ASALARICHI BILAN AYIQLAR
Ammo og’ir kulfatlardan meni na kuchim va na dovyurakligim qutqarib qoldi.
Bir mahal urush vaqtida turklar meni qurshab oldi, garchi yo'lbarsda olishgan
bo'lsam-da, baribir ularga asir tushib qoldim.
Ular mening qo'l-oyog’imni bog’lab, qul qilib sotib yubordilar.
Men uchun qora kunlar boshlandi. To'g'risini aytganda, menga u qadar qiyin
bo'lmasa ham, lekin diqqinafas qilib yuboradigan ish berdilar: meni asalari boquvchi
cho'pon qilib qo'ydilar. Har kuni ertalab men turk sultonining asalarilarini
chamanzorga haydab borishim, kun bo'yi ularni o'sha yerda boqib, kechqurun
uyalariga haydab kelishim kerak edi. Boshda hamma ish silliq bordi, ammo bir kuni
asalarilarirnni sanab ko'rsam, bittasi yetmaydi.
Men uni qidirib ketdim, ko'rsamki, unga ikkita bahaybat ayiq hujum qilyapti;
aftidan, ayiqlar uni qoq ikkiga yorib, shirin asalidan tatib ko'rmoqchi bo'lsalar kerak.
Yonimda hech qanday qurolim yo'q edi — faqat kichkina kumush boltacham
bor edi, xolos.
Ayiqlarni qo'rqitmoq va sho'rlik asalarini qutqarib olmoq uchun ana shu
boltachamni qulochkashlab, ochko'z yirtqichlarga qarata otdim. Ayiqlar ura qochdi,
asalari esa eson-omon qutulib qoldi. Ammo esizki, zabardast qo'limning qudratini
nazarda tutmasdan, boltachani zabtim bilan uloqtirgan ekanman, oyga uchib chiqib
ketibdi. Ha, ha, oyga. Sizlar boshingizni sarak-sarak qilib kulyapsiz, lekin mening u
paytda kuladigan chog'im emas edi.
O'ylanib qoldim.
Nima iloj qilsam ekan? Oyga chiqmoq uchun uzun narvonni qayerdan topsam
ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |