Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun
Download 360.19 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxs kamoloti
- Nima sababdan semiramiz
- Semirishga bo‘lgan dastlabki qadam
- Salomatlik olami Sog‘lom avlod uchun | 12
- Qanday qutulmoq kerak
Sog‘lom oila Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2014 7 hamda xalq pedagogikasi va an’analaridan uzoqlashish. Oila tarbiyasining ayrim qoidalari bilan ta- nishib chiqamiz: – bolalar fikrini hurmat qilish; – ularni intizomga o‘rgatish; – tarbiyadagi muhim o‘zgarishlarga may- da siljishlar orqali erishish; – “Yetti o‘lchab bir kes” maqoliga rioya qilish; – ravonlik va asta-sekinlik bola tarbiyasi- ning muhim tamoyili hisoblanadi; – begonalar ishtirokida bolaga berilgan mas- lahat ta’na sifatida qabul qilinishi mumkinli- gini unutmaslik; – talablarning tushunarli va aniq bo‘lishi. Ularning to‘g‘ri bajarilishini nazorat qilish; – bolalarni nazorat qilib turish. Bola tarbiyasi bo‘yicha maktab, oila va ja- miyat faoliyatining muvofiqligi quyidagi tash- kiliy shakllarda amalga oshiriladi: – maktab, ota-onalar uyushmasi, mahalla qo‘mitasi, klublar, kutubxona, militsiya va sog‘liqni saqlash tashkilotlarining tarbiyaviy ishlari rejasi muvofiq holda tuziladi; – jamiyat a’zolari va ota-onalarga bolalar bilan ishlashning samarali usullarini tizimli ravishda o‘rgatish maktab tomonidan tashkil etiladi;
– tarbiyaviy ishlarning natijalarini hamkor- likda muhokama qilish va o‘rganib borish ke- rak bo‘ladi. Lola XOLMAMATOVA, Toshkent arxitektura qurilish instituti katta o‘qituvchisi. Shaxs kamoloti UMRBOQIY QADRIYATLAR Yurtimizning kuch-qudrati azal-azaldan xal- qimizning umuminsoniy qadriyatlariga sodiq- ligi bilan o‘lchanib kelingan. Xalqimiz adolat, tenglik, ahil qo‘shnichilik va insonparvarlik- ning nozik kurtaklarini asrlar bo‘yi avaylab- asrab keladi. Hukumatimiz siyosatining oliy maqsadi ana shu an’analarga yangi mazmun bag‘ishlash, zaminimizda tinchlik va demok- ratiya, farovonlik, madaniyat, vijdon erkinligi va har bir kishining kamol topishi uchun zarur shart-sharoit yaratishdir. Jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqich- larida ijtimoiy hodisalarga munosabat xilma- xil tarzda namoyon bo‘ladi. Xususan, mus- taqillikdan so‘ng hayotimizning barcha jabha- larida “qadriyatlar”, “milliy tiklanish”, “milliy ong”, “milliy g‘urur”, “milliy iftixor” kabi atamalar tez-tez ishlatiladigan bo‘lib qoldi. Bu bejiz emas. Zotan, mustaqillik ayni paytda milliy tiklanish hamdir. Uni esa mazkur tu- shunchalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Qadri- yatlar esa milliy tiklanishning o‘zagidir. Qadriyat falsafiy va sotsiologik tushuncha. U birinchidan, biror obyektning ijobiy yoki salbiy qimmatini, ikkinchidan, ijtimoiy ong- ning normativ belgilovchi-baholovchi jihati – subyektiv qadriyatlar yoki ong qadriyatlarini ifoda etadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida xalqimizga xos urf-odatlarni oila, maktab va mehnat jamoala- rida qo‘llash hamisha dolzarb bo‘lib kelgan. Shu kunlarda, ayniqsa, vatanparvarlik, millat- lararo do‘stlik, ekologik tarbiyaga doir an’ana- larni tarbiya jarayoniga tatbiq etish, hozirgi avlod kishilarini xalq pedagogikasining xalq- chil ko‘rsatmalari asosida tarbiyalashni keng qo‘llash nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dunyoda har bir millatning o‘ziga xos tur- mush tarzi, hayoti va kelajagi bilan chambar- chas bog‘liq qadriyatlari mavjud. O‘zbek xal- qining urf-odatlari, ta’lim-tarbiya, madaniyat an’analari uzoq asrlarga borib taqaladi. Barg ildizdan quvvat oladi deganlaridek, hozirgi va kelajak avlod kishilarining ularni chuqur bili- shi ma’naviyatning mag‘zi to‘qligi omilidir. Bu – hamisha avlodlar tomonidan e’tirof etil- gan haqiqat. Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2014 8 Shaxs kamoloti An’analarning vujudga kelishi va shaklla- nishi murakkab ijtimoiy jarayon. Unda xalq- ning dono fikrlari, axloq mezonlari, o‘z ifoda- sini topgan. Shuning uchun ham yosh avlod ajdodlarimiz tomonidan tarixiy sharoitda vu- judga kelgan ilg‘or an’analarni o‘zlashtirishi, unga rioya etishi, boyitishi nihoyatda zarur. Ayni sharoitda jamiyatimizda mazmuniga ko‘ra umuminsoniy, shakliga ko‘ra milliy an’- analar qaror topmoq da. Eski va yangi an’ana- lar qarama-qarshiliklar jarayonida saralanadi, sayqal topadi. Ayrim an’analar qanday bo‘lsa, o‘sha holida uzoq vaqt saqlanib qoladi, bosh- qalari o‘z ko‘rinishlarini o‘zgartiradi, uchin- chilari esa yangilariga uyg‘unla shadi, takomil- lashadi. Oilaviy an’analarga bolalarning tug‘ilishi bilan bog‘liq bo‘lgan marosimlar, urf-odatlar, bolalar tarbiyasiga taalluqli bo‘lgan va umum- insoniyat tomonidan qabul qilingan amaliy maslahatlar kiradi. Ana shu xususiyatlarga ko‘ra oilaviy an’analar nisbatan yashovchan sanaladi. Ayniqsa, umumxalq ko‘rinishidagi oilaviy an’analarning umri boqiy. Urf-odatlar qancha xalqchil, qancha keng tarqalgan bo‘l- sa, shundayligicha qoladi deb ham bo‘lmaydi. Hayot ularga o‘zining yangidan yangi xislatla- rini, davr silsilasini kiritadi. Har davrning vu- judga keltiradigan yangi an’anasida yangi av- lod vakillarining milliy xususiyatlari, shuning- dek, ularning o‘tmish haqidagi yorqin xotira- lari o‘z aksini topib boradi. Qadriyatlar bebaho mulk. Ularni xalq yara- tadi, xalq baholaydi, o‘zi asrab-avaylaydi. Uni oliy qadriyatlar sifatida tushunish, unga bo‘lgan munosabat har bir fuqaroning ichki madaniyatidan, ma’naviy-axloqiy qiyofasi- dan, butun millatning umummadaniy saviya- sidan, siyosiy-ijtimoiy faolligidan dalolat be- radi. Qadriyat deyilganda, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan millat, elatning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan tabiat va jamiyat hodisalar majmuyi tushuni- lishi lozim. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, umuminsoniy qadriyatlar yetukligini isbotlash uchun ularni boshqalardan ustun qo‘yishga, afzal deb ko‘r- satishga urinish shart emas. Buning uchun milliy qadriyatlar boshqa xalqlarning ma’na- viy merosi bilan bog‘liq ekanligini, ularning o‘ziga xos xususiyatlari borligini bilish kerak. Umuman, milliy qadriyatlarning shakllanishi va rivojlanish jarayonini jahon sivilizatsiyasi- dan ajratib bo‘lmaydi. Barcha xalqlar o‘z ta- raqqiyot bosqichlarini turli sharoitlarda o‘ziga xos imkoniyatlar asosida bosib o‘tadi. Demak, umuminsoniy qadriyatlar turli millat, xalqlar o‘rtasida iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalar va imkoniyatlarni bir-biri bilan bog‘lab turadi. Shoista SODIQOVA, Nizomiy nomidagi TDPU Pedagogika va psixologiya fakulteti “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi dotsenti. Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2014 9 Hozirgi kunda insonlar oldida turgan mu- ammolardan biri, bu – ortiqcha vazndan xalos bo‘lish hisoblanadi. Ma’lumotlarga qaragan- da, hozirda dunyo miqyosida yarim milliard kishi semizlikdan aziyat chekayotgan bo‘lsa, bir milliardga yaqin aholi ortiqcha vazndan qutulish choralarini izlamoqda. Ommaviy semirish Amerika matbuotida bir necha o‘n yillardan buyon bahs-munozara mav zusiga aylandi. Ammo bu muammo XXI asr boshlarida paydo bo‘lgani yo‘q. 1958-yilda garvardlik taniqli iqtisodchi G. Gelbreyt o‘zi- ning “To‘kin-sochinlik jamiyati” kitobida “... aksariyat amerikaliklar ochlikdan emas, balki haddan ortiq ovqat iste’mol qilishdan o‘l moqda” deb yozgan edi. Statistik ma’lu- motlarga ko‘ra, hozirgi vaqtda har yili 100–400 ming amerikalik semizlikdan vafot etar ekan. O‘tgan asrning elliginchi yillarida amerikalik- larning ovqat, kiyim-bosh va boshpanaga bo‘l gan asosiy ehtiyojlari qondiriladi. Oqibat- da, XXI asrning boshlarida ortiqcha vazn tu- fayli 61 % amerikaliklarning sog‘ligida mu am- mo lar vujudga keldi. 1977–1995-yillar davo- mida energiya iste’moli yiliga jon boshiga 200 kilokaloriyaga oshgan. Semirish AQSHda epidemiya ko‘rinishini oldi. “Semirish pandemiyasi” haqida Butunja- hon sog‘liqni saqlash tashkiloti ham bayonot bermoqda. Uning tarqalish tezligi Amerikada eng yuqori: 1962-yilda 13%, 1997-yilda 19,4%, 2004-yilda 24,5%, 2007-yilda 26,6%, 2008-yil- da 33,8% va 2010-yilda 35,7% aholi semizlik kasaliga duchor bo‘lgan. 2012- yilda rossiya- liklarning 25 foizi semizlikdan aziyat cheka- yotganligi, 50 foizi esa ortiq cha vaznga ega ekanligi to‘grisida ma’lumotlar bor. Bu kasal- lik O‘zbekiston aholisini ham chetlab o‘tma- yapti. XXI asrga kelib mamlakatimiz aholisi o‘rtasida ham semizlikdan qiynalayotganlar soni keskin ravishda oshib borayotganligi ku- zatilmoqda. G. Gelbreyt semizlikning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sabablarini chuqur tahlil qildi. Ma- salan, o‘tgan asrning 70-yillarida Amerikada oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlashgan payt- da mamlakatda arzon palma yog‘i ning impor- tiga bo‘lgan cheklanishlar bekor qilingan ham- da yangi texnologiyalar asosida glyukoza-fruk- tozali siroplar tayyorlashga ruxsat berilgan. Ushbu arzon va yuqori kaloriyali mahsulotlar- dan aksariyat ovqatlar tayyorlana boshlangan. Fastfud marketologlari esa super o‘lchamli bigmaklar ishlab chiqara boshlashgan. Natija- da 1960-yilda “Makdonald”dagi bir ovqatning kaloriyaliligi 200 kilokaloriyadan 610 gacha oshgan.
Agar avvalgi paytlarda oilalarda uyda ovqat tayyorlash odat tusiga kirgan bo‘lsa, 80-yillar- da amerikalik uy bekalari bu mashg‘ulot u chun vaqt ajratmay qo‘ydilar. Chunki ko‘ cha- dan tayyor ovqatni buyurtma qilib uyga olib keltirish mumkin bo‘lgan. Boz ustiga omma- bop kitoblar va teleko‘rsatuvlar bola och yoki to‘qligini, qachon, qayerda ovqatlanishini o‘zi biladi singari fikrlarni tasdiqlaydigan nazari- yalarni keng targ‘ib qila boshlaydi, natijada ota-onalar farzandining qachon va nima is- te’mol qilishini nazorat qilmay qo‘yishdi. Fikrimizcha, yuqoridagi holat O‘zbekiston- ga ham kirib keldi. Hozir ko‘chalarda hot dog, gamburger, chizburger, biglanch singari ovqatlarni har qadamda uchratish mumkin. Achinarli tomoni shundaki, yoshlar bunday ovqatlarni juda sevib iste’mol qilishmoqda. Vaziyatni yaxshilash borasida Amerika hukumati bir qancha choralar ko‘rdi. Ulardan biri 1990-yilda qabul qilingan qonun bo‘lib, unda barcha oziq-ovqat mahsulotlarining yorliqlari (etiketka) da mahsulot tarkibi ham- da kaloriyaliligini yozish majburiyligi belgilab qo‘yilgan. 2008-yilda esa Nyu-York restoran- lari menyusida ovqatlarning kaloriyasi qayd etilgan birinchi shaharga aylandi.
XIX asrning oxirida vrachlar patologik se- mizlikni davolash maqsadida hayvonlarning METABOLITIK SINDROM Salomatlik olami Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2014 10 qalqonsimon bezidan olingan suyuqlikdan foydalanishgan. Aniqlanishicha, undagi tirok- sin, triyodtironin garmonlari qalqonsimon bez yetishmovchiligining oldini olish bilan birga metabolizmni kuchaytirib, kasallarning vaz- nini tushirar ekan. Demak, semizlik – sust metabolizm oqibati, semizlar kamharakat- chan va yalqov bo‘ladi degan tushunchaga olib keladi. Ammo keyinchalik aniqlanishi- cha, semiz kishilarda energiya almashinuvi ozg‘in kishilardagiga nisbatan faolroq bo‘lar ekan. Nemis fiziologi Maks Rubnerning tad- qiqotlariga ko‘ra, energiya almashinuvining intensivligi tana yuzasi maydoniga proporsio- nal ekan. Semiz odamlarda bu maydon katta bo‘lganligi uchun ularda energiya almashinu- vi ham intensiv bo‘ladi. Demak, kamharakat- lilik semizlikning asosiy sababchisi emas. 1997-yilda genetiklar leptin garmonini kod- laydigan birgina genda nuqson bo‘lishi ovqat hazm qilish jarayoniga sezilarli ta’sir qilishini ishonchli tarzda isbot qilishdi. Bosh qacha qi- lib aytganda, semizlikning ildizlari genlarga borib taqaladi. Olimlarning aniqlashlaricha, normal faoliyat yurituvchi organizmda qabul qilinadigan va sarflanadigan kaloriya orasida- gi mutanosiblikni saqlab turuvchi mexanizm mavjud ekan. Bu mexanizm organizm ichki muhitining dinamik doimiyligi – gomeostaz- ning tipik reaksiyasini namoyish qiladi. Bosh- qacha aytganda, semizlikka moyil kishilar gomeostazning doimiyligini semiz holda saq- lashga genetik jihatdan ham moyil bo‘ladi. Yuqori kaloriyali ovqat esa bu genetik moyil- likning namoyon bo‘lishiga yordam beradi xolos.
Semirishga bo‘lgan dastlabki qadam ona qornidan boshlanadi. Tadqiqotchilar xulosasi- ga ko‘ra, ona homiladorlik paytida qancha to‘ yib ovqatlangan bo‘lsa, bola voyaga yetga- nida semizlikka chalinish ehtimolligi shuncha kam bo‘lar ekan. Semizlikka irsiy moyillikni faollashtiradi- gan yana bir davr, bu – balog‘at yoshi hisob- lanadi. Bu yoshda o‘smir uchun tashqi ko‘ri- nish alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Ma’lum bo‘lishicha, ikki yashar sog‘lom semiz bola kelajakda xushbichim yigitga aylanish imko- niga ega bo‘lsa, to‘ladan kelgan o‘n besh yoshli o‘smir keyinchalik ham semirishda da- vom etadi. Tadqiqotchilar e’tiborini yoshlar va o‘smirlarning ovqatlanish tartibi o‘ziga jalb qildi. Ular ovqatlanish tartibining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri yo‘l-yo‘lakay tamaddi qilishdir. Bu asosan, kafeteriylar, pitseriyalar, bufetlar, talabalar oshxonalari, tungi klublar, internet-kafelarda kechadi. Yoshlar bunday oshxonalarga nafaqat ovqatlanish, balki suh- batlashish uchun kirishadi. Odatda, bunday paytda uglevodlarga boy shakarchoy, kofe, pirojniylar, shokoladlar, konfetlar, shirin kul- chalar hamda gazlangan shirin ichimliklar is- te’mol qilinadi. Xuddi shunday assortiment hozirgi paytda maktab oshxonalarini ham qamrab oldi. Maxsus adabiyotlarda bunday ovqatlanish tartibi “kafeteriya rejimi”, uning oqibatlari esa metabolitik sindrom deb yuritila boshlandi. Hozirgi davrda semirish, ikkinchi tipdagi qandli diabet, aterosklerozning dastlabki bosqichlari va yana bir qancha keng tarqalgan kasalliklarni umumiy patofiziologik mexa- nizm bilan birlashtirish aniq belgilab qo‘yil- gan. U “metabolitik sindrom”, “to‘kin-sochin- lik sindromi”, “halokat kvarteti” yoki “sind- rom X” deb nom oldi. Kafeteriya rejimining oqibatlari allaqachon batafsil o‘rganilgan. Qondagi qand miqdorini boshqarib turish oshqozon osti bezi garmon- larining kvarteti tomonidan amalga oshiriladi. Ular orasidan faqat insulin qondagi glyukoza miqdorini kamaytiradi. Organizmga qandning navbatdagi porsiyasi tushganidan so‘ng qon- da glyukozaning miqdori keskin oshib ketadi. Bunga javoban oshqozon osti bezi tomonidan qonga insulin chiqariladi. Insulin esa glyuko- zani qondan tana hujayralariga, eng avvalo, muskul hujayralariga yuboradi. Hujayralarda esa glyukoza yoqilg‘i sifatida “yoqiladi”. Ma’lumki, nerv hujayralarining ham glyu- kozaga ehtiyoji baland. Ular glyukozasiz hatto 0,1 sekund ham yashay olmaydi. Buning u chun ularga insulinning keragi yo‘q. Aynan shuning uchun qand darajasini boshqaradigan omillar gipoklemiya – qandning qonda kama- yib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Afsuski, soxta shuhrat qozongan kafeteriya rejimi ushbu mutanosiblikni buzadi. Gap shundaki, oshqo-
Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2014 11 zon osti bezi barcha garmonlar kvartetining ishlab chiqarilishi uchun yetarli miqdorda oqsillar ham kerak bo‘lar ekan. Ammo ular “Pepsi”, “Coca-Cola” va kofe tarkibida yetarli emas. Shuning uchun organizmga birdaniga ko‘p miqdorda glyukoza qabul qilinsa, uning ketidan insulin ajralib chiqadi-da, nerv hujay- ralarini chetlab o‘tib glyukozani muskul va yog‘ to‘qimalariga yuboradi. Reaktiv gipokle- miya holati boshlanadi. Bu ning oqibatida aq liy faoliyatning pa sayishi kuzatiladi. Ayniqsa, bu holat kafeteriya rejimiga o‘tgan maktab o‘quvchi lari va talabalarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Ularning darslarda uy qu sirashi, o‘quv materialini qiyinchilik bilan o‘zlashtirishini kuzatish mumkin. Xullas, organizm har soatda, asosan, ugle- vodlardan iborat ovqat qabul qilsa, glyukoza- ni sarf qilish uchun insulin ham ishlab chiqa- riladi. Qonda insulin miqdorining oshib ketishi giperinsulinemiyaga olib keladi. Buning oqi- batida ortiqcha yog‘larning sintezi kuchayadi. Bu semirishga bo‘lgan navbatdagi qadamdir. Semirish yog‘ to‘qimalarining insulinga bo‘l- gan sezgirligini pasaytiradi hamda ikkinchi turdagi qandli diabet boshlanadi. Shuningdek, ortiqcha yog‘larning sintezi qonda lipoprote- inlarning to‘planishiga sababchi bo‘ladi. Bu- ning natijasida ateroskleroz boshlanadi.Bular- ning bar chasiga metabolitik sindrom deyiladi. Qanday qutulmoq kerak? Eng avvalo, semirmaslik kerak. Qonda glyu- koza miqdorining doimiy oshib borishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Buning uchun sutkasiga uch martalik ovqatlanish rejimiga o‘tish kifoya qiladi. Aniqlanishicha, insulin- ning organizmga ta’siri siklik xarakterga ega ekan. Uch martalik ovqatlanish reji- mi insulinning siklik faoliyatiga muvo- fiq keladi. Or ganizmda insulinning to‘- la qonli faoliyat yuritishi uchun ovqat tarkibida yetarli miq dorda oqsil, yog‘ va uglevod bo‘lishi lozim. Agar sizda al- laqa chon ortiqcha yog‘ to‘p langan bo‘l- sa, uch yoki ikki martalik ovqatlanish rejimi tez fursatlarda tanangizni xushbi- chim holiga qaytaradi. Kafeteriya rejimiga ham ma yoshlar o‘tmagan-ku yoki kafelarda nafaqat uglevodlarga boy ovqatlar, balki yetar- li miq dorda yog‘lari bo‘l gan “hot dog”, “gamburger”, “chizburger”, “lavash” singari ovqatlar ham bor-ku deb o‘ylashingiz mum kin. Gap shundaki, ular tarkibida transyog‘lar ko‘p bo‘ladi. Transyog‘lar nima? Transyog‘lar – bu o‘sim lik moy larini yuqori haroratda qizdirib, so‘ngra vodorod biriktirilishi natijasida ularni qattiq holatga keltirish hisoblanadi. Boshqa- cha aytganda, o‘sim lik moylarini gidrogenlash jarayoni mah sulotidir. Trans yog‘larni iste’mol qilish yurak-tomir kasalliklari rivojlanish ehti- molligining oshishiga sabab bo‘lishi mumkin- ligi to‘g‘risida maqolalar e’lon qilingan. Shu- ningdek, ate ro skleroz rivojlanish ehtimolining o shishi va unga yo‘ldosh bo‘ladigan yurak- tomir xastaliklari, oshqozonosti bezi hujayra- larining insulinga sezgirligining pasayishi (2tipdagi diabet), surunkali yallig‘lanish jara- yonlari va semirishga transyog‘lar sababchi bo‘lar ekan. “Hot dog”, “gamburger”, “chiz- burger”, “lavash” singari ovqatlar aynan transyog‘li margarinlarda pi shiriladi. Xulosa qiladigan bo‘lsak, kafeteriya rejimi- dan voz kechish sog‘lom hayot kechirish ga- rovi hisoblanadi. Unutmang, sog‘ligingiz o‘z qo‘lingizda! H. AVEZOV, Buxoro davlat universiteti dotsenti. M. LATIPOVA, Buxoro tuman 4-umumiy ta’lim maktabi oliy toifali biologiya fani o‘qituvchisi. M. AVEZOVA, Buxoro davlat universiteti talabasi. Salomatlik olami Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2014 12 Bashariyat tamadduni tarixiga nazar tash- lasak, shunga amin bo‘lamizki, odamzot bu- gungi yuksak darajaga yetmoq uchun izla- nish-u intilish, yaratish va bunyod etishdek ezgu amallardan tinmagan. Har qanday kash- fiyot, garchi u qirg‘inbarot urushlarda g‘olib kelish, o‘z hukmronligini barqaror qilish maq- sadida amalga oshirilgan bo‘lsa-da, alal oqibat, insoniyatning aql-u zakovat, tafakkur bobida bemisl mavqe kasb etishi uchun xizmat qildi. Bugun ko‘pchilik uchun shunchaki go‘zal- lik va nafosat uyg‘unligi ramzi bo‘lmish di- zayn yo‘nalishi ham o‘z taraqqiyoti yo‘lida ana shunday og‘ir bosqichlarni bosib o‘tgani hech kimga sir emas. Zero, rasman XX asrning boshlarida yuzaga kelgani aytiladigan mazkur sanoat va san’at turining tarixiy ildizi bani basharning g‘orlardan chiqib, o‘troq hayot kechira boshlagan uzoq davrlariga borib taqa- ladi. Aynan ushbu palladan e’tiboran odamzot qulaylikka, shinamlikka, shu bilan bir qator- da, go‘zallik va nafosatga intilib kelgan. Va uning kundalik turmush tarzida turli matema- tik chizmalar, loyihalar, suratlar yig‘indisidan tarkib topgan dizayn sohasi muhim va muqim o‘rin egallagan. Asrlar o‘tgani sayin bu tarmoq tobora taraqqiy etib, rassomlik, binokorlik, hunarmandchilik va to‘qimachilik sanoatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Kishilik jamiyatining biron bir sohasi yo‘qki, unda dizayn va dizaynerning o‘rni bo‘lmasa. Masalan, taomlanish uchun yaratilgan oddiy likop-u kosalar ham bejirim va qulay qilib ishlangani, hordiq chiqarish uchun mo‘ljal- langan stol-stullarning esa ajib naqshlar bilan bezatilishi dizaynning aslida bundan bir ne- cha ming yillar muqaddam paydo bo‘lganini anglatadi. Ulug‘ ajdodimiz sohibqiron Amir Temur- ning “Agar qudratimizga shubhangiz bo‘lsa, biz qurgan imoratlarga boqing” degan iborasi tagzaminida ham bu fikrning yaqqol tasdig‘ini ko‘rishimiz mumkin. Chindan-da, muazzam va mahobatli mazkur binolarning bunyod eti- lishidan tortib, samoviy haybatiga qadar go‘zallik va nafosat ufurib turadi. Ularning devor-u eshiklariga solingan har bir naqsh, gumbazlariga o‘yib ishlangan har bitta chiziq kishida nafaqat hayrat-u havas uyg‘otadi, balki ajdodlarimizning yuksak aql-zakovati- yu go‘zallikka tashnaligini ham namoyon etadi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Bunday misollarni Yevropa va Sharqning boshqa mamlakatlari tarixidan ham ko‘plab keltirish mumkin. Xususan, dizaynning sano- at yo‘nalishidan san’at darajasiga qadar ko‘ta- rilishida o‘rta asrlar Yevropasida yuzaga kel- gan ilmiy-texnik taraqqiyotning katta hissasi bor. Dastlab faqat puldor kishilargina sotib olish imkoniga ega bo‘lgan liboslarning keyin- chalik manufaktura uslubida ishlab chiqaril- gani tufayli, avvalo, ularning narx-navosi hamma uchun muqobil darajaga keldi, ikkin- chidan esa, liboslar dizaynining mahsulot xa- ridorgirligini oshirishdagi ahamiyati ham kengayib bordi. Ya’ni raqobatchi korxonalarni bozordan quvib chiqarishni maqsad qilgan to‘qimachilik sanoati yetakchilari o‘z mahsu- lotining bejirimligi, qulayligi, mavsumbopligi, muhimi hammabop va hamyonbopligini ta’minlashga kirishdilar. Buning uchun esa ular tasviriy san’atning dizayn yo‘nalishiga ixtisoslashgan rassomlar bilan mustahkam hamkorlik rishtasini bog‘ladilar. Pirovardida rassomlik san’ati tarkibida liboslar dizayni bilan shug‘ullanuvchi maxsus tarmoq yuzaga keldi.
1930-yillarda G‘arbiy Yevropa hamda AQSh- da shakllangan dizayn san’ati o‘tgan asrning 80-yillari ikkinchi yarmidan boshlab faoliyat doirasini kengaytirdi. Endilikda esa dizayner- lar nafaqat rassom sezgisi bilan ish yuritishi, balki ilmiy fanlar (masalan, materialshunos lik, rangshunoslik va boshqalar)ga tayanishi- DIZAYN – TUYG‘U, SHAKL, RANG UYG‘UNLIGI
Download 360.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling