Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun
Nafosat Sog‘lom avlod uchun | 12
Download 360.19 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nafosat Sog‘lom avlod uchun | 12
- Milliy meros vorisligi Sog‘lom avlod uchun | 12
- O‘lkamiz tarixidan Sog‘lom avlod uchun | 12
Nafosat Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2014 13 ni, ishlab chiqarish jarayoni hamda sharoitla- riga, sotsiologiya va boshqa bilimlarga ega bo‘lishini hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Dizayn hayotga yangicha qarash, yangicha tuyg‘u, yangi shakl, rang, texnologiya, xom- ashyo, yangicha tuzilish va majmualar uy- g‘unligini ta’minlash demakdir. U har bir so- hada o‘ziga xos talqinga ega bo‘lib, me’mor- chilikda ham, avtomobil ishlab chiqarish so- hasida ham, sanoat ishlab chiqarishida ham, umuman, ijtimoiy hayotning har bitta jabhasi- da dizaynning o‘z o‘rni bor. Tariximizdan ma’lumki, ajdodlarimiz o‘z zamonalarida bar cha sohalarda betakror dizayn namunala- rini yaratishgan. Lekin o‘sha davrda bu kasb egalari “dizayner” deb emas, balki usta-hu- narmand nomi bilan yuritilgan. Bugun yurti- mizda ushbu sohani taraqqiy ettirish uchun, eng avvalo, ajdodlarimizning hayotiy tajriba- larini poydevor qilib olishimiz zarur. Bu – ta- rixiy bilimlarimizni chuqurlashtirish va zamo- naviy bilimlarni mushtarak olib borish lozim- ligini anglatadi. Qolaversa, dizayn o‘ta mu- rakkab ijodiy jarayon sifatida kishidan nozik estetik did va hammaga ham xos bo‘lmagan nafosat hissini talab qiladi. Darhaqiqat, narsalar muhitini, estetik va funksional sifatlarini shakllantirish maqsadiga qaratilgan loyihalash faoliyati turlarini ifoda- lovchi dizayn san’atining shakllanish va rivoj- lanish yo‘li uzoq tarixni qamrab oladi. Bugun mazkur yo‘nalish faoliyati tarkibiga keng is- te’mol buyumlari, turli-tuman avtotransport- lar, dastgohlar, kiyim-kechaklar ishlab chiqa- rish, qadoqlash materiallarini tayyorlash, ja- moat hamda turarjoy binolarini jihozlash, mebel va kundalik turmushda zarur boshqa vositalarni ishlab chiqarish kiradi. O‘zbekis- tonda esa zamonaviy dizaynning sanoat, landshaft dizayni, interyer dizayni, mebel di- zayni, grafika dizayni, televideniye dizayni, tekstil dizayni, libos dizayni, art-dizayn, eks- po-dizayn, veb-dizayn va boshqa turlari keng ravnaq topib bormoqda. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng yurti- mizda ham dizayn sohasidagi mutaxassislarni maxsus oliy o‘quv yurtlarida tayyorlash tizimi yaratildi. Bu yo‘nalishni rivojlantirish, uni mustaqil fan sifatida o‘qitish ishlariga katta ahamiyat qaratildi. Jumladan, Kamoliddin Behzod no- midagi Milliy rassomlik va dizayn institutida interyerlar va sanoat grafikasi, libos dizayni bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘- yildi. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ham dizayn ta’lim yo‘nalishi alohi- da mutaxassislik sifatida joriy qilindi. Dizayn kishilik jamiyati taraqqiyoti davo- mida sanoat yo‘nalishi sifatida paydo bo‘lib, so‘ngra san’at darajasiga qadar ko‘tarilib keldi va bunda zamon talablari asosida bilim ola- yotgan mutaxassis dizaynerlarning hissasi salmoqli bo‘layotir. Mamlakatimizda ham boshqa sohalar qatori dizayn san’ati taraqqi- yotiga qaratilayotgan yuksak e’tibor tufayli uning kundalik hayotimizni yanada qulay, yanada shinam qilish, eng muhimi, go‘zallik hamda nafosat olami bilan boyitishdagi aha- miyati tobora ortib bormoqda. Dilnavoz ABDIYEVA, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Yengil sanoat texnologiyalari fakulteti talabasi. Nafosat Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2014 14 Ko‘pni ko‘rgan nuroniy keksalarimizning suhbatiga quloq tutsangiz, “Belbog‘i bor er yigitning beli baquvvat bo‘ladi” yoki “Be- lingdagi belbog‘ing bo‘shashmasin” kabi iboralarni eshitasiz. Darhaqiqat, belbog‘ azal-azaldan mardlik, oriyatlilik, jasurlik timsoliga aylanganligi uchun ham er yigit- ning jo‘mardligi uning belidagi belbog‘iga qarab baholangan. Hatto milliy sport o‘yin- larimizdan biri ham “belbog‘li kurash” deb atalishi bejiz emas. O‘z umrining yigitlik mavsumiga qadam qo‘y gan o‘smirlarning beliga otasi yoki tog‘asi “Ilohim, beling baquvvat bo‘lsin!”, degan yaxshi niyat bilan shoyi belbog‘ bog‘la shida ham ana shu ma’no yashiringan. Yozma yodgorliklardan biri “Avesto”da ham bola 15 yoshga to‘lga- nida maxsus “belbog‘ bog‘lar” marosimi o‘tkazilganligi haqida ma’lumot berilganligi xalqimizning belbog‘ bilan aloqador udum- larining tarixi g‘oyat qadimiyligidan dalolat beradi. Belbog‘ qadimdan yigitlik quvvati, kuch- qudrat, boy-badavlatlik va xotirjamlik tim- soli sanalib kelinganligi bois, xal qimizning nikoh to‘yi marosimi bilan bog‘liq udum va rasm-rusumlarda ham uning ramziy mohi- yatiga alohida e’tibor qaratiladi. Masalan, Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tuma- nidagi udumga ko‘ra, kuyov tomondan qiz- ga sovchi yuborilayotganda yigitning bobosi yoki otasi sovchilarning beliga belbog‘ – belqars bog‘laydi. Qiz xonadoniga borgan sovchi o‘tirib gap boshlash asnosida belidagi belqarsini asta-sekin bo‘shatib qo‘yar ekan. Shunday qilinsa, qiz tomon ham sekin-asta “bo‘shashib”, qudalashishga rozi bo‘ladi deb o‘ylaydilar. Andijonlik sovchilar qiz xonadoniga olib boradigan sovg‘a-salomlar orasiga bitta kichkina oq tuguncha ham qo‘shib qo‘yadilar. “Shayton ora lama” deb ataladigan bu oq tuguncha qu dalashayotgan ikki oila orasiga sovuqlik tushmasin, muno- sabatlari hamisha iliq, sovchilarning yo‘li oq bo‘lsin, yo‘ldan uruvchi kishilar niyatiga yetmasin, degan maqsadda qo‘yiladi. Agarda qiz tomon qudalashishga moyil bo‘lsa, sovchilarga to‘n kiygizib, bellariga belbog‘ bog‘langan. Kuyov tomon esa sov- chilikdan qaytib kelgan ki shilardan “Bo‘ri- mi, tulkimi?” – deb so‘raganda, sov chilarning ishi bitgan bo‘lsa “bo‘ri” deb javob bergan. Ana shunda bo‘lajak kuyovning otasi yoki bobosi sovchining beliga belbog‘ bog‘lagan. Nikoh to‘yining ajoyib udum laridan yana biri “yo‘l to‘sish” yoki “baqan solish” odati- da ham belbog‘dan foydalanilgan. Yosh-ya- langlar kelinni olib kelayotgan mashina o‘tadigan yo‘lga chiqishgan va ikki yigit belbog‘ning ikki uchidan tutgancha “yo‘lni to‘sishgan”. Kelinning yonida kelayotgan yangalari “yo‘l to‘ suvchilar”ga pul yoki bel- bog‘ berishgan. Hadyani olishgandan so‘ng yigitlar “Kelin-kuyov baxtli bo‘lish- sin!” deb tilak bildirishgan va yo‘lni ochish- gan. Bu udum o‘zbek xalq dostonlarining eng sarasi “Alpomish”da ham o‘z badiiy ifodasini topgan. Atoqli baxshi Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li Alpomish bilan Barchinning to‘yini ta’riflab shunday deb kuylaydi: Yo‘lda baqan solaylik deb, Do‘ppi, ro‘mol olaylik deb, Akasiman ul ko‘rishib qoladi, Ko‘p qizlar kelinni o‘rtaga oladi, O‘tkazmaydi, yo‘lda baqan soladi, Suqsur kaniz do‘ppi, ro‘mol beradi. Ilgarilari Toshkent shahri va uning atrofi- dagi ayrim qishloqlarda nikoh to‘yida tortish- machoq udumi o‘tkazilganda ham belbog‘ BELIDA BELBOG‘I BO‘LSIN YIGITNING! Milliy meros vorisligi Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2014 15 ishlatilishi kuzatilgan. An’anaga ko‘ra, ku- yovni chimildiqqa kirgizib qo‘yib, keyin qizni chodiri (ya’ni palak, ko‘rpa, tagdo‘zi palak) bilan birga ko‘tarib uyga olib kirib, bir tomonda qiz taraf, ikkinchi tomonda yi- git taraf turib yosh, sog‘lom, kuchli juvon- lardan biri beliga belbog‘ bog‘lab o‘rtaga tushadi. Qiz-juvonlar qiyqirib tortishadi. Oxiri bir tomon zo‘r chiqib yengadi. Chodir ichida qizni tayyorlab turadilar, uyoqda ku- yov chimildiq ko‘tarib yo‘l o chilgandan so‘ng qizni ko‘tarib chimildiqqa olib kirib ketadi. Xalq qarashlari va an’analariga ko‘ra, belbog‘ kuyovlikning asosiy belgisi sanaladi. Shuning uchun ham xalq qo‘shiqlarida ku- yov beliga adras belbog‘ bog‘lagan o‘ktam yigit sifatida tasvirlanadi: Kuyov keldi gul bilan yor-yor-yorone, Sochlari sumbul bilan, yor-yor-yorone. Adras belbog‘ belida, yor-yor-yorone, Qo‘ynida bulbul bilan, yor-yor-yorone. Qizlar o‘zlarining sevgan yorlariga atab belbog‘ tikishgan. Bunday belbog‘lar uchun asl, sara matolar tanlab olingan. Turli be- zaklar, gullar bilan bezatilgan bunday bel- bog‘larga ishq-muhabbat, mehr, samimiyat, sadoqatni tarannum etuvchi baytlar ham naqsh qilib tikilgan. Sayl-tomoshalarda, Navro‘z, hosil bayrami singari bayramlarda sevishgan yoshlar bir-birlariga turli sovg‘a- salomlar yo‘llashgan. Yigitlar yosh bolalar orqali o‘zlari ko‘ngil qo‘ygan qizlarga turli shirinliklar, ro‘mol va boshqa hadyalar yu- borishsa, yangalari bilan saylga kelgan qiz- lar o‘zlari unashtirilgan yigitlarga do‘ppi, belbog‘ taqdim etishgan. Xalqimiz orasida qadimdan urf bo‘lib kelgan bu an’ana qo‘shiqlarda shunday bayon etiladi: Daryo to‘lib oqadi axsi bilan, O‘ynab kulaveringlar yaxshi bilan. O‘ynaganda kulganda yaxshi bo‘lar, Belbog‘ tikib beradi naqshi bilan. Surxon vohasida ham ilgarilari qiz bo‘la- jak yoriga atab chopon, belbog‘, do‘ppi tik- kan. Bu liboslar to‘y kuni kuyov qizni uyiga olib ketish uchun kelganida o‘tkaziladigan “kuyov kiyintirar” udumi chog‘ida kuyovga kiygizilgan. Xalq qo‘shiqlarida bu odat quyi- dagicha kuylanadi: Belqars tikay yorimga deb, Beli quvvatli bo‘lsin deb, Suv keltiray yorimga, Suvday tiniq bo‘lsin deb. Xorazm vohasi nikoh to‘ylarida “belbog‘ yechar” deb ataluvchi o‘ziga xos ajoyib bir udum mavjud bo‘lgan. Belbog‘ qadimdan erkaklar kuchi, qudrati va bahodirligining timsoli hisoblanganligi uchun ham belbog‘ kuyovning beliga bog‘la- nayotganda qattiq qilib tugilgan. Bu bilan kuyovning oila boshlig‘i, ya’ni er bo‘lganligi, uning kuch-quvvatga egaligi, yovuz kuch- lar, yomon ko‘z, suq-nazardan himoyalan- ganligi angla shilgan. An’anaga ko‘ra, kuyov belbog‘i to‘y kuni yangalar tomonidan ye- chilishi kerak bo‘lgan. Yechish mushkul bo‘lsin uchun ham kuyovjo‘ralar belbog‘ni mahkam bog‘laganlar. “Belbog‘ yechar” udumi kelin bilan kuyovning hayot yo‘li bog‘lanmasin, qiyinchiliklar bartaraf bo‘lsin, barcha tugunlar yechilsin degan ramziy ma’noni anglatgan. Yangalarning so‘zga che- chan, uddaburon va chaqqonrog‘i kuyov- ning belbog‘ini yechayotganda kuyovjo‘ra- lar:
Kela qoling yangajon, Yecha qoling, yangajon! Belbog‘ yecholmasangiz, Tanga soching, yangajon! deb qo‘shiq aytishgan. Xullas, ayrim milliy liboslarimiz turkiy va sharq xalqlarining qadimgi madaniyatidan boshlab o‘z o‘rni va ahamiyatiga ega bo‘lib kelgan. Xususan, belbog‘ning paydo bo‘lishi juda ko‘p rivoyat va an’analar bilan bog‘liq. Belbog‘ bilan bog‘liq o‘zbek xalq maqollari ham salmoqli qismni tashkil etadi. Aynan o‘zbek folklorida – o‘lan va aytishuvlarda qahramon yoki oshiq yigit ko‘p hollarda Milliy meros vorisligi Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2014 16 belbog‘ bilan tasvirlanadi. “Belida belbog‘i bor” tushunchasi o‘smir yigitning balog‘at yoshiga yetganini ifodalaydi. Belbog‘ – oshiqlik, bardamlik, qahramon- lik, muayyan mushkul vazifaga kirib borish, qiyin ishlarni bo‘yniga olish ramzlarini ifo- dalaydi. Ming afsuslar bo‘lsinki, ayni za- monlarda belbog‘ bog‘lash sahnaviy talqin- da, to‘y yoxud g‘am-g‘ussaga botish yoki azadorlik sifatida yashab kelmoqda. Belbog‘ asosan erkaklar libosi bo‘lib, uni faqat muayyan bir marosim, masalan, to‘y yoki azada emas, balki har doim bog‘lab yurish foydadan xoli emas. Kaykovusning “Qobusnoma” nomli didaktik asarida “bel- bog‘ bog‘lash” deb atalgan fasl mavjud bo‘lib, unda belbog‘ asosan javonmardlar belgisi sifatida talqin qilinadi. Asarda hatto belbog‘ni qanday bog‘lash, qay shakl va rangdagisini tanlash, shuningdek, bel- bog‘ning turli xil ramziy-timsoliy ma’nolari haqidagi ma’lumotlar ham keltirilgan. Mamlakatimizning ayrim hududlarida belbog‘ “belqars”, “qiyiq”, “qiyiqcha”, “ro‘pok cha” deb ham ataladi. Belbog‘ belga bog‘lanishdan tashqari, ayrim narsalarni bir-biriga bog‘lash, masalan, sepoya-taltay- larni bog‘ lash, non va boshqa yeguliklarni tugib olishda ham ishlatilgan. Ayrim hudud- larda bu udum haligacha saqlanib qolgan. Belbog‘ning xalq tabobatida ham o‘rni be qiyos. Fiziolog mutaxassislar inson orga- nizmidagi asosiy tayanch nuqta deb bel so- hasini bilishadi. Barcha hayotiy kuchlar, energiya, asosan bel qismdan taqsimlangani uchun donishmand ota-bobolarimiz hami- sha belbog‘ bog‘lab yurganlar. Buni har bir inson sinab ko‘rishi mumkin. Bel siqib bog‘langanda inson o‘zini bardam tuta boshlaydi. Og‘ir atletika bilan shug‘ullanuv- chi sportchilarni kuzatsak ham o‘ziga xos belbog‘ taqqanlarining guvohi bo‘lamiz. Xalqimizning qadimiy an’analariga ko‘ra, belbog‘ yovuz kuchlardan asrash vositasi deb ham qaraladi. Bunga ko‘ra, bel bog‘lan- ganda kishining tanasi tashqi kuchlar ta’siri- dan magik doira vositasida himoya qobig‘i hosil qiladi. Shuning uchun ham belbog‘i bor kishiga yomon nazar yoki yovuz kuchlar ta’sir ko‘rsatolmaydi, deb ishonganlar. Ayollar ko‘zi yoriganda chaqaloqning atrofi- ni belbog‘ bilan aylantirib o‘rab qo‘yish odatining ma’nosi ham ana shunda. Xullas, belbog‘ asrlar mobaynida oriyatli- lik, kuch-quvvat, bahodirlik va jasurlik tim- soli sifatida yigitlarimizning g‘ururini ko‘k- larga ko‘tarib kelgan. Shunday ekan, o‘z yurtining har qarich tuprog‘ini muqaddas bilgan, oilasini asrash uchun ko‘kragini qal- qon qilgan har bir yigitning belida belbog‘i bo‘lsin!
Shahodatbonu IMOMNAZAROVA. Milliy meros vorisligi Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2014 17 Temuriylar sulolasining shon-shuhratini dunyoga yoygan buyuk munajjim va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek 1409-yili sohibqiron bobosining taxtiga o‘tirgach, Amir Temur ish- larining chinakam davomchisiga aylandi. Yosh- ligidanoq tug‘ma iste’dod sohibi bo‘lgan Ulug‘bek olimlar, shoirlarga katta g‘amxo‘rlik qildi. U poytaxt Samarqandga yuzdan oshiq olimlarni yig‘ib, katta ilmiy markaz-maktab yaratdi. Ulug‘bek Samarqandga mashhur olim- larni yig‘arkan, ularning oldiga Sharq va G‘arbda yashab o‘tgan yirik olimlarning asar- larini yig‘ish, ularni tarjima qilish, mukammal ilmiy sharhlar yozish va matematika, geomet- riya, tibbiyot, tarix, astronomiya, poetika, ta- rix ilmlarining muhim qirralarini rivojlantirish masalasini qo‘ydi. Ulug‘bek Samarqandda yaratgan bu ilmiy maktab fan tarixida shu darajada chuqur iz qoldirdiki, bundan 250 yil ilgari mashhur fransuz yozuvchisi, faylasufi va tarixchisi Volter bu maktabni “Samarqand akademiya- si” deb atagan edi. Ulug‘bek yaratgan bu ilmiy maktab, ayniqsa, astronomiya fanida katta yutuqlarga erishdi va bu maktabning shon- shuhrati dunyoga yoyilishiga sabab bo‘ldi. Samarqand olimlari Ulug‘bekning buyrug‘i bilan astronomiyaga oid risolalarga sharh yo- zar ekanlar, bu risolalardagi ko‘plab ma’lu- motlarni qayta tekshirib ko‘rishga ehtiyoj se- zadilar. Bu hol Samarqandda rasadxona qu- rishni taqozo etadi. Olimlar bu fikrni Mirzo Ulug‘bekka aytganlarida, hukmdorning ham niyati shunday ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shun- dan so‘ng Samarqandda rasadxona qurishga kiri shiladi. Ulug‘bek Samarqandda qurilajak rasadxo- na har tomonlama mukammal bo‘lishi va un- da o‘rnatiladigan asbob-uskunalar har qanday xatoliklardan xoli bo‘lishini talab qiladi. Shu sababli olimlar Ulug‘bek bilan hamkorlikda turli davrlarda qadimgi sharqning Bag‘dod, Damashq, Isfahon va Marog‘ shaharlarida barpo qilingan rasadxonalarning loyihalari, ularda o‘rnatilgan asboblarning tuzilishini har tomonlama o‘rganib chiqadilar. Shundan so‘ng quriladigan rasadxonaning loyihasi yaratildi va uni qurish uchun joy tanlandi. Mirzo Ulug‘bek va boshqa olimlar rasadxona qurish uchun Cho‘ponota janubidagi tepalik qulay degan qarorga keladilar va bu yerda 1420- yili qurilish ishlari boshlab yuboriladi. Qurilish qariyb 9 yil davom etadi. Zamondoshlarining guvohlik berishlaricha, uch qavatli rasadxona binosi o‘sha davrning eng hashamatli va mu- kammal ilmiy markazi bo‘lgan. Qurilish ishla- ri tugashi bilan bu yerda ilmiy kuzatishlar boshlanadi. Mirzo Ulug‘bek bu yerda tunni tongga ulab, osmonga boqib, yulduzlar hara- katini o‘rgana boshlaydi. Rasadxonada Mirzo Ulug‘bek bilan yonma-yon uning ustozi za- bardast olim Qozizoda Rumiy, shogirdlari G‘iyosiddin Jamshid al-Koshiy va Ali Qush- chilar tinmay ter to‘kadilar. Mirzo Ulug‘bekning rasadxonada 20 yildan ortiq vaqt mobaynida olib borgan ilmiy kuza- tishlari uning shoh asari “Ziji jadidi Ko‘rago- niy”, ya’ni “Ko‘ragoniyning yangi jadvali” nomli asarida jamlangandir. Bu shohona ilmiy asar 4 kitobdan iborat bo‘lib, uning birinchi kitobi eralar va taqvimlar bilan bog‘liq muam- molarni tahlil qilishga bag‘ishlangan. “Zij”ning ikkinchi kitobi asosan matemati- ka va sferik astronomiya tahliliga bag‘ishlan- gan. Uchinchi kitobi esa astronomiya masala- larining tahliliga oid bo‘lib, bu asosiy kitob hisoblanadi. Kitobda quyosh, oy va besh yirik sayyoraning harakatlari har tomonlama chuqur va asosli ravishda tahlil qilingan. “Ziji jadidi Ko‘ragoniy”ning oxirgi to‘rtinchi kitobi ikki bobdan iborat bo‘lib, ularda asosan ilmi nujumga oid muammolar tadqiq etilgan. Shu- ningdek, bu ilmiy asar mukammal yozilgan “Muqaddima” bilan boshlangan bo‘lib, unda Mirzo Ulug‘bek kitobni yozishdan maqsad va unga bu ishda ko‘mak bergan olimlarning hammalarini minnatdor chilik bilan eslab o‘tgan.
Mirzo Ulug‘bekning ushbu ilmiy asari o‘z davridayoq juda mashhur bo‘lib, dunyoning turli mamlakatlarida astronomiya rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Unga Ali Qushchi, Mi- ULUG‘BEK RASADXONASI
Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2014 18 rim Chalabiy va Husayn Birjandiy kabi astro- nomlar sharhlar yozganlar. Ulug‘bekning shogirdi Ali Qushchi 1473-yili “Zij”ni Istan- bulga olib keladi, so‘ngra bu asar Ovro‘paga tarqalib ketadi. Oksford universitetining pro- fessori Jon Trivs (16021652) Ulug‘bekning “Zij”ini Ovro‘pada birinchi bo‘lib tadqiq qil- gan. Ushbu universitetning yana boshqa bir olimi sharqshunos Tomas Xayid (16361703) “Zij”ni lotin tiliga tarjima qilib nashr ettirdi. 1449-yili Mirzo Ulug‘bek fojeali ravishda o‘ldirilgach, rasadxona ham qarovsiz qoldi, ilmiy kuzatishlar to‘xtadi. Ulug‘bekning sho- girdi Ali Qushchi ham o‘z yurtini tark etishga majbur bo‘ldi va Turkiyaga jo‘nab ketdi. Ali Qushchi rahbarligida Turkiyada ham rasadxo- na qurildi, rasadxonani barpo qilishda Sa- marqanddagi Mirzo Ulug‘bek rasadxonasining loyihasi asos qilib olindi. Shuningdek, Ulug‘- bek rasadxonasining loyihasi asosida Hindis- tonda ham yangi rasadxona qurildi, bu rasad- xonalarning barchasida Ulug‘bek yaratgan “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” kitobi dasturil amal bo‘lib xizmat qildi. Mirzo Ulug‘bekning “Ziji” Yevropada keng tarqalgach, ovro‘paliklar o‘rtasida Ulug‘bek- ning shaxsiyati va qurdirgan rasadxonasiga qiziqish kuchayib boradi. Shu sababli Sa- marqandga tashrif buyurgan ko‘pgina ovro‘- palik sayyohlar va olimlar rasadxona o‘rni bi- lan qiziqar edilar. Jumladan, venger olimi Armeniy Vamberi (18321913) ham Samar- qandga kelgach rasadxona o‘rni bilan qiziqdi va uni Tillakori madrasasining ichida joylash- gan bo‘lsa kerak, deb taxmin qildi. Ammo venger olimining bu taxmini mutlaqo asossiz edi. Shu bilan birga rasadxona o‘rnini topish- ga ko‘pgina rus tarixchi, astronom va arxeo- loglari ham qiziqa boshladilar. Ammo ularning bu qiziqishlari hech bir samara bermadi. 1908-yili omad havaskor arxeolog V. Vyatkin- ga kulib boqdi, u samarqandlik ziyolilar Abu Said Maxsum va Egamxo‘ja mullolar yordami- da XVII asrga oid vaqf hujjatlari asosida rasad- xona o‘rnini topishga erishdi. Shundan so‘ng turli arxeologlar tomonidan bu yerda olib bo- rilgan qazishmalar o‘z natijasini ko‘rsatdi. Hozirda rasadxona poydevori va qoyatoshni o‘yib yasalgan kvadrant to‘liq ochilgan. Qa- zishmalar natijasidan ma’lum bo‘lishicha, ra- sad xona dumaloq shaklda, uch qavatli bo‘lgan ekan. Pastki qavatda kvadrant, tepadagi qa- vatlarda esa kutubxona, dam oladigan, ilmiy ishlar bilan shug‘ullaniladigan hujralar mav- jud bo‘lgan. 1914-yili kvadrant ustiga pishiq g‘ishtlar- dan g‘ilof barpo qilingan. Shuningdek, bu yerda ikki qavatli Ulug‘bek memorial muzeyi ham qurilgan. Muzeydagi buyumlarda ulug‘ munajjim Mirzo Ulug‘bekning ilm yo‘lida chekkan zahmatlari o‘z aksini topgan. Muzey yonida arxeolog V.Vyatkinning qab- ri ham bor. Bu zahmatkash olim o‘limi oldidan bu yerga dafn etishlarini vasiyat qilgan. Rasad- xona qurilgan maydonda astronomlar sultoni Mirzo Ulug‘bekning granitdan yasalgan hay- kali ham qad rostlab turibdi. Kechalari samo- ning uzoq-uzoq burchaklariga boqib, 1018 yulduz harakatini kuzatgan ulug‘ munajjim nima uchundir boshini quyi solib turibdi. Sa- moning qa’ridagi olis yulduzlarning harakati- dan voqif bo‘lgan, ammo oyog‘i ostidagi fitna- lardan bexabar qolgan Mirzo Ulug‘bek os- mondagi hayot bilan yerdagi hayot o‘rtasida qanchalik katta tafovutlar borligini o‘ylagan- mikan?
XV asrda Mirzo Ulug‘bek tomonidan yara- tilgan bu noyob ilmiy markaz – rasadxona aj- dodlarimizning yuksak ilmiy tafakkurlari va salohiyatlariga qo‘yilgan tirik yodgorlikdir. Amriddin BERDIMURODOV, O‘zRFA Arxeologiya instituti direktori. Download 360.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling