Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun


Download 360.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana23.09.2017
Hajmi360.19 Kb.
#16329
1   2   3   4   5

Sog‘lom oila

Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2014

7

hamda xalq pedagogikasi va an’analaridan 

uzoqlashish.

Oila tarbiyasining ayrim qoidalari bilan ta-

nishib chiqamiz:

–  bolalar fikrini hurmat qilish;

–  ularni intizomga o‘rgatish;

–  tarbiyadagi muhim o‘zgarishlarga may-

da siljishlar orqali erishish;

–  “Yetti o‘lchab bir kes” maqoliga rioya 

qilish;

–  ravonlik va asta-sekinlik bola tarbiyasi-



ning muhim tamoyili hisoblanadi;

–  begonalar ishtirokida bolaga berilgan mas-

lahat ta’na sifatida qabul qilinishi mumkinli-

gini unutmaslik;

–  talablarning tushunarli va aniq bo‘lishi. 

Ularning to‘g‘ri bajarilishini nazorat qilish;

–  bolalarni nazorat qilib turish.

Bola tarbiyasi bo‘yicha maktab, oila va ja-

miyat faoliyatining muvofiqligi quyidagi tash-

kiliy shakllarda amalga oshiriladi:

– maktab, ota-onalar uyushmasi, mahalla 

qo‘mitasi, klublar, kutubxona, militsiya va 

sog‘liqni saqlash tashkilotlarining tarbiyaviy 

ishlari rejasi muvofiq holda tuziladi;

– jamiyat a’zolari va ota-onalarga bolalar 

bilan ishlashning samarali usullarini tizimli 

ravishda o‘rgatish maktab tomonidan tashkil 

etiladi;


– tarbiyaviy ishlarning natijalarini hamkor-

likda muhokama qilish va o‘rganib borish ke-

rak bo‘ladi.

Lola XOLMAMATOVA,

Toshkent arxitektura qurilish instituti 

katta o‘qituvchisi. 



Shaxs kamoloti

UMRBOQIY QADRIYATLAR

Yurtimizning kuch-qudrati azal-azaldan xal-

qimizning umuminsoniy qadriyatlariga sodiq-

ligi bilan o‘lchanib kelingan. Xalqimiz adolat, 

tenglik, ahil qo‘shnichilik va insonparvarlik-

ning nozik kurtaklarini asrlar bo‘yi avaylab-

asrab keladi. Hukumatimiz siyosatining oliy 

maqsadi ana shu an’analarga yangi mazmun 

bag‘ishlash, zaminimizda tinchlik va demok-

ratiya, farovonlik, madaniyat, vijdon erkinligi 

va har bir kishining kamol topishi uchun zarur 

shart-sharoit yaratishdir.

Jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqich-

larida ijtimoiy hodisalarga munosabat xilma-

xil tarzda namoyon bo‘ladi. Xususan, mus-

taqillikdan so‘ng hayotimizning barcha jabha-

larida “qadriyatlar”, “milliy tiklanish”, “milliy 

ong”, “milliy g‘urur”, “milliy iftixor” kabi 

atamalar tez-tez ishlatiladigan bo‘lib qoldi. Bu 

bejiz emas. Zotan, mustaqillik ayni paytda 

milliy tiklanish hamdir. Uni esa mazkur tu-

shunchalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Qadri-

yatlar esa milliy tiklanishning o‘zagidir.

Qadriyat falsafiy va sotsiologik tushuncha. 

U birinchidan, biror obyektning ijobiy yoki 

salbiy qimmatini, ikkinchidan, ijtimoiy ong-

ning normativ belgilovchi-baholovchi jihati –

subyektiv qadriyatlar yoki ong qadriyatlarini 

ifoda etadi.

Ta’lim-tarbiya jarayonida xalqimizga xos 

urf-odatlarni oila, maktab va mehnat jamoala-

rida qo‘llash hamisha dolzarb bo‘lib kelgan. 

Shu kunlarda, ayniqsa, vatanparvarlik, millat-

lararo do‘stlik, ekologik tarbiyaga doir an’ana-

larni tarbiya jarayoniga tatbiq etish, hozirgi 

avlod kishilarini xalq pedagogikasining xalq-

chil ko‘rsatmalari asosida tarbiyalashni keng 

qo‘llash nazariy va amaliy jihatdan muhim 

ahamiyat kasb etmoqda.

Dunyoda har bir millatning o‘ziga xos tur-

mush tarzi, hayoti va kelajagi bilan chambar-

chas bog‘liq qadriyatlari mavjud. O‘zbek xal-

qining urf-odatlari, ta’lim-tarbiya, madaniyat 

an’analari uzoq asrlarga borib taqaladi. Barg 

ildizdan quvvat oladi deganlaridek, hozirgi va 

kelajak avlod kishilarining ularni chuqur bili-

shi ma’naviyatning mag‘zi to‘qligi omilidir. 

Bu – hamisha avlodlar tomonidan e’tirof etil-

gan haqiqat.



Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2014

8

Shaxs kamoloti

An’analarning vujudga kelishi va shaklla-

nishi murakkab ijtimoiy jarayon. Unda xalq-

ning dono fikrlari, axloq mezonlari, o‘z ifoda-

sini topgan. Shuning uchun ham yosh avlod 

ajdodlarimiz tomonidan tarixiy sharoitda vu-

judga kelgan ilg‘or an’analarni o‘zlashtirishi, 

unga rioya etishi, boyitishi nihoyatda zarur.

Ayni sharoitda jamiyatimizda mazmuniga 

ko‘ra umuminsoniy, shakliga ko‘ra milliy an’-

analar qaror topmoq da. Eski va yangi an’ana-

lar qarama-qarshiliklar jarayonida saralanadi, 

sayqal topadi. Ayrim an’analar qanday bo‘lsa, 

o‘sha holida uzoq vaqt saqlanib qoladi, bosh-

qalari o‘z ko‘rinishlarini o‘zgartiradi, uchin-

chilari esa yangilariga uyg‘unla shadi, takomil-

lashadi.

Oilaviy an’analarga bolalarning tug‘ilishi 

bilan bog‘liq bo‘lgan marosimlar, urf-odatlar, 

bolalar tarbiyasiga taalluqli bo‘lgan va umum-

insoniyat tomonidan qabul qilingan amaliy 

maslahatlar kiradi. Ana shu xususiyatlarga 

ko‘ra oilaviy an’analar nisbatan yashovchan 

sanaladi. Ayniqsa, umumxalq ko‘rinishidagi 

oilaviy an’analarning umri boqiy. Urf-odatlar 

qancha xalqchil, qancha keng tarqalgan bo‘l-

sa, shundayligicha qoladi deb ham bo‘lmaydi. 

Hayot ularga o‘zining yangidan yangi xislatla-

rini, davr silsilasini kiritadi. Har davrning vu-

judga keltiradigan yangi an’anasida yangi av-

lod vakillarining milliy xususiyatlari, shuning-

dek, ularning o‘tmish haqidagi yorqin xotira-

lari o‘z aksini topib boradi.

Qadriyatlar bebaho mulk. Ularni xalq yara-

tadi, xalq baholaydi, o‘zi asrab-avaylaydi. Uni 

oliy qadriyatlar sifatida tushunish, unga 

bo‘lgan munosabat har bir fuqaroning ichki 

madaniyatidan, ma’naviy-axloqiy qiyofasi-

dan, butun millatning umummadaniy saviya-

sidan, siyosiy-ijtimoiy faolligidan dalolat be-

radi. Qadriyat deyilganda, inson va insoniyat 

uchun ahamiyatli bo‘lgan millat, elatning 

manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan 

tabiat va jamiyat hodisalar majmuyi tushuni-

lishi lozim.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, umuminsoniy 

qadriyatlar yetukligini isbotlash uchun ularni 

boshqalardan ustun qo‘yishga, afzal deb ko‘r-

satishga urinish shart emas. Buning uchun 

milliy qadriyatlar boshqa xalqlarning ma’na-

viy merosi bilan bog‘liq ekanligini, ularning 

o‘ziga xos xususiyatlari borligini bilish kerak. 

Umuman, milliy qadriyatlarning shakllanishi 

va rivojlanish jarayonini jahon sivilizatsiyasi-

dan ajratib bo‘lmaydi. Barcha xalqlar o‘z ta-

raqqiyot bosqichlarini turli sharoitlarda o‘ziga 

xos imkoniyatlar asosida bosib o‘tadi. Demak, 

umuminsoniy qadriyatlar turli millat, xalqlar 

o‘rtasida iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalar 

va imkoniyatlarni bir-biri bilan bog‘lab turadi.

Shoista SODIQOVA, 

 Nizomiy nomidagi TDPU Pedagogika va 

psixologiya fakulteti “Maktabgacha ta’lim” 

kafedrasi dotsenti.



Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2014

9

Hozirgi kunda insonlar oldida turgan mu-

ammolardan biri, bu – ortiqcha vazndan xalos 

bo‘lish hisoblanadi. Ma’lumotlarga qaragan-

da, hozirda dunyo miqyosida yarim milliard 

kishi semizlikdan aziyat chekayotgan bo‘lsa, 

bir milliardga yaqin aholi ortiqcha vazndan 

qutulish choralarini izlamoqda.

Ommaviy semirish Amerika matbuotida bir 

necha o‘n yillardan buyon bahs-munozara 

mav zusiga aylandi. Ammo bu muammo XXI 

asr boshlarida paydo bo‘lgani yo‘q. 1958-yilda 

garvardlik taniqli iqtisodchi G. Gelbreyt o‘zi-

ning “To‘kin-sochinlik jamiyati” kitobida 

“... aksariyat amerikaliklar ochlikdan emas, 

balki haddan ortiq ovqat iste’mol qilishdan 

o‘l moqda” deb yozgan edi. Statistik ma’lu-

motlarga ko‘ra, hozirgi vaqtda har yili 100–400 

ming amerikalik semizlikdan vafot etar ekan. 

O‘tgan asrning elliginchi yillarida amerikalik-

larning ovqat, kiyim-bosh va boshpanaga 

bo‘l gan asosiy ehtiyojlari qondiriladi. Oqibat-

da, XXI asrning boshlarida ortiqcha vazn tu-

fayli 61 % amerikaliklarning sog‘ligida mu  am-

mo lar vujudga keldi. 1977–1995-yillar davo-

mida energiya iste’moli yiliga jon boshiga 200 

kilokaloriyaga oshgan.

Semirish AQSHda epidemiya ko‘rinishini 

oldi. “Semirish pandemiyasi” haqida Butunja-

hon sog‘liqni saqlash tashkiloti ham bayonot 

bermoqda. Uning tarqalish tezligi Amerikada 

eng yuqori: 1962-yilda 13%, 1997-yilda 19,4%, 

2004-yilda 24,5%, 2007-yilda 26,6%, 2008-yil-

da 33,8% va 2010-yilda 35,7% aholi semizlik 

kasaliga duchor bo‘lgan. 2012- yilda rossiya-

liklarning 25 foizi semizlikdan aziyat cheka-

yotganligi, 50 foizi esa ortiq cha vaznga ega 

ekanligi to‘grisida ma’lumotlar bor. Bu kasal-

lik O‘zbekiston aholisini ham chetlab o‘tma-

yapti. XXI asrga kelib mamlakatimiz aholisi 

o‘rtasida ham semizlikdan qiynalayotganlar 

soni keskin ravishda oshib borayotganligi ku-

zatilmoqda.

G. Gelbreyt semizlikning ijtimoiy-iqtisodiy 

va siyosiy sabablarini chuqur tahlil qildi. Ma-

salan, o‘tgan asrning 70-yillarida Amerikada 

oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlashgan payt-

da mamlakatda arzon palma yog‘i ning impor-

tiga bo‘lgan cheklanishlar bekor qilingan ham-

da yangi texnologiyalar asosida glyukoza-fruk-

tozali siroplar tayyorlashga ruxsat berilgan. 

Ushbu arzon va yuqori kaloriyali mahsulotlar-

dan aksariyat ovqatlar tayyorlana boshlangan. 

Fastfud marketologlari esa super o‘lchamli 

bigmaklar ishlab chiqara boshlashgan. Natija-

da 1960-yilda “Makdonald”dagi bir ovqatning 

kaloriyaliligi 200 kilokaloriyadan 610 gacha 

oshgan.


Agar avvalgi paytlarda oilalarda uyda ovqat 

tayyorlash odat tusiga kirgan bo‘lsa, 80-yillar-

da amerikalik uy bekalari bu mashg‘ulot 

u chun vaqt ajratmay qo‘ydilar. Chunki ko‘ cha-

 dan tayyor ovqatni buyurtma qilib uyga olib 

keltirish mumkin bo‘lgan. Boz ustiga omma-

bop kitoblar va teleko‘rsatuvlar bola och yoki 

to‘qligini, qachon, qayerda ovqatlanishini o‘zi 

biladi singari fikrlarni tasdiqlaydigan nazari-

yalarni keng targ‘ib qila boshlaydi, natijada 

ota-onalar farzandining qachon va nima is-

te’mol qilishini nazorat qilmay qo‘yishdi. 

Fikrimizcha, yuqoridagi holat O‘zbekiston-

ga ham kirib keldi. Hozir ko‘chalarda hot dog, 

gamburger, chizburger, biglanch singari 

ovqatlarni har qadamda uchratish mumkin. 

Achinarli tomoni shundaki, yoshlar bunday 

ovqatlarni juda sevib iste’mol qilishmoqda.

Vaziyatni yaxshilash borasida Amerika 

hukumati bir qancha choralar ko‘rdi. Ulardan 

biri 1990-yilda qabul qilingan qonun bo‘lib, 

unda barcha oziq-ovqat mahsulotlarining 

yorliqlari (etiketka) da mahsulot tarkibi ham-

da kaloriyaliligini yozish majburiyligi belgilab 

qo‘yilgan. 2008-yilda esa Nyu-York restoran-

lari menyusida ovqatlarning kaloriyasi qayd 

etilgan birinchi shaharga aylandi.

Nima sababdan semiramiz?

XIX asrning oxirida vrachlar patologik se-

mizlikni davolash maqsadida hayvonlarning 

METABOLITIK SINDROM



Salomatlik olami

Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2014

10

qalqonsimon bezidan olingan suyuqlikdan 

foydalanishgan. Aniqlanishicha, undagi tirok-

sin, triyodtironin garmonlari qalqonsimon bez 

yetishmovchiligining oldini olish bilan birga 

metabolizmni kuchaytirib, kasallarning vaz-

nini tushirar ekan. Demak, semizlik – sust 

metabolizm oqibati, semizlar kamharakat-

chan va yalqov bo‘ladi degan tushunchaga 

olib keladi. Ammo keyinchalik aniqlanishi-

cha, semiz kishilarda energiya almashinuvi 

ozg‘in kishilardagiga nisbatan faolroq bo‘lar 

ekan. Nemis fiziologi Maks Rubnerning tad-

qiqotlariga ko‘ra, energiya almashinuvining 

intensivligi tana yuzasi maydoniga proporsio-

nal ekan. Semiz odamlarda bu maydon katta 

bo‘lganligi uchun ularda energiya almashinu-

vi ham intensiv bo‘ladi. Demak, kamharakat-

lilik semizlikning asosiy sababchisi emas.

1997-yilda genetiklar leptin garmonini kod-

laydigan birgina genda nuqson bo‘lishi ovqat 

hazm qilish jarayoniga sezilarli ta’sir qilishini 

ishonchli tarzda isbot qilishdi. Bosh qacha qi-

lib aytganda, semizlikning ildizlari genlarga 

borib taqaladi. Olimlarning aniqlashlaricha, 

normal faoliyat yurituvchi organizmda qabul 

qilinadigan va sarflanadigan kaloriya orasida-

gi mutanosiblikni saqlab turuvchi mexanizm 

mavjud ekan. Bu mexanizm organizm ichki 

muhitining dinamik doimiyligi – gomeostaz-

ning tipik reaksiyasini namoyish qiladi. Bosh-

qacha aytganda, semizlikka moyil kishilar 

gomeostazning doimiyligini semiz holda saq-

lashga genetik jihatdan ham moyil bo‘ladi.

Yuqori kaloriyali ovqat esa bu genetik moyil-

likning namoyon bo‘lishiga yordam beradi 

xolos.

Semirishga bo‘lgan dastlabki qadam

Semirishga bo‘lgan dastlabki qadam ona 

qornidan boshlanadi. Tadqiqotchilar xulosasi-

ga ko‘ra, ona homiladorlik paytida qancha 

to‘ yib ovqatlangan bo‘lsa, bola voyaga yetga-

nida semizlikka chalinish ehtimolligi shuncha 

kam bo‘lar ekan.

Semizlikka irsiy moyillikni faollashtiradi-

gan yana bir davr, bu – balog‘at yoshi hisob-

lanadi. Bu yoshda o‘smir uchun tashqi ko‘ri-

nish alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Ma’lum 

bo‘lishicha, ikki yashar sog‘lom semiz bola 

kelajakda xushbichim yigitga aylanish imko-

niga ega bo‘lsa, to‘ladan kelgan o‘n besh 

yoshli o‘smir keyinchalik ham semirishda da-

vom etadi. Tadqiqotchilar e’tiborini yoshlar 

va o‘smirlarning ovqatlanish tartibi o‘ziga jalb 

qildi. Ular ovqatlanish tartibining o‘ziga xos 

xususiyatlaridan biri yo‘l-yo‘lakay tamaddi 

qilishdir. Bu asosan, kafeteriylar, pitseriyalar, 

bufetlar, talabalar oshxonalari, tungi klublar, 

internet-kafelarda kechadi. Yoshlar bunday 

oshxonalarga nafaqat ovqatlanish, balki suh-

batlashish uchun kirishadi. Odatda, bunday 

paytda uglevodlarga boy shakarchoy, kofe, 

pirojniylar, shokoladlar, konfetlar, shirin kul-

chalar hamda gazlangan shirin ichimliklar is-

te’mol qilinadi. Xuddi shunday assortiment 

hozirgi paytda maktab oshxonalarini ham 

qamrab oldi. Maxsus adabiyotlarda bunday 

ovqatlanish tartibi “kafeteriya rejimi”, uning 

oqibatlari esa metabolitik sindrom deb yuritila 

boshlandi.

Hozirgi davrda semirish, ikkinchi tipdagi 

qandli diabet, aterosklerozning dastlabki 

bosqichlari va yana bir qancha keng tarqalgan 

kasalliklarni umumiy patofiziologik mexa-

nizm bilan birlashtirish aniq belgilab qo‘yil-

gan. U “metabolitik sindrom”, “to‘kin-sochin-

lik sindromi”, “halokat kvarteti” yoki “sind-

rom X” deb nom oldi.

Kafeteriya rejimining oqibatlari allaqachon 

batafsil o‘rganilgan. Qondagi qand miqdorini 

boshqarib turish oshqozon osti bezi garmon-

larining kvarteti tomonidan amalga oshiriladi.

Ular orasidan faqat insulin qondagi glyukoza 

miqdorini kamaytiradi. Organizmga qandning 

navbatdagi porsiyasi tushganidan so‘ng qon-

da glyukozaning miqdori keskin oshib ketadi.

Bunga javoban oshqozon osti bezi tomonidan 

qonga insulin chiqariladi. Insulin esa glyuko-

zani qondan tana hujayralariga, eng avvalo, 

muskul hujayralariga yuboradi. Hujayralarda 

esa glyukoza yoqilg‘i sifatida “yoqiladi”.

Ma’lumki, nerv hujayralarining ham glyu-

kozaga ehtiyoji baland. Ular glyukozasiz hatto 

0,1 sekund ham yashay olmaydi. Buning 

u chun ularga insulinning keragi yo‘q. Aynan 

shuning uchun qand darajasini boshqaradigan 

omillar gipoklemiya – qandning qonda kama-

yib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Afsuski, soxta 

shuhrat qozongan kafeteriya rejimi ushbu 

mutanosiblikni buzadi. Gap shundaki, oshqo-

Salomatlik olami


Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2014

11

zon osti bezi barcha garmonlar kvartetining 

ishlab chiqarilishi uchun yetarli miqdorda 

oqsillar ham kerak bo‘lar ekan. Ammo ular 

“Pepsi”, “Coca-Cola” va kofe tarkibida yetarli 

emas. Shuning uchun organizmga birdaniga 

ko‘p miqdorda glyukoza qabul qilinsa, uning 

ketidan insulin ajralib chiqadi-da, nerv hujay-

ralarini chetlab o‘tib glyukozani muskul va 

yog‘ to‘qimalariga yuboradi. Reaktiv gipokle-

miya holati boshlanadi. Bu ning oqibatida aq liy 

faoliyatning pa 

sayishi kuzatiladi. Ayniqsa, 

bu holat kafeteriya rejimiga o‘tgan maktab 

o‘quvchi lari va talabalarda yaqqol namoyon 

bo‘ladi. Ularning darslarda uy qu sirashi, o‘quv 

materialini qiyinchilik bilan o‘zlashtirishini 

kuzatish mumkin. 

Xullas, organizm har soatda, asosan, ugle-

vodlardan iborat ovqat qabul qilsa, glyukoza-

ni sarf qilish uchun insulin ham ishlab chiqa-

riladi. Qonda insulin miqdorining oshib ketishi 

giperinsulinemiyaga olib keladi. Buning oqi-

batida ortiqcha yog‘larning sintezi kuchayadi. 

Bu semirishga bo‘lgan navbatdagi qadamdir. 

Semirish yog‘ to‘qimalarining insulinga bo‘l-

gan sezgirligini pasaytiradi hamda ikkinchi 

turdagi qandli diabet boshlanadi. Shuningdek, 

ortiqcha yog‘larning sintezi qonda lipoprote-

inlarning to‘planishiga sababchi bo‘ladi. Bu-

ning natijasida ateroskleroz boshlanadi.Bular-

ning bar chasiga metabolitik sindrom deyiladi.



Qanday qutulmoq kerak?

Eng avvalo, semirmaslik kerak. Qonda glyu-

koza miqdorining doimiy oshib borishiga yo‘l 

qo‘ymaslik lozim. Buning uchun sutkasiga 

uch martalik ovqatlanish rejimiga o‘tish 

kifoya qiladi. Aniqlanishicha, insulin-

ning organizmga ta’siri siklik xarakterga 

ega ekan. Uch martalik ovqatlanish reji-

mi insulinning siklik faoliyatiga muvo-

fiq keladi. Or ganizmda insulinning to‘-

la qonli faoliyat yuritishi uchun ovqat 

tarkibida yetarli miq dorda oqsil, yog‘ va 

uglevod bo‘lishi lozim. Agar sizda al-

laqa chon ortiqcha yog‘ to‘p langan bo‘l-

sa, uch yoki ikki martalik ovqatlanish 

rejimi tez fursatlarda tanangizni xushbi-

chim holiga qaytaradi.

Kafeteriya rejimiga ham 

ma yoshlar 

o‘tmagan-ku yoki kafelarda nafaqat 

uglevodlarga boy ovqatlar, balki yetar-

li  miq dorda  yog‘lari  bo‘l gan  “hot  dog”, 

“gamburger”, “chizburger”, “lavash” singari 

ovqatlar ham bor-ku deb o‘ylashingiz mum kin. 

Gap shundaki, ular tarkibida transyog‘lar ko‘p 

bo‘ladi. Transyog‘lar nima? Transyog‘lar – bu 

o‘sim lik moy larini yuqori haroratda qizdirib, 

so‘ngra vodorod biriktirilishi natijasida ularni 

qattiq holatga keltirish hisoblanadi. Boshqa-

cha aytganda, o‘sim lik moylarini gidrogenlash 

jarayoni  mah sulotidir.  Trans yog‘larni  iste’mol 

qilish yurak-tomir kasalliklari rivojlanish ehti-

molligining oshishiga sabab bo‘lishi mumkin-

ligi to‘g‘risida maqolalar e’lon qilingan. Shu-

ningdek, ate ro skleroz rivojlanish ehtimolining 

o shishi va unga yo‘ldosh bo‘ladigan yurak-

tomir xastaliklari, oshqozonosti bezi hujayra-

larining insulinga sezgirligining pasayishi 



(2­tipdagi diabet), surunkali yallig‘lanish jara-

yonlari va semirishga transyog‘lar sababchi 

bo‘lar ekan. “Hot dog”, “gamburger”, “chiz-

burger”, “lavash” singari ovqatlar aynan 

transyog‘li margarinlarda pi shiriladi.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, kafeteriya rejimi-

dan voz kechish sog‘lom hayot kechirish ga-

rovi hisoblanadi. Unutmang, sog‘ligingiz o‘z 

qo‘lingizda!

H. AVEZOV,

 Buxoro davlat universiteti dotsenti.

 M. LATIPOVA,

 Buxoro tuman 4-umumiy ta’lim maktabi

 oliy toifali biologiya fani o‘qituvchisi.

M. AVEZOVA,

 Buxoro davlat universiteti talabasi. 



Salomatlik olami

Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2014

12

Bashariyat tamadduni tarixiga nazar tash-

lasak, shunga amin bo‘lamizki, odamzot bu-

gungi yuksak darajaga yetmoq uchun izla-

nish-u intilish, yaratish va bunyod etishdek 

ezgu amallardan tinmagan. Har qanday kash-

fiyot, garchi u qirg‘inbarot urushlarda g‘olib 

kelish, o‘z hukmronligini barqaror qilish maq-

sadida amalga oshirilgan bo‘lsa-da, alal oqibat, 

insoniyatning aql-u zakovat, tafakkur bobida 

bemisl mavqe kasb etishi uchun xizmat qildi.

Bugun ko‘pchilik uchun shunchaki go‘zal-

lik va nafosat uyg‘unligi ramzi bo‘lmish di-

zayn yo‘nalishi ham o‘z taraqqiyoti yo‘lida 

ana shunday og‘ir bosqichlarni bosib o‘tgani 

hech kimga sir emas. Zero, rasman XX asrning 

boshlarida yuzaga kelgani aytiladigan mazkur 

sanoat va san’at turining tarixiy ildizi bani 

basharning g‘orlardan chiqib, o‘troq hayot 

kechira boshlagan uzoq davrlariga borib taqa-

ladi. Aynan ushbu palladan e’tiboran odamzot 

qulaylikka, shinamlikka, shu bilan bir qator-

da, go‘zallik va nafosatga intilib kelgan. Va 

uning kundalik turmush tarzida turli matema-

tik chizmalar, loyihalar, suratlar yig‘indisidan 

tarkib topgan dizayn sohasi muhim va muqim 

o‘rin egallagan. Asrlar o‘tgani sayin bu tarmoq 

tobora taraqqiy etib, rassomlik, binokorlik, 

hunarmandchilik va to‘qimachilik sanoatining 

eng ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. 

Kishilik jamiyatining biron bir sohasi yo‘qki, 

unda dizayn va dizaynerning o‘rni bo‘lmasa. 

Masalan, taomlanish uchun yaratilgan oddiy 

likop-u kosalar ham bejirim va qulay qilib 

ishlangani, hordiq chiqarish uchun mo‘ljal-

langan stol-stullarning esa ajib naqshlar bilan 

bezatilishi dizaynning aslida bundan bir ne-

cha ming yillar muqaddam paydo bo‘lganini 

anglatadi.

Ulug‘ ajdodimiz sohibqiron Amir Temur-

ning “Agar qudratimizga shubhangiz bo‘lsa, 

biz qurgan imoratlarga boqing” degan iborasi 

tagzaminida ham bu fikrning yaqqol tasdig‘ini 

ko‘rishimiz mumkin. Chindan-da, muazzam 

va mahobatli mazkur binolarning bunyod eti-

lishidan tortib, samoviy haybatiga qadar 

go‘zallik va nafosat ufurib turadi. Ularning 

devor-u eshiklariga solingan har bir naqsh, 

gumbazlariga o‘yib ishlangan har bitta chiziq 

kishida nafaqat hayrat-u havas uyg‘otadi, 

balki ajdodlarimizning yuksak aql-zakovati-

yu go‘zallikka tashnaligini ham namoyon 

etadi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bunday misollarni Yevropa va Sharqning 

boshqa mamlakatlari tarixidan ham ko‘plab 

keltirish mumkin. Xususan, dizaynning sano-

at yo‘nalishidan san’at darajasiga qadar ko‘ta-

rilishida o‘rta asrlar Yevropasida yuzaga kel-

gan ilmiy-texnik taraqqiyotning katta hissasi 

bor. Dastlab faqat puldor kishilargina sotib 

olish imkoniga ega bo‘lgan liboslarning keyin-

chalik manufaktura uslubida ishlab chiqaril-

gani tufayli, avvalo, ularning narx-navosi 

hamma uchun muqobil darajaga keldi, ikkin-

chidan esa, liboslar dizaynining mahsulot xa-

ridorgirligini oshirishdagi ahamiyati ham 

kengayib bordi. Ya’ni raqobatchi korxonalarni 

bozordan quvib chiqarishni maqsad qilgan 

to‘qimachilik sanoati yetakchilari o‘z mahsu-

lotining bejirimligi, qulayligi, mavsumbopligi, 

muhimi hammabop va hamyonbopligini 

ta’minlashga kirishdilar. Buning uchun esa 

ular tasviriy san’atning dizayn yo‘nalishiga 

ixtisoslashgan rassomlar bilan mustahkam 

hamkorlik rishtasini bog‘ladilar. Pirovardida 

rassomlik san’ati tarkibida liboslar dizayni 

bilan shug‘ullanuvchi maxsus tarmoq yuzaga 

keldi.


1930-yillarda G‘arbiy Yevropa hamda AQSh-

da shakllangan dizayn san’ati o‘tgan asrning 

80-yillari ikkinchi yarmidan boshlab faoliyat 

doirasini kengaytirdi. Endilikda esa dizayner-

lar nafaqat rassom sezgisi bilan ish yuritishi, 

balki ilmiy fanlar (masalan, materialshunos­



lik, rangshunoslik va boshqalar)ga tayanishi-

DIZAYN – TUYG‘U, SHAKL, 

RANG UYG‘UNLIGI


Download 360.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling