Baron myunxauzen sarguzashtlari
OTLAR QO’LTIQDA,SOYABON ARAVA YELKADA
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Baron Myunxauzenning sarguzashtlari BARON MYUNXAUZENNING SARGUZASHTLARI
OTLAR QO’LTIQDA,SOYABON ARAVA YELKADA
Tez orada turklar meni ozod qilib yubordilar a boshqa asirlar bilan birga Peterburgga jo'natdilar.
Ammo men Rossiyadan jo'namoqchi bo'lib, soyabon aravaga tushdim-da, o'z yurtirnga qarab yo'l oldirn. O'slia yili qisli nihoyatda sovuq kelgan edi. Hattoki quyosh ham shamollab, yuzlarini sovuq oldirgan, tumov ham bo'lib qolgan edi.
Quyosh shamollab qolsa bormi, undan issiq o'rniga sovuq keladi. Soyabon aravada sovuqqa qotganlarirnni tasavvur eta olasizmi?!
Yo'l tor, ikki yog’i ketganicha devoredi. Ro'paradan kelayotgan aravalar eshitib, bizning o'tib ketishimizni kutib tursinlar deb, kucherimga burg'u chalishni buyurdim.
Chunki bunday tor ko'chada biz bir-birimizga yo'l berib o'tib ketolmas edik. Kucherim buyrug’imni bajo keltirib, burg'u chala boshladi. Ammo ming chalmasin burg’udan hech bir tovush chiqmadi. Shu orada ro'paramizdan kattakon bir soyabon arava kelaverdi.
Bo'lak chora yo'q edi; aravadan irg'ib tushdim-da, otlarni chiqardim. Keyin aravani yelkamga ko'tarib oldim — arava esa o'lguday og’ir edi! Bir sakrab, devordan naryoqqa o'tib ketdim. Tag’in bir sakrab, aravani yana yo'lga — ro'paramizdan kelgan haligi aravaning orqasiga olib o'tdim.
Bu narsa, hatto, men uchun ham hazilakam gap emas edi. Lekin mening qanday polvonligimni sizlar yaxshi bilasiz.
Nafasimni bir oz rostlab olib, otlarimning oldiga boraman, ularni ham qo'ltiqlayman-da, ana shu xilda ikki marta sakrash bilan arava oldiga olib o'taman.
Bunday sakrashlar vaqtida otimdan bittasi hadeb tipirchilayverdi. Otning qilig'i gfasfiimga tekkanidan, keyingi oyoqlarini kamzulimning cho'ntagiga solib qo'ydim, shundan keyin ot noiloj yuvosh bo'lib qoldi.
Keyin otlarni yana soyabon aravaga qo'shdim-da, yaqin o'rtadagi mehmonxonaga xotirjam yetib bordim.
Ana shunday qattiq sovuqdan keyin isinish va bunchalik og'ir ishdan keyin dam olish maza edi.
Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling