Barkamol avlod


 Toshkent, Farg‘ona qo‘shiqchilik uslubi


Download 420.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana22.10.2017
Hajmi420.97 Kb.
#18413
1   2   3   4   5

 

3. Toshkent, Farg‘ona qo‘shiqchilik uslubi. 

 

Farg‘ona  vodiysi  va  Toshkent  viloyatida  katta  ashula  janri  keng  tarqalgan. 



Toshkent,  Farg‘ona  folklor  qo‘shiqlari  asosan  yalla  va  laparlardan  iborat.  “Jamalagi 

tillo  qizgina”  hamda  “Yalla  jonim,  yalla”  qo‘shiqlarini  Toshkent,  Farg‘ona  ijro 

yo‘lida ijro etish uslublari shakllantiriladi. Qo‘shiq matni, qo‘shiqdagi o‘z shevasiga 

xos so‘zlar o‘rni va ularning ishlatilishi, audio tasma orqali eshittiriltb ko‘nikma hosil 

qilinadi. Toshkent, Farg‘ona folklorlarini, unga xos bo‘lgan raqslarni ijro etish orqali 

bilimliri yanada mukammallashtiriladi. 

Laparlarning  musiqiy  asoslari  ko‘pgina  belgilari  bilan  qo‘shiq  uchun  xosdir. 

Lapar  aytish  Farg‘ona,  Toshkent,  Xorazm,  CHimkent  va  O‘sh  viloyatlarida  keng 

tarqalgan.  Biz  Farg‘ona,  Toshkent  va  Xorazm  laparlarini  bir-biriga  qiyos  qilib, 

kuyning ta’sirchanligi va ijro uslubining o‘ziga xosligi bilan ajralib turish ahamiyati.  

 

Agar  Farg‘ona  vodiysida  laparlar  ijrosi  ikki  qo‘shiqchi  tomonidan  dialog 



shaklida  dutor,  doira  jo‘rligida  aytilsa,  Xorazmda  garmon,  g‘ijjak,  dutor  jo‘rligida 

yakka ijrochilar tomonidan ijro etiladi. 



 

4. Surxondaryo qo‘shiqchilik uslubi. 

 

Surxondaryo  musiqasida  torli  puflab  chalinadigan  va  zarbli  cholg‘u 



asboblarining deyarli barcha turlari mavjud. Arxeologik qazilmalar chog‘ida topilgan 

cholg‘u  asboblari  orqali  bu  cholg‘u  asboblarining  qadimiy  ko‘rinishlari    to‘g‘risida 

ham  tasavvur  hosil  qilish  mumkin.  Surxondaryo  janubidagi  Ayritom  qishlog‘idan 

topilgan  uch  jussali  haykalchaning  har  birining  qo‘lida  uch  xil  cholg‘u  asbobi  aks 

ettirilgan.  Surxondaryoda  do‘mbira  dutor,  kalta  dutor,  chiltor,  rubob,  qobuz  va 

g‘ijjak-changqobuz  kabi  torli  surnay,  cho‘pon  nay,  gajir  nay,  nay,  nay  shuvullak, 

sibizg‘a,  qamish  nay  kabi  puflab  chalinadigan,  doira,  nog‘ora,  zilbom,  do‘l  yoki 

dovul  kabi  zarbli  musiqa  asboblari  keng  tarqalgan.  Bu  asboblardan  ham  yakka  ham 

jamoa  ijrolarida  keng  foydalaniladi.  Bu  erda  do‘mbira  baxshilar  cholg‘usi  sifatida 

changqobuz va doira ayollar cholg‘usi sifatida keng ommalashgan. 

Qadimiy  qo‘shiq  va  kuy  raqs  dostonlar  faqat  xalq  yodidagina  yashamayapti. 

Ular “Shalola” xalq ansambli “Boysun”, “Qo‘ng‘irot” folklor ansambllari “Quralay” 

bolalar  folklor-estrada  ansambli  kabi  jamolar  repertuariga  ham  kiritilgan.  Qo‘shiq-

kishilar tarixi hayoti va maishiy turmushi ularning orzu va umidlari dunyoqarashi va 

ruhiyati  ifodasidir.  Hozirgi  paytda  vohadagi  ansambllar  respublika  milliy 

qo‘shiqchilik  an’analarini  xususan  Surxondaryo  musiqa  folklorini  asrash  yuzasidan 

katta ishlarni amalga oshirmoqda.  


27 

 

Muayyan  mehnat  jarayonlari  bilan  bog‘liq  ko‘plab  mehnat  qo‘shiqlari 



yaratilgan.  Boysunda  hozir  ham  omoch  bilan  er  haydaladi.  Qo‘l  tegirmon, 

yorg‘ichoq,  suv  tegirmoni,  moyjuvoz  ishlatib  kelinadi.  Ayollar  sigir,  echki,  qo‘y 

sog‘ish  chog‘ida  ijro  etadigan  “Xo‘sh-xo‘sh”,  “Turey-turey”,  ”Churey-churey”  kabi 

jozibali ohangli qo‘shiqlar juda qadimiyligi bilan ajralib turadi. To‘qish, junga ishlov 

berish  va  qo‘l  tegirmoni  ishlatish  paytida  ijro  etiladigan  “Charx”,  ”Yorg‘ichoq”, 

”O‘rmak”  kabilar  ham  ayollar  qo‘shig‘i  hisoblanadi.  Bir  qator  mehnat  va  mavsum 

qo‘shiqlarini  o‘z  yo‘nalishiga  ko‘ra  totemizm  va  shamanizm  bilan  bog‘liq, 

otashparastlik,  animistik  afsun,  sehr  jodu  qo‘shiqlari  qatoriga  kiritish  mumkin.  Ular 

Surxondaryo vohasining qadim tarixi bilan bog‘liqdir. Bu qo‘shiqlarda tabiat qudrati, 

afsonaviy mavjudotlar madh etiladi. 

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Boysun tuman folklor ansambli 

 

“Ho‘sh-ho‘sh”  yoki  “Govmishim”  bu  qo‘shiqlar  asosiy  mazmuni 

sog‘ilayotgan sigirni tinchlantirish, uni ko‘proq sut sog‘ib olish hisoblanadi. 

 

Ho‘sh-ho‘sh, jonivor, qo‘ng‘ir, 



 

Suting oqadi shir-shir 

 

Oltin xurmo qo‘limda 



Iyib sut bilan to‘ldir, ho‘sh-ho‘sh. 

Seni haydab boqaman, 

Ko‘ztumorlar taqaman 

Normurodim fe’li bo‘sh, 

Govmish molim ho‘sh-ho‘sh. 

 

 



“Turey-turey”  qo‘shiqlari.  Bu  qo‘shiqlar  qo‘ylarni  sog‘ish  va  qo‘zilarni 

emizishda aytiladi. SHuning uchun ham turey-turey qo‘shiqlarida ona sog‘ishni madh 

etish, uni iydirish uchun aytiladigan erkalash ohanglari etakchilik qiladi. 

 

 



Esli molim, turey-turey, 

 

 



Elkamdagi kokilim, turey-turey. 

 

 



SHuncha molim ichida, 

 

 



Bog‘da ochilgan gulim, turey-turey. 

Qo‘ylarni  hid  sezuvchi  organlari  taraqqiy  etgan  bo‘lib,  yangi  tug‘ilgan 

qo‘zilarga  boshqa  hayvonning  hidi  urib  qolsa,  ona  qo‘y  o‘z  bolasini  emizmay 


28 

 

qo‘yadi.shunda  sog‘uvchi  “agar  bolangni  olmasang,  seni  bozorga  olib  chiqib 



sotaman”, deb sovliqqa do‘q-po‘pisa qiladi. 

 

 



Qo‘y ichida qorasan, turey-turey, 

 

 



Aqllisan donosan, turey-turey. 

 

 



Agar bolangni olmasang, turey-turey, 

 

 



Bozorlarga borasan, turey-turey. 

 

 



“Churey” qo‘shiqlari. Sog‘im qo‘shiqlarining bu turi echkilarni sog‘ish yoki 

uloqlarni  emizish  paytida  aytiladi.  Churey  qo‘shiqlari  uloq  yoxud  echkining 

xarakteri,  biror belgisi, ko‘pincha soqoli, shoxi  yoki qashqasi aytilib ularning  tashqi 

qiyofasi tasvirlanadi. 

 

 

SHoxlarim bor bir minora, churey-churey, 



 

 

Minoraga qushlar qo‘naro, churey-churey. 



 

 

Bolang olib iskasango, churey-churey, 



 

 

Olgan shu echkim yaxshi echki churey. 



 

Sog‘ish  paytida  echki  qarshilik  qilmay  tik  turib  bersa,  sog‘uvchi  uni  maqtab, 

erkalab, ba’zan engil hazil bilan tegajoqlik qilib qo‘shiq kuylaydi. 

 

 



Dikraygan qulog‘i bor, churey-churey 

 

 



Chashmadek bulog‘i bor, churey-churey 

 

 



Ichida egiz ulog‘i bor, churey-churey 

Shu echkim yaxshi echki churey.  



 

5. Xorazm qo‘shiqchilik uslubi.  

 

“Omon-omon”  qo‘shig‘i  Xorazm  ijro  yo‘lida  ijro 



etiladigan 

qo‘shiqlardan 

biridir. 

Qo‘shiq 


matni, 

qo‘shiqdagi  o‘z  shevasiga  xos  so‘zlar  o‘rni  va  ularning 

ishlatilishi,  audio  tasma  orqali  o‘quvchilarga  eshittirib, 

qo‘shiq  matni  yozdirish  va  sahnalashtirish  orqali 

o‘quvchilarning bilim va malakalarini shakllantirish zarur. 

Bu Xorazm bolalar folklor qo‘shiqlarini ijro etish va unga 

xos bo‘lgan raqslarni ijro etish orqali amalga oshiriladi. 

Xorazm  laparlaridan  “Xiva  dutori”,  “Onajondek  dilbar  janona  galdi”,  “Ey 

dilbarim” kabilarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

29 

 

Bo‘ynima osganim qalampir la’li,  



Shu yorni go‘rmasam bo‘larman dali,  

Yigitlar ichinda bo‘ylari balli,  

Shul yorni axtarib getmasam bo‘lmas,  

Allarin bo‘ynima solmasam bo‘lmas. 

 

Juyan akdim kandir bilan aralash,  



Bir yor topdim o‘rta bo‘yli, qalam qosh,  

Qora qora deyvarmanglar yorimni,  

Qora minjiq hinji bilan aralash,  

SHul yorni axtarib getmasam bo‘lmas,  

Allarin bo‘nima solmasam bo‘lmas. 

Bo‘nima osganim qalampir tumor,  

Shul yorni go‘masam bo‘laman xumor,  

Yigitlar ichinda bo‘ylari chinor,  

Shul yorni axtarib getmasam bo‘lmas,  

Allarin bo‘ynima solmasam bo‘lmas. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



30 

 

Onajonni xotin - qizlar topadi,  



U galganda yaxshi so‘zlar aytadi  

Yangi zamon maqsudina etirdi  

Onajondek dilbar jahona galdi  

Xonimlardan avval hurriyat oldi 

 

Onajonni harna ilm doshinda  



Siyo zulfi o‘rim - o‘rim boshinda  

Saksona girsa ham o‘n besh yoshinda  

Onajondek dilbar jahona galdi  

Xonimlardan avval hurriyat oldi 

 

Labinda xoli bor doridan kichchi  



Izina tushibdi kattadan - kichchi  

So‘zlaganda so‘zi boldan ham suji  

Onajondek dilbar jahona galdi  

Xonimlardan avval hurriyat oldi 

 

Onajonni Nurlavoydan galishi  



Dor galibdi oyoqina kavishi  

Davralarda qah-qah urib gulishi  

Onajondek dilbar jahona galdi  

Xonimlardan avval hurriyat oldi 

 

Boshina giyipdi yapon baxmali  



Alimni olibdi labdagi xoli  

Bir gormasam endi tutar xumori  

Onajondek dilbar jaona galdi  

Xonimlardan avval hurriyat oldi

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Vaqti-bevaqt intizoringda qilurman nolalar,  

Bo‘lg‘oli muhtoji ishq to‘lg‘onaman, ey dilbarim. 

 

Shodi xandon aylamak o‘z ixtiyoringda meni,  



Ayt qachon la’ling mehridin qonaman, ey dilbarim. 

 

Harna amr etsang qilay joni dil birla qabul,  



Justi jo‘ aylab chopay har yona man, ey dilbarim. 

 

Orzu aylab men Ojiz ixlos ila yozdim g‘azal,  



Yod etar albatta deb o‘ylanaman, ey dilbarim. 

 

31 

 

6. Xorazm folklor-raqs uslubi. 

 

Xorazmda asosan xalfachilik yo‘nalishidagi ijro yo‘llari keng tarqalgan. 



O‘zbek  xalq  musiqa  ijodi  jumladan,  xalfachilik  san’atini  musiqiy  ta’lim 

jarayonida  xalfachilik  darslarida  o‘rganishdan  asosiy  maqsad,  o‘quvchilarni 

an’analarga  boy  va  badiiy  etuk,  xalfachilik  qo‘shiqlari  namunalaridan  bahramand 

etish.  Ularni  o‘rganish  asosida  o‘tkir  did,  yuqori  badiiy  saviya,  nafis  tuyg‘ularni 

shakllantirishdan  iborat.  Ayni  vaqtda  ko‘p  asrlar  davomida  yashab  kelgan  ota-

bobolarimiz,  avlod-ajdodlarimiz  ma’naviyatining  barkamol  ruhiyati  sadolaridagi 

natijasi  bo‘lgan  xalfa  qo‘shiqlarini  yosh  avlod  qalbidan  o‘rin  toptirishdan,  bu 

an’analarni  e’zozlashni,  ona-yurt  merosini  bugungi  kundagi  haqqoniy  vorislari 

bo‘lishini tarbiyalaydi. 

Xalfa qo‘shiqlari xalq ruhini, xalq orzu-armonlarini yorqin aks ettirib, odamlar 

yuragiga ta’sir etib xususan ayollar tomonidan ijro etiladigan san’at turi. Aynan xalfa 

qo‘shiqlari mehatkash ommaning ozodlik va baxt uchun kurashida madadkor bo‘lib, 

xalqning dardi aynisa, ayollarning hayoti, nohaqlik, ayollarning manfaati kuylangan, 

g‘oyalarni  jonli  gavdalantirib  sodda,  ravshan  til  bilan  kuylarga  solib  badiiy  shaklda 

tarannum qilgan janrdir. 

Faqat  Xorazm  mahalliy  uslubiga xos bo‘lgan  xalfachilik san’at  turi  an’analari 

esa uzoq davrlar mobaynida shakllangan bo‘lib, ular xalqimizning turli sharoitlardagi 

turmushi,  mehat  mashg‘ulotlari  marosim  va  urf-odatlar  jarayoni  bilan  uzviy  bog‘liq 

holda yuzaga kelgan. 

Xorazm  xalfachilik  an’analarini  o‘z  mohiyatiga  qarab,  bir  necha  guruhga 

ajratish mumkin. Ular  jumlasiga ijodkor shoira xalfalar va dostonlarini kuysiz qiroat 

bilan o‘qib eshittiruvchi xalfalar kiradi. Hozirgi davrda Xorazm vohasida xalfachilik 

san’atining asosan uch turini belgilash mumkin. 

Birinchisi: shoira ijodkor xalfalar; 

Ikkinchisi: ijrochi soziy xalfalar; 

Uchinchi:  diniy  mavzudagi  kitoblarni  jo‘rsozsiz  mungli  ohangda  kuyga  solib 

ijro qiladigan xalfalar turlari. 

Birinchi  guruhda  o‘zining  ijodkorligi,  shoiraligi  va  garmon  cholg‘usini  mohir 

ijrochisi, jarangdor ovoz sohibi, qo‘shiqchi va ashulachi, doirachisi va raqqosasi bilan 

birgalikda ansambl bo‘lib ijrochilik qiladigan 

xalfalar kiradi.  

Ijodkor 


shoira 

xalfalar 

guruhiga 

SHukur 


Ollaqulixon 

qizi 


(1857-1932), 

Xonim  suvchi  Saidahmat  qizi  (1858-1926), 

Onabibi  Otajanova  (Ojiza)  (1899-1952), 

Onajon Sobirova (Anash xalfa) (1885-1952), 

xazorasplik  Saodat  xalfa  Xudayberganova 

(1905-1972),  Mohira  Sabirova  (1909-1966), 

Roziya  xalfa  Matniyoz  qizi  (1899-1951), 

Rohatoy  Xo‘janiyazova  (1955-2010)  kabi 



32 

 

ijodkorlar shoira xalfalar guruhni tashkil qiladi. Bu xalfalar xalq dostonlarining to‘la 



matnini  yoddan bilganlar  va ularni  musiqa  jo‘rligida  maromiga  etkazib  kuylaganlar. 

SHu bilan birga badiiy ijod bilan ham shug‘ullanib, ajoyib she’rlar ham yaratganlar. 

 

“Xurshidi jahon galdi” ko‘rik tanlovining mutloq g‘olibi, shoira, ijodkor  

xalfa Rohatoy Xo‘janiyazova (1955-2010) o‘rtada, o‘ngda muallif, 

 chapda doirachi Anorjon Jumaniyazova 

 

Anarbibi  Otajanova  (Ojiza  taxallusi  bilan  elga  tanilgan)  mashhur  xonanda 



bo‘lishi bilan birga iste’dodli shoira ham edi. U xalq qo‘shilariga hamohang bo‘lgan 

ko‘plab  qo‘shiqlar  ijod  qildi  va  zo‘r  mahorat  bilan  kuyga  solib  xalq  orasiga  yoydi. 

Ojizaning  “Uyolaman”,  “Targ‘uncha”,  “Galmadi-galmadi”,  “Tuninay”,  “Ey 

dilbarim” kabi qo‘shiqlar hozirgi davrda ham xalfalar tomonidan ijro qilinadi. 

Ana shunday xonanda, shoira, ijodkor xalfalardan Rohatoy Xo‘janiyazova XX 

asr  oxiri  XXI  asr  boshlarida  ijod  qilgan  mashhur  xalfa  bo‘lib,  uning  “Sabr  ayla 

ko‘nglim mani”, “Armonim yo‘qdir mani” kabi she’riy to‘plamlari bilan elga ma’lum 

va  mashhur  bo‘lgan.  U  “Mustaqil  O‘zbekiston”,  “Do‘stlarim”,  “Onajon”  kabi 

she`rlariga  kuy  bastalab  ijro  qilgan.  SHuningdek,  ustoz  xalfalarning  qo‘shiqlari  va 

oshilik dostonlaridan parchalar kuylagan.  

Ikkinchi  guruh  xalfalar  asosan  “garmon”  cholg‘uchisi  va  ashulachi  sifatida 

o‘rin egallasa uning yonida albatta doirachisi va raqosasi ham bir guruh bo‘lib janrni 

shakllantirishda  va  tashkil  qilishadi.  Ko‘pincha  xalfalar  guruh  bo‘lib  o‘zlari  ijodiy 

yondashganlar.  Ular  dasturlarini  turli  mavzudagi  qo‘shiqlar,  dostonlardan  parchalar 

va  nasixatgo‘y  lirik  mazmundagi  keng  diapazonli  lirik  qo‘shiqlar  asosida  tashkil 

etganlar.  

Nazira  Sobirova,  Sarajon  Ollaberganova,  Sorabibi  Axmedova,  Sorabibi 

Jumaniyozova,  Ullibibi  Boyjanova,  kabi  xalfalar  kiradi.  Ular  dostonlar  va 

laparlarning 

to‘la 


matnini 

yoddan 


yoki 

kitob 


vositasida 

o‘qish 


bilan 

shug‘ullanmasdan faqat xalq qo‘shilari va doston tarkibidagi ayrim she’rlarni kuyga 

solib  maromiga  etkazib  kuylashgan.  Ular  ma’lum  ansamblga  uyushgan  garmonchi, 

doirachi va raqqosa bo‘lib, to‘y, bayramlarda xizmat qilishgan. 

Xalfa  janriga  xos  bo‘lgan  ijodkor  xalfalar  va  ijrochi  sozanda  xalfalar  to‘y  va 

ziyofatlarda xizmat qilsalar, diniy mavzudagi kitob va dostonlarni kuylovchi xalfalar 

to‘ylarda,  azalarda,  ma’rakalarda  ham  ishtirok  etganlar  va  hozirgi  davrgacha  ana 

shunday yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. 

Uchinchi  guruhga  hozirgi  davrda  diniy  mavzudagi  kitob  va  dostonlarni 

kuylovchi  xalfa  ayollar  qatoriga  o‘z  ustozlarini  ijro  uslublari  kuylash  variantlari 

asosida ijro etib kelishmokda. Suna Eshmatova, Niyozjon Musaeva kabi xalfalar juda 

zeni  baland  diniy  mavzularda  erkin  mushohada  qila  oladigan  chuqur  bilimga  ega 

xalfalar bo‘lgan. 

Sozanda  shoira  xalfalar  guruhi  a’zolari  asosan  oshiqlik  dostonlardan 

kuylashgan. Xorazmda yashagan mashhur xalfalardan Xonim Suvchi, Ojiza, Onajon 

xalfa  kabi  xalfalar  “Oshiq  G‘arib  va  SHoxsanam”,  “Asli  va  Karam”,  “Oshiq 

Mahmud”,  “Oshiq  Alband”,  “Go‘ro‘g‘li”  turkumiga  oid  ayrim  dostonlarni  tugal 

yoddan bilganlar va maromiga etkazib kuylaganlar.  



33 

 

“Olti  xalfa”  qo‘shig‘i  raqsi  Xorazm  ijro  yo‘lida  ijro  etiladigan  raqslardan 



biridir.  Qo‘shiq  matni,  qo‘shiqdagi  o‘z  shevasiga  xos  so‘zlar  o‘rni  va  ularning 

ishlatilishi,  audio  tasma  orqali  o‘quvchilarga  eshittirib,  qo‘shiq  matni  yozdirish  va 

sahnalashtirish  orqali  o‘quvchilarning  bilim  va  malakalarini  shakllantirish  zarur.  Bu 

Xorazm bolalar folklor qo‘shiqlarini ijro etish va unga xos bo‘lgan raqslarni ijro etish 

orqali amalga oshiriladi. 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

Olti xalfa biri To‘ti, 

Chellere bitgan suv oti? 

Yurakimda bordir oti? 

Elga balli olti xalfa. 

 

Olti xalfa biri Bo‘ston, 



Otlari olamga doston. 

Yurgan eri bog‘u bo‘ston, 

Elga balli olti xalfa. 

 

 



 

 

Olti xalfa biri Tursin, 



Arvaga sakrab o‘tirsin. 

Arvani ko‘chari sinsin, 

Elga balli olti xalfa. 

 

Olti xalfa biri Fotma, 



Uzin bo‘yli o‘zi qatma. 

Qizil yuzli, qoshi chatma, 

Elga balli olti xalfa. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Xiva folklor ansambli 



 

7. Buxoro folklor-raqs uslubi. 

 

Qo‘shiqni  audio  tasma  orqali  eshittiriladi.  Qo‘shiq  matni.  Sahnalashtirish. 



Buxoro bolalari folklorini ijro etish, unga xos bo‘lgan folklor-raqslarini ijro etish.  

34 

 

Yor-yor denglar qudolar, kelin keldi yor-yor. 



Kelaydigon shu kelin baxtli bo‘lsin yor-yor. 

Oltin bilan kumushdan raxti to‘lsin yor-yor. 

 

Assalomu alaykum kelinjon, shunday kelgan karamli sulton. 



Xush kelibsiz ana manzil, ana joy. 

Ka’bada ko‘rdim yuzingni, qibladan qildim tavob. 

Ikki qoshingni orasi oy bila obtob. 

 

Nuri diydam sarvarim xush keldingiz, 



Yo‘li iroqizdaydim. 

Oy yuzizni ko‘rgali men ishtiyoqizdayidim. 

 

Kelin o‘tirsalar uyni berdik, 



O‘tirmasalar to‘rni berdik. 

Unga ham yoq desalar,  

Qafasda sayragan bulbulni berdik. 

Ungayam ko‘nmasalar, 

Qoziqda kishnagan duldurni berdik. 

Ungayam ko‘nmasalar, 

Shunay jononga, o‘tirgan kiyovni berdik. 

 

Qizning onasi:  



 

Endi chiqib ketarsan, ilojing yo‘q yor-yor, 

Xizmatimda bor eding, jonim qizim yor-yor. 

Jonim qizim bo‘yloringdan aylonayin yor-yor, 

Og‘olaring buqchangni tugishdilar yor-yor. 

Sani olib ketishga yuzlandilar yor-yor. 

Nuri diydam, munisim, jonim qizim yor-yor. 

Borgan ering bog‘ ila bo‘ston bo‘lsin yor-yor. 

Oltin bilan kumushdan baxting to‘lsin yor-yor. 

Yor-yor denglar qudolar, kelin keldi yor-yor. 

Kelaydigon shu kelin baxtli bo‘lsin yor-yor. 

 

8. Bolalar folklor qo‘shiqlari. 

 

Har bir inson bolaligidan boshlab o‘zi bilmagan holda katta odamlarning e’tibori 



qaratilgan  mo‘‘jizaviy  mavjudotga  aylanadi.  Kattalar  unga  ism  qo‘yadilar,  beshikka 

belaydilar,  allalar  aytadilar,  qo‘lchalariga  ovoz  chiqaruvchi  o‘yinchoqlar  tutqazishadi. 

Bir  oz  gap  eshitadigan  bo‘lgani  zahoti  ovunmachoqlar  aytishadi.  Keyinchalik  esa 

farzand  topishmoqlar,  ertaklar,  qo‘shiqlar  olamiga  kirib  xalq  rasm  –rusumlari,  og‘zaki 

ijodi og‘ushida ulg‘aya boradi. 

Xalq  qadim  zamonlardan  farzandlarning  ma’naviy  va  jismoniy  tarbiyasiga 

alohida  e’tibor  bilan  qaragan.  Agar  allalar,  ertaklar  uning  ma’naviy  dunyosini 

boyitsa,  turli  o‘yinlar:  quvlashmachoq,  bekinmachoq,  chillak,  varrak  uchirish 

kabilar  jismonan  chiniqtirgan.  Yosh  bolalar  alohida  e’tiborga  loyiq  halqlarda  esa 

ular  uchun  maxsus  so‘z  namunalari  yaratilgan.  O‘zbeklar  ana  shunday  xalqlar 



35 

 

qatoridan  munosib  o‘rin  oladilar.  Tez  aytishlardan  tortib  allalargacha, 



topishmoqlardan  tortib  sanamachoqlargacha  bevosita  yosh  avlod  tarbiyasiga 

bag‘ishlangan bolalar folklori janrlarini, namunalarini tashkil etadi. 

O‘zbeklar  bolalar  folkloriga  oid  asarlarni  bir  necha  asrlar  oldinoq  hozirgi 

zamon pedagogikasi  talablarini his etgandek yaratganlar. Aslida xalq bu talablarni 

o‘zicha  hisobga  olgan.  Pedagogika  fani  esa  ularni  keyinchalik  kashf  qilgan. 

Xususan  bolalar  uchun  yaratilgan  asarlarning  tili  sodda,  mazmuni  esa  esda 

qoladigan  bo‘lishi lozim. SHuningdek bu asarlar albatta tarbiyaviy ahamiyat kasb 

etgani holda, bolalarda, xalqiga, vataniga, qadriyatlariga, ajdodlariga hurmat ruhini 

shakllantirishi  kerak.  Bunday  namunalar  farzandlarimizning  ma’rifiy  ozuqasi 

hisoblanadi.  Bo‘rinig  yirtqichligini,  tulkining  ayyorligini  ular  dastlab  o‘zlariga 

atalgan  ertaklardan  bilib  oladilar.  Ayni  paytda,  bunday  asarlar  bolada  go‘zallikka 

intilish tuyg‘usini uyg‘otishga ham mo‘ljallangan bo‘ladi



Download 420.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling