OCHLIK BALOSI
Mana shunday mashaqqatlar soyasida qo'lga kirgizilgan tajriba odamni esliroq
qilib qo'yadi.
Oyga sayohat qilganimdan keyin, men asalarilarimni ayiqlardan ehtiyot qilmoq
uchun o'ng'ayroq yo'l o'ylab topdim.
Qosh qorayganda aravaning shotisiga asal surkab, o'zim pisib, bir chekkada
yashirinib turdim. Qorong’i tushishi bilanoq, kattakon bir ayiq asta pisib, aravaning
oldiga keldi-da, shotiga surkalgan asalni ochko'zlik bilan yalay boshladi. Ochko'z ayiq
shirinlikka shu qadar berilib ketdiki, shoti kekirdagiga, keyin esa qorniga kirib
ketganini ham payqamay qoldi. Oxiri orqasidan teshib chiqdi.
Men ham xuddi shuni poylab turgan edim.
Darrov aravaning oldiga chopib bordim-da, ayiqning orqa tomonidan shotiga
yo'g’on va uzun mix qoqib qo'ydim! Ayiq shotiga sanchilib qoldi. Endi u hech
qayoqqa burila olmaydi. Men ayiqni ertalabgacha shu holda qoldirdim.
Bu ishimni ertalab turk sultoni eshitib, ajoyib nayrang bilan qo'lga tushirilgan
ayiqni tomosha qilgani keldi. Sulton ayiqqa uzoq qarab turdi-da, kula-kula ichagi
uzilayozdi.
www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud
Do'stlaringiz bilan baham: |