Barkamol avlod – Vatanning baxti


Download 356.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana26.11.2017
Hajmi356.36 Kb.
#20990
1   2   3   4   5

Shifokor minbari

Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2013

14

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasi­

da diplomatik munosabat o‘rnatilganiga 

21 yil bo‘ldi. Birlashgan Qirollik birinchi­

lardan bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi­

ning Davlat mustaqilligini tan olishi bilan 

o‘zaro munosabatlar yanada mustahkam­

landi.


O‘zbekiston va Angliya davlatlari bilan 

o‘zaro do‘stona va ijtimoiy, iqtisodiy alo­

qalarning tobora mustahkamlanishi nati­

jasida ikki xalqning madaniy hamkorligi 

ham bo‘y ko‘rsatib bormoqda. Qirollik 

Universiteti va Buyuk Britaniyadagi ko‘p­

lab ilm dargohlarida o‘zbek yoshlari tahsil 

olib qaytmoqdalar. Ingliz mutaxassislari 

Vatanimizga tashrif buyurib, yurtimiz yosh­

lari bilan tajriba almashmoqdalar. Buyuk 

Britaniya va O‘zbekiston teatr ijodkorlari 

hamkorligida bir necha loyihalar amalga 

oshirildi. Angliyaning Deream shahrida o‘t­

kaziladigan “Vzlet” nomli festivalga taklif 

qilingan O‘zbekiston “Yoshlar” teatri ja­

moasi “Shoyi iplar” loyihasi bilan ishtirok 

etib qaytdilar.

Dunyo madaniyat markazlaridan biri 

bo‘lgan London shahrida oltmishdan ortiq 

davlat va nodavlat teatrlar faoliyat olib 

borayotgani san’atning bu turiga bo‘lgan 

e’tibor ifodasidir.

Zamonaviy Londonda ikki xil teatr fao­

liyat yuritadi. Bu an’analarga sodiq qolgan 

qirollik teatrlari – davlat dotatsiyasi evazi­

ga yuksak badiiy did va sahna talablariga 

javob beradigan san’at namunalarini yara­

tuvchi teatrlar hamda nodavlat va xususiy 

teatrlardir.

Mazkur teatrlarning barchasi muayyan 

reklama agentligi bilan shartnomaga ega 

bo‘lib, oylik daromadining ma’lum qismi 

agentlik hissasi hisoblanadi. Teatrlar o‘z 

spektakllarining chiptalarini reklama agent­

ligi ko‘magida oldindan sotib bo‘ladi. Oy­

ning boshida sotilgan chiptalar spektakl­

larga tashrif buyurishi kutilayotgan tomo­

shabinlar sonini aniqlashga yordam beradi. 

Reklama agentligining vazifasi – spektakl­

lar chiptalarini sotish, tomoshabinlar tala­

bini o‘rganish, ulardan takliflar olish, taklif 

ustida ishlab, amaliyotga tatbiq qilish 

hamda aholiga tezkor va aniq axborot be­

rib borishdan iborat.

Londondagi xususiy teatrlar rejissor, 

prodyuser yoki biror reklama agentligining 

mablag‘i evaziga tashkil etilgan. Spektakl­

larni sahnalashtirish uchun bar cha xara­

jatlar mas’ul manfaatdor shaxs tomonidan 

qoplanadi.

Davlat teatrlari va xususiy tomoshagoh­

lar o‘rtasidagi bu katta raqobat maydoniga 

muxlislarni jalb qilish, “ushlab qolish” 

borasida qilinayotgan harakatlar va ular­

ning ish yuritish jarayonini o‘rganish yan­

gilanayotgan o‘zbek sahna san’ati uchun 

dolzarb masaladir.

Londondagi Davlat teatrlari orasida bo­

lalar uchun xizmat qiladigan “Polka” 

nomli ijodiy jamoaning izlanishlari soha 

mutaxassislari o‘rtasida turli bahs­muno­

zaralarga sabab bo‘lmoqda. Sababi, bola­

lar uchun spektakl yaratishning o‘z tizimi 

TEATR VA TOMOSHABIN 

IJROSIDAGI TOMOSHA

(londondagi "Polka" teatrining "alla" spektakli olamshumul 

muvaffaqiyatga erishdi.)

Ruhiyat manzili


Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2013

15

Ruhiyat manzili

va talablari bor. “Polka” teatri bu borada 

yetakchilik qilmoqda. Ular chaqaloqlarni 

onasi bilan teatrning maxsus spektakliga 

jalb qilishdan boshlab to 16 yoshli maktab 

o‘quvchilarigacha yosh tomoshabin sifati­

da qarashmoqda. Eng jo‘shqin vaqtda 

dunyoni, borliqni idrok etishga ko‘makla­

shadigan bu teatr badiiy ijod va estetik 

tarbiyani o‘z auditoriyasi ongiga sing­

dirish ga harakat qilmoqda. O‘zbekistonda 

bolalar uchun mo‘ljallangan teatrlar ikki 

yo‘na lishda faoliyat olib boradi. Birinchisi

bog‘ 


cha bolalari va boshlang‘ich sinf 

o‘quvchilari uchun “Qo‘g‘irchoq” teatri 

bo‘lib, respublikamiz bo‘yicha ushbu yo‘­

nalishda o‘ndan ortiq teatrlar faoliyat yu­

ritmoqda. Ikkinchisi, “Yosh tomoshabin­

lar” teatri deb nomlangan va u maktab 

o‘quvchilari uchun xizmat qiladi. Bu ikki 

yo‘nalish ham o‘z tarixiga, an’analariga va 

zamonaviy qiyofasiga ega. Akademik lit­

sey, kollej va institut talabalari uchun esa 

“Yoshlar” teatri xizmat qilib kelmoqda.

Biz yuqorida tilga olgan Londondagi 

“Polka” teatri an’analar ruhida faoliyat 

olib borishi bilan o‘zbek teatrlariga o‘x­

shab ketadi.

London shahri Mer (hokim)i homiyligi­

dagi “Polka” teatri tarixida 1994­yilda 

muhim burilish sodir bo‘ldi. Har tomonla­

ma mustahkam oyoqqa turib olgan teatr 

yangi uchta loyihani:

– kam ta’minlangan oilalarga bepul 

chiptalar tarqatish;

– shahar maktablarida bepul tomosha­

lar uyushtirish;

–  moliyaviy qiyinchiliklar tufayli teatrga 

kelish imkoniyati yo‘q bo‘lgan aholi qatla­

mi uchun tomoshani gastrollar, ya’ni joy­

larda tomosha ko‘rsatish shaklida uyushti­

rishni amalga oshirdi.

Teatr yangi loyiha asosida 30 ming nafar 

maktab o‘quvchilariga xizmat ko‘rsatish 

dasturini amalga oshirganligi uchun davlat 

tomonidan qo‘llab quvvatlandi va mamla­

katning “Vivyen Dufild” teatr mukofotiga 

sazovor bo‘ldi.

Bolalarga ko‘rsatilgan xizmat davlat to­

monidan e’tirof etilgan vaqtdan boshlab 

“Polka” teatri bilan Britaniyaning taniqli 

yozuvchilari ijodiy hamkorlik qila boshla­

di. Shu asosda teatrning repertuari yanada 

boyidi. Natijada, 2001­yilga kelib, teatr 

repertuarida yangi yozilgan asarlar asosi­

dagi spektakllar vujudga keldi.

2002­yilda tayinlangan teatrning uchin­

chi badiiy rahbari Anni Vuud ijodiy jamo­

aning butun Britaniya bo‘ylab va chet 

mamlakatlarda o‘z tomoshalari va qo‘g‘ir­

choqlari bilan xizmat qilishiga katta e’tibor 

qaratdi. U sahnalashtirgan “Qizil pufakcha 

va Marta” spektakli Amerikaning ko‘chma 

teatrlariga uyushtirilgan gastrol safarida 

iliq kutib olindi.

Bugungi kunda teatr yuqori badiiy savi­

yaga erishdi va Angliya san’at kengashi, 

London hukumat assotsiatsiyasi hamda 

Merton shahrining mahalliy hokimiyati 

ko‘magida o‘z ishini davom ettirmoqda.

“Polka” bolalar teatrida yo‘lga qo‘yilgan 

yana bir yangi loyiha “Yosh ovozlar 

hay’ati” klubi faoliyatidir. Klub nizomiga 

binoan, uning a’zolari – iste’dodli yoshlar 

o‘z fikrlarini badiiy shaklda bayon qilish 

va o‘z ijodiy ishlari bilan umumiy yig‘i­

lishda qatnashish huquqiga ega. Ushbu 

tashabbus orqali “Polka” teatri iste’dodli 

yoshlarni hamkorlikda ijod qilishga va o‘z 

fikrlari bilan minbarga chiqishga unda­

moqda. Jamoa klubiga yangi, yosh a’zo­

larni qabul qilish orqali bu jarayondagi 

munozarali ijodiy ishlarni yanada ko‘pay­

tirishni rejalashtirmoqda.

“Yosh ovozlar hay’ati” klubi a’zolari 

teatr bilan muntazam aloqada bo‘ladi. 

Ular rejadagi vaqtlariga binoan: teatr man­

balaridan foydalanishi, ijodiy jamoa a’zo­

lari bilan uchrashishi, repetitsiya jarayoni­

da qatnashishi, sahnalashtirilayotgan spek­

takl haqida o‘z fikrlarini aytishlari mum­

kin. Shu bilan birga, ular kichik guruhlarga 

bo‘linib, teatr hayotini yoritadigan maqo­

lalar va teatrning veb­saytiga joylashtirila­

digan ma’lumotlar bilan tani shib, o‘zlari 



Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2013

16

ham taassurotlari to‘g‘risida maqola e’lon 

qilish imkoniga ega. 

Matbuotda teatr san’ati haqida e’lon qi­

lingan yangi ma’lumotlar va boshqa teatr­

larning veb­saytlaridagi yangiliklar haqida 

klub a’zolariga maxsus shaxslar xabar be­

radilar. Teatrda seminar shaklida tashkil 

qilingan mashg‘ulotlar klub a’zolarining 

dunyoqarashini, ularning badiiy tafakkuri­

ni yanada boyitadi.

Klubning kichik guruhlari o‘zlari sahna­

lashtiradigan spektakl uchun asar tanlay­

dilar, so‘ngra asar qahramonlari tasvirlan­

gan rasmlarni chizadilar hamda o‘zlari ijro 

etadigan obrazning chizma namunalarini 

olib kelib, har bir guruh klub a’zolariga 

ma’lumot beradilar. Bu rasmlar ularning 

o‘z fikrlarini himoya qilishida, hikoya tar­

zida aytib berishida yordam beradi, hatto 

ilhomlantiradi.

Teatrning yangi loyihasi esa “Alla” deb 

nomlangan spektakldir.

Ushbu loyiha teatr bastakori Natali Rey­

bold tomonidan ishlab chiqilgan. “Men 

“Alla” spektaklining noyob sayohatga ay­

lanishini, har bir ishtirokchiga ta’sir ko‘r­

satishini va undagi har bir element, har bir 

qiyofa asar mazmunini anglatishini xoh­

layman”, – deydi ijodkor. Ushbu loyiha­

ning maxsus tayyorlangan jihozlari teatr­

ning qo‘g‘irchoq ustasi Roman Stefanskiy 

bilan ijodiy hamkorlikda tayyorlangan. 

Loyiha muallifi tabiiy materiallardan ish­

langan qo‘g‘irchoqlarni yaratish mobayni­

da nima va qanday narsalar yasalsa, bola­

lar va ularning ota­onalari bo‘lmish to­

moshabinlarga yaxshi ta’sir ko‘rsata olishi 

to‘g‘risida ham atroflicha fikr yuritgan.

Taraqqiy  etib borayotgan yuksalish ta’­

sirida yosh onalarni farzandlari uchun 

vaqt ajratib alla aytishga, ularni erkalatish­

ga, to‘g‘ri tarbiyalashga imkoniyat topa 

olmayotganliklarini inobatga olib, loyiha 

ijodkorlari chaqaloqlarni mo‘jizaviy alla 

dunyosiga olib kirishga harakat qilishadi.

Rejissorning ushbu loyihani yaratishdan 

ko‘zlagan asosiy maqsadi – bolalarni go‘­

dakligidanoq musiqa, raqs, qo‘shiq kabi 

betakror san’at namunalari bilan tanishti­

rish va ularda zavqli olamga nisbatan 

muhabbat uyg‘otishdan iborat. Loyiha 

ijodkorlari “Alla” spektaklini tinglagan va 

san’atga muhabbat qo‘yib ulg‘aygan yosh­

lardan yomonlik chiqmasligini tushungan 

holda, bir yoshga to‘lmagan bolalar uchun 

maxsus sahna asari yaratishdi.

“Alla” spektakli uchun mo‘ljallangan 

shinam va iliq xona maxsus jihozlangan. 

Bu xona qo‘g‘irchoqlar, musiqa va onalar 

uchun zarur jihozlar bilan boyitilgan. 

Maxsus sahnalashtirilgan spektakl bola­

kaylarnigina emas, balki ularning ota­ona­

larini ham san’atning sehrli olamiga olib 

kiradi. Tomosha zaliga kirib kelgan muxlis 

spektaklning ilk daqiqalaridanoq bolalik­

ning mo‘jizaviy dunyosiga kirib qolganini 

his etadi. Kamalakning yetti rangida tovla­

nayotgan dekoratsiya go‘yo tush tasvirini 

ifodalaydi. Inson tushdagina ucha olishi, 

osmonning yettinchi qavatiga ko‘tarilishi 

mumkin, degan fikrni mazkur tomosha 

rad etadi. Unda hamma o‘z tasavvurida 

san’at olamidan olgan zavq olish orqali 

osmonlarga parvoz etishi mumkin.

Bu g‘ayrioddiy spektakl – bolasini teatr­

ga olib tushgan onalarning tashvishlarini 

unutib, farzandlari bilan birgalikda xayoliy 

sayohat qilishiga imkoniyat yaratib beradi. 

“Alla” spektaklida musiqa, chiroq, tovush, 

soya kabi unsurlar va chaqaloqlarni jalb 

qilish uchun tabiiy ovozdagi allaning ak t­

yor tomonidan kuylanishi bolaning aqliy 

hamda ruhiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir 

ko‘rsatishini nazarda tutadi. Bu spektaklda 

faqat 12 ta chaqaloq va ona (yoki ota) 

ishtirok etishi mumkin. Ular aktyor bilan 

birgalikda alla kuylashadi. Natijada ota 

yoki ona o‘zlarini boladek tasavvur etisha­

di. Ulardagi bu zavqni bola ham his qiladi. 

Turli kapalaklar, gullar, bulbullar, qushlar 

va sehrli hayvonot, nabobot olamining 

vakillari sokin musiqa jo‘rligida bolalarga 

alla aytadi. Alla nafaqat bolaga, balki ota­ 

onaga ham ruhiy, badiiy estetik ozuqa 

Ruhiyat manzili


Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2013

17

beradi. Bunday sokin musiqa hamohangli­

gida kuylangan alla har qanday tomosha­

binning asab tizimini mo‘tadillashtiradi. 

Ruhiy olamiga madad, jismoniy kuchiga 

quvvat bera oladi.

Yosh onalar “Alla”ning mo‘ jizaviy ola­

mini o‘z farzandlariga ko‘r satish istagini 

bildirganlar. Tomosha uchun tanlangan 

musiqa fortepiano orqali jonli ravishda 

ijro etiladi. Spektakl rejissori loyiha mu­

siqasini har gal asarning boshidan oxiriga­

cha o‘zi ijro etadi va allani ham o‘zi kuy­

laydi. So‘ngra tomoshabinlarni ham jo‘r 

bo‘lib ijro qilishga da’vat qiladi.

“Alla” deb nom olgan ushbu spektakl o‘z­

bek onalari uchun yangilik emas. O‘zbek 

onalari farzandlarini beshikka belagan 

holatda allalab uxlatganlar. Bugungi kun 

zamonaviy ingliz yosh onalari allani kuy­

lab, bolalariga orom berishni xohlash­

moqda. Ammo allaning teatrdagi spektakl 

shakli va uni jo‘r bo‘lib ijro etish orqali 

chaqaloqni tarbiyalash usuli bar cha teatr 

mutaxassislari uchun yangilikdir.

Xulosa qilib aytganda, “Polka” bolalar 

davlat teatri ayni paytda o‘ziga xos reper­

tuariga ega ekanligidan faxrlanadi. “Polka” 

teatrining bugungi olamshumul muvaf­

faqiyati chaqaloqlardan tortib to 16 yosh­

gacha bo‘lgan tomoshabinlar uchun spek­

takllarning bardavomligi bilan belgilanadi. 

Tinimsiz yangilikka intilish bilan teatrning 

dovrug‘i yanada oshmoqda. Tomoshabin­

lar ko‘lami kengaymoqda. Bu esa yangi 

shakldagi loyihalarni Internet orqali targ‘ib 

qila olganlikning natijasidir.

Teatrning badiiy rahbaridan oddiy ijod­

kor xodimigacha yangilikka intiladi, chet 

elning ilg‘or teatrlari bilan hamkorlik qila­

di. Maktab o‘quvchilarini teatrga ko‘proq 

jalb qilishga va ularning ijodiy salohiyatini 

o‘stirish orqali o‘ziga kadr tayyorlashga 

alohida e’tibor qaratadi. Teatr an’anasiga 

ko‘ra namoyish etilayotgan har bir spek­

taklning boshqalardan ajralib turadigan 

o‘ziga xos tarafi bo‘lishi shart. Chunki bo­

lalarning dunyoqarashini shakllantirishda 

spektakllarning rang­barangligi muhim 

ahamiyat kasb etadi. Teatrning turli xil 

klublarida tarbiyalanayotgan bolalar erta­

ga san’atning sehrli olamiga dadil qadam 

tashlay olishiga ishonsa bo‘ladi.

Madina ALLABERGANOVA,

 san’atshunos. 

Ma’mur UMAROV,

 O‘zDSMI dotsenti.

Ruhiyat manzili


Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2013

18

Hozirgi davrda dunyoning ko‘plab mam­

lakatlarida qo‘llanilayotgan kalendar – qa­

dimgi Rim taqvimiga asoslangan.

Eramizdan avvalgi VIII asr o‘rtalaridan 

boshlab Rimda 10 oydan iborat kalendar 

ishlatila boshlangan. Kalendar yili boshla­

nadigan birinchi oy – urush xudosi Mars 

sharafiga “Martius” (Martiuz) deb atalgan. 

Ikkinchi oy nomi – “Aprelis” (Aprilis) 

“aperio” so‘zidan kelib chiqib, “uyg‘on­

moq”, “ochilmoq” degan ma’noni angla­

tadi. Bu oy daraxtlar kurtak chiqaradigan 

davrga to‘g‘ri keladi. Uchinchi oy esa, 

Merkuriyning onasi, o‘simliklarning gul­

lash ramzi – Maya xudosi nomi bilan 

atalgan. Yupiterning rafiqasi – Yunona 

nomi  (Junes)  to‘rtinchi oyga berilgan. 

Beshinchi oydan boshlab oylar nomi ular­

ning tartib raqami bilan yuritilgan. Ular­

dan “Kvintilis” va “Sekstilis” oylari “be­

shinchi” va “oltinchi” oylar ma’nosini 

anglatadi. Biroq “Kvintilis” oyi keyinchalik 

Rim imperatori Yuliy Sezar sharafiga iyul 



(Juiya), “Sekstilis” oyi Rimda Yuliy Sezar­

dan keyin hukmronlik qilgan imperator 

Avgust sharafiga avgust (Augsus) deb 

qayta nomlangan. 

Hozirda nomlari sentabr, oktabr, no­

yabr, dekabr bo‘lgan oylar esa mos ravish­

da yettinchi, sakkizinchi, to‘qqizinchi va 

o‘ninchi degan ma’nolarni anglatadi. Bu 

taqvimda to‘rtta oy 31 kundan, qolganlari 

30 kundan iborat bo‘lib, bu kalendar 

bo‘yicha bir yilda 304 kun bor edi. Era­

mizdan avvalgi VII asrga ke­

lib, kalendarga yana ikkita oy 

kiritildi. Kiritilgan o‘n birinchi 

oy dehqonchilik homiysi – ikki 

yuzli xudo Yanus sharafiga “ya­

nuarius”  (Januaryus)  deb atala 

boshlandi. O‘n ikkinchi oy lotincha 

“febriarius”  (Februaryus)  so‘zidan 

olinib, diniy marosimlarda so‘nggi 

poklanish ma’ 

nosida ishlatilgan. 

Shundan so‘ng, 12 oydan iborat yangi 

kalendar vujudga keldi va unda yilning 

uzunligi 355 kundan iborat edi.

Kalendar yilining tropik yilga nisbatan 

farq qilishi vaqt o‘tgani sari fasllar va tabi­

at hodisalari mos tushmay qolishiga olib 

keldi. Buning natijasida rimliklar taqvimni 

fasllarga moslash uchun kalendarga qo‘­

shimcha oy (Mersedoniy)ni kiritishni o‘y­

lab topdilar.

Mersedoniy yil oxirida – 23­fevraldan 

keyin kiritilar va marseloniy oyi kunlari­

dan keyingi kun yana 24­fevral bo‘lib da­

vom etib ketaverar edi.

Eramizdan avvalgi 46­yili Rim hokimi­

yati tepasiga Yuliy Sezar keldi. U kalen­

dardagi chalkashlikni yo‘qotishga kirishdi. 

Misrga qilgan harbiy safarlari davrida Se­

zar misrlik munajjimlarning ishlari bilan 

tanishgan va u yerda ming yillar davomida 

ishlatilib kelinayotgan sodda, tushunarli 

va har tomonlama qulay kalendar sarkar­

da e’tiborini tortgan. Sezar yangi kalendar 

loyihasini yaratishni aleksandriyalik astro­

nom Sozigenga topshiradi. Yangi kalen­

darda yil uzunligi qilib quyoshning bahor­

gi teng kunlik nuqtasidan 2 marta ketma­

ket o‘tish uchun ketadigan davr – 365 

kun­u 6 soat olindi (bu miqdor o‘sha 

payt da aniqlangan tropik yil uzunligi bilan 

mos tushar edi). Sutkalarning butun 

bo‘lmagan qismidan “qutulish” uchun 

yillardan uchtasi 365 kunlik – oddiy, 

to‘rtinchisi 366 kunlik – kabisa yili deb 

belgilandi. Bu kalendarda yil boshi 1­yan­

varga ko‘chirildi, chunki eramizdan oldin­



Sim-sim

Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2013

19

gi 153­yildan boshlab yangi saylangan Rim 

konsullari o‘z faoliyatini aynan shu kun­

dan boshlar edilar. Yuliy Sezar kalendari 

haqiqiy tropik yildan 11 daqiqa­yu 14 so­

niyaga uzun edi, shuning uchun ham bu 

taqvimning xatosi 128 yilda bir sutkaga 

yetardi. Kalendarning yutug‘i esa uning 

soddaligida edi.

Milodiy eraga qachon asos solingan?

Insoniyat tarixida 200 dan ortiq era bo‘l­

gan. Qadimda turli davlatlarda qo‘llanilgan 

bu eralarning boshlanish sanalari ham har 

xil edi.

Eramizning 284­yili Rimda saroy qo‘ riq­

chilarining boshlig‘i johil Diokletian hoki­

miyatni o‘z qo‘liga olib, imperatorlik taxti­

ga o‘tirdi. U o‘zi taxtga o‘tirgan yildan 

boshlab yangi era joriy etdi. Bu era tarixga 

“Diokletian erasi” nomi bilan kirdi. Diok­

letiandan so‘ng esa taxtga imperator Kon­

stantin (taxminan eramizning 285–337-yil-

lari) o‘tirdi. Butparast Diokletianning vori­

si undan farqli o‘laroq nasroniylikni qabul 

qildi. Bu davrga kelib, turli tillarda so‘zla­

shuvchi, turli qabilalardan iborat Rim im­

periyasida ijtimoiy nizolar kuchayib ket­

gan edi. Ana shu nizolarni yumshatish 

maqsadida 324­yili imperator Konstantin 

nasroniylikni davlat dini deb e’lon qildi. 

325­yili Nikey (hozirgi Turkiyaning Izvik 

shahri)da Konstantin barcha xristian cher­

kovlari boshliqlarini yig‘ib qurultoy o‘t­

kazdi va qurultoyda xristianlarning “Yangi 

Ahd” kitobi matni hamda Yuliy Sezar ka­

lendari qabul qilindi. Imperiya hududida 

o‘tkaziladigan barcha diniy bayramlarning 

sanalari ana shu taqvim bo‘yicha belgilab 

chiqildi. Diniy bayramlardan biri – Iso 

payg‘ambarning tirilishini xotirlash bayra­

mi – pasxa edi. Qurultoy qaroriga ko‘ra, 

pasxa bayramini o‘tkazish uchun 21­mart­

dan so‘ng Oy to‘lin oy fazasida ko‘rinishi 

shart. To‘linoydan keyingi yakshanba – 

pasxa bayrami kuni deb belgilandi. 21­mart 

sanasi aleksandriyalik astronomlar tomo­

nidan o‘rnatilgan bo‘lib, o‘sha paytda Qu­

yoshning bahorgi teng kunlik nuqtasidan 

o‘tishi aynan shu kunga to‘g‘ri kelar edi. 

Shunday qilib, Nikey yig‘inidan so‘ng Rim 

katolik cherkovi yagona taqvimga – Yuliy 

Sezar kalendariga o‘tdi va diniy bayramlar 

butun imperiya bo‘yicha bir paytda o‘tka­

ziladigan bo‘ldi. Lekin yil hisobi Diokletian 

erasi hisobi bo‘yicha olib borilar edi.

Oy yili davomiyligi Quyosh yili bilan 

mos tushmagani uchun pasxa bayramini 

nishonlash sanalari har yili turli muddat­

larga to‘g‘ri kelardi. Kelajakda bo‘ladigan 

pasxa bayrami kunlarini o‘z ichiga olgan 

jadval – pasxaliya tuzish bilan, xristian 

cherkovining maxsus monaxlari shug‘ulla­

nishardi. Eramizning 525­yilida bu jadval­

ni Diokletian erasining 248­yilidan boshlab 

tuzishni rimlik monax Dionisiy bajaradi. 

Bir vaqtlar xristianlarni quvg‘in qilib, ular­

ga zulm o‘tkazgan zolim Diokletian nomi­

ni nasroniylarning muqaddas bayrami –

pasxa bilan bog‘lash Dionisiyga og‘ir bota­

di. Shuning uchun u “Isoning tavalludi” 

kunidan boshlanadigan yangi taqvim bo‘­

yicha pasxaliya tuzishga qaror qiladi. Iso 

alayhissalomning Yerdagi hayoti xristian­

larning “Injil” kitobida bayon qilinib pay­

g‘ambarning xochga qoqilganidan, so‘ng, 

25­martda, yakshanba kuni qayta tirilgani  

va bu kun bayram sifatida nishonlangani 

aytiladi. Dionisiy shunga asoslanib, 25­mart  

yakshanba kuniga muvofiq keladigan yilni 

qidirdi va u Diokletian erasining 278­yiliga 

to‘g‘ri kelishini aniqladi. Ma’lum bir oy 

kunining, haftaning ma’lum bir kuniga 

(masalan, 25-martning yakshanbaga) va 

ma’lum Oy fazasiga (masalan, to‘linoyga) 

to‘g‘ri kelishi davri 532 yilga tengligi o‘sha 

paytda fanga ma’lum edi. Haqiqatdan 

ham, 4x7x19 = 532, bu yerda 4 – kabisa 

yillari davri, 7

 

– haftadagi kunlar soni, 19 



esa Oy fazalarining yana aniq bir kalendar 

sanasida takrorlanish davri. Bu hisob­ki­

toblardan Dionisiy birinchi xristian pasxa­


Download 356.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling