shoirlarga katta g‘amxo‘rlik 

qildi. U poytaxt Samarqandga yuzdan oshiq 

olimlarni yig‘ib, katta ilmiy markaz-maktab 

yaratdi. Ulug‘bek Samarqandga mashhur olim-

larni yig‘arkan, ularning oldiga Sharq va 

G‘arbda yashab o‘tgan yirik olimlarning asar-

larini yig‘ish, ularni tarjima qilish, mukammal 

ilmiy sharhlar yozish va matematika, geomet-

riya, tibbiyot, tarix, astronomiya, poetika, ta-

rix ilmlarining muhim qirralarini rivojlantirish 

masalasini qo‘ydi. 

Ulug‘bek Samarqandda yaratgan bu ilmiy 

maktab fan tarixida shu darajada chuqur iz 

qoldirdiki, bundan 250 yil ilgari mashhur 

fransuz yozuvchisi, faylasufi va tarixchisi 

Volter bu maktabni “Samarqand akademiya-

si” deb atagan edi. Ulug‘bek yaratgan bu ilmiy 

maktab, ayniqsa, astronomiya fanida katta 

yutuqlarga erishdi va bu maktabning shon-

shuhrati dunyoga yoyilishiga sabab bo‘ldi. 

Samarqand olimlari Ulug‘bekning buyrug‘i 

bilan astronomiyaga oid risolalarga sharh yo-

zar ekanlar, bu risolalardagi ko‘plab ma’lu-

motlarni qayta tekshirib ko‘rishga ehtiyoj se-

zadilar. Bu hol Samarqandda rasadxona qu-

rishni taqozo etadi. Olimlar bu fikrni Mirzo 

Ulug‘bekka aytganlarida, hukmdorning ham 

niyati shunday ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shun-

dan so‘ng Samarqandda rasadxona qurishga 

kiri shiladi. 

Ulug‘bek Samarqandda qurilajak rasadxo-

na har tomonlama mukammal bo‘lishi va un-

da o‘rnatiladigan asbob-uskunalar har qanday 

xatoliklardan xoli bo‘lishini talab qiladi. Shu 

sababli olimlar Ulug‘bek bilan hamkorlikda 

turli davrlarda qadimgi sharqning Bag‘dod, 

Damashq, Isfahon va Marog‘ shaharlarida 

barpo qilingan rasadxonalarning loyihalari, 

ularda o‘rnatilgan asboblarning tuzilishini har 

tomonlama o‘rganib chiqadilar. Shundan so‘ng 

quriladigan rasadxonaning loyihasi yaratildi 

va uni qurish uchun joy tanlandi. Mirzo 

Ulug‘bek va boshqa olimlar rasadxona qurish 

uchun Cho‘ponota janubidagi tepalik qulay 

degan qarorga keladilar va bu yerda 1420- yili 

qurilish ishlari boshlab yuboriladi. Qurilish 

qariyb 9 yil davom etadi. Zamondoshlarining 

guvohlik berishlaricha, uch qavatli rasadxona 

binosi o‘sha davrning eng hashamatli va mu-

kammal ilmiy markazi bo‘lgan. Qurilish ishla-

ri tugashi bilan bu yerda ilmiy kuzatishlar 

boshlanadi. Mirzo Ulug‘bek bu yerda tunni 

tongga ulab, osmonga boqib, yulduzlar hara-

katini o‘rgana boshlaydi. Rasadxonada Mirzo 

Ulug‘bek bilan yonma-yon uning ustozi za-

bardast olim Qozizoda Rumiy, shogirdlari 

G‘iyosiddin Jamshid al-Koshiy va Ali Qush-

chilar tinmay ter to‘kadilar. 

Mirzo Ulug‘bekning rasadxonada 20 yildan 

ortiq vaqt mobaynida olib borgan ilmiy kuza-

tishlari uning shoh asari “Ziji jadidi Ko‘rago-

niy”, ya’ni “Ko‘ragoniyning yangi jadvali” 

nomli asarida jamlangandir. Bu shohona ilmiy 

asar 4 kitobdan iborat bo‘lib, uning birinchi 

kitobi eralar va taqvimlar bilan bog‘liq muam-

molarni tahlil qilishga bag‘ishlangan. 

“Zij”ning ikkinchi kitobi asosan matemati-

ka va sferik astronomiya tahliliga bag‘ishlan-

gan. Uchinchi kitobi esa astronomiya masala-

larining tahliliga oid bo‘lib, bu asosiy kitob 

hisoblanadi. Kitobda quyosh, oy va besh yirik 

sayyoraning harakatlari har tomonlama 

chuqur va asosli ravishda tahlil qilingan. “Ziji 

jadidi Ko‘ragoniy”ning oxirgi to‘rtinchi kitobi 

ikki bobdan iborat bo‘lib, ularda asosan ilmi 

nujumga oid muammolar tadqiq etilgan. Shu-

ningdek, bu ilmiy asar mukammal yozilgan 

“Muqaddima” bilan boshlangan bo‘lib, unda 

Mirzo Ulug‘bek kitobni yozishdan maqsad va 

unga bu ishda ko‘mak bergan olimlarning 

hammalarini minnatdor 

chilik bilan eslab 

o‘tgan. 


Mirzo Ulug‘bekning ushbu ilmiy asari o‘z 

davridayoq juda mashhur bo‘lib, dunyoning 

turli mamlakatlarida astronomiya rivojiga 

katta ta’sir ko‘rsatgan. Unga Ali Qushchi, Mi-

ULUG‘BEK RASADXONASI

O‘lkamiz tarixidan


Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2014

18

rim Chalabiy va Husayn Birjandiy kabi astro-

nomlar sharhlar yozganlar. Ulug‘bekning 

shogirdi Ali Qushchi 1473-yili “Zij”ni Istan-

bulga olib keladi, so‘ngra bu asar Ovro‘paga 

tarqalib ketadi. Oksford universitetining pro-

fessori Jon Trivs (1602­1652) Ulug‘bekning 

“Zij”ini Ovro‘pada birinchi bo‘lib tadqiq qil-

gan. Ushbu universitetning yana boshqa bir 

olimi sharqshunos Tomas Xayid (1636­1703) 

“Zij”ni lotin tiliga tarjima qilib nashr ettirdi.

1449-yili Mirzo Ulug‘bek fojeali ravishda 

o‘ldirilgach, rasadxona ham qarovsiz qoldi, 

ilmiy kuzatishlar to‘xtadi. Ulug‘bekning sho-

girdi Ali Qushchi ham o‘z yurtini tark etishga 

majbur bo‘ldi va Turkiyaga jo‘nab ketdi. Ali 

Qushchi rahbarligida Turkiyada ham rasadxo-

na qurildi, rasadxonani barpo qilishda Sa-

marqanddagi Mirzo Ulug‘bek rasadxonasining 

loyihasi asos qilib olindi. Shuningdek, Ulug‘-

bek rasadxonasining loyihasi asosida Hindis-

tonda ham yangi rasadxona qurildi, bu rasad-

xonalarning barchasida Ulug‘bek yaratgan 

“Ziji jadidi Ko‘ragoniy” kitobi dasturil 

amal 

bo‘lib xizmat qildi. 



Mirzo Ulug‘bekning “Ziji” Yevropada keng 

tarqalgach, ovro‘paliklar o‘rtasida Ulug‘bek-

ning shaxsiyati va qurdirgan rasadxonasiga 

qiziqish kuchayib boradi. Shu sababli Sa-

marqandga tashrif buyurgan ko‘pgina ovro‘-

palik sayyohlar va olimlar rasadxona o‘rni bi-

lan qiziqar edilar. Jumladan, venger olimi 

Armeniy Vamberi (1832­1913) ham Samar-

qandga kelgach rasadxona o‘rni bilan qiziqdi 

va uni Tillakori madrasasining ichida joylash-

gan bo‘lsa kerak, deb taxmin qildi. Ammo 

venger olimining bu taxmini mutlaqo asossiz 

edi. Shu bilan birga rasadxona o‘rnini topish-

ga ko‘pgina rus tarixchi, astronom va arxeo-

loglari ham qiziqa boshladilar. Ammo ularning 

bu qiziqishlari hech bir samara bermadi. 

1908-yili omad havaskor arxeolog V. Vyatkin-

ga kulib boqdi, u samarqandlik ziyolilar Abu 

Said Maxsum va Egamxo‘ja mullolar yordami-

da XVII asrga oid vaqf hujjatlari asosida rasad-

xona o‘rnini topishga erishdi. Shundan so‘ng 

turli arxeologlar tomonidan bu yerda olib bo-

rilgan qazishmalar o‘z natijasini ko‘rsatdi. 

Hozirda rasadxona poydevori va qoyatoshni 

o‘yib yasalgan kvadrant to‘liq ochilgan. Qa-

zishmalar natijasidan ma’lum bo‘lishicha, ra-

sad xona dumaloq shaklda, uch qavatli bo‘lgan 

ekan. Pastki qavatda kvadrant, tepadagi qa-

vatlarda esa kutubxona, dam oladigan, ilmiy 

ishlar bilan shug‘ullaniladigan hujralar mav-

jud bo‘lgan. 

1914-yili kvadrant ustiga pishiq g‘ishtlar-

dan g‘ilof barpo qilingan. Shuningdek, bu 

yerda ikki qavatli Ulug‘bek memorial muzeyi 

ham qurilgan. Muzeydagi buyumlarda ulug‘ 

munajjim Mirzo Ulug‘bekning ilm yo‘lida 

chekkan zahmatlari o‘z aksini topgan. 

Muzey yonida arxeolog V.Vyatkinning qab-

ri ham bor. Bu zahmatkash olim o‘limi oldidan 

bu yerga dafn etishlarini vasiyat qilgan. Rasad-

xona qurilgan maydonda astronomlar sultoni 

Mirzo Ulug‘bekning granitdan yasalgan hay-

kali ham qad rostlab turibdi. Kechalari samo-

ning uzoq-uzoq burchaklariga boqib, 1018 

yulduz harakatini kuzatgan ulug‘ munajjim 

nima uchundir boshini quyi solib turibdi. Sa-

moning qa’ridagi olis yulduzlarning harakati-

dan voqif bo‘lgan, ammo oyog‘i ostidagi fitna-

lardan bexabar qolgan Mirzo Ulug‘bek os-

mondagi hayot bilan yerdagi hayot o‘rtasida 

qanchalik katta tafovutlar borligini o‘ylagan-

mikan?


XV asrda Mirzo Ulug‘bek tomonidan yara-

tilgan bu noyob ilmiy markaz – rasadxona aj-

dodlarimizning yuksak ilmiy tafakkurlari va 

salohiyatlariga qo‘yilgan tirik yodgorlikdir. 

Amriddin BERDIMURODOV,

O‘zRFA Arxeologiya instituti direktori.



Download 360.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling