Barkamol avlod


 Mahalliy uslublarda aytiladigan bolalar folklori


Download 420.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana22.10.2017
Hajmi420.97 Kb.
#18413
1   2   3   4   5

 

9. Mahalliy uslublarda aytiladigan bolalar folklori. 

 

Mahalliy uslubida ijro etishda hududga xoslikga amal qilinadi. Qo‘shiqlar va 



harakatlarda  shevaga  xos  so‘zlarni  ishlatish,  qo‘shiqqa  va  mahalliy  uslubga  xos 

bo‘lgan  raqslarni  sahnalashtirish,  mahalliy  liboslarni  tanlash,  liboslar  turlarini 

ajrata  olish,  mehnat  kiyimlari,  bayram  va  sayl  kiyimlari,  mavsumiy  kiyimlar 

orasidagi farqlarni bilish va tahlil eta olish tavsiya etiladi. 

“Jahr”,  “Sadr”  kabi  turli  yig‘inlarda  ijro  etiladigan  qo‘shiqlar  baxshiyona 

ohangda  kuchli  hayajon  bilan  kuylanadi.  Qat’iy  ohang  mazkur  qo‘shiqlarning 

musiqiy jihat o‘ziga xosligini belgilaydi. Muayyan bir kasb va hunar bilan bog‘liq 

“Novvoylar  qo‘shig‘i”,  “Zan-zan”,  “Xavor-xavor”,  “Tegirmon  qo‘shig‘i”  kabi 

mehnat  qo‘shiqlari  ham  qadimiy  ildizga  ega.  Ayrim  tumanlarda  “Bahor  keldi”, 

“Turnalar keldi”, “Qor yog‘di” kabi lirik mavsumiy qo‘shiqlar ham keng tarqalgan. 

“Yig‘i”,  “Yo‘qlov”,  “Ovoz  solish”,  “Ovoz  barovardi”,  “Nola”  kabi  motam 

qo‘shiqlari hudud aholisi orasida hozir ham qo‘llanib kelinadi. 

Ularni  odatda,  ayollar  faqat  motam  marosimlarida  emas,  balki  boshqa 

qayg‘uli voqealar munosabati bilan ham alamli ohangda ijro etadi. Badiha tarzida, 

cholg‘u  asbobisiz,  faqat  ayollar  ijro  etadigan  “Alla”  qo‘shig‘i  alohida  qatlamni 

tashkil etadi. 



 

10. Oraliq nazorat ishi. 

 

 

To‘garak  a’zolarining  folklor  san’ati  bo‘yicha  ko‘nikmalarini  aniqlash 

uchun quyidagi amaliy topshiriq biletlarini tavsiya etamiz: 

Amaliy: 

1-topshiriq:Bolalar folklor qo‘shiqlarini ijro etish. 

2-topshiriqXorazm folklor-raqsini ijro etish. 

 

To‘garak rahbarlariga eslatma

Amaliy  topshiriq  berilishidan  oldin  folklor  buyumlarini  yasash  hamda 

vaqtdan unumli foydalanish uchun  maxsus  jixozlar tayyorlab qo‘yilishi va folklor 

cholg‘u asboblari ham soz holatda bo‘lishi lozim. 


36 

 

Ushbu  savollar  va  topshiriqlarning  bittasidan    guruhdagi  bir  necha 



bolalarning bilim va ko‘nikmalarini aniqlashda foydalanish mumkin.   

 

11.Mehnat qo‘shiqlari. 

 

Mehnat  qo‘shiqlari  xalq  ijodiyotining  eng  qadimiy  shakllaridan  biri 



hisoblanadi.  Bu  qo‘shiqlar  ibtidoiy  insonning  mehnat  faoliyati  bilan  bevosita 

bog‘liq. 

Qo‘proq  mehnat  qo‘shiqlari  jarayonida  muayyan  harakat  tizimida  mos 

keluvchi  undov,  xitob  va  nidolar  xarakteridagi  poetik  parchalardan  iborat 

tuzilishga ega bo‘lgan. 

Mehnat  turlari  ko‘p  va  xilma-xil  bo‘lganidek,  uning  qo‘shiqlari  ham  turli-

tumandir.  Mehnat  qo‘shiqlarining  g‘oyaviy  mavzu  va  janr  xususiyatlariga  qarab 

uch guruhga bo‘lib o‘rganiladi: 

1.  Dehqonchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar. 

2.  CHorvachilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar. 

3.  Hunarmandchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar. 

 

Dehqonchilik qo‘shiqlari.  

 

Mehnatning  turi  bilan  bog‘liq  qo‘shiqlar  rang-barang  bo‘lib,  ulardan  bizga 



qadar  “Qo‘sh  qo‘shiqlari”,  “O‘rim  qo‘shiqlari”,  “Hirmon  qo‘shiqlari”  yoki  “Ho‘p 

mayda” kabi qo‘shiqlar etib kelgan. 

Markaziy  Osiyo  xalqlari  qadim-qadimdan  dehqonchilik  bilan  shug‘ullanib 

keladi.  Dehqonchilik  esa  erta  bahorda  erni  haydashdan  boshlanadi.  Er  haydash 

og‘ir  jismoniy  mehnat  bo‘lib,  bunday  og‘ir  mehnat  paytida  dehqonlar  qo‘shiq 

kuylab,  o‘zlarini  ovutganlar.  Yozib  olingan  namunalarda  esa  og‘ir  mehnatdan, 

shavqatsiz  tengsizlikdan  shikoyat  ohanglari  ish  hayvonlarining  tilidan  bayon 

qilinadi. 

 

Shoxlarim bor gaz-gaz quloch, 



 

Uyda o‘ynar qaldirg‘och 

 

Hayday desam qornim och, 



 

Men qo‘shga qanday yarayin. 

Qo‘sh  qo‘shiqlarining  boshqa  turlari  ham  mavjud.  Ularda  lirik  bayon 

bevosita dehqon tilidan olib boriladi. 

 

 

          O‘roq o‘rmoq, olmoq, solmoq, 



 

Qo‘sh haydamoq, bormoq, kelmoq. 

 

Hammasidan qiyin ekan 



 

Ey ho‘kizim ro‘zg‘or ko‘rmoq. 



 

O‘rim qo‘shiqlari. 

 

O‘rim dehqon mehnatining samarasini ko‘rsatadigan payt. O‘rim qo‘shiqlari 

yakka  yoki  ko‘pchilik  tomonidan  ijro  etilgan.  Ularda  bahorning  injiq,  yozning 

shavqatsiz  kezlarida  qilingan  mehnatning  samara  berganligidan  quvongan 

dehqonning  ko‘tarinki  ruhi,  etilgan  hosilni  yig‘ib  olishga  bo‘lgan  kuchli  ishtiyoq 

tarannum etiladi. 



37 

 

 



O‘rog‘im olmos, 

 

O‘rimdan qolmas, 



 

Sira ham tolmas, 

O‘rmasam bo‘lmas. 

Dehqon hayvonlarini haydab, kun bo‘yi xirmonda don yanchar ekan, baland 

ovoz bilan qo‘shiqlar aytadi. Ana shunday qo‘shiqlar xalq o‘rtasida “Xo‘p mayda” 

deb yuritiladi. 

 

 

Xo‘p mayda-yo, xo‘p mayda, hayda-yo hayda, 



 

Qalqon qulog‘im hayda, mayda-yo mayda. 

 

Temir tuyog‘im hayda, mayda-yo mayda, 



 

Xirmonni qilgin mayda, mayda-yo mayda. 

 

Yorg‘inchoq qo‘shiqlari. 

 

Yorg‘inchoq  qo‘shiqlari  aslida  dehqonchilik  qo‘shiqlari  sirasiga  kirmaydi. 

Chunki,  ular  bevosita  dehqon  mehnati  bilan  bog‘lanmagan.  Biroq  yorg‘inchoq 

dehqonchilik  mahsuloti  bilan  bog‘liq  bo‘lganligi  uchun  ham  shartli  ravishda  bu 

qo‘shiqlar dehqonchilik qo‘shiqlari sirasiga kiritilgan. 

 

Yorg‘inchog‘im gumbur-gumbur etadi, 



 

Nortuyalar quloq solib o‘tadi. 

 

Karvon bilan rizqu-ro‘zimiz olib 



 

Eson-omon otajonim qaytadi.    



 

12. Fasliy qo‘shiqlar. 

 

Mavsumiy  marosimlar yilning to‘rt fasliga oid xalqning yashash va mehnat 



tarzi bilan aloqadordir. 

 

Bahorgi marosimlar bilan bog‘liq qo‘shiqlar. 



 

Bahor  kirishi  bilan  dehqon  va  sorvadorlarning  dala  ishlari  boshlanadi. 

Dehqon urug‘ sepishga tayyorgarlik ko‘rish, ariqlarni tozalash bilan shug‘ullansa, 

chorvador  yaylovlarga  ko‘chishga  tayyorgarlik  ko‘radi.  Dehqon  va  chorvador 

turmushidagi  barcha  og‘ir  yumushlar  ilgari  hashar  yo‘li  bilan  amalga  oshirilgan. 

Bahorgi  mavsumiy  marosimlarga  “Shox  moylar”,  “Navro‘zi  olam”,  “Yomg‘ir 

chaqirish”, “Sust xotin” kabi marosim qo‘shiqlari kiradi. 

 

Sust xotin

 

 

Sust xotin, suzma xotin, 

Ko‘lankasi maydon xotin! 

 

YOmg‘ir yog‘dir, ho‘l bulsin, 



Eru jahon ko‘l bo‘lsin. 

Maysalar quloq yozsin, 

Sutu qatiq mo‘l bo‘lsin! 

 

Sust xotin, suzma xotin, 



Ko‘lankasi maydon xotin! 

 

Yomg‘ir yog‘dir, ho‘l bo‘laylik,  



Biz ham senga jo‘r bo‘laylik. 

Ko‘klamda o‘ynab–kulib, 

Ham sho‘xu ham zo‘r bo‘laylik. 

 

Sust xotin, suzma xotin, 



Ko‘lankasi maydon xotin! 

 

Yomg‘ir  yog‘di, do‘l bo‘ldi, 



Eru jahon ho‘l bo‘ldi. 

38 

 

 



Yomg‘ir yog‘dir, ko‘k bo‘lsin, 

Qurg‘oqchilik yo‘q bo‘lsin. 

Arpa bug‘doy bosh tortsin, 

Kayvonilar osh tortsin. 

 

Sust xotin, suzma xotin, 



Ko‘lankasi maydon xotin! 

 

Shaftolilar barg yozdi, 

Dunyo to‘la gul bo‘ldi. 

 

Sust xotin, suzma xotin, 



Ko‘lankasi maydon xotin!  

 

 



 

Yozgi marosimlar bilan bog‘liq qo‘shiqlar. 

 

Kishilarning xo‘jalik hayotida yoz faslining o‘rni alohidadir. SHunga qarab 

ushbu  faslda  o‘tkaziladigan  marosimlar  rang-barang  bo‘lgan.  Biroq  o‘zbek 

marosim  folklorida  hozirga  qadar  bitta  janr  saqlanib  qolgan.  YOzgi  marosimlar 

folkloridan  faqat  shamol  to‘xtatish  bilan  bog‘liq  ayrim  janrlar  saqlangan.  Bular 

“Choy momo” marosimida ijro etiladigan qo‘shiqlardan iborat. 



 

Kuzgi marosimlar bilan bog‘liq qo‘shiqlar. 

 

Kuz  faslida  dehqon  yoz  bo‘yi  qilgan  mehnatining  samarasini  yig‘ishtirib 

oladi, chorvador esa qishlovga em-xashak, ozuqa tayyorlaydi. Kuzgi marosimlarga 

“Oblo baraka”, “Shamol chaqirish”, “Mirhaydar bobo”, “Galagov”, “Xo‘p mayda” 

marosim qo‘shiqlari kiradi. 

 

Qishki marosimlar bilan bog‘liq qo‘shiqlar. 

 

O‘zbek  xalq  folklorida  qishki  marosimlardan  faqatgina  “Gap-gashtak”  va 

“YAs-sun”  marosimlargina  saqlanib  qolgan.  “Gap-gashtak”  marosimi  erkaklar 

tomonidan  mahalladagi  choyxona  yoki  biror  xonadonda  o‘tkaziladi.  “YAs-sun” 

marosimi  asosan  ko‘chmanchi  chorvadorlar  o‘rtasida  qimizxo‘rlik  marosimi 

sifatida yuzaga kelgan bo‘lib, uning ma’nosi davrada o‘tirish qoidalari demakdir. 



 

13. An’anaviy sayl-bayram qo‘shiqlari. 

 

An’anaviy sayil-bayramlarda o‘zbek xalqida ko‘pincha askiya va yor-yorlar 



aytiladi. 

Terma-o‘zbek  folklorining  mustaqil  janri  bo‘lib,  uning  yaratilishida 

baxshilarning  roli  nihoyatda  kattadir.  Ko‘pchilik  hollarda  ular  dostonchilikning 

individual  ijodi  hisoblanadi.  Pand-nasihat,  odob-ahloq,  soz  va  so‘z  haqida 

yaratilgan,  ijtimoiy  hayotdagi  turli  hodisalar  shaxs  va  jonivorlarning  ta’rifi  yoki 

tanqidiga bag‘ishlangan, baxshilartomonidan kuylanadigan 10-12 satrdan 150-200, 

ba’zan  undan  ham  ortiq  misralargacha  bo‘lgan  lirik,  liro-epik  she’rlarga  “terma” 

deyiladi. 

Askiya-o‘zbek  xalq  og‘zaki  ijodining  mustaqil  janri  bo‘lib,  asosan,  to‘y-

tomosha,  yig‘inlar  va  sayillarda  ijro  etiladi.  Askiya  arabcha  “zakiy”  so‘zidan 

olingan bo‘lib, so‘zamol, zakovatli, o‘tkir zehnli degan ma’nolarni anglatadi. Zakiy 

so‘zining ko‘pchilik shakli azkiyo bu keyinchalik talafuzi o‘zgarib, askiya shakliga 

kelib  qolgan.  Askiya  ijrochilari  askiyaboz,  askiyachi  deb  yuritiladi.  Askiyachilar 

tarafma-taraf  bo‘lib  olib,  qochirim  so‘zlar  bilan  askiya  boshlaydilar,  tinglovchilar 



39 

 

esa  u  yoki  bu  tomonning  so‘zga  chechanligi,  hozirjavobligidan  mamnun  bo‘lib 



kuzatadilar. Tomonlardan biri ustun kelganda, kulgi qahqahaga aylanadi. 

Lof-o‘zbek  xalq  prozasining  mustaqil  janrlaridan  biri  bo‘lib,  o‘zining 

tuzilishi  hajv  hamda  yumorga  asoslanishi  bilan  latifa  va  askiya  janrlariga  yaqin 

turadi. SHuning uchun ham u yoki bu lofbozning so‘zga chechanligi, zukkolik va 

hozirjavoblik  fazilati  mazkur  janrning  tashkil  topishida  hal  qiluvchi  rol  o‘ynaydi. 

Lof janri asosan, qiziqchi va askiyabozlar orasida shakllangan va ijro etilgan. Har 

bir  lofda  notabiiy  aoqealar,  salbiy  belgilar  kulgu  ostiga  olindi.  Lof  aytish 

mubolag‘ali  epizodga  mantiqiy  javob  qaytarish,  so‘zga  chechanlik  musobaqasi 

shaklida o‘tadi. 



 

14. Topishmoq qo‘shiqlar. 

 

Hayotni o‘ziga xos  badiiy  idrok  etish  shakli  bo‘lgan topishmoq  folklorning 

ommaviy  janrlaridan  biridir.  Shakli,  vazifasi,  ish  harakati  va  holati  jihatidan  bir-

biriga  o‘xshash  ikki  predmet  narsa  va  hodisaning  jumboqlanib,  ikkinchisiga  xos 

o‘xshash  belgilar  asosida  uni  topishga  mo‘ljallab  she’riy  yoki  nastiy  tuzilishda 

berilgan savol yoki topshiriq “topishmoq” deb yuritiladi. 

 

 

 



 

Men o‘xshayman qoziqqa, 

Zarurman osh - oziqqa. 

Qizil, sariqdir tilim, 

YAshil rangli kokilim. 

Kimningki bo‘lsa lafzi, 

Topsin, mening ismim 

(sabzi)


 

 

Tongda tushib uyg‘otar, 



Dov-daraxtni yayratar. 

Illatlarni yo‘q qilar, 

Xastaga malham bo‘lar. 

Keksalarning huzuri, 

Foydali quyosh 

(nuri)


 

 

O‘zim qizil, kichikman, 



Ko‘p foydali mevaman. 

SHamollashga davoman, 

Issiqni tushiraman. 

Yesang, dard bo‘lar unut, 

Deydilar, qora 

(shotut)


 

 

Kichkina, dumaloqman, 



Mitti yo kattaroqman. 

Nomim ko‘pdir va tayin, 

Kishmish, CHaros, husayin. 

Topa qol, yetdi ko‘zim, 

Aytaqol, nomim 

(uzum)


 

 

Bahor kelishi bilan 



Ochaman o‘z gullarim. 

Bo‘lsa agar fasli yoz, 

Beraman zo‘r hosilim. 

Mevam sariq, qizildir, 

U judayam shirindir. 

Qani top-chi kitobxon, 

Mening ismim 

(gilosxon)

 

 

 



Xo‘b mazali mevaman, 

Bol yig‘ishni sevaman. 

Mening turim ikki xil, 

Tukli, tuksiz - luchchakdir. 

Yesang-chi, chiqar boli, 

Nomim derlar 

(shaftoli)

 


40 

 

 



15. Sho‘x qo‘shiqlar va yallalar. 

 

To‘y marosimlari tadbirlariga har xil aytimlar ham kirgan, jumladan, “Kelin 



yig‘isi” qo‘shiqlar to‘y ma’rakalarni, ulug‘lash, madhiyalar, tabriklar, pand nasihat, 

alyorlar  aytishdan  iborat  bo‘lgan,  ular  yakka-yolg‘iz,  musiqa  asbobi  bilan  ba’zan 

usiz guruh bo‘lib ijro etilgan. Ular orasida barcha xalqlarda ommalashgan qo‘shiq 

“YOr-yor”  dir.  U  naqorat  to‘rtlik  uslubida  tarkib  topgan.  To‘y  marosimlarida 

qo‘shiqlar  voqea  tasnifining  va  badiiy  ifodaning  zarur  vositasi  sanalgan.  Ular 

ko‘pincha  kelin  va  uning  dugonalari  tomonidan  kuyov  uyiga  borish  vaqtida 

jamoaviy  bo‘lib  cholg‘u  asboblari-doira  jo‘rligida  va  cholg‘u  asboblarisiz  yoki 

qarsak  chalgan  holda  ijro  etiladi.  Ba’zi  bir  xalqlarda  erkaklar  tomonidan  “YOr-

 

 

 



 

 

Qishning erka farzandi, 



Zaminga bo‘ldi mehmon. 

Na zar, na parga o‘xshar, 

Tabiat unga mezbon. 

Qo‘lingizda tutsangiz, 

Aylanar suvga darrov. 

Bolalarning quvonchi 

Ortadi, gar yog‘sa 

(qor)


 

 

 



 

 

 



 

 

um-dumaloq, yashilman, 



SHo‘rtang, hamda nordonman. 

Dovuchchaga o‘xshayman, 

YOz faslida pishaman. 

Mevalar ichra men xon, 

Nomim erur 

(ko‘ksulton)

 

 

Men qizilman, dumaloq, 



Gapimga sen sol quloq. 

Kichikkina shapkam bor,  

U hatto o‘zimga tor. 

Ichim to‘la donalar, 

Esang, nafsing qonadir. 

Po‘chog‘imda malham bor, 

Meni deyishar 

(anor)


 

 

Sariqdirman, cho‘zinchoq, 



Qomatimga sen bir boq. 

Men-chi, yozda pishaman, 

Hammaga xush yoqaman. 

O‘zim juda shirinman, 

Sariq yoki yashilman. 

Eyaver, men juda pok, 

Gar tanisang, nomim 

(nok)


 

 

 



Mazali, tilyorarman, 

Men ko‘ngilni olarman. 

Ayni yozda pishaman, 

So‘ng bozorga chiqaman. 

CHaqqon mening bozorim 

YAxshi ketar savdoim. 

Gapni cho‘zmayman bugun, 

Mening nomimdir 

(qovun)

 

 



Gilosxonga men singil, 

Bilmasang, endi bilgil. 

Men gilosga o‘xsharman, 

Undan kechroq pisharman. 

Xo‘b foydali mevaman, 

Kamqonlikka davoman. 

Esang, foydali qancha, 

Aytayin, ismim 

(olcha)

 

 



Mening yuzim qip-qizil, 

Ba'zida esa sarg‘ish. 

Ba'zida-chi meni yeb, 

Mustahkam bo‘ladi tish. 

Menda vitamin ko‘pdir, 

Xosiyatim so‘zlay bir. 

Meni yeb, ishdan tolma, 

Deyishar, nomim 

(olma)

 

 



 

Siyohrang yo och ko‘kman, 

SHirin, nordon mev--aman. 

Hohlasang meni yemoq, 

Darkordir avval yuvmoq. 

Menman mevalar zo‘ri, 

Nomim-chi, top 

(olxo‘ri)

 

 

Ta’rifin qilsak agar, 



Qovoqning qarindoshi, 

Pishishda juda ilg‘or, 

Ham qovunning qondoshi. 

Palakdan uzsang agar, 

Hidi olamni tutar. 

Mo‘jazgina gavdasi 

Barchaga oziq bo‘lar.  

Topmasang, bo‘lma halak, 

SHiringina 

(handalak)

  


41 

 

yor”, kabi qo‘shiqlar cholg‘u asboblari jo‘rligida yoki duet-aytishuv shaklida kelin 



va kuyov vakillari ikkita ayollar guruhi tomonidan ijro etilishi keng tarqaldiki, bu 

ijrolarda ma’lum ma’noda qochirim-kinoyalar aks etadi. 



 

16. Xalq aytimlari. 

 

Xalq aytimlari turlariga afsona, rivoyat, naql, latifa va boshqalar kiradi. 



Afsonalar-o‘zbek  xalq  og‘zaki  ijodining  qadimgi  janrlaridan  biri  bo‘lib,  u 

ijtimoiy  hayot  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  voqea  va  hodisalarni  xayoliy  uydirmalar 

asosida  hikoya  qiladi.  U  kishining  tabiat  hodisalari  va  ijtimoiy  voqealarni  bilish 

hamda tushunishga bo‘lgan intilishlari jarayonida vujudgv kelgan. Afsona forscha 

so‘zdan  olingan  bo‘lib,  folklor  to‘garagi  statistikasi,  sehr-jodu  hamda  hayotiy 

uydirmalarga asos bo‘lgan nasriy hikoyalarni bildiradi. 



Rivoyatlar-hayotiy  voqealarni  hayotiy  uydirmalar  vositasida  aks  ettiruvchi 

og‘zaki  ijod  janrlaridan  biridir.  Ularda  tarixiy  voqealar  va  ayrim  shaxslar  bilan 

bog‘liq  bo‘lgan  voqealar,  kishilar  turmushi,  geografik  joylar-sahro,  ko‘l,  cho‘l, 

shahar,  qishloq  va  boshqalarning  barpo  bo‘lishi  hamda  vayron  qilinishi  haqida 

hikoya qilinadi. Rivoyatlarda lutf va nazokat, aql va tadbir, ishq va vafo, yaxshilik 

va odamiylik kabi ilg‘or g‘oyalar zulm va zo‘rlik, xavfsizlik va adolatsizlik singari 

illatlarga qarama-qarshi qo‘yiladi. 

Naqllar-YAqin  va  O‘rta  Sharq  xalqlari  orasida  “Zarbulmasal”  deb 

yuritilgan  va  u  ramziy  hikoya  ma’nosida  qo‘llnilgan.  O‘zbekistonda  esa 

“Zarbulmasal”  o‘rnida,  asosan,  naql  termini  qo‘llniladi.  Naql-axloqiy  norma 

hamda  odob  haqida  yuzaga  kelgan  fikrlarni  izohlovchi  ta’limiy  xarakterdagi 

ma’joziy hikoyadir. O‘zbek xalq naqllaridan “Har kim qilsa o‘ziga”, “Odam odam 

bilan tirik”, “Ko‘rpangga qarab oyoq uzat”, kabilar xalq orasida keng tarqalgan. 



Latifalar-og‘zaki  nasrning  ma’lum  va  mashhur  janrlaridan  biri,  u  hajman 

kichik, mazmunan lo‘nda ifodalovchi bir yoki ikki epizoddan tashkil topgan bo‘lib, 

asosida o‘tkir hajv yoki engil yumor yotadi. 

Tanqid  yoki  yumor  esa  so‘z  o‘yini,  turli  xil  qochirimlar  vositasida  yuzaga 

keladi va fosh etuvchi xushchaqchaq kulgi yaratadi. Latifa temini arabcha latif va 

lutf  so‘zlaridan  olingan  bo‘lib,  nozik,  ko‘p  ma’noli  so‘z,  mayin  kinoya, 

qochirimlardan iborat bo‘lgan kulgili hikoyalarni anglatadi. Latifa janrining o‘ziga 

xos  tomoni  asarlarning  yagona  qahramoni  Nasriddin  Afolkor  obrazidir.  Bu  obraz 

ko‘proq  “Nasriddin  Afolkor  to‘garagi”,  “Xo‘ja  Nasriddin”,  “Mullo  Nasriddin” 

singari atamalar bilan yuritiladi. 



17. Gulyor laparlar. 

Qo‘shiq  va  laparlar  janrlari  bir-biriga  yaqindir.  Lapar  nibatan  kichik 

diapazonli kuydan iborat. Kuylar uchun ritmning ravonligi va aniqligi xarakterlidir. 

Qo‘shiqda  har  bir  misradan  so‘ng  naqorat  so‘zi  va  shuningdek,  har  bir  she’r 

bandidan keyin keladigan naqoratlarni uchratish mumkin. 

Lapar  raqsbop  kuyga  ega  bo‘lib,  ko‘pincha  o‘yin  va  raqs  bilan  ijro  etiladi. 

Laparni  dialog  shaklida  ikki  qo‘shiqchi-yigitlar  va  qizlar  xalq  ishqiy-lirik 

mazmunida ijro etiladi. 



“Yor-yor”-to‘y  marosim  qo‘shig‘i,  xalq  so‘zi,  kelinni  kuyovnikiga  olib 

borayotgan  vaqtda  ayollar  tomonidan  ijro  etiladi.  “YOr-yor”larning  mahalliy 



42 

 

variantlari  keng  tarqalgan.  Ushbu  namuna  ko‘p  shaklli,  tor  diapazonli  kuyi  va 



oddiy intonatsion ritmik holati bilan ajralib turadi. 

Laparlarning musiqiy asoslari ko‘pgina belgilari bilan qo‘shiq uchun xosdir. 

Lapar  aytish  Farg‘ona,  Toshkent  va  Xorazm  laparlarini  bir-biriga  qiyos  qilib, 

kuyning  ta’sirchanligi  va  ijro  uslubining  o‘ziga  xosligi  bilan  ajralib  turish 

ahamiyati. 

Agar  Farg‘ona  vodiysida  laparlar  ijrosi  ikki  qo‘shiqchi  tomonidan  dialog 

shaklida  dutor,  doira  jo‘rligida  aytilsa,  Xorazmda  garmon,  g‘ijjak  va  dutor 

jo‘rligida yakka ijrochilar tomonidan ijro etiladi. 

Bunga  Respublika  professional  va  havaskor  ansambllar  repertuarlaridan 

mustahkam o‘rin olgan va xalq orasida keng tarqalgan Xorazm laparlaridan “Xiva 

dutori”, “Qora ko‘zim”, “Dilbar” kabilarni misol sifatida ko‘rsatish mumkin. 

Farg‘ona vodiysi laparlarining o‘ziga xos musiqiy ijro uslubi mavjud bo‘lib, 

bu  uslub  kuyning  ohangdorligi,  ritmik  tuzilmaning  ravonligi,  cholg‘u  asbobining 

o‘ziga xos jo‘ravozligi, laparlarning dialog shaklida ijro etish bilan belgilanadi. 

Xalq  orasida  keng  tarqalgan  Farg‘ona  laparlaridan  “Qora  soch”, 

“Qilpillama”,  “Bilakuzuk”,  “Hilila  yor”  va  boshqalarni  misol  qilib  ko‘rsatish 

mumkin. 

18. Marosim qo‘shiqlari. 

Marosim  musiqasi  merosi  ikki  turdan-vokal  (marsiya  va  qo‘shiqlar)  va 

cholg‘u (cholg‘u ohanglari, usullar, kuylar)dan iborat. Ularning har bir marosimda 

diniy  sehrlovchi,  xabar  berish-aloqa  qilish,  manfaatdorlik-  tantanovorlik,  estetik 

jihatdan  aniq  bir  vazifani  bajaradi.  Marosim  musiqasi  janri  tarkibini  aniqlashda 

marosimning fojiaviy mohiyatini nazarda tutish lozim, chunki u musiqa folklorida 

real tarzda namoyon bo‘ladi. 

Marosim musiqasi paydo bo‘lishidayoq, u qandaydir voqeaga mo‘ljallangan 

va  yilning  ma’lum  bir  kunlari  yoki  biror  munosabat  bilan  ijro  etilgan.  Marosim 

musiqasida  so‘z  va  harakatning  mustahkam  aloqasi  u  yoki  bu  marosim 

harakatlariga  mos  asarlarning  nafaqat  mazmunini,  balki  ularning  tuzilmasini, 

musiqaviy-poetik xususiyatlarni, ijro uslubini, ijrochilar tarkibini belgilab beradi. 

Marosim musiqasining marosimdagi o‘rni bir xil emas. Bir tomondan, unda 

marosimlarning vazifasini bajaruvchi asarlarni ajratish mumkin. Masalan, yomg‘ir 

chaqiruvchi  “Sust  xotin”,  “Tasadduq”,  shamolni  chaqiruvchi  “Shamol  chaqirish” 

yoki  shomon  rasm  rusmi  jo  bo‘lgan  “Ko‘chirik”,  Ushbu  marosimlarning  afsun-

sehrga  mo‘ljallanishi  ko‘rinib  turibdi.  Ijrochilar  ruhlarga,  tabiatga,  hayvonlarga 

duoxonlik  yo‘li  bilan  murojaat  qilganlar  “Sust  xotin”,  “Shamol  chaqirish”, 

“Badik”,  “Kuch”,  “Xo‘sh-xo‘sh”,  “Choy    momo”  va  boshqalar,  ushbu  harakatlar 

ularni  tasavvurlaricha,  yil  fasllarning  almashishiga  sabab  bo‘ladi.  Ikkinchi 

tomondan,  marosimlarda  afsungarlik,  manfaatdorlikka  asoslanmagan  asarlar  ham 

mavjud  edi.  Ularni  ijro  etishdan  maqsad-marosim  qatnashchisining  sodir 

bo‘layotgan voqeaga munosabatini ifoda etishdan iboratdir. 

 

19. Yakuniy nazorat ishi 



To‘garak  a’zolarining  folklor  san’ati  bo‘yicha  ko‘nikmalarini  aniqlash 

uchun quyidagi amaliy topshiriq biletlarini tavsiya etamiz: 

 


43 

 

Amaliy: 

An’anaviy sayl-bayram qo‘shiqlarini ijro etib berish.

 

To‘garak rahbarlariga eslatma



Amaliy  topshiriq  berilishidan  oldin  folklor  buyumlarini  yasash  hamda 

vaqtdan unumli foydalanish uchun  maxsus  jixozlar tayyorlab qo‘yilishi va folklor 

cholg‘u asboblari ham soz holatda bo‘lishi lozim. 

Ushbu  savollar  va  topshiriqlarning  bittasidan    guruhdagi  bir  necha 

bolalarning bilim va ko‘nikmalarini aniqlashda foydalanish mumkin.   

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

44 

 

Foydalanilgan adabiyotlar: 



 

 

1. 



Maktabdan  tashqari  ta’limga  qo‘yiladigan  Davlat  talablari.  O‘zbekiston 

Respublikasi  Xalq  ta’limi  vazirining  2015  yil  31  martdagi  7-mh-sonli 

buyrug‘i. 

2.   M.Dadaboev. “Ohanglarda qalb sadosi”. Namangan sh. Namangan nashriyoti 

2002 

3. O.Ibrohimov va boshq. Musiqa 4- sinf. G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at 



nashriyoti. T; 2003  

4.  M.Olimov. qo‘shiq aytaylik. Andijon. 1997  

5.  X.Nurmatov va boshqalar. Musiqa alibosi. 1- sinf T; O‘qituvchi 1998  

6.  Q.Usmonov YAkka musiqa darsligi. “Fan” nashriyoti 1998  

7.   M.Dadaboev “Hur yurtimni kuylayman” nomli nashri 

8. O‘zbekiston- vatanim manim. 3- kitob. 

9.  M.Dadaboev. Kuylang bulbullar. Namangan 1998 

 

Elektron manbalar: 

1. “Ziyonet”.uz  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Download 420.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling