Baron myunxauzen sarguzashtlari
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Baron Myunxauzenning sarguzashtlari BARON MYUNXAUZENNING SARGUZASHTLARI
KO’ZLARIDAN UCHQUN
Peterburgda yaxshi davr surib yashadim. Men tez-tez ovga chiqib turardim, mana endi deyarli har kuni ajoyib va g'aroyib hodisalar uchrab turadigan o'sha quvnoq kunlarimni xotirlasam, rohat qilaman. Bir voqea juda qiziq bo'lgan edi. Gap shundaki, yotoqxonaning derazasidan kattakon bir hovuz ko'rinib turar, unda juda ko'p turli-tuman yovvoyi parrandalar bo'lardi. Bir kuni ertalab men deraza oldiga borib, hovuzda yovvoyi c'rdaklar yurganini ko'rib qoldim. Hash-pash deguncha miltig'imni oldim-da, xovliqqancha uydan chopib chiqdim. Shoshib zinapoyadan tushaman deb, boshimni eshikka shunday qattiq urib oldirnki, ko'zlarirndan o't chiqib ketdi. Bu ham yo'limni to'sib qololmadi. Chopib ketaverdim. Nihoyat, hovuz bo'yiga ham yetib bordirn. Eng semiz o'rdakni mo’jallab turib, otmoqchi bo'luvdim, baxtimga, miltig'imda chaqmoq tosh qolmabdi. Chaqmoq toshsiz esa otib bo'lmas edi. Chaqmoq tosh olib kelish uchun uyga yugursammikan? Lekin o'rdaklar uchib ketishi mumkin-ku. Xafa bo'lib, miltig'imni pastga tushirdim-da, o'zimni-o'zim koyiy boshladim, shu on birdan miyamga ajoyib bir fikr keldi. Bor kuchim bilan o'ng ko'zimga bir musht tushirgan edim, ko'zimdan uchqunlar chaqnab chiqib, shu ondayoq porox lovillab o't olib ketdi. Ha-ha! Porox o't oldi-yu, miltiq otilib ketdi, men esam bir o'q bilan o'nta semiz o'rdakni otib tushirdim. Basharti sizlar ham o't yoqmoqchi bo'lsanglar, o'ng ko'zinglardan xuddi shunday uchqun chiqaringlar. www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud |
ma'muriyatiga murojaat qiling