Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun


Download 360.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana23.09.2017
Hajmi360.19 Kb.
#16329
  1   2   3   4   5

 

Barkamol avlod –

Vatanning baxti

SOG‘LOM 

AVLOD UCHUN

Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, 

bezakli oylik jurnal

12 (224)-son, 2014-yil, dekabr

“Sog‘lom avlod uchun” jurnali 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 

Mahkamasining 1995-yil 13-aprel 

127-sonli qaroriga asosan 

“Maktabgacha tarbiya” jurnali 

negizida tashkil etilgan. 1996-yil 

yanvardan chiqa boshlagan.

MUASSISLAR:

O‘zbekiston Respublikasi 

Xalq ta’limi vazirligi,

“Sog‘lom avlod uchun” 

xalqaro xayriya fondi

JAMOATCHILIK 

KENGASHI:

Svetlana INAMOVA

Tatyana KARIMOVA

Ulug‘bek INOYATOV

Abdulla ORIPOV

Gulnora YO‘LDOSHEVA

BOSH MUHARRIR:

Muftillo YUSUPOV

TAHRIR HAY’ATI:

Hidoyat OLIMOVA

(mas’ul kotib) 

Shomirza TURDIMOV

Sabohat MIRDJALILOVA

Malohat A’ZAMOVA

Manzilimiz: 100000. Toshkent shahri,

Buyuk Turon ko‘chasi, 41.

Telefon 233-18-92 (faks), 233-31-53.

E-mail: jlsaumt@mail.ru

www.jlsau.uz

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi 

tomonidan 2007-yil 3-yanvarda 0102- 

tartib raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Jurnal maketi tahririyatning matbaa 

bo‘limida tayyorlandi.

Bosilayotgan materiallardagi ma’lumotlar, dalil 

va raqamlarning to‘g‘riligi uchun mualliflar 

javobgardirlar. Tahririyat nuqtayi nazariga mos 

kelmagan maqolalar tahlil etilmaydi va egalariga 

qaytarilmaydi.

Navbatchi muharrir: Nigina Nuriddinova 

Musahhih: Gulhayo Naimova

Jurnalda M.Amin, M.Nurinboyev, 

B.Rizoqulov olgan suratlardan foydalanildi.

Bosmaxonaga 2014-yil 23-dekabr kuni  

topshirildi. Ofset usulida chop etildi.  

Qog‘oz bichimi A-4. 

Qog‘oz hajmi 4,0 bosma taboq.  

Nashriyot hisobida 3,8 bosma taboq.  

Adadi 4833 nusxa. 1762-buyurtma.

"SANO-STANDART" MCHJda chop etildi. 

100069, Toshkent, Shiroq ko‘chasi, 100-uy.

USHBU SONDA:

USHBU SONDA:

MUSTAQILLIK UFQLARI

Sog‘lom g‘oya – milliy mafkura tayanchi .................................2

SOG‘LOM OILA

Qush uyasida ko‘rganin qilar! ..................................................4

SHAXS KAMOLOTI

Umrboqiy qadriyatlar ...............................................................7

SALOMATLIK OLAMI

Metabolitik sindrom .................................................................9

NAFOSAT

Dizayn – tuyg‘u, shakl, rang uyg‘unligi..................................12

MILLIY MEROS VORISLIGI

Belida belbog‘i bo‘lsin yigitning! .............................................14

O‘LKAMIZ TARIXIDAN

Ulug‘bek rasadxonasi .............................................................17

MUSHTARIY MINBARI

Cho‘qqilarni zabt etmoq orzusi ...............................................19

TUYG‘UDAGI YOG‘DULAR

Qalb sadosi ............................................................................20

MA’NAVIY OLAM

Tabiat, sen ona ekanliging rost...  ..........................................21

IBN SINO DARSXONASI

O‘tkir respirator-virusli infeksiyalar ........................................24

ODOBNOMA

Go‘zal tarbiya – hayot mayog‘i ..............................................25

ILM-FAN UFQLARI

Yer vaznini tarozida o‘lchagan olim .......................................27

OQ YOMG‘IR

Quyosh qo‘shig‘i.....................................................................29

HAYRAT

“Vunderkind”lar yoxud chegara bilmas tafakkur ....................30

TASHRIF

Yangi yil kuni ........................................................................32

BIRINCHI BET:

Yangi 2015-yilingiz  

muborak bo‘lsin!

TO‘RTINCHI BET:

Qish tarovati


Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2014

2

Mustaqillik ufqlari

Dunyoning taniqli siyosiy arboblaridan 

biri Mahatma Gandi shunday yozgan edi: 

“Men uyimning deraza va eshiklarini mah-

kam berkitib o‘tira olmayman. Chunki unga 

toza havo kirib turishi kerak. Va shu baro-

barida eshik va derazalarimdan kirayotgan 

havo dovul bo‘lib, xonadonimni ag‘dar-

to‘n tar qilib, o‘zimni yiqitib tashlashini ham 

xohlamayman.” Bu falsafiy so‘zlar bugungi 

axborot xurujlari va yot g‘oyalarning mam-

lakatlarda asrlar mobaynida shakllangan 

qadriyatlar, urf-odatlar, e’tiqod shakllari va 

ta’lim-tarbiya tizimiga salbiy ta’siri mohiya-

tini ham aks ettiradi.

Sanoati va texnologiyalari rivojlangan ja-

miyatlarda kishilarning yanada to‘kin ha-

yotga eri shishga bo‘lgan ko‘r-ko‘rona intili-

shi ularning asl qadriyatlarga, jumladan, 

oila va nikohga, yoshlar tarbiyasiga bo‘lgan 

munosabatlarida keskin inqirozni keltirib 

chiqarmoqda. Bugun bu holat gedonistik 

psixologiyaning asosi deb baholanadi. Uning 

oqibati jamiyatda qator ijtimoiy muammo-

larni keltirib chiqarayotganligi ochiq e’tirof 

etiladi. 

Gedonizmning ma’nosi shuki, shaxsning 

xulq-atvorida nimalardandir lazzatlanish, 

qoniqish va o‘zidagi ichki ruhiy iztiroblar-

dan xoli bo‘lishga intilish ustuvor bo‘ladi. 

Aslida insonning to‘q va farovon hayotga 

intilishi, yaxshi yashashni xohlagani ayb 

emas, lekin bunday to‘kinlik insoniylik qoi-

dalariga zid bo‘lmasligi kerak. 

So‘nggi yillarda insoniyat ong va shuuri-

dagi o‘zgarishlar ba’zi bir Yevropa xalqlari-

ning eng zarur va muhim qadriyatlarni 

oyoq osti qilishiga sabab bo‘lmoqda. Masa-

lan, bu holat Yevropada tug‘ilayotgan bola-

larning har uchtasidan bittasi nikohsiz tu-

g‘ilayotganligi, tug‘ilishning keskin kamayib 

ketganligi, umuman ayollar o‘zidan zurriyot 

qoldirishni istamayotganligida, ijtimoiy ya-

shash tarzi yax shi bo‘la turib farzand tu g‘i-

lishi va uni tarbiyalashga sarflanadigan xa-

rajatlardan qochayotganligida yaqqol namo-

yon bo‘l moqda. Bunday salbiy munosabat 

bizning ayrim yosh larimizda ham kuzatilishi 

juda achinarli albatta va bunday illatlarning 

oldini olish u chun har bir shaxsda psixolo-

gik himoya bo‘lishi zarur. Psixologik himo-

yani hosil qilish uchun yoshlarda mustaqil 

fikr bo‘lishi lozim.

Darhaqiqat, Prezidentimiz Islom Karimov: 

“Milliy g‘oya va istiqlol mafkurasi haqida 

gap borar ekan, biz nihoyatda keng qamrov-

li, murakkab, serqirra, insoniyat tarixida aniq 

va mukammal ifodasi, tugal namunasi hali-

hanuz yaratilmagan tushunchalarni o‘zimiz-

ga tasavvur qilishimiz kerak, deb o‘ylayman. 

Bu tushunchalar Vatan ravnaqi, yurt tinchli-

gi, xalq farovonligi kabi yuksak g‘oyalarning 

ma’no-mazmunini teran anglab yetishga xiz-

mat qiladi. Bu mafkura xalqni xalq, millatni 

millat, uning sha’n-u sharafi, or-nomusi, 

i shonch-e’tiqodini  ifodalaydigan,  ja mi yati miz-

ning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li, turmush 

tar zi, tub manfaatlariga tayangan holda mut-

tasil rivojlanib, takomillashib boradigan g‘o -

yalar tizimidir” deb ta’kidlaydilar.

Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan 31 

million aholining 60 foizidan ortig‘ini 30 

yosh gacha bo‘lgan yoshlar tashkil etishini 

inobatga oladigan bo‘lsak, milliy g‘oya yosh-

larimizning istiqbolda tinch va farovon ya-

shashiga kafolat beruv 

chi g‘oyaviy kuch 

bo‘ 


lib, u millatni millat, xalqni xalq etib 

birlashtiruvchi kuchli omildan biridir. Bu-

gungi kunda milliy g‘oya va mafkura tar-

g‘iboti bilan keng jamoatchilik shug‘ullan-

moqda, ayniqsa, xalq ta’lim tizimida bir 

SOG‘LOM G‘OYA – 

MILLIY MAFKURA TAYANCHI


Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2014

3

Mustaqillik ufqlari

qator ilmiy manbalar, darsliklar ya ratilib, 

o‘quv jarayonlarida qo‘llanilishi yoshlarni o‘z 

Vataniga sodiq, mard, fidoyi, yuksak ma’-

naviy fazilatlar egasi bo‘lishga undamoqda. 

Yoshlarimizga ezgu g‘oyalarni tar g‘i bot-tash-

viqot qilishda quyidagi usullardan foydala-

nish yaxshi samara berishi mumkin:

–  oilalar, mahallalarda, keng jamoatchilik 

orasida axborot tarmoqlari, jamoat tashki-

lotlari orqali ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot yu-

ritish; 


– ijtimoiy so‘rovlarda yoshlar fikrini o‘r-

ganib borib, ular bildirgan fikr-mulohazalar 

aso sida mafkuraviy targ‘ibot yuritish mum-

kin. Bunda asosan uchta omilga ahamiyat 

berish zarur. Birinchi omil – so‘rovda ishti-

rok etayotganlarning mazkur so‘rovdan ijti-

moiy manfaatdorligi, ikkinchi omil – bahs-

mu 


nozaraga sabab bo‘ladigan vaziyat, 

uchinchi omil – ishtirok etayotganlarning maz -

kur fikrga nisbatan aniq qarashlari bo‘ lishi 

kerak;


– ommaviy axborot vositalari orqali yosh-

lar fikriga tez va kuchli ta’sir eta olish zarur. 

Chunki har bir oilada ommaviy axborot vo-

sitalari xabarlaridan foydalaniladi va inson-

larning ma’lumot olish manbayi bo‘lgan bu 

vosita tufayli yoshlarimizga milliy g‘oyani 

sing dirish  qulayroqdir;

– badiiy adabiyot mutolaasi ham yoshlari-

mizga sabr- qanoat, halollik, vatanparvarlik, 

sadoqat ka bi fazilatlarni singdirishda yaxshi 

samara beradi.

Milliy g‘oya va mafkura o‘zida gumanizm 

talablarini, xalqning iroda va intilishlarini 

aks ettirgan taqdirda jamiyatimizni birlash-

tirib, uning salohiyat va imkoniyatlarini 

to‘la yuzaga chiqarishda beqiyos omil bo‘la-

di. O‘zbekiston xalqining ongi, dunyoqara-

shi, hayotga ijtimoiy munosabati, xatti-ha-

rakatlarida mafkuraviy immunitetni shakl-

lantirib milliy istiqlol mafkurasini yurtdosh-

larimiz qalbi va ongiga sindirish bugungi 

kundagi muhim vazifa. Mafkuraviy kurash-

lar kuchaygan bir paytda yoshlar qalbida 

ona Vatanimizga, boy tariximizga, milliy 

qadriyatlarimizga, millatning o‘lmas ruhi 

bo‘lgan ona tilimizga, ota-bobolarimizning 

e’tiqodiga sog‘ lom munosabatni qaror topti-

rishimiz, ularning mafkuraviy immunitetini 

shakllantirishimiz maqsadga muvofiqdir.

Faxriddin RO‘ZIQULOV, 

Navoiy viloyat XTXQTMOI rektori, 

psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Dilmurod SAFAROV,

 Navoiy viloyat XTXQTMOI psixologiya 

fani o‘qituvchisi.


Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2014

4

Bola tarbiyasida oila va maktab tarbiyalari 

uzviy birlikda amalga oshirilishi samarali na-

tijani kafolatlashi sinalgan haqiqat. Fan, xusu-

san pedagogika bu hamkorlikni o‘rganib, qa-

tor xulosalarga kelgan. Maktab bilan bog‘liq 

bo‘l gan oilaviy tarbiya muammolarini umu-

miy pedagogika, boshqa jihatlarini esa ijtimo-

iy pedagogika o‘rganadi.

Oilaning vazifasi shu oilada o‘sib kelayot-

gan inson tarbiyasiga ham jismoniy, ham 

ma’naviy ta’sir etishdan iborat. Ayni vaqtda 

oila bolaning yashash va tarbiyalanish muhiti 

hisoblanadi. Bola hayotining boshlang‘ich 

bosqichlarida oilaning ta’siri boshqa tarbiya 

ta’sirlaridan ancha ustunlik qiladi. Tadqiqot 

ma’lumotlariga ko‘ra, oila ham maktabning, 

ham axborot vositalari, mehnat jamoasining, 

do‘stlarning, shu bilan birga adabiyot va san’-

atning ta’sirini o‘zida aks ettiradi. Bu o‘z 

navbatida pedagoglarga quyidagi uzviylikni 

aniqlashga yordam beradi.

Demak, shaxs shakllanishining muvaffaqi-

yatini dastlab oila ta’minlar ekan. Oila muhiti 

qan 

chalik yaxshi bo‘lsa, uning tarbiyaviy 



ta’siri chuqurroq, ya’ni shaxsning jismoniy, 

ma’naviy mehnat tarbiyasi samaradorligi 

yuqori bo‘ladi. Oilada qanaqa tarbiyaviy iqlim 

hukm sursa, bola ham shu tarbiya ruhida 

bo‘ladi. Bu bog‘liqlik ko‘pdan beri amaliyotda 

qo‘llaniladi. Malakali pedagog bolaning qan-

day oilada tarbiya olganligini bilishi uchun 

unga nazar solishi va biroz suhbatda bo‘lishi-

ning o‘zi yetarli. Xuddi shuningdek, bolalar-

ning ota-onalari bilan muloqotda bo‘lib, ular-

ning oilasida qanday bola o‘sayotganligini 

aniqlash mumkin. 

Oila va bola, bu ko‘zgudagi bir-birining ak-

sidir. Shaxs shakllanishi jarayonlari va sama-

radorligida oilaning ta’siri shunchalik kuch li 

ekan, tabiiyki, ayni oilada to‘g‘ri tarbiya ta’-

sirini uyushtirishga jamiyat va davlat e’tibor 

qaratmog‘i lozim.

Sog‘lom va ma’naviyatli oila bu qudratli 

davlatdir. Bu aksioma, ya’ni isbotga muhtoj 

bo‘lmagan haqiqat. Tarix shuni isbotlaganki

hamma davlatlar turli vaqtlardagi urushlar, 

inqiloblar, iqtisodiy va madaniy inqirozlar 

davrida jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan 

oila bardoshiga suyangan. Oilalar mustahkam 

bo‘lgandagina tanglikdan chiqib keta olganlar. 

Bizning zamonaviy jamiyatimizda oilalar 

ma’naviy zaifligi ko‘zga tashlanmoqda. 

Oilaning asosiy vazifasi hisoblangan tarbi-

yaning sustlashuvi tanglikning sabablaridan 

biri hisoblanadi. Iqtisodiy, insoniy munosa-

batlarning yomonlashuvi, nikoh va oilaga 

nisbatan yuzaki munosabatda bo‘lish, urf-

odat qoidalari va an’analarni unutish, surbet-

lik va ichkilikka mubtalo bo‘lish, o‘zini tuta 

bilmaslik, ajralishlarning o‘sib borishi kabilar 

ham bola tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Oilaning ma’lum tarbiya vazifalarini aniq-

lash asnosida quyidagi xulosalarga kelamiz:

–  boshqa tarbiyaviy ta’sirlardan ko‘ra oila 

tarbiyasining bolaga ta’siri kuchliroq. Bola 

ulg‘aygan sari oilaning ta’siri susaysa ham, 

lekin hech qachon kuchini butunlay yo‘qot-

maydi;


– oilada shunday sifatlar shakllanadiki, 

ular faqat oila muhitida vujudga kelishi mum-

kin; 

–  oila shaxs shakllanishini amalga oshira-



di. Ularning jismoniy, ma’naviy va mehnat 

tarbiyasiga qaratilgan harakatlarini ifodalaydi;

–  oila jamiyat a’zolarini yetishtirib chiqa-

radi, ya’ni oila qanday bo‘lsa, jamiyat shun-

daydir;

–  oila an’analar uzviyligini amalga oshiradi;



–  fuqarolarni vatanparvar inson, bo‘lajak 

oila egasi, qonunga itoatkor jamiyat a’zosi 

qilib tarbiyalash oilaning muhim ijtimoiy va-

zifalari hisoblanadi;

QUSH UYASIDA 

KO‘RGANIN QILAR!



Sog‘lom oila

Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2014

5

–  kasb tanlashda ham oila muhim ta’sir 

ko‘rsatadi.

Hozirgi kunda ko‘pchilik oilalar o‘zining 

asosiy kuch va vaqtlarini bolalarning ma’na-

viy shakllanishi va rivojlanishiga emas, balki 

moddiy ta’minlanishiga sarflaydi. Sotsiologik 

tadqiqotlarning ma’lumotlariga ko‘ra, ishlay-

digan ota-ona bir sutkada bola tarbiyasiga 16 

minut, dam olish kunlari esa 30 minut vaqt 

ajratarkan. Ota-onalarning bolalar bilan ma’-

naviy muloqotlari, hamkorlikdagi mash 

g‘u-

lotlari, afsuski, ko‘p oilalar uchun bajarib 



bo‘lmas vaziyatdir. Ota-onalarning muloqoti 

asosan bolaning maktabdagi o‘qishini nazorat 

qilish bilan chegaralanadi.

Oilada bolaning qoniqarsiz tarbiyalanishi 

quyidagi sabablar bilan bog‘liq:

1. Ko‘pchilik oilalar iqtisodiy salohiyatining 

pastligi. Ya’ni ota-onalar o‘zlarining asosiy 

vaqtlarini tirikchilik uchun zarur bo‘lgan vosi-

talarni ishlab topishga sarflaydi.

2. Past madaniyatli ijtimoiy hayot, ya’ni 

ikkiyuzlamachilik, ijtimoiy tanglik, ertangi 

kunga ishonchsizlikning asabiy keskinlikka 

olib kelishi.

3. Oilada ayolga ikki ishning yuklanishi.

4. Ajrashishlarning ko‘payishi.

5. Oila a’zolari o‘rtasidagi muammolarning 

avj olishi.

6. Oila va maktab o‘rtasidagi munosabat-

larning uzilishi.

Pedagog olimlar ota-onalar va bolalar mu-

ammolarini o‘rganib, shu fikrga kelishdiki, 

oilalar qancha bo‘lsa, tarbiyaning shun cha o‘zi-

ga xos xususiyatlari mavjud. Bu kattalar va 

bolalar o‘rtasidagi munosabatlarning tipik 

o‘ziga xos modelini belgilab beradi.

Oiladagi munosabatlarning turlari.

1. Bolalarini hurmat qiladigan oilalar. Bu 

oilalarda bolalarni yaxshi ko‘rishadi. Ularning 

fikrlarini hurmat qilishadi. Ota-onalar ular-

ning nimaga qiziqishlarini, nimalarga bezovta 

bo‘lishlarini bilishadi. Qiziqishlarini munta-

zam ravishda o‘stirib borishadi. Bu oiladagi 

bola baxtli, mustaqil, tashabbuskor, samimiy 

bo‘lib o‘sadi. Ularning munosabatlari oilaning 

ma’naviy muhitida xarakterlanadi.

2. Ko‘ngilchan oilalar. Bu oilalarda ham 

ota-onalar bilan bolalar o‘rtasidagi munosa-

batlar tabiiy, lekin ular o‘rtasida belgili oraliq 

mavjud. Bolalar oiladagi o‘z o‘rnini bilishadi 

va ota-onalariga bo‘ysunishadi. Ota-onalar 

bolalariga nima kerakligini o‘zlari bilishadi. 

Bu oiladagi bolalar ham itoatkor, mehribon, 

samimiy bo‘lib o‘sishadi, lekin ularda tashab-

buskorlik xislati yetarli darajada emas.

3. Moddiy-oriyentirlangan oilalar. Bu oila-

lardagi asosiy e’tibor moddiy jihatdan ta’min-

langanlikka qaratiladi. Bolalarni yoshligidan 

narsa va hodisalarning foydali tomonini ko‘-

rishga o‘rgatishadi. Ularni yaxshi o‘qishga un-

dashadi, bundan birgina maqsad, keyin chalik 

oliy o‘quv yurtlariga kirishdir. Bolalarning qi-

ziqishlari e’tiborga olinmaydi, faqat foyda 

keltiradigan tashabbuskorlik rag‘batlantirila-

di. Bu oilalardagi bolalar erta ulg‘ayi shadi. 

Biroq ularning rivojlanishi kutilmagan hol da 

kechishi mumkin.

4. Adovatli oilalar. Bu oiladagi bolalarga 

nisbatan hurmatsizlik, ishonchsizlik, ta’qib 

qilish, jismoniy jazo choralari qo‘llaniladi. 

Natijada ularda nosamimiylikni, ota-onalarga 

nisbatan yomon munosabatni, tengdoshlari 

bilan kelishmaslik, maktabni yoqtirmaslik, 

uydan ketish singari vaziyatlarni kuzatish 

mumkin.

5. G‘ayriijtimoiy oilalar (jamoatchilik uchun 



zararli oila) oila emas, balki vaqtinchalik bosh-

panadir. Bu yerda ham bolalarga nisbatan 

mehr-muhabbat yo‘q. Bu oiladagi ota-onalar 

axloq qoidalariga xilof tarzda kun kechirisha-

di, ya’ni oiladagi kelishmovchiliklar, urush-

janjal, bir-birini qo‘rqitish, ichkilikka berilish, 

o‘g‘rilik qilish kabilar kelajakda jamiyat uchun 

Sog‘lom oila


Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2014

6

foydasiz shaxslarni tarbiyalashi mumkin. G‘ay-

riijtimoiy oila bolalari aksariyat hollarda dav-

lat qaramog‘iga olinadi. 

Oila tarbiyasining mazmuni jamiyatning 

asosiy maqsadlariga bog‘liq. Ijtimoiy va oila-

viy hayotga tayyor jismoniy, ruhiy sog‘lom, 

ma’naviy yetuk rivojlangan shaxslarni shakl-

lantirish oilaning majburiyatlaridan hisobla-

nadi. Oila tarbiyasining tarkibiy qismlarini 

quyidagi yo‘nalishlar tashkil etadi:

–  jismoniy tarbiya;

–  ma’naviy tarbiya;

–  estetik tarbiya;

–  mehnat tarbiyasi.

Bulardan tashqari iqtisodiy-ekologik, hu-

qu qiy va siyosiy tarbiyalar bilan to‘ldiriladi. 

Pedagogikada oila tarbiyasi deganimizda, oila-

dagi ota-ona bilan farzand o‘rtasidagi o‘zaro 

munosabatlar tizimi tushuniladi. Bu munosa-

batlar tarbiyalovchilik xususiyatiga ega. Oila-

dagi ota-onaning tarbiyaviy faoliyati bu birin-

chi navbatda o‘zini tarbiyalashdan iborat. Bu 

esa har bir ota-onaning pedagog bo‘lishini, 

farzandlar bilan o‘zaro munosabatlarini bosh-

qarish yo‘llarini o‘rganishni talab etadi.

Oila tarbiyasining zamonaviy amaliyotida 

3 turdagi munosabatlar ajralib turadi: avtoritar 



(so‘zsiz bo‘ysunish), liberal (beparvo,  ko‘n gil­

chan, murosasiz) va demokratik (xalqparvar).

1.  Avtoritar munosabat – ota-onaning bola-

ga bo‘lgan qattiqqo‘lligi, talabchanligi, qat’iy-

ligi bilan izohlanadi. Qo‘rqitish, majbur etish 

bu turning asosiy vositasi hisoblanadi. Psixo-

loglarning ta’kidlashicha, bu ichki qarama-

qar shilikka olib kelib, tashqi qo‘pollik, yol g‘on -

chilik, ikkiyuzlamachilikda o‘z aksini topadi.

2. Liberal munosabat – bu o‘ta kechirimli-

lik va bolalarga nisbatan sabr-toqatlilik bilan 

ifodalanadi. Buning kelib chiqish sababi far-

zandlarni haddan tashqari yaxshi ko‘rish va 

erkalashdadir. Bu oiladagi bola intizomsiz, 

mas’uliyatsiz, xudbin (egoist), ikkiyuzlama-

chi bo‘lib o‘sadi.

3. Demokratik turdagi munosabatlarda ota- 

onalar o‘zlarining xatti-harakatlari va talabla-

rini asoslash bilan bir qatorda farzandlarini 

ham tinglashadi va hurmat qilishadi. Ularning 

mustaqil mulohaza qila olishlarini rivojlanti-

rishadi. Va albatta bola ota-onasini yaxshiroq 

tushunadi, intizomli, tashabbuskor, o‘z qadri-

ni biladigan bo‘lib ulg‘ayadi. Ota-ona bola 

uchun ideal hisoblanib, ulardan o‘rnak oladi.

Oiladagi tarbiya metodlari umumiy tarbiya 

metodlaridan farqlanmaydi. Faqat unga yon-

dashish turli bo‘lishi mumkin. Masalan, tu-

shuntirish usulini kimdir yumshoq singdirish 

orqali amalga oshirsa, boshqa birov qo‘rqitish 

va jazolash orqali amalga oshiradi.

Usul tanlangan maqsadga bog‘liq bo‘lib, ito-

atkorlikni tarbiyalashda tanlangan usul bola-

ning kattalar talablarini so‘zsiz bajarishga qa-

ratilgan bo‘ladi. Boshqalar esa bolada mustaqil 

fikrni tarbiyalashni muhim deb hisoblab, 

shunga yo‘naltirilgan usullarni tanlashadi.

Oila tarbiyasi usulini tanlash va qo‘llash bir 

qator umumiy shart-sharoitlarga tayanadi:

–  ota-onalar farzandlarining ijobiy va qo-

niqarsiz sifatlarini bilishi;

–  ota-onalarning shaxsiy tajribasi. Tanlan-

gan usullardan shuni bilish mumkin-ki, shax-

siy natijalar orqali tarbiyalashga harakat qilin-

gan. Bunda ko‘proq ko‘rgazmali usuldan foy-

dalanishadi;

–  hamkorlikdagi faoliyatga e’tiborning qa-

ratilishi. Amaliy usullardan foydalangan holda 

tarbiyalash. Masalan, tomosha qilingan ko‘r-

satuv xususida fikr almashish. Bunda bolalar 

ancha samimiy bo‘lishadi;

– ota-onalarning pedagogik madaniyati 

tarbiya usullari, vositalari va shakllarini tan-

lashda muhim ta’sir ko‘rsatadi. Fanda shu 

narsa aniqlanganki, ma’lumotli oiladagi bola 

to‘g‘ri tarbiya topadi.

Shu kungacha bola tarbiyasi xususida juda 

ko‘p kuzatishlar olib borilgan hamda shu asos-

da tegishli xulosaga kelingan. Ularni shartli 

ravishda oilada bolani tarbiyalashning umu-

miy qonuniyatlari sifatida tasniflash mumkin. 

Shular asosida maslahatlar va oilaviy tarbiya 

qoidalari kelib chiqadi.

Oila tarbiyasini to‘g‘ri amalga oshirishga 

uch narsa xalaqit beradi:

1) Irsiyatning ta’siri.

2) Doimiy ravishda yashash sharoitining 

o‘zgarishi va qiyinlashuvi.

3) Oilaviy tarbiya madaniyatining qoloqligi 



Download 360.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling