Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun
Download 360.19 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oq yomg‘ir Sog‘lom avlod uchun | 12
- Prometeya Olimpia Kiran Pizaiza
Odobnoma Mashhur yozuvchi va olim Jan Jak Russo: “Inson tarbiyasi u tug‘ilishi hamono boshla- nadi, chaqaloq hali gapirmaydi, so‘zga quloq solmaydi, ammo o‘rgana boshlaydi. Bilish tarbiyadan kelib chiqadi”, – degan edi. Dar- haqiqat, insonning shaxs bo‘lib rivojlanishida oila ilk tarbiya dargohi sifatida muhim ahami- yat kasb etadi, shu bois bola dastlabki barcha bilimlarni o‘z oilasidan o‘rganadi. Bir so‘z bi- lan aytganda, oilaviy tarbiya ota-onalar uchun avvalo, o‘z-o‘zini tarbiyalash demakdir. Bola- ni ruhan, ma’nan sog‘lom qilib o‘stirishda shunday nozik jihatlar borki, bola tarbiyasiga mas'ul har bir shaxs ularni nazardan chetda qoldirmasligi joiz. Qoidalar. Kattalar bolaligimizdan aniq bel- gilangan qoidalar asosida harakat qilishimiz zarurligini uqtirishadi. Bu dasturlar bizning o‘zimizni tutishimiz, nimalarni qilishimiz va qilmasligimiz kerakligini nazorat qilib turadi. Ta’qiqlar soni ortib boravergani sari farzan- dingiz ongida “harakatlarimning barchasi be- foyda”, degan tushuncha paydo bo‘ladi. Bu esa ruhan ojizlikka, o‘z kuch va imkoniyatla- riga nisbatan ishonchsizlikka olib keladi. Savollar. Tarbiya jarayonida ota-onalar yo‘l qo‘yadigan eng katta xatolardan biri bu bola turli-tuman savollar berishni boshlagan payt- da unga bee’tibor bo‘lishlaridir. Ular farzandi- ning savollariga javob berish asnosida bolada mustaqil fikrlash zavqini uyg‘otishlari zarur. Tanbeh. “Sen nodonsan, qo‘lingdan hech narsa kelmaydi”, degan ta’kidlar ostida ul- g‘ay gan bola haqiqatdan ham siz bergan ta’- rifga mos bo‘lib boradi. Bolalikda insonning “bahosi” miyada muhrlanib qoladi. Agarda bola ota-onasidan muhabbat, rag‘bat ko‘rsa, ulg‘ayganda o‘ziga va atrofdagilarga nisbatan ijobiy munosabat shakllanadi. Aksincha bo‘l- sa, unda tushkunlik, hadiksirash, qo‘rquv, alamzadalik kabi salbiy hissiyotlar yetakchilik qiladi. Farzandining harakatlarini doimo na- zorat ostiga olib yurish, hadeb tanbeh berave- rish bolada o‘z kuchiga nisbatan ishonchsiz- GO‘ZAL TARBIYA – HAYOT MAYOG‘I
Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2014 26 Odobnoma lik, ikkilanishni yuzaga keltirib, mustaqil fikrlash qobiliyatining bo‘g‘ilishiga sabab bo‘- ladi.
Qo‘rquv. Ko‘pchilik odamlar ongida bola oilada kimdandir qo‘rqishi kerak degan tu- shuncha bor. Vaholanki, qo‘rquv hech qachon odamda yaxshi fazilatlarni shakllantirmagan. Talabchanlik va qattiqqo‘llik hurmat bilan qorishiq bo‘lsagina ko‘zlangan natijaga eri- shish mumkin.
shakllanmagan, jamiyatga endigina kirib kela- yotgan paytda ota-onasiga har tomonlama to- be bo‘ladi. Shuning uchun ham bolaga u haqda qanday fikrda ekanliklari, qanday baho berishlari juda muhim sanaladi. O‘zi haqida ijobiy fikr eshitgan bola shunga muvofiq xatti- harakatlarini erkin namoyon qiladi. Salbiy muomala esa ishonch tuyg‘usining darz keti- shiga olib keladi. Quyidagi hikoyada tobelik- ning ruhiyatga ta’siri aks ettirilgan. Amerikalik bir sayohatchi bolalariga nisba- tan o‘ta qattiqqo‘l do‘stiga shunday voqeani gapirib beribdi: – Afrikada bo‘lganimda, bir voqeaning shohidi bo‘ldim, – debdi u. O‘rmon chekkasi- da yashaydigan bir savdogarning baquvvat va aqlli fili bo‘lib, kunlarning birida unga ikkita arslon hujum qilib o‘ldiribdi. Shunday bahay- bat va kuchli fil arslonlarga bas kelolmagani- ning sababi, fil arslonlar bilan olishganda ha- deb bir doira atrofida aylanavergan, kengroq joyga chiqishga aqli yetmagan edi. Negaki savdogar uni o‘n yil davomida uzun zanjir bilan bir yerga bog‘lab qo‘ygan ekan. Bundan ayon bo‘ladiki, haddan ortiq kuch- li nazorat ham bolaning mustaqil qaror qabul qilishiga to‘siq qo‘yadi. Ota-ona tarbiya jarayonida sinchkov psixo- log, nozik didli pedagog, bolaning kelajagini yaratuvchi bashoratgo‘y bo‘lishi lozim. Agar ota-ona boladagi iste'dod kurtaklarini o‘z vaqtida sezib, ularning rivojlanishiga sharoit yaratib bera olsa, bola shaxsining kamol to- pishiga katta yo‘l ochadi. Ota-onaning xulq-atvori ham bola tarbiya- siga ta’sir etuvchi vositalardan biri. Bolani faqat u bilan gaplashganda, nasihat qilganda yoki unga biror narsa buyurgandagina tarbi- yalayman, deb o‘ylash masalaga yuzaki qa- rashni bildiradi. Psixologlar fikriga ko‘ra, kat- talar bolani turmushning har bir daqiqasida, hattoki o‘zining uyda yo‘qligida ham tarbiya- lar ekan. Atrofdagilarning qanday kiyinishi, boshqalar bilan muomala munosabati, xur- sand bo‘lishi yoki tashvishlanishi – bularning hammasi bola uchun katta ahamiyatga ega. Agar siz uyda qo‘pollik yoki maqtanchoqlik qilsangiz yoki ichkilikka berilsangiz, undan ham yomoni – haqoratli so‘zlarni ishlatsangiz – bolalaringizga nihoyatda katta zarar yetkaz- gan bo‘lasiz va sizning bu nojo‘ya qiliqlarin- gizning oqibati kelajakda o‘z “me va” sini ber- may qo‘ymaydi. Ota-onaning o‘ziga talabchan bo‘lishi, o‘z oilasini hurmat qilishi tarbiyaning birinchi va eng asosiy shartidir. Eng muhimi esa, ota-ona o‘z e'tiborini faqat bolalaridagi qusur va illatlarga barham berishga emas, ularda hayotbaxsh muhabbat- ni uyg‘otishga qaratishi kerak. Nigina Nuriddinova tayyorladi.
Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2014 27 Ilm-fan ufqlari YER VAZNINI TAROZIDA O‘LCHAGAN OLIM Ilm-fan taraqqiyot kaliti sanaladi. Har qan- day sohada biror yangilik, ixtiro, kashfiyot ham avvalo, ilmiy-amaliy izlanishlar natijasi- da kelib chiqadi. Ayni paytda shuni ta’kidlash joizki, ilm yo‘lidagi izlanishlar, kash fiyotlar qaysi yurt- da, qaysi xalq vakili tomonidan amalga oshi- rilmasin, u baribir butun dunyo ilm-fan ta- raqqiyotiga qo‘shilgan hissa bo‘ lib qolaveradi. Quyida ana shunday shaxslardan biri – Gen- ri Kavendish haqidagi hikoyani havola eta miz. Angliyada Kavendishlar oilasi qadimdan taniqli edi. Bu oila vakillari orasida ministrlar ham, harbiy qo‘mondonlar ham bo‘lgan. Hat- to XVI asrda oltin ortilgan ispan kemasini ta- lagan qaroqchilardan biri ham mazkur oilaga mansub edi. Genri Kavendish esa ajdodlari singari talonchilik qilmadi, hukmronlikka ham intilmadi. U mamlakatining eng badavlat kishilaridan biri bo‘lsa-da, keraksiz hasham va shaxsiy huzur-halovati uchun umri bo‘yi sariq chaqa ham sarf etmadi. Har bir lahza, vaqtini Kavendish kabi o‘y- lab, mo‘ljallab sarflagan kishilar tarix sahifa- larida juda-juda oz uchragan. U hatto suhbat cho g‘ida ham so‘zga xasis bo‘lgan. Genri Kavendish butun umrini ilm-fanga, tajribalar o‘tkazishga sarfladi. Olim o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni bajarish uchun butun boyligini ham, vaqtini ham ayamadi. O‘zi o‘ylab, nazariy jihatdan ishlab chiqqan biror asbobni qurish uchun olim eng mashhur mexaniklarni taklif etdi. Ularning xizmat haqi va zarur materiallarning eng sozini sotib olish uchun ko‘pgina mablag‘ ajratdi. Shu tariqa o‘z ilmiy tajribalariga o‘zi homiylik qilgan Ka- vendish bir-biridan ajoyib ko‘plab kashfiyot- larni amalga oshirishga ulgurdi. Agar siz bugungi maktab o‘quvchisidan stakandagi suv nimalardan tashkil topganligi- ni so‘rasangiz, u hech ikkilanmasdan vodorod bilan kisloroddan, deb javob beradi. Buni esa ikki yuz yil muqaddam Genri Kavendish aniq- lagan. Havo – kislorod bilan azot aralashmasi ekan- ligi hozirda barchamizga ma’lum. Bu aralash- maning necha foizini kislorod, qan chasini azot tashkil etishi ham Kavendish o‘tkazgan o‘sha tajribalarning birida ma’lum bo‘ldi. U havo tarkibidan karbonat angid rid gazini ajra- tib olishga muvaffaq bo‘lgan, vodorodni kashf etgan birinchi kimyogar edi. Olimning fizika sohasida erishgan yutuqlari ham bundan kam bo‘lmagan. Biroq uning Yer og‘irligini hisoblashga oid eng mashhur tajri- basi 1798-yili amalga oshirildi. Butun bir kur- ramizni torta oladigan «ulkan tarozi»ni ko‘z oldingizga keltirishga urinib ko‘ring. Uni ta- savvur etib bo‘lmaydi, bunday tarozi Kaven- dishda ham bo‘lmagan, albatta. Zakovatli olim bu masalani ulkan emas, aksincha, ki- chik, biroq aniq ishlaydigan asbob yordami- dagina hal etish mumkin deb bilgan va shu rejasini amalga oshira olgan. Shunday qilib, olim misga kumush suvi yu- ritib tayyorlangan ingichka sim olib, unga ye- ngil shayin osadi, bu shayinning ikkala uchiga og‘irligi 700 gramm keladigan shar chalarni mahkamlaydi. Salgina esgan shabadada ham shayin ingichka simni burab aylana boshlay- di. Shu bois mazkur asbob “burama tarozi” deb nomlangan. Endi bu sharchalar yoniga boshqa, og‘ir- roqlarini mustahkamlash kerak edi. Bu ular- ning o‘zaro tortishish kuchi qanday bo‘lishini hisoblab chiqish uchun zarur. Asbobga na qilt etgan havo oqimi, na haroratning o‘zgarishi (buning natijasida ham juda sezilarsiz shaba- da hosil bo‘ladi) ta’sir etmasligini ta’minlash juda qiyin bo‘ldi. Shunga qaramay, Kavendish bu og‘ir sinovdan ham muvaffaqiyatli o‘tdi. Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2014 28 Ilm-fan ufqlari Olim o‘z tarozisini derazalarsiz, eshiklari doimo berk turadigan va havo harorati bir xil saqlanadigan xonaga olib kiradi, asbobni ger- metik shkaf ichiga joylaydi. Sharchalarni ku- zatish shkafda maxsus teshiklar ochib o‘rna- tilgan kuzatuv naychalari orqali amalga oshi- rildi. Tayyorgarliklar nihoyasiga yetgach, olim og‘irligi deyarli 150 kilogramm keladigan yirik sharlarni yengil shayin sathiga ehtiyotkorlik bilan tushiradi, so‘ng shayin ohista chayqala- yotganini naychalar orqali kuzatadi. Kuzatish natijalari yengil sharlar og‘irlari tomon tortila- yotganini ko‘rsatdi. Tortilish kuchi juda zaif edi. Agar yengil sharlarni birorta chivin tortsa, hatto uning kuchi bu tortilish kuchidan ortiqroq bo‘lardi. Biroq asbob shu qadar aniq ishlardiki, natija- da Kavendish bu tajribasini o‘nlab marta qaytarib, tortilish kuchining o‘rtacha miqdori- ni belgilashga muvaffaq bo‘ldi. Keyin esa u amaliy natijalarning formulasini ishlab chiqdi. Kavendishning hisobicha, kurramiz hajmi- ning bir kub santimetrida modda zichligi 5,45 grammni tashkil etadi. Hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, bu zichlik deyarli 5,518 grammdan iborat. Yer massasi esa 5976–10 kilogrammga (5976 raqamlaridan keyin 21 ta nol keladi) teng. Kavendish buni ham deyarli aniq hisob- lab berdi, ya’ni o‘z tajribalari asosida butun kurramizni tortib ko‘rdi. Aytishlaricha, Kavendishning oldiga uning pullari saqlanadigan bank xo‘jayini kelib, ki- rim va chiqimlar haqida shoshmasdan axborot berar ekan, bunga bir necha lahza zo‘rg‘a chidagan olim “Agar hoziroq ovozi ngizni o‘chir- masangiz, pullarimni boshqa bank ka o‘tkazib yuboraman”, degan ekan. Ha, olim haq bo‘lgan, chunki ilm-fan yo‘li- da sarflangan umrning bir lahzasi ham har qanday xazinadan qimmatlidir. Qodir TO‘RAYEV, Jizzax davlat pedagogika instituti o‘qituv chisi, pedagogika fanlari nomzodi, xalq ta’limi a’lochisi. Muhayyo ZOKIROVA, Jizzax tumanidagi 12-maktabning fizika fani o‘qituvchisi. Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2014 29 “Anavini qarang-a, o‘rdak emasmi?” “Qani?” “Hozirgina suv betiga kelib qo‘ndi. Bir da- qiqa shoshmang. Mana endi ko‘rsangiz bo‘laveradi.” Quyosh nurida toblanib yotgan erkak uzala tushgan joyidan xiyol ko‘tarildi. Ikkinchi jahon urushida qatnashgan avst- raliyalik askar formasi erkakning yonida yoyi- lib yotardi. Bir bolakay bu askardan biroz narida qad- dini tik tutgancha uzoqlarga termulib turardi. “O‘rdaklar bittami yoki ikkita ekanmi?” – deb so‘radi erkak. “Bittaga o‘xshaydi”. “Chindanam o‘rdak ekanmi o‘zi?” “Bo‘lmasam-chi, naq o‘rdakning o‘zi-ku!” “Sal kichkinaroq bo‘lib ko‘rinmayaptimi?” “O‘rdaklar suzayotganlarida doim shunaqa bo‘lib ko‘rinishadi.” “Borib, qurolingizni olib kelsammikan, a?” Shu topda bolakayning yuragi qaynab to- shardi.
“Xo‘sh... Ha, mayli. Olib kelsang, olib kela qol”, – izn berdi erkak ohista. U bir necha masofa naridagi o‘rdak tomonga tobora qi- ziqishi ortib, ko‘z uzmay tikilib qolgandi. “Voajab, hamma narsaga o‘ta ishtiyoq bi- lan qarar ekanmi? Boshini qanday burishini qarang. Hech narsani nazaridan qochirmaydi- ya. Ishonchim komil, u aniq o‘rdak bolasi”, – derdi u o‘ziga-o‘zi. “Endi qurolni olib kelaveraymi?” Bolakayning sabri chidamay, borgan sari oyog‘ini qo‘ygani joy topolmay, turgan yerida tinmay tipirchilardi. “Kel, uni yana bir lahza bo‘lsa ham tomo- sha qila qolaylik”, – deya uning shashtini pasaytirdi erkak. “Qara, u qanday baxtiyor. Xuddi urushdan katta sog‘inch ila uyiga qaytib kelayotgan peshonasi yorug‘ askarga o‘x shaydi. Sen uning yerga qo‘nganini ko‘rding-a?” “Ha-da. U avval anavi joyda uchib yurgan- di. Keyin men uni suvga yaqinlashayotganini ko‘rib qoldim. Endi qurolingizni olgani ketsam ham bo‘lar?” “Mayli, mayli”, – dedi erkak. “Borib kela qol. Ungacha men o‘rdakchani tomosha qilib o‘tiraman.” Bolakay avval asta-sekinlik bilan qadam tashlab, keyin esa zipillagancha tepalik usti- dagi stansiya tomon chopib ketdi. Erkak qaddini rostladi. Jajjigina o‘rdakcha unga shu damda urushning qonli lavhalarini eslatib yuborgandi. Xo‘p, yaxshi, bu-ku bitta qush ekan, bu mitti mavjudot bir askar boshiga tushajak QUYOSH QO‘SHIG‘I (hikoya) Alan Marshal Avstraliya yozuvchisi Alan Marshal (1902-1984) avstraliyalik eng atoqli yozu v- chilardan biri, u Viktoriyada tavallud topib, maktabni ham shu yerda tamomlagan. “Yoshligimda, – deya eslagandi u bir intervyusida, – men shuni anglab yetgandimki, yozuvchi odamlar haqida yozish- dan avval ular bilan dardlashishi zarur ekan. Men o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rganlarimnigina qalamga olishga ahd qildim. Shunday qilib, furgonga chiqdim-u dunyo bo‘ylab sayohatga otlandim, safarim davomida yolg‘izlikda qiynalib, azob chekayotgan odamlar bilan yuzma-yuz keldim.” Hayoti mobaynida Alan Marshal avstraliyalik aborigenlar bilan yashab, ularning huquqlari uchun kurashgan.
Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2014 30 ko‘r guliklardan zig‘ircha ham tahlikaga tush- maydi. Uning uchun hayot va baxt – ozod Parvoz! U Bobo Quyoshning haroratli qo‘ shi- g‘ini tinglash uchun o‘zining jimitdakkina jo- nini eson-omon ko‘targancha osmon-u falak- lar bo‘ylab uchib ketaveradi... Hatto ajal nafa- si ufurib turgan quyuq chakalakzorlar ustidan ham qulochlarini keng yoygancha emin-erkin uchib o‘taveradi u... Hozirgina bo‘lib o‘tgan voqeani yosh askar yana bir marta o‘z quloqlari bilan eshitib, o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib guvohi bo‘ldi. Yaponlar qoq tunda kelib bo‘lishgan ekan. Ular allaqa- chon yerga qo‘nib, askarlar tomon hujumga o‘tgandilar; zim-ziyo kechada, yog‘iy askarlari birin-ketin suv betidan bosh chiqarishib, ko‘payib borishardi. Ular bir daf’a bo‘lsa-da ortga chekinishmadi. O, bu na’ralar... o‘ldi- rishlar... ko‘tarilayotgan va yiqilayotgan odam- lar... Keyin ular yashiringan qalin chakalakzor va uyga tomon eltuvchi adoqsiz yo‘l askarning ko‘z oldida jonlandi. Oh! Yana o‘ldirishlar, o‘ldirishlar! O‘ldi- rishlar! Sobiq askar ortiga o‘girilib, haligi bolakay- ning qo‘lida qurol bilan halloslagancha yugu- rib kelayotganiga ko‘zi tushdi. Askar yana o‘r- dak tomonga boqdi. O‘rdakcha ochiq suv quchog‘ida bemalol, bexavotir suzib yurardi. Shunda askar yerdan bitta toshchani qo‘li- ga oldi-da, uni o‘rdakchaning yonginasiga tushadigan qilib uloqtirdi. O‘rdakcha cho‘chib suvdan ko‘tarildi-da, havoda baland bo‘lib uchib ketdi, bir nafas- dan so‘ng yana olisroqdagi suv betiga qo‘rqa- pisa qo‘ndi. “Nima qilib qo‘ydingiz?” – dedi bolakay yig‘lamoqdan beri bo‘lib. “Biz endi uni sira ham tuta olmaymiz!” Askar indamasdan yerda yotgan formasini yig‘ishtirib oldi-da, shoshilmay kiyina boshla- di. “Yo‘q”, – dedi u xotirjam. “Biz uni hech qachon tuta olmas edik.”
Ingliz tilidan Qandilat YUSUPOVA tarjimasi. Hayrat Olimlarning fikriga ko‘ra, insonning ona qornida shakllanish bosqichidayoq genlar 60% axborotni bola organizmiga tashir ekan. Shu bois uning aqliy rivojlanishida genetik omillarning ham ta’siri benihoya katta. Biroq hayotiy kuzatuvlar natijasida ba’zida ota-ona- da mavjud iste’dod va layoqatlarning birortasi bolada namoyon bo‘lmaganligini ham ko‘ra- miz. Favqulodda noyob qobiliyatga ega bola- larning miya faoliyati hamda aqliy o‘sish ko‘rsatkichlari hozirga qadar dunyo olimlarini hayratga solib, fan oldida qator savollarning paydo bo‘li shiga sabab bo‘lmoqda. Bunday iste’dodli bolalarga nisbatan “Vunderkind” atamasi qo‘llaniladi. Nemischadan tarjima qilganda “Mo‘jizaviy bolakay” ma’nosini be- ruvchi bu so‘z aqliy salohiyat darajasi juda yuqori bo‘lgan bolalarga nisbatan aytiladi. Ular qaysi zamon va makonda tug‘ilishidan qat’i nazar o‘z iste’dodi bilan ilm-fan ravnaqi, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shib kelish- moqda.
tug‘ilgan. U 5 yoshida ingliz, yunon, lotin, yahudiy tilida o‘qiy olgan. 13 yoshida Kembrij universitetidagi tahsili davomida arab, fran- suz, ispan va italyan tillarini ham a’lo darajada “ V U N D E R K I N D ” LAR YOXUD CHEGARA BILMAS TAFAKKUR
Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2014 31 Hayrat o‘rganib, mantiq, falsafa, matematika, geog- rafiya, xronologiya va tarix fanlarida ilmiy iz- lanishlar olib borgan. Uilyam Jeyms Saydis – 1898-yil 1-aprelda Nyu-Yorkda tug‘ilgan. Bu tinib-tinchimas bolakay bir yoshga to‘lganidan so‘ng yozish, o‘qishni puxta o‘rganib oladi. 4 yoshida esa Gomer asarlarining asl nusxasini mutolaa qilib atrofdagilarni hayratga soladi, 6 yo shida bo‘lsa, Aristotel mantig‘i bilan jiddiy shug‘ul- lanadi. Shundan so‘ng dunyo tillarini o‘rga- nishga bo‘lgan ishtiyoqi oshib, sakkiz yoshi- da 8 ta tilda erkin muloqot qilish imkoniyati- ga ega bo‘ldi. 11 yoshida nufuzli Garvard universitetining talabasi bo‘lishdek baxtga sazovor bo‘lib, oliygohni 16 yoshida tamom- laydi.
Kim Ung Yong – 1963-yilda Koreyada tu- g‘il gan. U 5 yoshida 4 ta tilni, jumladan, ya- pon, koreys, nemis, ingliz tillarini bilar va matematik analiz bo‘yicha masalalarni oson- likcha ishlay olar edi. U 15 yoshga to‘lganda esa Kolorado Davlat universitetida fizika fan- lari doktori unvoniga sazovor bo‘ladi va ish faoliyatini AQSHda davom ettiradi. Hozirda esa vatani Koreyaga qaytib, u yerdagi eng mashhur oliy o‘quv yurtlaridan birida yosh- larga saboq berib kelmoqda. Uning IQ (Intelle
ni tashkil qiladi. Ung Yong dunyoning eng aqlli kishilaridan biri sifatida Ginnesning re- kordlar kitobidan o‘rin olgan. Maykl Kevin Kirne – 1984-yil 18-yanvarda AQSHda tug‘ilgan. To‘rt oyligidan gapira bosh- lagan. Olti oylik bolakay pediatr qabulida chap qulog‘ida infeksiya borligini aytib shifokorlarni hayratda qoldiradi. 4 yoshida maxsus matema- tik dastur bo‘yicha imtihondan eng yuqori ball bilan o‘tadi. 6 yoshida o‘rta maktabni tamom- lab, 8 yoshida geologiya mutaxassisligi bo‘yi- cha kollej diplomini olishga muvaffaq bo‘ladi. U Ginnesning rekordlar kitobidan “Universitet- ning eng yosh bitiruvchisi” sifatida joy olgan. 10 yoshida Janubiy Alabama universitetining bakalavr darajasiga sazovor bo‘lgan.
shidan boshlab mustaqil o‘qiy olgan va o‘zi- ning ilmga bo‘lgan ishtiyoqi tufayli 10 yoshida oliy o‘quv yurtini muvaffaqiyatli tugatgan. Gregori dunyoning eng aqlli bolakaylari qato- rida bo‘lib, 4 marotaba Nobel mukofotiga nomzod sifatida qo‘yilgan.
1991-yilning 13-martida tug‘ilgan. Uning IQ darajasi 173. Bir yoshidan o‘qishni boshlagan. 7 yoshidan kollej o‘quvchilari uchun mo‘ljal- langan matematika fanini puxta o‘zlashtiradi va 13 yoshida Montana Davlat universiteti- ning matematika yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasiga ega bo‘ladi. Akrit Yasval – 1993-yilda Hindistonda tu- g‘ilgan. Uning aql koeffisienti darajasi 146 ni tashkil qiladi. Butun dunyoga mashhur Akrit ilk jarrohlik operatsiyasini 2000-yilda 7 yoshi- da amalga oshirgan. Uning bemori 8 yoshli qo‘shni qizcha bo‘lgan. Yasval butun Hindis- ton oliy ta’lim muassasalaridagi eng yosh tala- balardan biri hisoblanadi. Mahmud Vail Mahmud –1999-yil 1-yanvar kuni tug‘ilgan. Ginnesning rekordlar kitobi uni sayyoramizning eng aqlli bolakayi deb topdi, u tengdoshlari orasida eng yuqori – 155 IQ to‘pladi. Mahmud eng murakkab arifmetik amallarni qisqa muddatda ishlay oladi. Kichik bilimdon boshlang‘ich ma’lumotni bir necha yil avval tugallab, hozirda dunyoning eng mashhur kompyuter kompaniyalari taklif qil- gan individual dasturlarni o‘zlashtirmoqda. Bolakay kelajakda doktor bo‘lishni orzu qiladi.
gida u o‘zining dastlabki kartinasini chizgan. Avsraliyalik kichik musavvir abstraksionizm va syurrealistik yo‘nalishdagi ishlari bilan mashhur. Uning birinchi ko‘rgazmasi “Rang- lar mo‘jizasi” deb nomlanib, 2011-yilning iyun oyida Nyu-York shahrida tashkil etildi. Olti kun davomida uning asarlari deyarli mil- lion dollarga sotiladi. 2012-yilda u o‘zining ikkinchi shaxsiy ko‘rgazmasini san’at ixlos- mandlariga namoyish etdi. Gulhayo Naimova tayyorladi. Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2014 32 Tashrif Download 360.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling