AYIQ BILAN OLISHUV
Men qayiqdan chiqishim bilanoq ulkan bir ayiq tashlanib qoldi. U g'ayritabiiy
o'lchamdagi dahshatli mahluq edi. U meni lahza ichida tilka-pora qilib tashlashi
mumkin edi, ammo men uning old panjalarini shunday qattiq siqdimki, ayiq
og'riqning zo'ridan chinqira boshladi. Uni qo'yib yuborsam, meni yanchib tashlashini
bilganim uchun panjasini uch kechayu uch kunduz to ochidan o'lgunicha ushlab
turdim. Ha, u ochidan o'ldi, chunki ayiqlar ochlikdan panjalarini so'rib qutuladilar. Bu
ayiq bo'lsa qo'llarini so'ra olmay ochidan o'lib ketdi. O'shandan beri birorta ham ayiq
menga tashlana olmaydi.
www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud
www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud