Barkamol avlod – Vatanning baxti
Download 356.36 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suvlar qo‘shig‘ining boshlanishi
- Oq yomg‘ir Sog‘lom avlod uchun | 12
Birinchi jilg‘alar Men qushlar qanotidan yengil uchgan tovushlarni eshitdim. Itimga qaradim: “Ko‘rib, bilib kelchi, chindan ham qushlar uchishdimikan?” Kenta xotirjamlik bilan qaradida, cho pib ketdi. Men esa suv oqishini kuzatish istagida orqaga qaytdim, qaytayotib, yo‘l yo‘lakay yana qushlar qanotidan ko‘chgan tovushlarni eshitdim, yana va yana... Bu tovush borgan sari kuchaydi, tinma di. Nihoyat, tovushlarning to‘xtabto‘xtab qolish sirini angladim. Qorlar ostidagi eng kichik jilg‘alar shunday kuylashadi. Bu menga shunday yoqib tushdiki, erinmay boshqa irmoqlarga quloq tutdim, hayrat landim. Ular birbiriga o‘xshamas tovush larda ohang taratardi. Birinchi gul Sarin shabada eski, ammo chirimagan barglarni yengilgina silkib o‘tdi, deb o‘yla dim. Aslida birinchi kapalak uchib ketgan ekan. Ko‘zim oldi mavjlandi. Boychechak – birinchi gul qulf urib ochilayotganini ko‘rdim.
Men shahardan unchalik uzoqlab ket ganim yo‘q edi: hammasi eshitilib turibdi. Elektrovozlarning ovozi, turlituman taqir tuqurlar, ammo muhimi bu emas. Chunki o‘rmonning o‘ziga xos sukunati bor. Bu sukunat juda harakatchan, butun diqqat e’tiborimni o‘ziniki qilib olgan. Shahar shovqinini menga eshittirmaydi. Men ketib borardim. Yomg‘ir yongi namda bo‘lsada, uni sezmasdim. Men bi rinchi marta yomg‘irni yosh qayinning ol diga kelganimda ilg‘adim. U samoviy ranglar bilan birinchi bor uchrashayotgan dek qizarinib borar, rangsiz kattakatta tomchilar qayin butoqlarida osilib turar, bu butoqlarning kattaligi sambittollarniki day ko‘rinardi. Qora ko‘prikkacha yurib bordim. U yer da irmoqlar hali qalin qor uyumlari ostida jimirlayotganini ko‘rdim. Faqat qayerlar dadir suvga to‘lgan chuqurliklar ko‘zga tashlanib qolardi. Men bugun bahor suvla rining birinchi qo‘shiqlarini tingladim. Sevinch yoshlari Tunda Teribrovaga ketdik. Karqushlar makoniga tungi soat birlarda yetib bordik. O‘rmonda to‘xtamay yoqqan yomg‘ir osti da tongda sakkizgacha yo‘l bosdik. Biron bir qushning ovozi eshitilmadi. Qaytayot ganda tog‘terakda bo‘rtib turgan to‘liq kurtaklarni ko‘rdim. Ular avvalgi tunda ko‘rganim kabi izg‘irinda ham shunday xushbo‘y taratib turardiki!.. Yomg‘ir esa ertalabgacha yog‘di. Kulrang tong turdi. O‘rmonni yuvgan sevinch yoshlarimi, qayg‘udanmi – bilol madik. Ammo devorlar ortidan qushlar ovozi eshitildi. Deraza ortidagi qayin da raxtlarida g‘am ko‘z yoshlari emas, sevinc h tovlanib turardi.
Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2013 28 Birinchi ku-kulash Ochiq ko‘l. Uning yonida turib, ko‘ng limdan faqat bir o‘y o‘tadi – suv yoqalab, o‘rmonga kirish. O‘rmon ichidagi Usolye qishlog‘ida qayiq ustalari yashashadi. Ularning oldiga borishim kerak. Ko‘lning o‘ng tomonida baland qa rag‘ayzor shovullaydi, chap tomonda yovvoyi botqoqli o‘rmon yoyilib ketgan. Atrofni kattakatta botqoqlik kengliklari qamrab olgan. Qarag‘ayzor. Quyosh nuri ning yuqlari o‘rnashib qolgan mayda me vali buta o‘simliklari bo‘ylab ketarkan man, ko‘zimga allaqanday soyalar chali nadi. Boshimni baland ko‘tarib qarasam, ular – u qarag‘aydanbu qarag‘ayga ovoz chiqarmay uchayotgan kalxatlar ekan. – Ertalabki sovuq havo kechga borib o‘tib ketdi, – dedi bizga o‘rmonchi. – Ha, tong, – dedim, – anchagina salqin edi. – Tongdanoq qushlar gumburlatib olam ni buzguday kuylaganini ko‘rsangiz edi! Xuddi shu damda qichqiriq yangradi, Shunda biz yiqilib tushgan qayinning usti ga o‘tirib dam oldik. Qarshimdagi ulkan shumurt daraxtiga qaradim. Kukulashini zo‘rg‘a ilg‘ab oldik. Bu qushlar ovozi qa rag‘ayzor bo‘ylab, suzib ketdi. Sayroqi qi zilishtonlar, kichikkichik qushlar ham sayrab, yayrab ketishdi. Butun qarag‘ay zorni qushlar ovozi tutdi. Ammo hech kimning ko‘zi tushmas balandbalandlarda shoxdanshoxga uchib qo‘nayotgan vah shiy qushlar – kalxatlar qanotlarining so yalari butoqlarga, maysa yuzlariga kelib urilardi.
G‘irashira tong. Oy atrofni yorishtirib turibdi. Hali sharq tomon qorong‘u. Bari bir, quyosh nurlari ko‘tarilib ketgani sari oy ostida moviyrang yalangliklar yoyilib ketadi.
Ko‘l muzlik bilan qoplanganday, ammo g‘alati va asabiy ruhda tarqaldi tuman. Qishloq tomonlarda xo‘rozlar va oqqush larning qiyqiriqlari eshitiladi. Men uquvsiz musiqachiman, ammo nazarimda, oqqushlar ovozi baland oq to vus, baland uchgan turnalar qiyqiriqlariga juda o‘xshardi. Ular tong yorishishi bilan botqoqliklarga ham nur chorlashayotgan dek. Oq tovusniki pastroq, g‘ozlarnikidek g‘uldirg‘uldir, g‘alag‘ovur. Ehtimol, bu – oy nuridan yoki tong yog‘ dularidandir, moviy yalangliklarda, ba landda butun osmonni qoplab olgan quz g‘unlar va zag‘chalarni ko‘rdim. Quzg‘un lar oldindan mo‘ljalni olib borishar, zag‘ chalar ularning izidan qolishmasdi. Nima uchun zag‘chalar quzg‘unlar izidan qol may uchishlarini qanday bilsa bo‘ladi? Men dunyodagi hamma narsa aslida ma’ lumu, faqat men bechora hech narsani bilmayman, deb o‘ylagan paytlarim ham bo‘lgan. Keyinroq anglashimcha, tirik ta biatning eng oddiy sirini olimlar ham bil masligi mumkin ekan. Ma’lum bo‘lishicha, ayrim qora qarg‘alar ham ko‘chmanchi ekan. Nima uchun zag‘chalarning ayrimlari quzg‘unlar bilan birga uchib ketisholmaydi? – deb o‘ylay man hamon… Tonggi shamol turdi va u mening ar chamni yiqitdi. U dalaning o‘rtasida bo‘lib, u orqali g‘ozlar suzib o‘tishi mumkin edi. Men archani yana tiklab qo‘ymoqchi bo‘ldim, ammo men ishimni tugatdim hamki, g‘ozlar ko‘rindi. Men archaning orqasiga o‘tdimda, g‘ozlardan berkindim. Biroq ular archani bir necha marta ayla nishdiyu, unga shubha bilan qarashgan day yaqin kelishmadi. Uzoqqa uchib ke tishdi. Dubovets yaqiniga o‘rnashib olish di. Men ularga dala o‘rtasidagi tolning kattakatta butoqlari oralab yaqinlash moqchi bo‘ldim. O‘rimyig‘imdan bo‘sha gan dalada oppoq ayoz hukmron, mening soyam shu yupqa muzliklarga tushib, mendan oldinga siljir, men esa buni ancha vaqtgacha sezmabman ham. Birdan men dan oldinda ketayotgan ulkan, qo‘rqinchli nimadir g‘ozlarga yaqinlashib borardi. Odam ning qo‘rqinchli soyasi oppoq muzlikda
Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2013 29 titrab ketdi, g‘ozlarda sarosimalik boshlan di. Kutilmaganda ular – ikki yuzta ovoz – Ikki yuztadan kam emas! – hujumga otilganday men o‘tirgan butoqqa tashlanishdi. Men butoqning ichiga kirib olishga, o‘zimni yonimda turgan daraxt tanasi bilan yashi rishga zo‘rg‘a ulgurdim… Ivan va Mariya Kech kuz havosi ba’zan ertagi bahorga o‘xshab ketadi: bir tomon – oppoq qor, bir tomon – qoraygan tuproq. Faqat bahorda hammayoqdan tuproq hidi, kuzda esa qor hidi ufuradi. Bu o‘zgarishlarga biz birdan va shunday bo‘lishi kerakday ko‘nikamiz – qishda – qorga, bahorda – yer hidiga, yozda – tuproq taftiga, kuzda – yana qor hidiga.
Quyosh har zamonda bir ko‘rinib, shun day zavqli onlarni in’om qilib ketadiki, tasavvur qilish qiyin! Shunda ko‘zlarimiz ga shamollardan omon qolgan tol barglari yoki shundoq oyog‘imiz ostida jilmayib turgan ko‘mko‘k gullar ko‘rinadi, dilimiz ni nurlantirib yuboradi. Ko‘mko‘k gulga qarab, hayratlanaman. Unda Ivanni ko‘raman. Yolg‘iz shu Ivangi na tirik qolibdi. Bu bizning ma’lum va mashhur gulimiz – Ivan va Mariya! To‘g‘risini aytsam, Ivan haqiqiy gul emas. U juda ko‘plab maydamayda jinga la bargchalardan iborat. Haqiqiy gul, bu – onalik va otalik gullari sarg‘ish tus olib, tovlanib turgan oltinrang – Mariya. Aynan Mariyadan tushgan kuzgi urug‘lar yana yil bo‘yi yerni qoplab olishadi. Mariyaning yumushi og‘irroq. Shuning uchun ham u Ivandan avvalroq yerga tushadi. Menga esa Ivanning ayozlarga dosh be rib, ko‘mko‘klashib ketgani yoqadi. Kech kuzning moviyrang gulini nigohlarim bilan kuzatar ekanman, ohista so‘rayman: – Ivan, hoy, Ivan! Mariyang qayerda? Rus tilidan Oygul SUYUNDIQOVA tarjimasi.
Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2013 30 Tog‘dan nega ko‘chki tushadi? Ko‘chki – bu, tog‘ qiyaliklaridan tusha digan juda katta hajmdagi qor to‘plamidir. Ko‘chki katta kuch va tezlik bilan sirg‘alib yo‘lyo‘lakay qor uyumlarini yanada ko‘ paytiradi va pastlikka otiladi. Qor ko‘chkisiga kuchli bo‘ron, qalin qor yog‘ishi, havo haroratining keskin tushib ketishi sabab bo‘lishi mumkin. Bu narsa ko‘proq bahorda – qor erishida ro‘y bera di. Ba’zan qulayotgan qor to‘pining old qismida to‘lqin paydo bo‘ladi va katta ta lofat keltiradi. Nima uchun suv toshqini paydo bo‘ladi? Odatda, uzoq davom etgan sel va katta hajmdagi qor ko‘chkisi suv toshqiniga sa bab bo‘ladi. U asosan mavsumiy bo‘ladi. Masalan, Rossiyada bahor payti, kuzda esa Uzoq Sharqdan keladigan musson yom g‘iri tufayli yuzaga keladi. Ba’zan kuchli shamol dengizdan suvni quruqlikka hay dashi sababidan ham suv toshqini kelib chiqarishi mumkin. Kishilarning tabiat bilan noto‘g‘ri mu nosabati ham bunga sabab bo‘ladi. Aytay lik, suv oqimini tabiiy ravishda boshqa ruvchi o‘rmonlarni haddan ziyod qirqish ham shunga olib keladi. Eng katta suv toshqini 1931yil Xuanxe daryosida yuzaga kelib, 3,5 mln kishining qurbon bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Respublikamizning tog‘li hududlarida ham bahor, kuz paytlari ba’zan suv tosh qinlari bo‘lib turadi. Albatta, buning oldini olish uchun oldindan turli choralar ko‘ril sada, har bir kishi ehtiyot bo‘lishi kerak. Zilzila qanday sodir bo‘ladi? Tektonik jarayon bo‘lgan zilzila litosfera plitalarining to‘qnashuvidan paydo bo‘la di. Ular birbiriga qarab siljiydi yoki ba’zan yer po‘stining yorilishi yuz beradi. Tog‘ jinslarining yorilgani tufayli yoki siljigan joylari zilzila o‘chog‘i sanaladi. Uning chu qurligi bir necha o‘n, ayrim hollarda yuz lab kilometrgacha yetadi. Zilzila o‘chog‘i ustida joylashgan yer qismi nisbatan kuch li silkinib, u epitsentr deb yuritiladi. Yer po‘s
tining yorilishi ba’zan uning yuza qismigacha yetib boradi. Bunday hollarda ko‘priklar, yo‘llar, inshootlar vayronaga ay lanadi. Ko‘pincha zilziladan so‘ng, yerning ma’lum bir qismi cho‘kadi va suv bilan to‘ladi, daryolarning kesishgan joylarida sharsharalar paydo bo‘ladi. Zilzila yerning hamma joyida bir xilda ro‘y bermaydi. U ko‘pincha tor qutblarda to‘planadi. Vulqon tufayli kelib chiqadigan Fan va zakovat
Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2013 31 zilzilalar ham bo‘lib turadi. Ular vulqon chuqurligida qaynayotgan gaz va lava yerning yuza qismiga bosim o‘tkazishi tu fayli yuz beradi. Bunday zilzilalar kuchsiz bo‘lsa ham uzoq davom etadi. Ular bir necha hafta yoki oy davom etishi mumkin. Zilzilada nega uylar silkinadi? Zilzila chog‘ida yer po‘sti chayqalib, turli yo‘nalishda to‘lqinsimon tarqaladi. Bu to‘lqinlar tarqalish chog‘ida yo‘lida uchragan to‘siqlarga uriladi. Shu sabab, zilzila payti uylar silkinadi, ba’zan vayron bo‘ladi. Yerning qimirlash kuchi ma’lum bir ball bilan o‘lchanadi. Bunda 12 balli tizim keng tarqalgan. 7 balldan yuqorisi vayronagarchilik keltiradi, deb belgilan gan. Zilzila o‘chog‘idan boshlangan silki nish kuchi undan uzoqlashgan sari susayib boradi, ular butun dunyodagi seysmik stansiyalar orqali qayd etiladi. Qanday zilzila xavfli ? Odamlar butun yer yuzida bo‘ladigan zilzilalarning o‘ndan bir qismini sezishadi. Ularning kuchi odatda zilzila o‘chog‘ining chuqurligiga bog‘liq. Ya’ni u Yer yuzasiga qancha yaqin bo‘lsa, silkinish kuchi shun cha yuqori bo‘ladi. Masalan, 1963yil 26 iyulda Yugoslaviyaning Skoplye shahrida yuz bergan yer qimirlash o‘chog‘i uncha chuqur bo‘lmay, 1000 dan ortiq kishi qur bon bo‘ldi va 3/4 qism binolar vayronaga aylandi. Bundan tashqari zilzila oqibati tuproq tarkibiga ham bog‘liq. Nisbatan vayronagarchiliklar mo‘rt, quruq va bo‘sh tuproqlar mavjud joylarda yuz beradi. YIl FaSllarI Va IQlIm Kun va tun qanday almashadi? Kun va tun almashinuvi Yerning o‘z o‘qi atrofida 24 soat ichida soat strelkasiga qaramaqarshi (G‘arbdan Sharqqa) ayla nishi tufayli ro‘y beradi. Har doim Yerning bir tomoni quyoshga qaragan (kun), ik kinchi tomoni soyada (tun) bo‘ladi. Qu yosh Yerdan farqli ravishda harakatlan maydi, ammo bizga u doim Sharqdan G‘arbga qarab aylanayotgandek tuyuladi. Shu sababli u nazarimizda, Sharqdan chiqib, G‘arbga botadi. Quyosh nega tunda ham nur sochadi? Yo‘q, bu hodisa hamma joyda yuz ber maydi, ammo shunday hududlar bor. Yoz oylari qutb mintaqalarida quyosh gori zontga botmaydi va shu sabab bu vaqtda kun va tun almashmaydi. Qishda aksin cha, quyosh yettisakkiz hafta davomida chiqmaydi va sovuq qish kunduzi bir ne cha soatlik g‘irashira, o‘ta kuchsiz yorug‘ lik bilan o‘tib ketadi. Shu bois bunday g‘aroyib hodisani – ya rim tunda quyosh chiqishini ko‘rish uchun dunyodagi ko‘plab sayyohlar Shimoliy qutbga kelib, “Oq tun”ni ko‘rishadi. Yil fasllari qanday almashadi? Sayyoramizda yil fasllari Yerning qu yosh atrofida aylanishi, yer o‘qining egil gani va unga nisbatan o‘z yo‘nalishini saqlab qolgani uchun almashadi. Iyundan to sentabrgacha, ya’ni Shimoliy yarim shar quyosh tarafga qaragan paytda Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikada yoz bo‘ladi. Dekabrda esa Janubiy yarim shar quyosh ga yaqin bo‘ladi. Yangi yil arafasida Avs traliyada yoz, Yevropada esa qish hukm suradi.
Mart va sentabrda quyosh nurlari ekva torga perpendikulyar holatda tushadi, ik kala yarim sharda esa tegishli ravishda bahor yoki kuz fasli namoyon bo‘ladi. Yer qanday tezlikda aylanadi? Ma’lumki, Yer shari aylanasi uzunligi 40 ming kilometrga teng. Ekvator bo‘ylab hisoblansa, Yer o‘z o‘qi atrofida soatiga 1600 km tezlikda aylanadi. Rustam BOYTO‘RA tayyorladi. Fan va zakovat
Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2013 32 O‘zbek xalqi azalazaldan sut va sut mahsulotlarini sevib iste’mol qiladi. Boisi sut ming dardga shifodir. Bobomiz Abu Ali ibn Sino ham qand kasali bor bemor larga qaynab sovigan sigir sutini tongda ichishni tavsiya qilganlar. Chunki sut mah sulotlari qanchalik toza va tabiiy bo‘l sa, uning shifobaxshligi ham shunchalik yu qori bo‘ladi. Oksford universiteti olimlari ning fikricha, sut miya faoliyati va xotira mustahkamligi uchun juda foydali. Sababi, tabiiy sut tarkibida ko‘plab aminokislota lar hamda vitaminlar mavjud. Ular fanda “Xotira vitamini” deb ataluvchi B 12 nomi bilan yuritiladi. Mutaxassislar xotira bilan bog‘ liq muammolarning oldini olish uchun har kuni 3 stakan qaynatilgan sut ichishni za rur deb bilishadi. Laktoza yetishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarga sut ichish tavsi ya etilmaydi. Qizig‘i, avstraliyalik olimlar sut tarkibi da OITS xastaligidan himoya qiluvchi mod dalar borligini aniqlashdi. “Medical Xpress” nashrining yozishicha, maz kur moddalar dan foydalanib mutaxassislar xotinqiz larda OITS kasalligining oldini oladigan maxsus malham yaratish niyatidalar. Sut mahsulotlari haqida so‘z ketganda, “Sahro kemalari” bo‘lmish tuya sutining shifobaxshligi bilan ajralib turishini e’tirof etish joiz. Tuyalar bundan ikki ming yil muqaddam xonakilashtirilgan. Ular asosan cho‘l va sahro, dasht, yaylovlarda yashash ga odatlangan, suvsizlikka o‘ta chidamli hayvon hisoblanadi. Tuyalarning nafaqat suti, balki go‘shti, terisi shifoli, juni esa foydalidir. Otabobolarimiz agar kimda kim har kuni nahorda och qoringa ovqat lanishdan 1–2 soat avval bir piyola tuya yoki ko‘k sigir sutini ichsa, ko‘p dardlardan forig‘ bo‘ladi, deydilar. Momolarimiz qa dimda ko‘kyo‘tal bilan og‘rigan bemorlarni ko‘k sigir suti bilan davolaganlar. Tuya suti ham foydaliligi jihatidan sigir sutidan farq qilmaydi. Tuya suti tarkibidagi yog‘ miqdori 3,5 yoki 4 foizni tashkil etadi. Tuyalar yiliga 2500–3000 litr sut berish xususiyatiga ega va ularning sut berish davri o‘rtacha 18–19 oy davom etadi. Qi zig‘i shundaki, sigir kunida ikki marta sog‘ilsa, sersut tuyalarni bir kunda 4–5 marotaba sog‘ish ham mumkin. Keksalari miz qimiz va qimrondan kamqonlik, sil, nafas olish a’zolarini, yurak kasalliklarini davolash uchun foydalanganlar. Sutni sog‘lom insonlar iste’mol qilsalar, chan qog‘i bosilib, tanasi tetiklashadi hamda ochlikdan saqlaydi. Ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Mutaxassislar sut mahsulotla rini sho‘r narsalar, go‘sht, tuxum, turplar bilan iste’mol qilishni tavsiya etishmaydi. Asila ELBOBO qizi SUT – MING DARDGA DAVO Foydali maslahatlar Download 356.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling