Baron myunxauzen sarguzashtlari
BIR KISHINING MING KISHIGA BAS KELGANI
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Baron Myunxauzenning sarguzashtlari BARON MYUNXAUZENNING SARGUZASHTLARI
BIR KISHINING MING KISHIGA BAS KELGANI
Men generalga xuddi shunday dedim: www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud — Menga ordenning ham unvonning ham keragi yo'q! Men sizga hech qanday ta'masiz, do'stlik vajhidan yordam qilaman. Chunki men inglizlarni juda yaxshi ko’raman.
— Barakalla senga, do'stim Myunxauzen! —dedi general qo'limni yana qisib. - Bundan keyin ham shunday yordam qilib tur.
— Jonim bilan, —deb javob qildim men va cholning yelkasiga urib qo'ydim. Men Britaniya xalqiga xizmat qilishdan shodman.
Tez orada men ingliz do'stlarimga yana yordam qilish sharafiga muyassar bo'ldim.
Men ispan ruhoniysining kiyimini kiyib, kechasi dushman lageriga pisib o'tdim.
Ispanlar dong qotib uxlab yotar edilar, meni hech kim payqarnadi. Men sekin ishga kirishdirn: ularning vahimali to'plari turgan joyga borib, bu to'plarni shoshib- pishib, birin-ketin qirg'oqdan nariroqqa — dengizga uloqtiraverdim.
Bu ish unchalik yengil bo'lmadi, chunki to'plar uch yuzdan oshiqroq edi. To'plarning ishini bir yoqli qilib bo'lib, men hamma zambilg'altaklarni, to'rt g'ildirakli aravalarni, izvosh va lagerdagi jamiki shunaqa narsalarni lagerning o'rtasiga sudrab kelib, bir yerga uydim-da, o't qo'yib yubordim.
Ular xuddi poroxday lovillab yonib ketdi. Vahimali yong'in boshlandi. Ispanlar uyg'onib, dovdiraganlaricha lagerda har tomonga qarab chopa boshladilar.
Ular hang-mang bo'lganlaridan, kechasi lagerimizga inglizlarning yetti yoki sakkiz polki kelib-ketibdi, deb gumon qildilar.
Ular bu ish bir kishining qo'lidan kelgan, deb xayollariga ham keltira olmagan edilar.
Ispanlarning bosh qo'mondoni qo'rqib ketganidan, to Madridga yetib olguncha, rosa ikki hafta orqasiga qaramay qochgan.
Uning hamma qo'shini ham, hatto, orqasiga qayrilib qarashga yurak betlay olmay, uning ketidan qochgan.
Shunday qilib, mening dovyurakligim soyasida inglizlar dushmanni batamom tor-mor keltirdilar.
— Myunxauzen bo'lmaganda bizlar nima ham qila olar edik, — deyishardi ular va qo'llarimni qattiq qisib, meni ingliz armiyasining haloskori deb atardilar.
Qilgan yordamlarimdan juda minnatdor bo'lgan inglizlar meni Londonda mehmon bo'lishga taklif etdilar.
Men bu mamlakatda boshimdan nima hodisalar kechirishimni o'ylab-netib o'tirmasdan, jonu dilirn bilan Angliyaga jo'nab ketdim. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling