Barkamol shaxs tarbiyasida ma'naviyatning o'rni
I.1. Z.M.BOBUR LIRIKASIDA TAVSIFLANGAN KOMIL INSON OBRAZI YOSH AVLOD QALBIDA E’TIQODNI TARBIYALASHNING MUHIM VOSITASI
Download 344 Kb.
|
Barkamol avlod tarbiyasida badiiy adabiyotning o`rni (Zahriddin Mihammad Bobur ijodi misolida)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanidan Barkamol avlod shaxs tarbiyasida manaviyatning o’rni mavzusida tayyorlagan multimediyasi
I.1. Z.M.BOBUR LIRIKASIDA TAVSIFLANGAN KOMIL INSON OBRAZI YOSH AVLOD QALBIDA E’TIQODNI TARBIYALASHNING MUHIM VOSITASI
Bobur ajoyib sarkardaligi bilan birga ma’rifatparvar shoh va nozik didli shoir ham bo‘lgan. U o‘z asarlarida g‘azallikni kuylagan, insonlarni yaxshilik qilishga, hunar, ilm-fanni o‘rganishga da’vat etgan. Bobur asarlarining mavzusi rang-barang bo‘lib, muhabbat, yaxshilik va yomonlik tasvirlangan. U yaratgan “Xatti Boburiy” asari arab yozuvini osonlashtirishga qaratilgan. Bobur arab harflarining osti va ustiga qo‘yiladigan diakritik belgilar zol-zabar o‘rniga harflar kiritishni taklif etgan. Buyuk adib xalqni osonroq savodli qilish yo‘lini izlab yaratgan mazkur alifbo amalga oshmadi. Chunki uni islomga shak keltirish bilan barabar deb hisoblandi. Bobur Hindistonda madaniyat va ma’rifat o‘rnatdi. U juda erta hayotdan ko‘z yumgan bo‘lsa-da o‘zining ishlari bilan “Boburnoma” deb atalgan asari bilan tarixda unutilmas nom qozondi. Xulqingni rost qilg‘il har sorig‘aki borsang, Axsanba der bari el gar yaxshi ot chiqarsang,- deb yozgan boburning o‘zi umr bo‘yi ana shu gapiga rioya qilgan. Ko‘p g‘azallarida axloqning barcha normalariga rioya qilish kerakligini va shundagina kishi el hurmatiga, katta baxtga sazovor bo‘lishini uqtirgan. Insonlarga hurmatni, mehr-oqibat va boshqa ezgu fazilatlarni doimo ulug‘lagan. Quyidagi ruboiy Boburning kamtarligidan, fikr-mulohazaliligidan dalolat beradi: Ey, el, borib ahbobga nomimni degil, Har kim meni bilsa, bu kalomimni degil. Mendin demagil, gar unitilgan bo‘lsam, Har kimki meni so‘rsa, salomimni degil. Bobur she’rlarida haqiqiy, barkamol inson timsoli madh etiladi, ulug‘lanadi. Eng avvao, insonning qadr-qimmatini yuqori tutish, amal va davlatga erishib g‘ururlanmaslik, kamtarinlik kabi xislatlar targ‘ib etiladi. Bobur ta’lim-tarbiya haqida g‘oyalarini o‘zining “Boburnoma”, “Mubayyan”, “Risolai volidiya” kabi asarlarida bayon etgan. Bobur inson kamolotining birinchi ostonasi oila ekanligini uqtirib, u jarayon nihoyatda qiyin va murakkabligini his etgan edi. Bolalarning axloq-odob qoidalarini o‘rganishi ko‘p jihatdan atrofdagi shaxslarga bog‘liqligini yaxshi bilgan Bobur o‘z farzandlarini tarbiyalashda tadbirkor, bilimdon odamlar bilan maslahatlashib, tajribali fozil va tarbiya ko‘rgan kishilar bilan kengashib ish tutgan. U o‘zining “Etiqoddiya” asarida bolalarni yoshlikdan baoshlash e’tiqodli, imonli qilish tarbiyalash masalalariga e’tibor bergan. Farzanddagi baxt-saodat keltiruvchi bosh fazilat imonidir deb bunday yozgan: Bobur, avvalig‘a farz qil ta’rif Kim, bor insonga avval ul taklif. Budur-iymon men aytayin, eshiting, Harna der-men, ani ko‘ngulga biting... U farzand tarbiyasida qo‘llanishi lozim bo‘lgan usullar deb: 1. Ota-onani farmoni uchun vojibligi. 2. Barcha insonlarga yaqinligini o‘rgatish. 3. Har bir paytda o‘zingizni ibrat aylab ko‘rsatish 4. Mustaqillik, qat’iylik va uddaburonlik uchun bolaga doimiy talabalarni qo‘yish va uning ijrosini kuzatish. Uning bu ish uslubini o‘g‘li Humoyunga qilgan nasihatidan bilsa bo‘ladi. U o‘g‘li Humoyunga doimo aql-zakovat va bilimga tayanib harakat qilish kerakligini ta’kidlagan: “... Yana ulug‘ ish ustiga borasen, ish ko‘rgan, ray va tadbirliq beklar bila kengashib, alarning so‘zi bilan amal qilgaysen. Agar meni rizomni bilarsen, xilvatni shiliqni va el bila kam ixtilotliqni bartaraf qilg‘il. Kunda ikki navbat iningni va beklarni ixtiyorig‘a qo‘ymay qoshinga chorlab, maslahat bshlsa kengashib, bu davlat xalqlaringni ittifoqi bilan har so‘z unga qaror bergaysen”. Bobur farzandi Humoyunning kamchiliklarini ko‘rgan zahoti ularni tuzatish uchun ogohlantirgan. Unga yozgan maktubida: “Xatingni xud tashvish birla o ‘qisa bo‘ladur, vale asru mug‘laqtur. Nasri muammo hech kishi ko‘rgan emas... Bundin nari betakalluf va ravshan va pok alfoz bila biti, ham senga tashvish ozroq bo‘lur va ham o‘qig‘onga”, -deb ta’kidlangan. Bobur she’rlarida inson kamolti uchun ilmning naqadar zarurligi qayta-qayta uqtirilgan. Bobur ilm toliblari hamisha yuksak fazilatlarga ega bo‘lishi lozim deb hisoblagan, ularning kamtar, sofdil, xalqni hurmatlaydigan fazilatlarga ega bo‘lishini istagan: Bori elga yaxshilik qilgilki, mundin yaxshi yo‘q, Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshiliq. Boburning ta’lim-tarbiyaviy qarashlaridagi bosh masala vatanga cheksiz muhabbatdir. Uning shu mavzudagi she’rlari kitobxonni ona-Vatanni sevishga, unga fidoyi, sodiy bo‘lishga, o‘z xalqiga xizmat qilishga chorlaydi, o‘quvchining qalbida yuksak insonparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otadi: Tolel yo‘q jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi, Har ishniki qildim xatolig‘ bo‘ldi. O‘z yerni qo‘yib hind sori yuzlandim, Yo rab, netayin, ne yuzi qarolig‘ bo‘ldi. Ko‘pdin berikim yoru diyorim yo‘qtur, Bir lahzau bir nafas qarorim yo‘qtur. Keldim bu sari o‘z ixtiyorim birla Lek borurimda ixtiyorim yo‘qdur. Bobur ta’lim-tarbiyaga doir g‘oyalarini o‘z boshidan kechirgan, ko‘rgan va bilgan voqealardan xulosalaydi. U o‘z zamonasidagi badxulq, bemehr uqulatsiz insonlarga qarata shunday yozgan edi: Qolmadi hurmat ahli olamda, Olamu olam ahlidin bil ilik. Bobur ikki podshohligidan, Yaxshiroq bu zaminda bir birlik. Bobur hamma vaqt ijobiy insoniy fazilatlarni yuksak qo‘yadi. Lekin shu insonlarga xalaqit beruvchi salbiy sifatlarni u o‘zining mazxaviy va ruboiylarida tanqid qiladi. Davlatga etib mehnat elin unutma, Bu besh kun uchun o‘zingni asru tutma... Beqayd menu xarobi sim ezmasen. Bobur ruboiylarida nafs xohishlariga berilmaslikka undaydi. Chunki nafs insonni yomon yo‘llarga olib kiradi. O‘z nafsini tiya olishi, aqlga asoslanib, rejali ish olib borish zarurligini ta’kidlaydi: Nafsing kasbidin havoyo havas, Ruh oldidadir bular yaramas. Nafs dushman durur, yaqin bilgil, Do‘stim bu so‘zni chin bilgil. Bobur yosh avlodni to‘g‘rilik, mehribonlik, vafodorlik, ezgulik hamda yaxshi kishi yaxshilik ko‘radi, yomonlik ko‘radi qoidasiga asoslanadi. Bobur tabiatdagi mo‘jiza va go‘zallikning shaydosi edi. Bobur o‘z navbatini chuqur bilganligi sababli handasa ilmiga juda katta yangiliklar kiritdi. U o‘nlab hayvonlarni o‘rganib foy-ziyonni, inson parvarishga muhtojligini alohida uqtirdi hamda ta’kidlab o‘tdi. Boburiylar davlatning asoschisi, yurtboshimiz Zahriddin Muhammad Bobur mumtoz shoir, taniqli tarixchi va xassos olim yirik tashkilotchi bo‘libgina qolmay, o‘z davrida bog‘istirohatchilik va me’morchilik san’atining yanada ravnaq topshiga ham salmoqli hissa qo‘shgan ulug‘ namoyondadir. Bobur yoshligidan boshlab Andijonda soraj muhitida ulg‘ayganligi uchun nafis va mumtoz me’moriy muhitning ko‘rkam namunalari bilan yaqindan tanish bo‘ldi. Uning yashligi tabiat quchog‘ida ovchilikka, bog‘-rog‘lar bag‘rida o‘tdi. Andijonda tarbiyalanib savod topgan kezlari haqida Bobur shunday yozadi: “... tog‘larni hamisha yayoq brib sayor qilur edim. Yalang oyoq yurgandin oyolarim andoq bo‘lib edikim, tog‘ va tosh tafovut qilmas edi”. Andijonning shimolidagi qishloqlarda ekanda har ikki –uch kunda avga otlanur edim. Ulug‘ changallarni urtab bug‘u-maral avlar edik. Ushoq changallariga charcha solib, kezlar edik”. Bobur Samarqandni idora etib turgan kezlari (1497-1498-yillar)shahar atrofida Temur va Mirzo Ulug‘beklar bunyod etgan xushmanzara manzillar, bog‘-saroylarda bir necha bor bo‘lib, ularni mushohada etadi va ular haqida to‘lqinlanib yozadi: “Temurbekning va Ulug‘bek Mirzoning imorati va bog‘oti Samarqand mahollotida kuptur... (Temurbek) Samarqandning sharqida ikki bog‘ solibdur, birikim yuqoridur, Bog‘i Buldidur, yovuqroki Bog‘i Dilkushodur. Andin Feruza darvozasigacha xiyobon qilib, ikki tarafga terak yog‘ochlari ektirubtur. Dilkushoda ham ulug‘ ko‘shk soldurubtur, ul ko‘shkda Temurbekning Hindiston urushini tasvir qilibturlar. Yana Pushtai Kuxakning domanasida Konigilning qora surining ustidakim, bu suvni Oliraxmat derlar, bir bog‘ solibtur. Hakshi Jahonga mavsum. Bobur Kobulga yaqin Pamgon tog‘i etaklarida joylashgan Istolif qishlog‘idagi ajoyib bir bog‘ni sotib oladi va unda yangidan ariqlar oldirib reja bilan bog‘ qiladi: “... bu kentda Bog‘i Kanbon otliq Ulug‘bek Mirzoning bir mag‘sub bog‘i bor edi. Men egalariga baho berib oldim. Bog‘din tashqari ulug‘ chinorlar bor, chinorlarning tubi sabzalik, safolik, manzili-dur. Bog‘ning o‘rtasindin bir tegirmon suri hamisha joriydur. Bu ariq yoqasida chinorlar va daraxtlardur, burun bu ariq egri-bugri va bisiyoq edi. Men buyurdimki, bu ariqni reja va siyoh qildilar. Bisyor yaxshi yer bo‘ldi”. Bobur va uning avlodlari yaratgan bog‘larning ayrimlari bizning davrimizgacha saqlanib kelmoqda. Kobuldagi Bog‘i Bobur Istolifdagi Bog‘i Istolif, Agradagi Bog‘i Nurafshon va toj Maxal bog‘-saroylari, Dehlidagi Xumoyun va Sikridagi Bog‘i Akbarlar, Srinardagi Sholimarbog‘lar shular jumlasidandir. Bobur sevib tasvirlagan “Bog‘i Istolif” hali ham bor, deb yozadi Afg‘onistonga mehmon bo‘lib borgan o‘zbek olimi Xamidulla Xasanov Boburning qo‘li tekkan daraxtlar hozir ham xushqomat, yo‘g‘on, serbuloq. Bog‘ balandlikda keng supada, bir tarafi chuqur jarlik. Bobur aytgan “rud” soyining suvi muzdek sovuq, billurdek tiniq. Bog‘ning bir tarafidan Bobur tuzattirgan ariqda hali ham shovullab zilol suv oqib turibdi. Bu bog‘dan Istolif shahrining go‘zal manzarasi ko‘rinib turadi, hatto Hindikush toshlarining janubidagi keng, yam-yashil, mevazor, vodiy-Kuxidoman vodiysi ham uzoq-uzoqlargacha ko‘rinadi. Shoh shoir sarkarda Boburning sharq me’morchilik san’atini sirlarini qanchalik chuqur bilganligini og‘ir kanmiz, hozirgi barkamol avlodning ham bir necha ilm, hunarmandlardan bahramand bo‘lishi naqadar zarur ekanligini anglaymiz. Zero, komil inson bo‘lmoquchun ana shu insoniy, ilmiy fazilatlar naqadar kerak ekanligini bilamiz. Fanidan Barkamol avlod shaxs tarbiyasida manaviyatning o’rni mavzusida tayyorlagan multimediyasi 1 I.Karimov. “Yuksak ma’naviyat – yenglimas kuch”. – T.: 2008, 4-bet. 2 I.Karimov. “Yuksak ma’naviyat – yenglimas kuch”. – T.: 2008, 4-bet Download 344 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling