Baron myunxauzen sarguzashtlari


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/34
Sana05.01.2022
Hajmi0.52 Mb.
#223424
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
Baron Myunxauzenning sarguzashtlari BARON MYUNXAUZENNING SARGUZASHTLARI

SUMALAKDAGI KAKLIKLAR 

Oh,  uddaburonlik  —  ajoyib  narsa-da!  Bir  mahal  men  bir  o'q  bilan  yettita 

kaklikni  urib  tushirgan  edim.  Shundan  keyin,  hatto,  dushmanlarim  ham,  butun 

dunyoda mening yagona mergan ekanligimga, Myunxauzenday  mergan hech qachon 

bo'lmaganligiga tan bermay ilojlari yo'q edi! 

Voqea bunday bo'lgan edi. 

Men  bor  o'qimni  sarflab,  ovdan  qaytib  kelayotgan  edim.  Birdan  oyog'im 

ostidan  yettita  kaklik  chiqib  qoldi  deng.  Albatta,  bunday  ajoyib  o'ljani  qo'ldan 

chiqarishga yo'l qo'ya olmas edim. 

Darrov miltig'imni o'qladim — nima bilan deng? — sumba bilan! Ha, rasmana 

sumba bilan, ya'ni, miltiqning quvurini tozalaydigan temir sumba bilan! 

Keyin  men  kakliklarga  qarab  yugurdim,  ularni  cho'chitib  yubordim  va  birma-

bir  otib  tashladim.  Kakliklar  birin-ketin  ko'tarilishgan  edi,  yettoviga  ham  birdaniga 

sumbani suqib oldim. Yettita kaklik ham oyog'im ostiga kelib tushdi. Men ularni olib 

ko'rib, hayratda qoldim - ular qovurilgan! Xuddi shunday, ular qovurilgan edilar. 

Boshqacha bo'lishi ham mumkin emasdi, axir mening sumbam otilaverib, qattiq 

qizib ketgan edi va kakliklarim ham unga tushib qovurilib qolishgan. 

Men o't ustida o'tirib olib, o'sha zahotiyoq yaxshi ishtaha bilan tushlik qildim. 



 


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling