Baron myunxauzen sarguzashtlari
HAHANG BALIQ QORNIDA KEMALAR
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Baron Myunxauzenning sarguzashtlari BARON MYUNXAUZENNING SARGUZASHTLARI
HAHANG BALIQ QORNIDA KEMALAR
Bizda kompas yo'q edi, shuning uchun begona dengizda anchagina adashib yurdik. Kemamiz atrofida nuqul katta-katta baliqlar — akulalar, kitlar va dengizdagi bolak maxluqlar uymalanib yurardilar. Oxiri biz nihoyatda katta bir baliqqa to'qnash kelib qoldik; u shunday ulkan ediki, biz uning bosh tomonida turib, dumini ko'ra olmasdik. Baliq suv ichmoqchi bo'lib, ogfzini katta ochgan edi, og'ziga daryo-daryo suv kirib, kemamizni ham damiga tortib ketdi. Shunda qanday qo'rqqanimizni bilsangiz edi! Shunday botir odam bo'la turib, hatto, men ham qo'rqqanimdan dir-dir qaltirar edim. Ammo baliqning qorni xuddi kema to'xtaydigan gavandek tip-tinch ekan. Baliqning qorni bu ochko'z yirtqich allaqachon yutib yuborgan kemalar bilan liq to'la ekan. Oh, koshki edi, u yerning naqadar qorong'uligini bilsangiz! Biz na quyoshni, na yulduzni va na oyni ko'roldik. www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud Baliq har kuni ikki marta suv ichar edi, har safar suv yutganida kemamiz kuchli to'lqinda beshik-beshik bo'lib ketar edi. Boshqa vaqtda esa baliqning qorni qup-qurtiq bo'lar edi. Suvning to'xtashini poylab turib, biz kapitan bilan bir aylanib kelishi uchun kemadan tushdik. Bunda biz butun dunyodan kelgan dengizchilarni uchratdik. Baliqning qornida ular O'n minglab edilar. Ularning ko'pchiligi o'sha joyda bir necha yillardan beri yashayotgan edi. Men bu dim qamoqxonadan qutulib chiqish rejasini muhokama etishni taklif qildim. Meni boshliq etib tayinlashdi va ayni o'sha payt, men yig’lishni ochgan mahalda, o'lgur baliq yana suv icha boshladi. Biz hammamiz o'z kemalarimiz tomon tarqalib ketdik. Boshqa kuni biz yana yig'ildik va men shunday taklif berditn: ikkita eng baland machtalarni birlashtirib, baliq og’zini ochishi bilan tik qilib qo'sak, u jag’ini qimirlatolmay qoladi. Uning og'zi ochiq qolganidan keyin biz bemalol tashqariga suzib chiqishimiz mumkin. Mening taklifim bir ovozda qabul qilindi. Ikki yuzta eng baquwat matroslar maxluq boshqa yutina olmasligi uchun uning og’ziga ikkita eng katta machtani o'rnatdilar. Kemalar baliq qornidan ochiq dengizga qarab bemalol chiqib oldilar. Bu ulkan maxluqning qornida yetmish beshta kema bor ekan. Endi uning tanasi qanchalik bahaybat bo'lganini tasavvur qila olasizmi? Baliq og'zidagi kemalarni, albatta, shundayligicha qoldirdik. U endi boshqa hech kimni yuta olmasligi kerak edi. Asirlikdan ozod bo'lgach, biz, tabiiyki, qayerda turganimizni bilmoqchi bo'ldik. Ma'lum bo'ldiki, Kaspiy dengizida ekanmiz. Bu hammamizni hayratga soldi, chunki Kaspiy dengizi yopiq joy bo'lib, boshqa hech qaysi dengiz bilan birlashmaydi. Ammo men Pishloqlar orolida ushlab olgan uch oyoqli o'qimishlining aytishicha, baliq Kaspiy oroliga qandaydir yer osti kanali orqali kelib qolgan. Biz sohilga qarab yo'l oldik. Men hamrohlarimga boshqa hech joyga bormasligimni aytib, quruqlikka chiqishga shoshildim. Oxirgi yillarda boshimdan o'tgan qiyinchiliklarning o'zi men uchun yetarli edi. Men dam olishni xohlar edim. Ketma-ket bo'lgan sayohatlar meni charchatib qo'ygan edi. Endi men tinch yashashni xohlardim.
Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling