Barkamol avlod – Vatanning baxti
Download 356.36 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dilshod jo‘rayev (o‘zmU talabasi)
- Shaxs kamoloti (Davomi. Boshi 2-betda) Sog‘lom avlod uchun | 12
- Ibn Sino darsxonasi Sog‘lom avlod uchun | 12
- Klinik belgilari.
Shaxs kamoloti Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2013 8 muhitga bag‘ishlaydi va borgan sari ko‘proq vaqtini unda o‘tkazadi. Jamiyatda o‘z o‘rnini topishga qiynal gan inson virtual hayotga sho‘ng‘ib ketadi. Sekinasta qaramlik, ya’ni virtual bog‘la nish hosil bo‘ladi. Bunday kishilar hayotda o‘zligini namoyon qila olmay, virtuallikka o‘z xohishlarini qondirish, xavotirlarini yo‘qotish yoxud kamaytirish uchun o‘zla rini “uradilar”. Bunday muhit ruhiy ehti yojlari qondirilmagan inson uchun xuddi tushga o‘xshaydi, “uyg‘onishni istamay di”. Chunki uyg‘onganda uning umidlari poymol bo‘ladi va yana tushkun kayfiyat qaytalanadi. Shuning uchun bugungi kunda real va virtual fazolar orasidagi chegara bir mu hitdan ikkinchisiga o‘tishdagi nazorat, ikki muhitning o‘zaro ta’siri va bir foydalanuv chining bir vaqtda ikki muhitda bo‘lishi ortidan kelib chiqayotgan muammolar faqat kibernetika va dasturlashtirish soha larining mutaxassislari oldidagi yechimini kutayotgan masala bo‘lmay, balki madani yatshunoslar, sotsiologlar va boshqa soha xodimlarining ham muammosidir. Ilmiy tadqiqotlarda kompyuterning insonga salbiy ta’sir etishi to‘g‘risidagi fikrlar qayd etil gan. Bu boradagi qarashlar turlituman, hatto qaramaqarshi hamdir. Virtual real lik inson o‘zligini namoyon qilishi uchun katta imkon berishiga umuman shubha yo‘q. Undan oqilona foydalanish ijodiy va kasbiy mahoratni rivojlantirishga ko‘mak beradi, bu holat virtual ozodlik xavfliligini anglaganda yuzaga chiqadi. Bolalar va o‘smirlarni esa virtual reallik xavfidan oi ladagi mehroqibat, kitobga muhabbat, do‘stlar bilan muloqot, bolalik quvonchi kabi histuyg‘u va tushunchalar asrashi mumkin.
Kamola FAYZULLAYEVA, O‘zMU talabasi. Dilshod jo‘rayev (o‘zmU talabasi): Bolaligimdan tasviriy san’ atning rassom chilik turiga juda qiziqaman. Xayol parastlik, har qanday ko‘r gan voqeamdan hay rat lanish ham aynan shun dan bo‘lsa kerak. Kollejda o‘qib yurgan vaqtlarimda iqtisodchi bo‘ lishni o‘zimga maqsad qilib qo‘ydim. Universitetga o‘qishga kirganimdan so‘ng iqtisodiyot tarixini chuqur o‘rganganimda shuni angladimki, mustaqillikkacha bo‘l gan davrda O‘zbekiston iqtisodiyoti sobiq Sho‘ro davlati iqtisodiyoti bilan chambar chas bog‘ liq bo‘lgan ekan. Istiqlolimizdan so‘ng MDH davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib iqtisodiyoti o‘nglangan mamlakat sifatida e’tirof etil dik. Birgina misol, Prezidentimizning 2009 yil 3avgustdagi “Qishloq joylarda uyjoy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘ shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi Qa rori asosida milliylik va zamonaviylik uy g‘unlashib qad ko‘targan inshootlar, ay niqsa, qishloq aholisi uchun mo‘ljallangan yakka tartibdagi turarjoylar qishloq husni ga husn qo‘shmoqda. To‘g‘ri, biz mustaqil bo‘lganimizga hali juda ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsa ham, le kin har bir yilning salmog‘i asrlarga teng bo‘ldi. Bozor iqtisodiyotining besh tamo yili bosqichmabos qich yo‘lga qo‘yildi. Darhaqiqat, bu besh tamoyil bugungi kunga kelib o‘zining o‘ziga xosligini, foy daliligini isbotladi. Buni butun jahon ham jamiyatining o‘zbek modeliga qiziqishi ning o‘ziyoq asoslab turibdi. Har bir inson tasavvur va harakatlari orqali kelajagini ko‘ra olishi mumkin. Men esa kelajagimni faqat va faqat iqtisodiyot sohasida ko‘ra man.
Feruz MAMATOV suhbatlashdi. Shaxs kamoloti (Davomi. Boshi 2-betda) Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2013 9 A llergik kasalliklar – butun in soniyatni tashvishga solayot gan dolzarb muammolardan hisoblanadi. Butunjahon sog‘ liqni saqlash tashkiloti (BSST) ma’lumot lariga nazar tashlasak, dunyo bo‘yicha birgina bronxial astma kasalligidan 300 milliondan ortiq kishi aziyat chekmoqda. Millionlab aholi allergik rinit xastaligidan og‘rib kelayotgan bo‘lsa, dori allergiyasi ning og‘ir turlari sabab yiliga 150 ming inson hayotdan bevaqt ko‘z yummoqda. Bizning yurtimizda bunday kasallikni kel tirib chiqaruvchi omillarning asosiylaridan biri – bu, iqlim sharoiti va ovqatlanish tartibi bo‘lsa, unga qo‘shimcha tarzda nasliy, ya’ni genetik omillar va har xil turdagi allergenlar ham sabab bo‘ladi. Oziqovqat allergiyasi mana shu keng tarqalgan allergik xastaliklardan biridir. Oziqovqat mahsulotlari allergiya qo‘z g‘ovchi holatlarni shartli ravishda 4 gu ruhga bo‘lish mumkin: – ovqat hazm bo‘lish yo‘lidagi kasallik lar (yallig‘lanish, distrofik funksiyasiga oid disbakterioz); – ovqat hazm qilish yo‘li fermentlarining yetishmovchiligi (tug‘ma, orttirilgan); – psixogen va ta’m sezish omillari, ya’ni o‘ziga xos odatlari asosida yuzaga kelgan omillar;
– oziqovqat allergiyasi (birlamchi va ikkilamchi). Oziqovqat allergiyasida allergen vazi fasini oziqovqat mahsulotlari yoki ular ning parchalanishi natijasida hosil bo‘ladi gan mahsulotlar bajaradi. Ular qonda ay lanib yuruvchi yoki to‘qimalarga o‘rnashib olgan antitelolar bilan o‘zaro ta’sirlashadi lar. Sensibilizatsiya ko‘proq oshqozon i chak yo‘li orqali kelib chiqadi. Sezuv chanlikning ortishi oziqovqat qo‘shim chalariga, konservantlarga nisbatan bo‘l gan hollarda oziqovqat mahsulotlari al lergiyasi deyiladi. Oziqovqat allergiyasi bizning mamlakatimizda ham, chet dav latlarda ham ko‘p uchraydi. Ko‘p hollarda u yana nutritiz allergiya deb ham yuritila di. Oziqovqat allergiyasi ko‘proq bolalar da uchraydi. Bu patologiyaning yosh bola lar orasida keng tarqalishi sabablaridan biri – sun’iy ovqatlar bilan oziqlantirish hamda ovqatni me’yoridan ortiq berib yu borish hisoblanadi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, oziqovqat mahsulotlarini ko‘tara olmaslik holatlari har doim ham antigen – antitelo ta’siri bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Uning rivojlanishiga ovqat hazm qilish a’zolarining kasalliklari, hazm fermentlari, ichaklardagi disbakterioz holatlari sabab bo‘lishi mumkin. Faqat 25% hollardagina oziqovqat mahsulotlarini ko‘tara olmaslik immunologik mexanizmga bog‘liq bo‘ladi. Oziqovqat allergiyasi boshqa hamma allergik kasalliklar orasida 5%dan 30%ga cha uchraydi. Allergik dermatit bilan ka sallangan bolalarda oziqovqat allergiyasi 47% hollarda kuzatilgan. Nafas yo‘l lari
allergik kasalliklarining 20%i oziqovqat allergenlari tufayli kelib chiqqani aniqlan gan. Ovqat hazm qilish a’zolari tomonidan anatomik, fiziologik va immunologik uzi lishlar oziqovqat allergiyasi rivojlanishini amalga oshiruvchi omillar hisoblanadi. Bularning hammasi oziqovqat mahsulot lari parchalanishi va so‘rilishining buzili Ibn Sino darsxonasi Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2013 10 shiga olib keladi. Oziqovqat allergiyasi ning bolalar o‘rtasida ko‘p tarqalishi i chaklar va jigar to‘siqlarining o‘tkazuv chanlik xususiyati yuqori bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Meva va sabzavotlar ham aller gen bo‘lishi mumkin. Yosh bolalarda sen sibilizatsiya ko‘proq kundalik iste’mol qi linmaydigan oziqovqat mahsulotlariga nisbatan yuzaga keladi. Shaftoli, sitrus mevalar, qahva, kakao, asal, qulupnay, malina hamda tuxum, baliq, yong‘oqlar kuchli allergenlik xususiyatiga ega bo‘lgan oziqovqat mahsulotlari hisoblanadi. Bu allergenlardan tashqari, bolalarda bronxial astma kasalligini sut, sabzi, kartoshka, guruch, bug‘doy uni yormasi ham keltirib chiqarishi mumkin (12%dan 70%gacha). Oziqovqat allergiyasiga moyilligi bo‘l gan bolalarning katta guruhi tekshiril ganda 40%ida sutga, 33%ida tuxumga, 12%ida baliqqa nisbatan, 6%ida meva va sabzavotlarga, 3%ida esa boshoqlilarga nisbatan allergiya borligi aniqlandi. Katta larda oziqovqat allergiyasi birmuncha boshqacharoq, ya’ni ichki a’zolarning su runkali kasalliklari ko‘rinishida kechishi mumkin. Oziqovqat allergenlari hayvon va o‘simlik oqsillari (sut, go‘sht, baliq,
mevalar, yong‘oqlar, asal, kakao, shoko lad bo‘lishi mumkin. Kattalarda oziqovqat allergiyasi sabzavotlarga 80%, boshoqli larga 40% va mevalarga 18% nisbatda bo‘lishi qayd etilgan. Bir vaqtning o‘zida bir necha oziqovqat mahsulotlariga nis batan allergiya bo‘lishi monoallergenlarga nisbatan ikki marta ko‘proq uchraydi.
ning klinik belgilari joylashgan o‘rniga ko‘ra 3 guruhga ajratiladi: 1. Gastrointestinal. 2. Teri kasalliklari. 3. Nafas yo‘li kasalliklari. Kattalarda ularning birgalikda uchrashi kuzatiladi. Oziqovqat allergiyasining kli nik ko‘rinishlari turlicha bo‘ladi. Bemor larda isitma, titrash, uchuq, qavarchiqlar, Kvinke shishi, bronxlarning siqilishi, bosh og‘rig‘i, ko‘p bo‘g‘imlarda birdaniga og‘ riqlar kuzatilishi mumkin. Murakkab bo‘l magan oziqovqat allergiyasida ichaklar ning zararlanishi kuzatilmaydi. Ichaklarda surunkali kasalliklar bo‘lgan hollarda oziqovqat allergiyasi belgilariga ichaklar dagi buzulishlar ham qo‘shiladi. Oziq ovqat allergiyasi klinik kechishining 2 ta asosiy shakli ajratiladi: siklik va doimiy (surunkali). Doimiy shakli qondagi antitelolarning yuqori miqdori bilan bog‘liq. Bunda aller genni iste’mol qilish kasallikning klinik belgilari yuzaga kelishiga olib keladi. Hatto allergenli mahsulotlarni uzoq vaqt davo mida iste’mol qilmay, keyinchalik tanovul qilgan hollarda ham kasallikning klinik ko‘rinishlari namoyon bo‘ladi. Oziqovqat allergiyasining siklik shaklida bemor oziq ovqat mahsulotlari – allergenlarni vaqti vaqti bilan yaxshi qabul qiladi, ya’ni bir ovqatning o‘zi ba’zan kasallik belgilarini keltirib chiqarsa, ba’zan hech qanday bel gilar sezilmaydi. Bunday hollarda kasallik ni tashxislash ancha qiyin. Allergik ta’sirlar 5–6 kunda bir marta yuzaga keladi. Oziq ovqat allergiyasida ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklarining klinik ko‘rinishlari ham har xil bo‘ladi. Ularga surunkali gas trit, enterit, pankreatit, o‘t haydab chiqa ruvchi yo‘llar va yo‘g‘on ichak kasalligi, o‘t toshi kasalligi, oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalliklari kiradi. Patologik belgilar oshqozon ichak yo‘li ning hamma bo‘limlarida vujudga kelishi mumkin: og‘iz bo‘shlig‘ida (gingivid, glos-
giyasi uchun qorinda birdaniga paydo bo‘ladigan og‘riqqa xos xususiyatlardan biri hisoblanadi. Biroq oziqovqat allergi yasida ko‘pincha ingichka va yo‘g‘on i chaklar zararlanadi. Bunda bemorlar og‘riq, teztez hojatga qatnash, suyuq ax Ibn Sino darsxonasi Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2013 11 lat kelishidan shikoyat qiladilar. Shuning dek, “ta’sirlangan ichak” sindromi ham kuzatiladi. Shilliq qavat biopsiya olgandan allergik yallig‘lanish uchun xos bo‘lgan epeteli va subepiteli tuzilishlarda aniq o‘zgarishlar (iozinofillarning ko‘payib ke-
Bolalarda oziqovqat allergiyasining eng ko‘p uchraydigan shakli qavarchiqlar va Kvinke shishi hisoblanadi. Oziqovqat bi lan bog‘liq bo‘lgan qavarchiqlar va Kvinke shishining yuzaga kelish tezligi 13%dan 45%gacha uchraydi, ular odatda ancha qiyin kechadi. Ko‘pincha oziqovqat aller giyasi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlar eritmali vezikulyar dermatitlar ko‘rinishi da namoyon bo‘ladi. Oziqovqat allergiya siga moyilligi bo‘lgan 50% bolalar hayoti ning birinchi yilidayoq egzema bilan azoblanadilar. Kasallik go‘dakni sun’iy ovqatlantirish boshlangandan keyin paydo bo‘ladi. Sigir suti bilan sun’iy ovqatlantiri layotgan yosh bolalarda oziqovqat allergi yasining ko‘rinishi odatda eksudativ diatiz deb tashxislanuvchi teridagi patologik o‘z garishlardan iborat bo‘ladi. Ularga bosh ning soch bilan qoplangan qismlarida yog‘li qatlamlar paydo bo‘lishi, yonoqning qizarishi va keyinchalik chov sohalarida bichilishlar yuzaga kelishi kiradi. Agar bolani sutli aralashmalar bilan boqish da vom ettirilsa, kasallik rivojlanishi kucha yadi, esudativ diatezdan egzema vujudga keladi.
Bolalardagi oziqovqat allergiyasining teridagi ko‘rinishlari orasida tugunchali toshmalar uchraydi. Ular ko‘pincha oyoq va qo‘llarning bukiluvchan yuzalarida, oyoq kaftlarida, qo‘l kaftlarida joylashgan bo‘ladi. Oziqovqat allergiyasining niho yatda ko‘p uchraydigan klinik ko‘rinishla ridan biri – teri bronxial astmasi hisobla nadi. Sut, tuxum va baliqqa nisbatan aller giya boshqa mahsulotlarga qaraganda ko‘proq qayd etiladi. Oziqovqat allergiyasining juda ko‘p ko‘ rinishlari mavjud, ammo u ko‘proq osh qozon ichak yo‘llari kasalliklari ko‘ri nishida namoyon bo‘ladi. Oziqovqat al lergiyasini tashxislash ayrim hollarda shi fokor uchun qiyinchilik tug‘diradi. Qator kasalliklar oziqovqat allergiyasi belgilari ga o‘xshash belgilarni keltirib chiqarishi mumkin (disbakterioz, oshqozon ichak yo‘l-
tashxisi allergologik anmnez yig‘ishdan boshlanadi. Ovqatlanish kundaligini yozib borishga katta e’tibor qaratiladi. Unda har kuni iste’mol qilingan ovqatlar miqdori va sifati, qanday ishlov berilishi haqida qayd etib boriladi. Bu davrda ma’lum dori mod dani belgilash maqsadga muvofiq emas. Ovqatlanish kundaligini eng kamida bir oy davomida yozib borish kerak. Agar biror mahsulot allergik reaksiyaga sabab bo‘lsa, u taomnomadan chiqarib tashlanadi. Tashxislash uchun istisno qilish (elimi-
di:
1. Gumon qilinayotgan mahsulot 7–10 kungacha iste’moldan chiqarib tashlanadi. 2. Asosiy parhezdan eng kuchli allergen li xususiyatga ega bo‘lgan (oblegat) aller genlar (shokolad, yong‘oq, tuxum, sut) olib tashlanadi. 3. Besh kungacha parhez belgilanadi, keyin esa sekinasta kundalik ovqatlarga turli mahsulotlar kiritiladi. Shuningdek, kasallikni tashxislashda al lergologik sinamalar ham o‘tkaziladi (ka- sallikning tinch davrida). Tekshirishning bu usuli diagnostikada juda katta rol o‘y naydi. Qutbiddin NIZOMOV, Toshkent tibbiyot akademiyasi Klinik allergologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi. Ibn Sino darsxonasi Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2013 12 Hayotda inson uchun eng muhimi – salo matlikdir. Shu nuqtayi nazardan mamlaka timizda aholi sog‘ligini asrash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, oilalarda sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini qaror toptirish ga katta ahamiyat qaratilib, bu borada bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur sa’yharakatlar, chunonchi, kasallikni o‘z vaqtida davolashga qaratilayotgan chora tadbirlar jamiyatda sog‘lom muhit shaklla nishiga xizmat qiladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lu motlariga ko‘ra, bugungi kunda bir qator kasalliklarning “yasharib” borayotganligi ku zatilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, turli toi fadagi bemorlar uchun dori vositalari ro‘y xatini tuzish zaruratini keltirib chiqaradi. Dori vositalarini bemorlarning klinik va ziyatiga mos holda, individual talablariga javob beruvchi dozalarda, adekvat vaqt davrida va bemorlar hamda jamiyat uchun eng kam narxda tayinlash talab etiladi. E’ti rof etish kerak, hozirda ko‘plab dori vosita lari kuchli ilmiy bazaga ega bo‘lgan farmat sevtik kompaniyalar tomonidan ishlab chi qariladi va zarur klinik amaliyotdan o‘tkazi ladi. Farmatsevtik sanoatni harakatlantiruv chi sabab umumiy manfaatni ko‘z lash
emas, balki daromad keltiradigan dori vosi talarini ishlab chiqishdir. Biroq samarali va xavfsiz dori vositalarigina daromadli bo‘li shi mumkin. Bemorga dori tayinlashda ana shu mezonlarga amal qilish talab etiladi. Farmatsevtik kompaniyaning jahon reytingi qanchalik yuqori bo‘lsa, u tomonidan chiqarilayotgan mahsulot sifati ham baland bo‘ladi. Tibbiyotda farmakoterapiya, ya’ni dori darmonlarning qo‘llanilishi jarayonida ka sallikning klinik yakunini bashorat qila olish bemor va shifokor uchun katta ahami yatga ega. Ya’ni bemor davolanmagan taq dirda unda qanday asoratlar yuzaga kelishi ni, davolanganda esa qanday samaraga eri shishini oldindan ayta olishi zarur. Bu esa har qanday xastalikning tabiiy kechishini to‘g‘ri baholash va uning nojo‘ya oqibatlari ning oldini olish imkonini beradi. Ming taassufki, shifokor qabuliga kelgan bemorlarning hammasi ham shifokor ko‘r satmasiga amal qilmaydi. Tahlillarga qara ganda, bemorlarning aksariyati muolajani to‘liq bajarmaydi. O‘zini yaxshi his qila boshlagach, doridarmonni to‘xtatadi. Bu esa bemorlarda kasallikning surunkali da vom etishiga olib keladi. Bemor qanchalik ko‘p davolansa, u ko‘rsatmalarni shuncha lik yuzaki bajarganini bildiradi. Agar biz qon bosimi yuqori bo‘lgan bemorlarda far makoterapiyani misol qilib oladigan bo‘lsak, ko‘pincha mutaxassislarning ilmiy tad qi
qotlari natijalariga ko‘ra, davolanishning dastlabki bosqichida ularning 50 foizi shifo kor tavsiyalarini bajarmaydi, 5 yildan keyin esa tayinlangan dorilarni bemorlarning fa qat 26 foizigina qabul qiladi. Shifokor ko‘r satmalariga rioya qilmaslik oqibatida arteri al bosimni faqatgina 27 foiz holatda me’ yorlashtirish mumkin. Har beshinchi bemor shifokor yozib bergan dori vositalarini umu man xarid qilmaydi. Eng achinarlisi, shifo kor ko‘rsatmalarini buzishga oilaviy ahvoli, ma’lumoti va daromadiga qaramasdan har Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2013 13 ikki jins vakillari ham birday moyil. Mu taxassis sifatida shuni ta’kidlaymizki, davo lovchi shifokor sizning umumiy holatingiz dan kelib chiqqan holda muolaja buyuradi. Uni o‘z vaqtida bajarmaslik, avvalo, bemor ning o‘ziga ziyon. Negaki, davolashning samarasiz kechayotganidan xavotirlangan shifokor, avvalgi doridarmonga qaraganda kuchliroqlarini tayinlaydi. Bunday katta dozadagi dori vositalari esa nojo‘ya ta’siri bilan xavflidir. Shuni unutmaslik kerakki, dorilar inson hayotini saqlab qolish daraja sida foydali, ayrim vaziyatlarda esa hayot uchun xavfli bo‘lishi ham mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lu motlariga ko‘ra, bugunga kelib shifokor ko‘rsatmalarini nazarga olmaslik hisobiga yuzaga kelgan moliyaviy xarajatlar yiliga 100 mlrd. dollarni tashkil etmoqda. Shifokor ko‘rsatmalari qanchalik oddiy bo‘lsa, ularni bajarish ham oson va ayni paytda samarali kechadi. Avvalo, shifokor bemor bilan gaplashayotganda unga nisba tan e’tiborli va o‘ta samimiy bo‘lishi talab etiladi. Kasallikning salbiy oqibatlarga olib kelishi haqida mufassal tushuntirishi va o‘z vaqtida davolanishga rag‘batlantirishi ke rak. Qolaversa, tavsiya qilinayotgan dori darmonlarning inson organizmiga ijobiy ta’siri, kasallikdan forig‘ bo‘lishda uning ahamiyati haqida ham tushuncha berish muhim. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, be morlarning aksariyati shifokor bilan bo‘lgan muloqotning beshinchi daqiqasidayoq aytil gan tavsiyalarni unutib qo‘yadi. Bunga ko‘pincha shifokor ko‘rsatmalarining had dan ziyod ko‘p va murakkabligi sabab bo‘ladi. Bunday vaziyatlarda barcha ko‘r satmalarni yozma shaklda berish va murak kab tibbiy terminlarni ishlatishdan uzoqla shish kerak. Bemorga doridarmon yozib berayotganda iloji boricha, sinalgan, sifatli va arzon dorilardan foydalangan ma’qul. Uni umumiy xarakterdagi maslahatlar bilan chalg‘itmasdan aniq tavsiyalar berish lozim. Qolaversa, bemor bilan suhbat jarayonida uni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berish, kasallik haqida, davolash jarayonla ri haqida to’liq tushuncha berish talab eti ladi.
Tajribadan ma’lumki, o‘ziga nisbatan e’tibor va hurmatni sezgan bemor shifokor ko‘rsatmalariga to‘liqroq amal qilishga ha rakat qiladi. Ahvolini kuzatib borishi (ma- salan, qon bosimini o‘lchash kabi) uning o‘ziga yuklatilsa, bunday holatda ham be mor mas’uliyatni his etgan holda o‘z salo matligiga jiddiy munosabatda bo‘lib, dori darmonlarni o‘z vaqtida ichishi va salomat ligiga beparvo bo‘lmasligi kuzatiladi. Shu o‘rinda medikamentoz terapiyani tanlashda, eng avvalo, bemor holatidan ke lib chiqib, ularning qo‘llanilishiga bo‘lgan qarshi ko‘rsatmalarni ham hisobga olish mu him ahamiyatga egaligini qayd etish joiz. Bemorlarda bir necha kasalliklar aniqlan ganda, ishni eng xavfli kasallikni davolash dan boshlash, terapiyaning keyingi bos qichlarida esa davolash dasturiga ma’lum klinik masalani hal qilishga qaratilgan yangi dorilarni navbatmanavbat tayinlashni reja lashtirish ayni muddao. Nojo‘ya ta’sirlar ning yuqori xavfini inobatga olgan holda eng xavfsiz preparatlarning minimal doza laridan boshlab, ular dozasini sekinasta ko‘targan holda davolashni amalga oshirish tavsiya etiladi. Ushbu jarayonda buyrak orqali chiqarish yo‘liga ega barcha dorilar uchun to‘liq terapevtik dozalar kamaytirili shi zarur. Xulosa qilib aytganda, salomatlikni as rashga qaratilgan choratadbirlarni o‘z vaq tida qo‘llashning ahamiyati katta. Shifokor maslahatiga, ko‘rsatmasiga rioya qilish pi rovardida hayotingiz uchun muhim bo‘lgan sihatsalomatligimizni ta’minlashga mas’ uliyat bilan yondashish sog‘lom turmush qoidalariga amal qilish samarali natija be radi. Nigora PIRMATOVA, Fotima RAHMATOVA, Toshkent Tibbiyot akademiyasi o‘qituvchilari.
Download 356.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling