Baron myunxauzen sarguzashtlari


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/34
Sana05.01.2022
Hajmi0.52 Mb.
#223424
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
Baron Myunxauzenning sarguzashtlari BARON MYUNXAUZENNING SARGUZASHTLARI

TOMDAGI

 

OT 

 

Men Rossiyaga otliq safarga chiqqan edim. 



Qish payti, qor yog'moqda edi. 

Otim  charchab,  qoqina  boshladi.  O'zimni  ham  rosa  uyqu  bosdi. 

Charchaganimdari egardan yiqilib tushishirnga sal qoldi. Ammo tunash uchun behuda 

joy izlabman: yo'lda bironta ham qishloqni uchratmadim. 

Nima qilish kerak edi? 

Yalang bir joyda tunashga to'g'ri keldi. 

Tevarak-atrofda na bir tup buta bor va na bir tup daraxt. Qor tagidan kichkina 

bir qoziqchagina dikkayib chiqib turardi. 

Sovqotgan  otimni  bir  amallab  shu  qoziqchaga  bog'ladim.  o'zim  esa  o'sha 

yerdayoq qor ustiga yotib, dong qotib uxlab ketdim. 

Uzoq uxlab qolibman. bir mahal uyg'onib qarasam, dalada emas, bir qishloqda 

yoki, to'g'rirog'i kichkina bir shaharchada yotibman: tevarak-atrofimda uylar. . 

O'zi nima gap? Qayerga kelib qoldirn ekan? Bu uylar bir kechada qanday paydo 

bo'ldi ekan? 

Otim qayerda qoldi? 

www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud




Nima  hodisa  bo'lganini  anchagacha  tushuna  olmadim.  Birdan  qulog'irnga 

kishnagan tanish ovoz eshitildi.  

Mening otim kishnayotgan edi. 

Ammo o'zi qayoqda? 

Kishnagan ovoz qayerdandir yuqoridan kelardi. 

Boshimni ko'tarib qarayman, iyi, bu qanday gap? 

Otim  butxona  qo'ngg’roqxonasining  tomida  osilib  yotibdi!  U  xuddi  butning 

o'ziga bog’lab qo'yilgan ekan. 

Nima voqea bo'lganini darhol payqadim. 

Kecha kechqurun bu shaharchani hamma odamlari va uy-puylari bilan qalin qor 

bosib, faqat butning uchi qordan chiqib qolgan ekan. 

Men  buning  but  ekanligini  bilmabman.  Menga  u  kichkina  bir  qoziqcha  bo'lib 

ko'rinibdi-yu,    unga  otimni    bog'lab  qo'yibman.    Kechasi    uxlab  yotganimda  havo 

qattiq isib, qor erib ketibdi, men sekin-asta yerga tushib qolibman. 

Sho'rlik  otim  esa  shu  ko'yicha  yuqorida  -  tomda  qolib  ketibdi.  Qo'ngiroqxona 

tepasidagi butga bog’lab qo'yilgani uchun yerga tusholmabdi. Nima qilish kerak endi? 

Men  uzoq  o'ylab-netib  turmay,  to'pponchamni  oldim-da,  yaxshi  mo'ljallab  turib 

otdim,  o'q  xuddi  yuganga  borib  tegdi,  chunki  o'zim  hamisha  yaxshi  merganlardan 

hisoblanar edim. 

Yugan qoq ikkiga bo'linib keldi. 

Ot shuv etib, yonimga tushdi. 

Men lip etib otimga inindim-da, oldinga qarab quyunday choptirib ketdim. 

 


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling