Barkamol avlod


 Bolalar folklor qo‘shiqlari va raqs harakatlari


Download 420.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana22.10.2017
Hajmi420.97 Kb.
#18413
1   2   3   4   5

4. Bolalar folklor qo‘shiqlari va raqs harakatlari. 

 

O‘zbeklar  bolalar  folkloriga  oid  asarlarni  bir 

necha  asrlar  oldinoq  hozirgi  zamon  pedagogikasi 

talablarini  his  etgandek  yaratganlar.  Aslida  xalq 

bu  talablarni  o‘zicha  hisobga  olgan.  Pedagogika 

fani  esa  ularni  keyinchalik  kashf  qilgan.  Xususan 

bolalar 

uchun 


yaratilgan 

asarlarning 

tili 

sodda,mazmuni  esa  esda  qoladigan    bo‘lishi 



lozim.  Shuningdek  bu  asarlar  albatta  tarbiyaviy 

ahamiyat  kasb  etgani  holda,  bolalarda,  xalqiga, 



 

vataniga,  qadriyatlariga,  ajdodlariga  hurmat  ruhini  shakllantirishi  kerak.  Bunday 



namunalar  farzandlarimizning  ma’rifiy  ozuqasi  hisoblanadi.  Bo‘rinig  yirtqichligini, 

tulkining  ayyorligini  ular  dastlab  o‘zlariga  atalgan  ertaklardan  bilib  oladilar.  Ayni 

paytda,  bunday  asarlar  bolada  go‘zallikka  intilish  tuyg‘usini  uyg‘otishga  ham 

mo‘ljallangan bo‘ladi

Ota-bobolarimizdan 



avloddan–avlodga 

o‘tib  kelayotgan  bolalar  folklor  qo‘shiqlari, 

raqslarini  kelajak  avlodga  etkazish  bizning 

burchimizdir. 

Ijro 

etish 


ko‘nikmalari 

shakllantiriladi.“Oftob  chiqdi  olamga”  qo‘shig‘i 

va  raqsi  magnitafon  orqali  eshittiriladi.  “Oftob 

chiqdi  olamga”  qo‘shigi  matniga  mos  ovoz 

mashqi va raqs xarakatlari ijro etiladi. Qo‘shiqqa 

mos kiyimlar tanlay olish ham muhimdir. 

Folklor qo‘shiqlarini  aytish va  raqslarini  ijro 

etishda  bolalar qayroq,  rubob,  maxsus  yasalgan ot, 

toy qamchi va shu kabi asboblardan foydalanadilar. 

Bolalar  tomonidan  yoki  bolalar  uchun 

kattalar 

tomonidan 

yaratilgan 

og‘zaki 


ijod 

namunalari 

bolalar 

folkloriga 

kiradi. 

Bola 


tarbiyasida  folklorning  roli  juda  katta.  Folklor 

ba’zan raqslar bilan ijro etiladi. Bolalar folklorining 

doirasi  nixoyatda  keng  bo‘lib,  uning  namunalari 

xalq  og‘zaki  ijodining  deyarli  barcha  janrlarida 

mavjud.  Bular  beshik  qo‘shig‘i;  Alla,  to‘y 

qo‘shiqlari;  Lapar,  yor-yor;  mavsum  marosim 

qo‘shiqlari;  “Chitti  gul”.  Bolalar  o‘yinlari  va  o‘yin 

bilan  aytiladigan  qo‘shiqlarning  ko‘plari  yil  fasllari 

bilan bog‘langan. «Boychechak », «Laylak keldi-yoz 

bo‘ldi», 

«Qurbaqa», 

«Qaldirg‘och» 

singari 

qo‘shiklarni  bolalar  tom  boshlarida,  dalalarda, 

qishloq  ko‘chalarida,  devor-tomlarida  aytishadi. 

Ko‘p qo‘shiqlar ota-onalarning mehnat jarayoni bilan 

bog‘langan.  Ular  bolalarning  «Tepdim  sandik 

ochildi» singari qo‘shiqlariga o‘xshab to‘qilgan. 

Ular  mavzu  jihatdan  juda  ko‘p  turlarga 

bo‘linadi. 

Bolalarning 

yoshligidan 

boshlab 

ruhiy 


chiniqtirishda  qofiyadosh  so‘zlarni  ohangdor  qilib 

aytishga o‘rgatishda folklor qo‘shiqlar va o‘yinlarining tarbiyaviy ahamiyati katta. 



 

O‘yin raqs folklori 

Chitti guley, chitti gul, 

Etagingga gul bosdim. 

Hayu chitti gul, 

Hayu chitti gul. 


10 

 

Qo‘ling gulbog‘da bo‘lsin, 



Beling belbog‘da bo‘lsin. 

Hayu chitti gul, 

Hayu chitti gul. 

 

Bolalar folklorida shunday qo‘shiqlar borki, ularning ayrimlari qadimgi davrlarda 



muayyan  marosim  va  urf–odatlar  bilan  bog‘liq  bo‘lgan.  SHundaylardan  biri 

“Boychechak” qo‘shig‘i. 

 

Boychechagim bolasi, 



Qulog‘ida donasi. 

Donasin olay desam,  

Chiqib qoldi onasi. 

Qattiq erdan qatalab chiqqan boychechak, 

Yumshoq erdan yugurib chiqqan boychechak. 

 

Bolalarning  fikrlash  doirasini  kengaytirishda,  ularni  voqea  va  fasllar  bilan 



tanishtirishda  mavsum  qo‘shiqlarining  ahamiyati  katta.  “Oftob  chiqdi  olamga”  kabi 

qo‘shiqlar shular jumlasidandir. 

Oftob chiqdi olamga, 

Yugurib bordim xolamga. 

Ana dala, er. Dedi, 

Xolam o‘tin ter dedi. 

O‘tin terdim bir quchoq, 

Bilmadim sira charchoq. 

Xolam kulcha yopdilar, 

Peshonamdan o‘pdilar. 

 

 

Qiz bolalarning to‘p (koptok) o‘yinlarida quyidagi qo‘shiq ijro qilingan.  



 

Birim-bilan, 

 

 

Oltim-oltov, 



Ikkim-ilon,  

 

Ettim-etov. 



Uchim-uchak, 

 

 



Sakkizim-saqlan, 

To‘rtim-to‘shak,   

 

To‘qqizim-to‘qlan, 



Beshi-beshov, 

 

 



O‘nim-bujmak. 

 

Bu  qo‘shiq  koptokning  er  yoki  devorga  urilishiga  hamohang  bo‘lib,  u  orqali 



yutuqlar soni hisoblanadi. 

To‘p o‘yinida yutgan qiz o‘z shodligini qo‘shiq qilib kuylashi yoki biror o‘yinda 

yutqazgan o‘rtog‘iga shart qo‘yishi mumkin.  

 

 



5. Xorazm folklor qo‘shiqlari. 

 

Xorazmda  asosan  xalfachilik  yo‘nalishidagi  ijro  yo‘llari  keng  tarqalgan. 

“Aylanayin  galinni  qaddi  bo‘yinan”  qo‘shig‘i  Xorazm  ijro  yo‘lida  ijro  etiladigan 

qo‘shiqlardan  biridir.  Qo‘shiq  matni,  qo‘shiqdagi  o‘z  shevasiga  xos  so‘zlar  o‘rni  va 

ularning ishlatilishi, audio tasma orqali o‘quvchilarga eshittirib, qo‘shiq matni yozdirish 

va sahnalashtirish orqali o‘quvchilarning bilim va malakalarini shakllantirish zarur. Bu 



11 

 

Xorazm  bolalar  folklor  qo‘shiqlarini  ijro  etish  va  unga  xos  bo‘lgan  raqslarni  ijro  etish 



orqali amalga oshiriladi. 

Xalfalarning  qo‘ng‘iroqdek  jarangdor  va  mayin  ovozi  piyolaning  nozik  va 

o‘ynoqi jarangi bilan qo‘shilib, o‘ziga xos musiiylik kashf etgan. Ular   ma’rakalarning 

fayzi, qizlar majlisi va ayollar bazmining malikalari, to‘y va ma’rakalarda quvonchga – 

quvonch qo‘shib, o‘ynoqi kuylar, nafis raqslar, dilbar ashulalar bilan qalblarda ezgu xis-

tuyg‘ularni  shakllantirganlar.  Xalfa  ijodkorlari  bu  vohadagi  to‘y,  sayl  va  aza 

marosimlarida  qatnashgan,  xotin-qizlar  davrasini  mazmunli,  ibratli  va  quvnoq  o‘tishi 

ular faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan. 

Xorazmda  ayol  ashulachilar  “xalfa”  deb  yuritilsa  ham  ular  faqat  ashula  aytish 

bilan  cheklanmaganlar.  Xalfachilik  san’atining  ko‘p  turlaridan  xabardor  bo‘lganlar. 

Xalfachilik  san’atini  o‘rganish  ham  o‘ziga  xos  maktabga  ega  bo‘lgan,  ustoz-shogird 

an’anasi  hozirgi  davrgacha  saqlanib  kelmoda.  Ustoz  xalfa  ijrochilarining  ijro  uslubi, 

kuylash  yo‘li,  repertuari  shogirdlar  tomonidan  puxta  o‘zlashtirgandan  keyin  ular 

mustaqil ijod qilishgan va san’atkorlar orasida tan olingan. 

Xorazmda  ma’lum  va  mashhur  bo‘lib  kelgan  xalfa  ijodkorlari  XX  asrning 

boshlarigacha  faqat  xotin-qizlar  orasida  kuylab  kelishgan  va  xalq  hurmatini 

qozonganlar. 

  

 



 

 

 

 

 

 

 

 



 

 

Galin bilka galar qadamin bosib, 



Etgay birga o‘ynab gulmaklar nasib. 

Ikkisi ham bir-biriga munosib, 

Aylanaman galinni qaddi bo‘yinnan. 

 

Galin bilka kiyganlari baroyi, 



Guyov bola qaddi bo‘yi chiroyli. 

Ikkisin ham o‘n to‘rt kunlikdir oyi, 

Aylanaman galinni qaddi bo‘yinnan. 

 

Galin bika xino yoqar qo‘lina, 



Guyov yigit chaman bog‘lar bo‘ynina. 

Taqib qo‘yar tillo uzuk qo‘lina, 

Aylanaman galinni qaddi bo‘yinnan. 


12 

 

6. Surxon folklor qo‘shiqlari. 



 

Surxondaryo kushonlar Baqteriyasi davriga xos qadimiy madaniyat unsurlarini 

o‘zida saqlab kelayotgan etnofolklor hudud hisoblanadi. Bu vohada turkiy va eroniy 

xalqlar tarixi hamda madaniyati chatishib ketgan. 

Shuning  uchun  aholisining  asosiy  qismi  o‘zbek  va  tojik  tillarida  bemalol 

gaplashadi.  Bu  esa  xalq  ijodiyotida  ham  ma’lum  darajada  aks  etadi.  Surxondaryo 

san’ati, urf odatlari  va  moddiy  madaniyatida qadimiy  so‘g‘d,  turkiy  va  sharqiy  eron 

xalqlari  etnomadaniyatini  o‘zaro  chatishuvi  seziladi.  Bu  an’ana  va  odatlar,  folklor 

janrlari va ularning ijrosi, musiqa, raqs, tasviriy va amaliy san’at kabilarda ko‘rinadi. 

Surxondaryoning  xalq  musiqiy  ijodiyoti  etnosning  ijtimoiy-maishiy,  ijtimoiy 

ruhiy  xusuiyatlarga  bog‘liq  holda  asrlar  osha  shakllanib  kelgan.  Ko‘pgina  xalq 

qo‘shiqlari,  aytishuvlari,  laparlari,  motam  qo‘shiqlari  va  cholg‘u  kuylari  xalq  urf 

odatlariga bog‘liqdir. 

Musiqiy ijod vohaning barcha tumanlarida keng tarqalgan urf odatlar (mavsum, 

to‘y,  motam,  diniy)  beshikka  solish,  mehnat,  ba’zan  tarixiy  va  maishiy  mavzular 

bilan  bog‘liq  qo‘shiqlar  ijod  qilingan.  Terma,  qo‘shiq,  lapar,  yalla  va  ashula  kabi 

mahsus qo‘shiq janrlari ham keng tarqalgan. 

Vohaning  o‘ziga  xos  etnik  tarkibi  musiqiy  folklorning  ayrim  tur  va  janrlariga 

ma’lum darajada ta’sir qilgan. Ko‘pchilik tumanlar va ayrim qishloqlarda marosim va 

mehnat  qo‘shiqlari  asosiy  o‘rin  tutadi.  Ularda  to‘y  tantanalarida  surnay  va  doira 

jo‘rligida  musiqalar yangraydi.  Ayrim  tumanlarda  esa o‘zigagina  xos  qo‘shiq turlari 

va  janrlari  mavjud.  Xususan,  Boysun  tumani  qishloqlarida  kasallikni  haydash  bilan 

bog‘liq so‘fiylar urf odatlariga xos “jaxr” qo‘shiqlari saqlanib keladi. Jahr qo‘shiqlari 

kuchli  hissiyot –jazava bilan,  cholg‘u  asboblar  jo‘rligisiz  Qur’on  suralari va  Ahmad 

YAssaviy she’rlari aytilgan holda ijro qilinadi. 

Muayyan  mehnat  jarayonlari  bilan  bog‘liq  ko‘plab  mehnat  qo‘shiqlari 

yaratilgan.  Boysunda  hozir  ham  omoch  bilan  er  haydaladi.  Qo‘l  tegirmon, 

yorg‘ichoq,  suv  tegirmoni,  moyjuvoz  ishlatib  kelinadi.  Ayollar  sigir,  echki,  qo‘y 

sog‘ish  chog‘ida ijro  etadigan  “Xo‘sh-xo‘sh”,  “Turey-turey”,  ”CHurey-churey”  kabi 

jozibali ohangli qo‘shiqlar juda qadimiyligi bilan ajralib turadi. To‘qish, junga ishlov 

berish  va  qo‘l  tegirmoni  ishlatish  paytida  ijro  etiladigan  “CHarx”,  ”YOrg‘ichoq”, 

”O‘rmak”  kabilar  ham  ayollar  qo‘shig‘i  hisoblanadi.  Bir  qator  mehnat  va  mavsum 

qo‘shiqlarini  o‘z  yo‘nalishiga  ko‘ra  totemizm  va  shamanizm  bilan  bog‘liq, 

otashparastlik,  animistik  afsun,  sehr  jodu  qo‘shiqlari  qatoriga  kiritish  mumkin.  Ular 

Surxondaryo vohasining qadim tarixi bilan bog‘liqdir. Bu qo‘shiqlarda tabiat qudrati, 

afsonaviy mavjudotlar madh etiladi. 

“Jahr”,  “Sadr”  kabi  turli  yig‘inlarda  ijro  etiladigan  qo‘shiqlar  baxshiyona 

ohangda  kuchli  hayajon  bilan  kuylanadi.  Qat’iy  ohang  mazkur  qo‘shiqlarning 

musiqiy  jihat  o‘ziga  xosligini  belgilaydi.  Muayyan  bir  kasb  va  hunar  bilan  bog‘liq 

“Novvoylar  qo‘shig‘i”,  “Zan-zan”,  “Xavor-xavor”,  “Tegirmon  qo‘shig‘i”    kabi 

mehnat  qo‘shiqlari  ham  qadimiy  ildizga  ega.  Ayrim  tumanlarda  “Bahor  keldi”, 

“Turnalar keldi”, “Qor yog‘di” kabi lirik mavsumiy qo‘shiqlar ham keng tarqalgan. 

“Yig‘i”,  “Yo‘qlov”,  “Ovoz  solish”,  ”Ovoz  barovardi”,  “Nola”  kabi  motam 

qo‘shiqlari hudud aholisi orasida hozir ham qo‘llanib kelinadi. 



13 

 

Ularni odatda, ayollar faqat motam marosimlarida emas, balki boshqa qayg‘uli 



voqealar munosabati bilan ham alamli ohangda ijro etadi. 

Badiha  tarzida,  cholg‘u  asbobisiz,  faqat  ayollar  ijro  etadigan  “Alla”  qo‘shig‘i 

alohida qatlamni tashkil etadi. 

Musiqa  to‘y  tantanalari  jarayonlarida  ham  muhim  o‘rin  tutadi.  “YOr-yor”, 

“O‘lan”,  “Al  muborak”,  “To‘y  muborak”,  “Kelin  salom”  yoki  “Hazor  ali”  kabi 

qo‘shiqlar  shular  jumlasidandir.  Surxondaryoning  ayrim  tumanlarida  o‘tkaziladigan 

tantanalar  changqobuz  yoki  doira  ohanglari  jo‘rligida  o‘tqaziladi.  Baxshilar 

tomonidan  ijro  etiladigan  dostonlar  to‘y  tantanalarida  muhim  o‘rin  tutadi.  Xalq 

sayillari  yoki  mavsumiy  tantanalar  chog‘ida  dorbozlar  masxarobozlar  chiqishlari 

kurash  ko‘pkari  yoki  uloq  musobaqalari  o‘tkaziladi.  Shuningdek  vohadagi  sayil  va 

tantanali  marosimlarda  ovchilik  udumlari  chorvachilik  halq  xunarmandchiligi  bilan 

bog‘liq bolalar va kattalar turli o‘yinlari ommalashib ketgan. 

Surxon  raqsiga  xos  harakatlardan  tashkil  topgan  erkaklar  va  ayollar  raqslari 

ham  alohida  e’tiborni  tortadi.  Boysun  raqslari  ayniqsa  keng  tarqalgan.  Ayniqsa 

“Qoshiq o‘yin” “Qayroq o‘yin” kabi ayollar raqslari o‘zining jozibasi bilan diqqatni 

jalb  etadi.  “Sarbozcha”,  “Qilich  o‘yin”  kabi  erkaklar  raqslari  o‘zining  jangovar 

xususiyati bilan ajralib turadi. 

Surxondaryo epik xalq ijodiyoti rang barang janri mavzusi tasvir imkoniyatlari 

va  ijro  usullari  kengligi  bilan    o‘ziga  xosdir.  Voha  epik  xalq  ijodiyoti  o‘ziga  xos 

mahalliy  uslubga  egaligi  bilan  ham  ajralib  turadi.  Xalq  og‘zaki  ijodining 

umrboqiyligi uning xalq tomonidan doimiy e’zozlanishi bilan belgilanadi. 

Insoniyatning  asriy  orzusi  ayniqsa  qahramonlik  eposida  yorqin  aks  etadi. 

“Alpomish”  dostoni  xuddi  shunday  o‘lmas  adabiy  obidadir.  “Alpomish”  dostoni 

aynan  Surxondaryoda  1926-1929  yillardan  Abdukarim  baxshidan  yozib  olingan. 

Uning  ommaviyligi  va  qadrliligi  shundaki  bu  asarda  ezgulikning  yovuzlik  ustidan 

g‘alabasi haqiqat va insonparvarlik kabi azaliy mavzular aks etgan. 

Surxondaryo  epik  baxshilar  maktabi  qator  mahalliy  maktablarga  bo‘linadi. 

Doston va termalar baxshilar tomonidan do‘mbira jo‘rligida aytiladi. Dostonlar ijrosi 

sohasida  Sherobod-Boysun,  Denov,  Qumqo‘rg‘on  kabi  baxshichilik  maktablari 

alohida  ajralib  turadi.  Hozirgi  paytda  O‘zbekiston  xalq  baxshilardan  SHoberdi 

Boltaev  Xushvaqt  Mardonqulov  kabilar  ijrochilik  an’analarini  davom  ettirib 

kelmoqda. 

Surxondaryo  musiqasida  torli  puflab  chalinadigan  va  zarbli  cholg‘u 

asboblarining deyarli barcha turlari mavjud. Arxeologik qazilmalar chog‘ida topilgan 

cholg‘u  asboblari  orqali  bu  cholg‘u  asboblarining  qadimiy  ko‘rinishlari  to‘g‘risida 

ham  tasavvur  hosil  qilish  mumkin.  Surxondaryo  janubidagi  Ayritom  qishlog‘idan 

topilgan  uch  jussali  haykalchaning  har  birining  qo‘lida  uch  xil  cholg‘u  asbobi  aks 

ettirilgan.  Surxondaryoda  do‘mbira  dutor,  kalta  dutor,  chiltor,  rubob,  qobuz  va 

g‘ijjak-changqobuz  kabi  torli  surnay,  cho‘pon  nay,  gajir  nay,  nay,  nay  shuvullak, 

sibizg‘a,  qamish  nay  kabi  puflab  chalinadigan,  doira,  nog‘ora,  zilbom,  do‘l  yoki 

dovul  kabi  zarbli  musiqa  asboblari  keng  tarqalgan.  Bu  asboblardan  ham  yakka  ham 

jamoa  ijrolarida  keng  foydalaniladi.  Bu  erda  do‘mbira  baxshilar  cholg‘usi  sifatida 

changqobuz va doira ayollar cholg‘usi sifatida keng ommalashgan. 


14 

 

Qadimiy  qo‘shiq  va  kuy  raqs  dostonlar  faqat  xalq  yodidagina  yashamayapti. 



Ular “Shalola” xalq ansambli “Boysun”, “Qo‘ng‘irot” folklor ansambllari “Quralay” 

bolalar folklor-estrada ansambli kabi jamolar repertuariga ham kiritilgan. 

Qo‘shiq-kishilar  tarixi  hayoti  va  maishiy  turmushi  ularning  orzu  va  umidlari 

dunyoqarashi  va  ruhiyati  ifodasidir.  Hozirgi  paytda  vohadagi  ansambllar  respublika 

milliy  qo‘shiqchilik  an’analarini  xususan  Surxondaryo  musiqa  folklorini  asrash 

yuzasidan katta ishlarni amalga oshirmoqda. 



 

7.Oraliq nazorat ishi 

 

O‘tilgan  mavzular  bo‘yicha  to‘garak  a’zolarining  bilim  va  ko‘nikmalari 

aniqlanadi.  

To‘garak  a’zolarining  folklor  san’ati  bo‘yicha  bilimlarini  aniqlash  uchun 

quyidagi amaliy topshiriq biletlarini tavsiya etamiz. 

 

1-topshiriq.Surxon folklor qo‘shiqlarini ijro etib bering. 



2-topshiiriq.Xorazm folklor qo‘shiqlarini ijroetib bering. 

                  

3-topshiriq.  O‘yin raqs folklori 

 

To‘garak rahbarlariga eslatma

 

Amaliy  topshiriq  berilishidan  oldin  folklor  buyumlarini  yasash  hamda  vaqtdan 

unumli  foydalanish  uchun  maxsus  jixozlar  tayyorlab  qo‘yilishi  va  folklor  cholg‘u 

asboblari ham soz holatda bo‘lishi lozim. 

Ushbu savollar va topshiriqlarning bittasidan  guruhdagi bir necha bolalarning 

bilim va ko‘nikmalarini aniqlashda foydalanish mumkin.   

 

8.Toshkent, Farg‘ona folklor qo‘shiqlari. 

 

Toshkent,  Farg‘ona  folklor  qo‘shiqlari  asosan  yalla  va  laparlardan  iborat. 

“Jamalagi tillo qizgina” hamda “Yalla jonim, yalla” qo‘shiqlarini Toshkent, Farg‘ona 

ijro  yo‘lida  ijro  etish  uslublari  shakllantiriladi.  Qo‘shiq  matni,  qo‘shiqdagi  o‘z 

shevasiga  xos  so‘zlar  o‘rni  va  ularning  ishlatilishi,  audio  tasma  orqali  eshittiriltb 

ko‘nikma hosil qilinadi. Toshkent, Farg‘ona folklorlarini, unga xos bo‘lgan raqslarni 

ijro etish orqali bilimliri yanada mukammallashtiriladi. 

 

 



 

Yallolashaylik 

 

R. Avezov she’ri (Toshkent-Farg‘ona mahalliy uslubi) 

 

YAllama-yorim yallola, yallolashaylik. 



Uchtami-to‘rtta bir bo‘lib, xandonlashaylik. 

Keldi bahor jo‘ralar, o‘lkam yashnaydi bu kun. 

Xandon otib yigit-qizlar, xursandlashaylik. 

 

                             Naqorot. 

Jamalagin tortmangiz, qizlar xafa bo‘lmasin. 

Noxush so‘zlar aytmangiz, ko‘ngli g‘amga to‘lmasin. 



15 

 

                            Naqorot. 

Keling qizlar, qalbimiz nurga to‘lsin, o‘ynaylik, 

Koshonamiz-uyimiz gulga to‘lsin, kuylaylik. 

 

                            Naqorot. 

Mehr- vafo andisha shiorimiz-va’damiz. 

Qo‘lni qo‘lga beraylik gullolashaylik. 

 

9. Buxoro folklor qo‘shiqlari. 

 

Buxoro folklor yo‘nalishi musiqa uslubida sozandachilik 

san’ati ham shakllangan bo‘lib, u ayollar ijodi bilan bog‘liqdir. 

Sozanda-bu yakkaxon aytimchi bo‘lib, u qo‘lida qayrok hamda 

doira bilan kuylaydi. Mazkur uslubning o‘ziga xos jihatlaridan 

biri-ikki  tillilik,  ya’ni  o‘zbek  va  tojik  tillari  an’anasining 

namoyon  bo‘lishidir.  Faqat  bir  tilda–yo  o‘zbek,  yo  tojik  tilida 

kuylash uchun ijod etilgan xalq qo‘shiqlari ham uchraydi. 

Bu qadimiy shahar Buxoroda cholg‘u asboblari turlarining boyligi bilan ajralib 

turadi.  Buxoro  musiqa  folklori  ko‘p  jihatdan  tojik  musiqasi  ma’lum  darajada 

umumiylikka ega bo‘lib, tarixiy taqdiri deyarli o‘xshashdir. 

 

“Buxoro mavrigisi”ning  

        o‘zbekcha varianti 

 

Dilbarim uyg‘onmadi deb 



shubhalanma ko‘zlarim,

 

Uyg‘onib yupqa tomoqqa  



boqsa marjondan.

 

 



Sen ey Laylidek, Ra’nodek

 

Ajoyib dilravo derlar.



 

Mani Majnuni shaydodek

 

Ko‘yingda bir gado derlar.



 

 

Kecha-kunduz eshigingda,



 

Firoqu nolalar qilsam.

 

Ki har chi ne navo qilsam,



 

Hanuzam be navo derlar.

 

 

YUrib so‘rdim tabiblardin,



 

Bu dardimga davo bormi

 

Tabib ayturki, ey nodon,



 

Bu dardni bedavo derlar.

 

 

Qani Layli, qani Majnun,



 

Qani SHirin bilan Farhod,

 

Ular o‘tdi bu olamdin,



 

Bu olamni bedavo derlar.

 

 

 



 

Hey, yoring mani yoring mani,

 

YOri vafodoring mani ey.



 

Xasta g‘uloming bo‘layin,

 

Sochingga bandi bo‘layin.



 

 

Soching belingga tushgan ey,



 

Belbog‘ing erga tushgan ey.

 

Qoshing kamonga tushgan ey,



 

Jonim nishonga tushgan ey.

 

 

CHaq chaqi dandonat zanad,



 

Baq baqi dandonat zanad.

 

Hamto‘ ravam da peshaton,



 

CHaq chaqi dandonat zanad.

 

Az g‘amaton muram mani,



 

Baq baqi dandonat zanad...

 

 

(Buxoro. G‘ijduvon shahri, folklor 



shaydolari Baqoev Nasriddin va 

Baqoeva Istat opa yordamida yozib 

olindi) 

 

 



16 

 

10. Mavsumiy qo‘shiqlar. 



 

Folklorning  mavsumiy  qo‘shiqlari  markaziy  Osiyo  mintaqasi  xalqlari  oilaviy 

va  jamoaviy  bayramlarni  o‘tkazishda,  dehqonchilik,  diniy  marosimlar  vaqtida 

musiqadan  keng  foydalanilgan.  To‘y  marosimlarida  cholg‘u  kuylari,  qo‘shiq  va 

raqslar muhim o‘rin tutadi. Turli xil tadbirlarda bolalar qo‘shiq va raqslaridan o‘rinli 

foydalanish  shu  tadbirning  maroqli  kechishiga,  badiiy  timsollarning  aniq  ravshan 

echimiga sharoit yaratadi.

 

Folklor  qo‘shiqlarining  xalq  sayilllarida  kuylanishi,  ularning  mehnat 

qo‘shiqlari, fasliy qo‘shiqlar va mavsumiy qo‘shiqlarga bo‘linishi. 

Qo‘shiqlarda xalqning orzu-istaklarini bayon etilishi, rag‘batlantirilishi, baxt va 

quvonchni  tarannum  etilishi,  mehnatga  ishtiyoqni  oshirish.  Mavsumiy  qo‘shiqlarini 

va unga xos bo‘lgan raqslarni ijro etish. 



 

A) Bahorgi mavsumlarga aloqador marosimlar 

 

Sust xotun, sulton xotun, 



Ko‘lankasi maydon xotun, 

Xavo yog‘mas bo‘lsa, Sust xotun, 

Tomchi tommas bo‘lama, Sust xotun, 

Sel opketmas bulama, Sust xotun, 

 

B) Yozgi mavsumlarga aloqador marosimlar 

 

Choy, choy, choy momo, 



Choy momosi o‘libdi, 

Bosa-bosa beringlar, 

Bosilib qolsin bu shamol. 

Uga-uga beringlar, 

Ug‘ilib qolsin quv shamol. 

 


Download 420.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling