Barkamol avlod – Vatanning baxti


Sim-sim Sog‘lom avlod uchun  |  12


Download 356.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana26.11.2017
Hajmi356.36 Kb.
#20990
1   2   3   4   5

Sim-sim

Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2013

20

sining Diok letian erasidan 254 yil avval 



(278+254=532)  nishonlanganligini top­

di. Tarixiy ma’ lumotlarga ko‘ra, Iso alay­

hissalom xoch 

ga tortilganida 30 yoshda 

bo‘l gan, demak payg‘ambar Diokletian 

erasidan 284 yil avval tavallud topgan. Bu 

esa Dioletian erasining 241­yili “Iso taval­

ludi”  (milod) erasining 525­yiliga to‘g‘ri 

kelishini (284+241=525) ko‘rsatadi. Shu­

ning uchun, Dionisiy keyingi yillarni 526­, 

527­ va hokazo deb yuritish lozimligini 

belgilaydi. Shunday qilib, insoniyat tarixi­

da yangi era vujudga keldi. Yevropa mam­

lakatlari birin­ketin ana shu era taqvimiga 

o‘ta boshladilar.

Rossiyada bu eraga 1700­yilning 1­yan­

varidan boshlab Pyotr I farmoniga binoan 

o‘tildi. Bungacha Rossiyada solnomalar 

yuritish knyaz Vladimir Svyatoslavovich­

ning butparastlikdan voz kechib, nasro­

niylikni qabul qilgan yili (988-yil) kiritilgan 

va boshlanishi eramizdan avvalgi 5508­yil­

ga to‘g‘ri keladigan “Olamning yaratilishi” 

kunidan olib borilar edi.

Pyotr I farmoniga binoan “Olamning 

yaratilishi” 1700­yil deb belgilandi. O‘sha 

vaqtda Rossiyada yangi yil 1­sentabrdan 

boshlanardi, farmonga asosan yil boshi 

ham 1­yanvarga ko‘chirildi. Bu tadbir nati­

jasida Rossiyada ilk qabul qilingan birinchi 

milodiy yil, ya’ni 1699­yilning uzunligi 

365 kun o‘rniga 487 kun bo‘ldi.

Yuliy Sezar kalendaridan xatolik yig‘ilib 

borib, 128 yilda 1 kunga yetishi tufayli, 

eramizning XVI asriga kelib bu kalendarda 

yil boshi 10 kunga surilib ketdi, ya’ni qu­

yoshning bahorgi teng kunlik nuqtasidan 

o‘tishi 11­martga to‘g‘ri kelib qoldi. Kalen­

dardagi bu xatolikni tuzatish uchun Rim 

papasi Grigoriy XIII 1582­yil 24­fevralda 

Italiyalik vrach va matematik A. L. Linko 

loyihasi bo‘yicha maxsus islohotni amalga 

oshirdi. Bu islohotga ko‘ra:

– 1582­yil 4­oktabridan keyingi kun be­

shinchi emas, 15­oktabr deb hisoblandi;

– kelajakda har 400 yilda kabisa yillari­

dan 3 tasini oddiy yil deb hisoblash va 

ularning yuzliklari 4 ga qoldiq bilan bo‘li­

nadigan (1700, 1800, 1990, 2100 va h.k.) 

yillarni kiritish qoidasi qabul qilindi.

Endi bu kalendarning xatosi yig‘ilib 1 

sutkaga yetishi uchun 3300 yil kerak 

bo‘ladi. O‘sha yildan boshlab Italiya, Ispa­

niya, Portugaliya, Belgiya, Fransiya va 

Daniyada bu kalendar qabul qilindi. Gri­

goriy kalendarining turli davlatlarda joriy 

etilishi uzoq vaqt davom etdi. XX asrga 

kelib o‘n davlat: Yaponiya (1911), Xitoy 



(1916), Bolgariya va Rossiya (1918), Yu­

goslaviya va Gretsiya (1924), Eron (1925) 

va Vetnam (1967)ning Grigoriy kalendari­

ga o‘tishi bilan yakunlandi.

O‘rta asrning buyuk qomusiy olimi, o‘z 

zamonasining barcha fanlarini, jumladan 

astronomiya, fizika, matematika va bosh­

qa fanlarni chuqur egallagan Umar Xay­

yom besh yil Isfaxon rasadxonasida ishlab, 

shu rasadxonaga rahbarlik qildi. U 

1079­yili Saljuq sultoni topshirig‘iga bino­

an Eron Quyosh taqvimini isloh qilib, 

yangi taqvimni taklif qildi. Umar Xayyom 

taqvimidan 500 yil avval Yevropada Gri­

goryan taqvimi yuzaga kelib, Umar Xay­

yom yaratgan taqvim hayotga joriy qilin­

may qolib ketdi. Grigoryan taqvimining 

xatosi yig‘ilib bir sutkaga yetishi uchun 

3300 yil kerak bo‘lsa, Umar Xayyom taqvi­

mida bu xato 4500 yil o‘tgandan so‘nggina 

yuzaga keladi. Biz ishlayotgan Grigoryan 

taqvimining xatosi bir kunga yetishi uchun 

3300 yil (Umar Xayyom taqvimidan 1200 

yil kam vaqt) kerak bo‘ladi. Umar Xayyom 

taqvimi Grigoriy taqvimiga nisbatan 

aniqroq edi.

1918­yili Rossiyada, xususan unga mus­

tamlaka bo‘lgan o‘lkalarda, Xalq komis­

sarlari kengashining dekretiga ko‘ra 

1918­yilning 1­fevrali 14­fevral deb hisob­

landi, chunki bu paytga kelib, Yuliy kalen­

dari bilan Grigoriy kalendari o‘rtasidagi 

farq 13 sutkaga yetgan edi. Shunday qilib, 

sobiq Rossiya imperiyasi hududida 1918­

Sim-sim


Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2013

21

yil 352 kundan iborat bo‘ldi va bu sanadan 

boshlab Rossiyaning yaqin o‘tmishidagi 

tarixida yangi va eski sana hisobi tushun­

chalari paydo bo‘ldi.

Grigoriy kalendarining aniqligi yetarli 

darajada yuqoridir, lekin uning qator kam­

chiliklari ham e’tirof etilgan. Masalan, 

taqvimdagi oylarning uzunliklari har xil 

(28, 29, 30 va 31 kun); turli xil uzunlikda­

gi oylarning kelishi tartibsiz; yil boshi hech 

qanday tabiat hodisasi bilan bog‘lanma­

gan; yil fasllarida kunlar soni 90 dan 92 

gacha; birinchi yarim yillik ikkinchisidan 

oddiy yilda 3 kunga, kabisa yilida 4 kunga 

qisqa, hafta kunlari doimiy bir oy kunlari 

bilan mos tushmagan; turli oylarda ish 

kunlari soni turlicha; turli yillarda ish kun­

lari soni turlicha; ba’zan bayramlar muno­

sabati bilan ish kunlari boshqa kunlarga 

ko‘chiriladi. Bundan tashqari, har yili juda 

katta hajmdagi kalendarlarni nashrdan 

chiqarish kerak bo‘ladi. 

Ana shu sabablardan kelib chiqib, Gri­

goriy kalendarini o‘zgartirish masalasi 

ham kun tartibiga qo‘yilgan. Bu masala 

birinchi marta XVIII asr oxirida, Fransuz 

Revolutsiyasi davrida ko‘tarilgan edi. Ana 

o‘shandan buyon juda ko‘p marta jahon­

ning turli mamlakatlari tomonidan bu 

masala kun tartibiga qo‘yilib kelinmoqda. 

Maqsad – butun dunyo xalqlari talablariga 

javob beradigan yangi, o‘zgarmas kalen­

dar yaratish. Hozirgacha bunday kalendar 

loyihalaridan bir necha yuztasi turli yillar­

da BMTda ko‘rib chiqilgan.

To‘g‘ri, bu yangi kalendar loyihalarida 

yuqorida sanab o‘tilgan kamchiliklar bar­

taraf etilgan, biroq sayyoramizda yasha­

yotgan 6 milliard aholining turli dinlarga 

e’tiqod qilishini va bu dinlarning barchasi­

da haftadagi har bir kunning o‘z o‘rni, o‘z 

tarixi borligini e’tiborga olsak, taklif qili­

nayotgan bu taqvimlarni qabul qilish o‘ta 

mushkul masala ekanligi ayon bo‘ladi.

Qodir TO‘RAYEV,

Jizzax davlat pedagogika

institutining dotsenti.

Ravshan FOZILOV,

Jizzax davlat pedagogika

institutining Umumiy pedagogika

kafedrasi katta o‘qituvchisi.

Sim-sim


Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2013

22

A

dabiyotni har kim har xil tu­



shunadi. Chunki adabiyotdan 

har kim o‘zi cha zavq tuyadi. 

Biroq adabiyot haqida ehti­

roslarga ko‘p ham berilmay fikr yuritish 

kerak.

Mening dunyoga kelishimda, voyaga 



yetishimda ota­onam qanchalik o‘rin tut­

sa, o‘zimni o‘zim ma’nan tanishimda ki­

toblarning o‘rni g‘oyatda beqiyos. Orzula­

rim, hayajonim, xayolot olamim kitobga 

butkul bog‘lanib qoldi. Ko‘nglimdan kech­

gan hislar manzarasiga kitoblarda duch 

kelarkanman, bu dunyoda kitoblar borligi­

ga shukrona aytaman. Chunki har qanday 

asar mazmunidan odam “o‘zini” qidiradi.

Dastlab barcha ertaklarni topib, sevib 

o‘qirdim. Ular orqali menda inson, dunyo 

haqida ilk tushunchalar shakllangan. Sa­

babi adabiyot markazida inson va uning 

olami turadi. Insonni yuksak darajada tad­

qiq etgan asarlar bir millatga emas, butun 

bashariyatga tegishlidir. Mashhur yapon 

yozuvchisi Akutagava Ryunesenko: “Qa­

dimgi davr odamlari va bugungi zamon 

kishisining qalbi, ma’naviyati ko‘pgina 

umumiy xususiyatlarga ega. Hamma gap 

shunda”, – deb yozadi. Xuddi shuningdek, 

bugungi davr odamlarining ham his­

tuyg‘ulari bir qator o‘xshash tomonlarga 

ega. Mutlaqo boshqa turmush tarzida, 

dunyoning olis burchagida yashaydigan 

inson ham siz kabi sevishi, siz kabi so­

g‘inishi mumkin­ku! Aslida hamma gap  

shunda. Adabiyotning umuminsoniyligi 

ham shu mohiyat bilan izohlanadi. Shu 

sabab, kitob tanlashda milliy kitob va xorij 

kitoblarini ajratib o‘qish emas, balki ular­

ning umuminsoniylik xususiyatlarini ino­

batga olish zarur. Bugungi kitobxonlarning 

aksariyati milliy adabiyotimiz xazinasidan 

o‘ta zukkolik va topqirlik bilan foydalan­

moqdalar. Buning uchun bizga barcha 

imkoniyatlar yaratilgan. Birinchidan, yo­

zuvchi va shoirlarimiz yaratgan va yarata­

yotgan sara asarlar mukammal va to‘la 

nashr etilmoqda. Ta’bi nozik, didi yuksak 

kitobxonlar ulardan o‘zi xohlaganini olib, 

xo‘p va ko‘p mutolaa qilmoqdalar. Adabi­

yot bir dengiz bo‘lsa, milliy kitoblarimiz 

biz uchun undagi bir zilol tomchidir. Inson 

o‘z chanqog‘ini faqat bir qultum suv bilan 

qondirolmaganidek, jahonning buyuk 

mumtoz, durdona asarlarini o‘qimay turib, 

adabiyotga oshno ekanligimizni his qil­

maymiz. Shuning u chun milliy adabiyot 

sarchashmalaridan qanday bahramand 

bo‘lsak, o‘zga millat adabiyotidan ham 

shunday yayrab, bahramand bo‘lish kerak. 

Shunda solishtirish, muayyan fikr, xoliso­

na qarash shakllanadi. Duch kelganini 

o‘qish eng qimmatli va qaytmas boyligi­

miz – vaqtni yo‘qotishga olib keladi. Borini 

olib o‘qish yo qandaydir “sarguzasht” bi­

lan miyani to‘ldirib, qalbga hech nima 

bermaydigan kitoblarni mutolaa qilish 

Adabiyot, so‘z san’ati azaldan xalq 

qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat 

jarchisi bo‘lib keladi.

Islom KARIMOV 

Ma’naviy olam


Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2013

23

haqiqiy o‘quvchiga xos emas. Bugungi 

“bozori chaqqon”, “cho‘g‘i kam”, “suvi 

ko‘p”, oldi­qochdidan iborat kitoblarni 

adabiyotni ermak deb bilganlar o‘qimoqda. 

Ular Abdulla Qodiriyning haqgo‘y so‘z­

lari, Shukur Xolmirzayevning qaynoq qal bi, 

Tog‘ay Murodning jo‘shqin shijoatidan 

to‘la xabardor emaslar, ehtimol. Jahon 

adiblaridan Shekspirning o‘xshatmalari­

dan, Pushkin qalamining uchqunlaridan, 

Tagor haqqoniyatidan, Tolstoyning sami­

miyatidan xabardor bo‘lganlarida ular ola­

miga oshno bo‘lar edilar.

Bugun ba’zi kitobxonlar asosan detektiv 

asarlarni mutolaa qilishmoqda. Bunday 

asarlar qiziqarli voqealarga boyligi uchun­

mi, bir qarashda kitobxonni o‘ziga asir 

etib qo‘yadi. Ammo haqiqiy asar detektiv 

yo boshqa mavzudami insonga qalb 

ozuqasini bera olishi kerak. 

Mashhur rus adabiyotshunosi Belinskiy 

“Poeziya” nomli ilmiy asarida mo‘jizaviy 

in’om bo‘lmish san’atni atroflicha tahlil 

qiladi. Ularning barchasini bir­biriga so­

lishtirib, adabiyotni eng baland cho‘qqiga 

munosib ko‘radi. Adabiyotshunos buni 

shunday izohlaydi: “Musiqa, haykalta­

roshlik, rassomlik hamda adabiyot qalbga, 

yoyinki aqlga kuch, ozuqa beradi. Ammo 

har ikkalasiga ham birday ta’sirni, to‘g‘ri­

rog‘i zavq­u shavqni faqatgina adabiyot­

dangina olamiz”.

Demak, mutolaa qilayotgan kitobimizga 

adabiyot namunasi degan nomni berish­

dan avval yuqoridagi ikki mezonga ko‘ra 

baho beraylik. Kimdandir qasos olish, 

qon­talashlar­u, “omadli” inspektorning 

jinoyatni ochishi haqidagi detektiv asar 

bekorchilar uchun ermak xolos.

Ammo shu mavzudagi Artur Konan 

Doylning “Sherlok Xolms va Doktor Vat­

sonning sarguzashtlari” asarini o‘qigan 

o‘quvchi aqlan chiniqadi. Shaxmat aqlni 

charxlaganidek, Sherlok Xolmsning tug‘ma 

iste’dodi, ya’ni ziyrakligi bizni hayratga 

soladi, aqlimizni o‘tkirlashtiradi. Menim­

cha, detektiv bilan “detektiv”ning ham 

farqi bor.

Ijodkor har bir asarini jonining bir par­

chasini berib yaratadi. Unga baho berishda 

yetti emas, balki yetmish marta o‘qib 

yondashmoq zarur.

Kitobxon haqiqiy asarni qachon ajrata 

oladi? Qachonki tinmay mutolaa qilsa, 

ko‘proq va xo‘proq o‘qisagina. Negaki, 

adabiy did tajribali kitobxonlarda shaklla­

nadi. 


Boshlanishiga qo‘lingizga tushganini 

o‘qirsiz, go‘yo Jek Londonning Martin 

Idenidek. Boshidagi tajribasizlik keyincha­

lik mutolaa natijasida kitobning sarlavha­

si­yu kirish so‘zidan unga muayyan bahoni 

berish darajasiga olib keladi. Ammo vaqt 

o‘tishi bilan tanlab, saralab o‘qishni o‘rga­

namiz. Ana shunda adabiyotning sehrli 

zavqi, allaqanday quvonchlari siz uchun 

kashf etiladi.

Zuhro ASADOVA.

Ma’naviy olam


Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2013

24

alqimizda ajoyib bir 

naql bor: “Go‘dakdan 

jannat hidi keladi”, de­

yishadi. “Beshik” deb atalmish bir 

tilsim borki, go‘yo undan mudom 

go‘dak ifori kelib turgandek... 

 

H ech millatda uchramaydigan bu 



tilsim qadim­qadimlardan hozirga 

qadar o‘z qadr­qimmatini yo‘qot­

magan. Shuning uchun bo‘lsa ke­

rak, o‘zbek xonadonlarida bolalar­

ning beshikda ulg‘ayishi odatga 

aylangan. Beshik yasaydigan usta 

hunarmandlar doimo xalq e’tiborida bo‘l­

ganlar. Darvoqe, har tomonlama pishiq, 

qulay qilib ishlangan beshikni tanlay bilish 

ham juda muhim hisoblanadi, boisi u na­

faqat to‘ ng‘ich farzand uchun, balki uning 

uka­singillariga ham beminnat xizmat qil­

mog‘i darkordir. 

 Bugungi kunda yurtimizda milliy hu­

narmand chilik sohasiga ham yuksak e’ti­

bor qaratilib, keng imkoniyatlar eshigi 

o chib berilgan. Shu sabab ushbu faoliyat 

bilan shu g‘ullanuvchi yakka tartibdagi tad­

birkorlar safi ham kun sayin oshmoqda. 

Bunda, albatta, muhtaram Yurtboshimiz 

tomonidan 2010­yil 30­martda qabul qilin­

gan “Xalq badiiy hunarmandchiligi va 

amaliy san’atini rivojlantirishni yanada 

qo‘llab­quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni 

muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Yara­

tilayotgan imkoniyat va qator qulayliklar 

tufayli xalqimiz orasida o‘z kasbi ortidan 

obro‘­e’tibor topayotgan, milliy an’ana va 

qadriyatlarimizni yanada boyitayotgan va­

tandoshlarimizning saflari ancha keng. 

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shah­

ridagi “Kapkon” mahallasida To‘ychi aka 

haqida so‘ ra sangiz, u kishini hamma ta­

niydi. Sababi, u kishi otameros kasbi or­

qali xalq hurmatini qozongan mohir hu­

narmandlardan. Mana 35 yildirki qo‘lidan 

tesha­randasi tushmaydi, necha­necha 

hamshaharlarimizning farzandlari uchun 

beshik yasash bilan mash g‘ul. Bu kasbning 

bardavomligi uchun ko‘prik vazifasini o‘ta­

yotgan  ko‘plap shogirdlarga ustozlik qi lib 

kelmoqdalar. 

Biz ham ustani ayni ish ustida suhbatga 

chorlab, hunarmandchilikning sir­sinoat­

lari haqida so‘radik:

– Otamni Jalilbobo usta deyishardi. Erta 

tongdan kech shomga qadar beshik yasab, 

shogirdlariga ustozlik qilar edilar. Balki 

beshik yasashga bo‘lgan mehr­muhhabbat 

o‘sha kezlardanoq uyg‘ongandir. Beshik 



Qadriyatlar sabog‘i

Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2013

25

yasash biroz qiyinroq bo‘lsada, biroq ish 

yakunlanganida barcha charchoqlar chiqib 

ketadi. Chun ki jajji go‘daklar uchun tayyor 

yotoq – bu, beshik hisoblanadi. Ilk bor 18 

yoshimda mustaqil beshik yasagandim. 

Shunda otam yonlariga chaqirib: “O‘g‘lim 

beshikni pul topish uchun yasashni o‘r­

gangan bo‘lsang, bu ishga qo‘l urish be­

foyda”, – deganlar. 

Xalqimizda beshik sotib olinayotgan 

mahalda hech qachon narx talashilmaydi. 

Aytilgan narxda sotib olinadi. Bejirim 

naqshlar bilan bezatilgan beshikni tomo­

sha qilishning o‘zi ham tomoshabinga 

ajoyib zavq ba g‘ishlaydi. Oddiy yog‘och 

va mohir qo‘llar yordamida shunday mo‘­

jiza yaratilganiga yana bir bor tahsin ayt­

maslikning iloji yo‘q. Qahramonimiz yana 

beshik yasash jarayoni haqida to‘lqinlanib 

gapirib ketdilar: 

– Yoshligimda bitta beshik yasash u chun 

4–5 nafar kishi urinib, ishni 3–4 kunda tu­

gatsak, endi esa zamonaviy asbob­ukuna­

lar yordamida bir kunda be shikni yasash 

mumkin. Beshikni yasash uchun ishlatila­

digan har bir daraxtning o‘z o‘rni hamda 

ahamiyati, tarixi mavjud. Masalan, tut 

daraxti baquvvat bo‘lishi bilan bir qatorda 

uning sermevaligi ham muhim ahamiyatga 

ega hisoblanadi. Chunki beshikni sotib ol­

gan oilaning ham farzandlari tut daraxti­

dek serfarzand bo‘l 

sin degan irimlarga 

qadimdan ota­bobolarimiz ixlos qilib, ko‘p­

roq shu daraxtdan beshiklar yasashgan. 

Tol yog‘ochi ham mustahkam, qurt tush­

maydi va o‘zidan har xil noxush hidlarni 

chiqarmasligi bilan boshqa daraxtlardan 

afzal turadi. Uning o‘rnini eng zamonaviy 

karavotlar ham bosishi mushkul. Ikki yo­

nidagi yo‘rg‘alari hamda ularga tutdan 

ishlangan yarim doira shaklidagi egmoch­

lar mustahkam joylashtirilgan. Maxsus ti­

kilgan abzallar va qovus to‘shakcha (max-

sus tog‘ archasidan tayyorlanadi), taglik 

ko‘rpa cha, yostiqcha­yu qo‘l bog‘lar, chor­

vapo‘sh va choyshab ham o‘z vazifalariga 

ega. Beshikning yasalishi ham tomosha­

binda ajoyib zavq va katta qiziqish uy­

g‘otadi. Sababi uning egmochlari hamda 

tag qismi tutdan ishlanib, dastasi va qub­

basi toldan yasaladi. Dastaning turfa tabiiy 

ranglarga bo‘yalishida ham katta hik 

mat 


bor. Bola ko‘z o‘ngida dunyo xilma­xil 

ranglarda akslanadi va borliq uning idro­

kida ang 

lashilib boraveradi. Mo‘jazgina 

do‘ kon ga tashrif buyurgan xaridor o‘zini 

mo‘jizalar maydonchasiga tushib qolgan­

dek his eti shi tabiiy hol, chunki sotish 

u chun terib qo‘yilgan beshiklarning har 

biridagi bezaklar ko‘zni qamashtirgudek 

nafis matolardan bejirim yopinchiqlar, du­

xobadan choki ravon ko‘rpachalar tikilgan. 

Bilishimizcha, ularni To‘ychi akaning umr 

yo‘l doshlari Sayyora opa tikar ekanlar. 

– Hozirda bu hunarni o‘g‘lim Ravshan­

bek ham katta qiziqish bilan o‘rganib, da­

vom ettirmoqda, – deydi biz bilan suhbat 

orasida To‘ychi aka. 

Chindan ham, usta yasagan bejirim va 

sifatli beshiklarning xaridorlari ko‘p, 

shundanmi u kishi hamisha el olqishida 

yuradilar. Eng muhimi usta o‘z bilim va 

tajribalarini, ushbu hunarning sir­sinoatla­

rini o‘ttizdan ortiq izdoshlariga qunt bilan 

o‘rgatishda davom etmoqda. Bu kamtargi­

na usta birgina beshik yasash bilan chek­

lanmasdan, balki har xil turdagi zamon 

talablariga javob bera oladigan bejirim 

mebellar ham yasaydilar. Hunarmand 

yaqin yillar ichida kichik korxona tashkil 

etish niyatida. Darhaqiqat, boshqa kasblar 

singari hunarmandchilikda ham izlanish, 

yangilikka bo‘lgan intilish ish rivoji omili­

dir. Elga beminnat xizmati uchun bel bog‘­

lagan kamarbasta usta hunarmand Haqna­

zarovlar oilasiga ezgu ish yo‘lida ulkan 

zafarlar tilab qolamiz. 

Asila IBRAGIMOVA.

Qadriyatlar sabog‘i


Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2013

26

(Esdaliklar)

Bahorgi ayoz

Ayoz va shimol bo‘roni quyoshning bor 

urinishlari, kun bo‘yi ter to‘kib qilgan 

mehnatini birpasda chippakka chiqarish­

di, hammasi ayqash­chuyqash bo‘lib ketdi: 

hatto moviyrang gunafshalar ham billur 

qorga burkanib, ushlasang, sinib ketgu­

day, quyosh ham bu holatdan uyalgani­

dan turolmay, qo‘zg‘alolmay qolganga o‘x­

shar di.


Moviy soyalar

Borliqqa ayozli va yorug‘ sukunat 

cho‘kdi. Kechagina yoqqan birinchi qor 

yupqa muz ustida mayin upaday sepilib, 

yarqirab yotardi. Muzlar esa hali­beri eriy 

demas, aksincha, dalada ham, quyosh 

nurlarida ham soyadagidan ko‘ra yaxshi­

roq, tiniqroq jilvalanardi. Har bir eski 

shuvoq, maysa, qariqiz, o‘tpoyalar yarqi­

rab turgan birinchi qor – oynaga qarashar­

di. O‘zlarini shu ko‘zguga solishardi, ya­

nada moviy, yanada go‘zal ko‘rinishardi.



Shoshilmay kelar bahor

Tunda ayoz turmadi. Kulrang kun, havo 

ham iliq emas. Bahor sekin­astalik bilan 

siljimoqda: hali muzlari erib bitmagan 

hovuzlarda baqalar boshini ko‘tarishib, 

yarim ovozda vaq­vaqlashadi. Bu xuddi 

olislarda katta yo‘lda biz tomonga qarab 

kelayotgan aravalarning shovqiniga o‘x­

 (1873–1954)

tabiat kuychisi va musavviri – taniqli rus yozuv-

chisi mixail mixaylovich Prishvin hayotining yo‘li 

ikkiga bo‘lindi: birinchisi – o‘ziga to‘q oilada kech-

gan bolaligi, yoshligi, muhit, gimnaziya, oliy tahsil, 

Klin va lugadagi agronomlik faoliyati, shu sohaga 

oid birinchi kitobi va... u kutilmaganda ikkinchi 

yo‘lni tanladi. Prishvin xizmatdan bo‘shadi-yu, 

butun Shimol va Kareliyani qalam va daftarlari 

bilan piyoda aylandi.

“Yovvoyi qushlar o‘lkasi” nomli kitobi uni yo-

zuvchi sifatida tanitdi. O‘rta rossiya, Shimol, Qo-

zog‘iston va Uzoq Sharqni kezib chiqqan adib 

kitoblari bugungi kunda ham barchaga birdek 

sevimli va qadrli.

Quyida shoira, tarjimon Oygul Suyundiqova-

ning ijodkor asarlaridan qilgan tarjimalarini o‘qiy-

siz.


Oq yomg‘ir

Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2013

27

shab ketadi. Yer haydash davom etmoqda. 

Qorning so‘nggi bo‘laklari ham eriydi. 

Ammo hali tuproqdan issiq hovur ko‘taril­

ganicha yo‘q. Suvlar iliqlashmadi hali. 

Bahor erta kelgan bo‘lib ko‘rinsa­da, u 

shoshilmay kelardi. Borliqda noqulaylik 

mavjudday. Qor yaqindagina yog‘di, qish 

bo‘yi yog‘madi hisob. Endilikda esa vaqti­

dan oldin haydalgan yerlar ham bevaqt 

muzladi. Yong‘oq gulladi, ammo hali 

changlanmagan. Qushchalar qor uchqun­

larini cho‘qilab ko‘radi, hali iliqlik sezil­

maydi. Qorga burkanib olgan yaproqlar 

qalin, kulrang.

Kecha valdshpen mana shu barglarga 

tumshug‘ini tiqib, undan urug‘liklarni ol­

moqchi bo‘ldi; shu payt biz kelib qoldik. U 

uchmoqqa chog‘landi, ammo tumshu g‘i­

dagi bargga o‘ralgan eski ari uyasidagi 

mayda meva urug‘larini tashlab yuborish­

ni istamadi. Men uni urib tushirdim, uning 

tumshug‘ida esa o‘ntacha eski ari uyasida­

gi barg parchalari osilib turardi.



Download 356.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling