Baron myunxauzen sarguzashtlari
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Baron Myunxauzenning sarguzashtlari BARON MYUNXAUZENNING SARGUZASHTLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- AJOYIB NIMCHA
SAKKIZ OYOQLI QUYON
Bir kuni men g'alati bir quyonning izidan quvib qoldim. Quyon bo'lsa o'lguday chopqir edi. Irg’ishlab chopgani chopgan, qani endi o'tirib bir oz dam-pam olsa!
Otdan tushmasdan ikki kungacha ketidan quvdim, lekin hech yetolmadim. Vafodor itim Dianka undan bir qadam ham keyinda qolmay quvib bordi, ammo men o'q yetadigan masofaga hech yetib borolmadim.
Uchinchi kun deganda, harqalay, la'nati quyonni otib qulatishga muvaffaq boldim.
Quyon o't ustiga yiqilishi bilanoq, men otimdan irg'ib tushib, uni borib ko'rdim. Bu quyonning o'z oyoqlaridan bo'lak yana oshiqcha oyoqlari ham borligini ko'rganimda, qanday hayron qolganimni bir tasavvur qilsangiz edi. Uning qornida to'rt, sirtida to'rt oyog’ bor edi!
Ha, shundoq, uning orqasida baquvvat chopqir oyoqlari bor edi! Pastki oyoqlari charchasa qornini osmonga qilib o'girilib, o'sha ehtiyot oyoqlari bilan chopaverar ekan.
Mening kuyib-pishib, uch kun orqasidan quvlaganim bejiz emas ekan!
www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud AJOYIB NIMCHA
Afsuski, vafodor itim sakkiz oyoqli quyonni rosa uch kun quvaman deb shunday charchabdiki, yerga yiqildi-yu, bir soatdan keyinoq o'ldi-qoldi.
Xafa bo'lganimdan yig’lamoqdan beri bo'ldim. O'lgan itimdan yodgorlik bo'lsin deb terisidan o'zimga ov nimchasi tikishga amr qildim.
Ana shundan beri menga na rniltiq kerak, na it. Har safar o'rmonga borganitnda nimchamni bo'ri yoki quyon yashiringan tomonga tortgani-tortgan.
Men ilvasinlarni otar darajada yaqinlashganirnda nimchadagi tugmalar o'z- o'zidan uzilib, o'sha hayvon tomonga o'qday uchib boradi! Ajoyib tugma borib tekkan hayvon qimir etmay yiqiladi-qoladi!
Ana shu nimcham hali-hali ustimda. Gapimga ishonmayotganga o'xshaysizlar- a, kulyapsizlar? Ammo bu yoqqa qarasangiz, mening rost gapirayotganirnga ishonasiz-qolasiz: nimchamda atigi ikkita tugma qolganini o'z ko'zingiz bilan ko'rmayapsizmi, axir. Men yana ovga chiqsam, nimchamga kam deganda uch dyujina tugma qadab olaman.
O'shanda menga bo'lak ovchilarning havaslari kelishini ko'ring! Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling