AVRA-ASTARI AG”DARILGAN BO’RI
Nima uchundir, doirno miltig'im yo'qligida va hech narsaga qudratim yetmagan
mahallarda eng yirtqich va xavfli hayvonlarni uchratganimga hayronman.
Bir kuni o'rmondan ketayotsam, ro'paramdan kattakon bir bo'ri chiqib qolsa
bo'ladimi! Og'zini katta ochganicha irillab, to'g'ri menga qarab kelaverdi.
Nima qilish kerak? Qochsammikin? Ammo bo'ri menga chovut solib yerga
ag'darib, hoziroq kekirdagimni uzib tashlashi turgan gap edi. Mening o'rnimda bo'lak
odam bolganida, esxonasi chiqib ketgan bo'lardi, amrnc sizlar baron Myunxauzenni
yaxshi bilasizlar-ku! Men dovyurak, uddaburon botir odamman. Bir lahza ham
fursatni qo'ldan bermay, mushtumimn bo'lining og'ziga tiqdim-da, qo'limni g'ajib
olmasin deb borgan sar chuqurroq suqaverdim. Bo'ri menga ko'zlarini olaytirib
qarardi. G'azabdar ko'zlari chaqnardi. Ammo men, basharti qo'limni og'zidan sug'urib
olsam bo'ri meni qiyrna-qiyma qilib tashlashini bilib, tap tortmay, qo'limni bo'g'zig?
borgan sari chuqurroq suqaverdim. Birdan miyamga ajoyib bir fikr kelit qoldi,
bo'rining ichidagi butun lash-lushlarini qattiq g'ijimladim-da, zaptim bilan bir tortib,
avra-astarini ag'darib tashldim!
Ma'lumki, shundan keyin bo'ri behush bo'lib, oyog'im ostiga gupillaL yiqildi.
Keyin uning terisidan o'zimga issiqqina po'stincha tikib oldim. Gapimga
ishonmasalaring, po'stinimni sizlarga jon-jon deb ko'rsataman.
Do'stlaringiz bilan baham: |