TOP O'QIGA MINIB
Ammo urush vaqtida men faqat otda emas, balki to'p o'qini ham minib
yurganrnan. Bu voqea shunday bo'lgan edi.
Biz turklarning allaqanday bir shaharini qamal qilib olganimizda
komandirimizga bu shaharda qancha to'p borligini bilish zarur bo'lib qoldi.
Ammo butun armiyamizda dushman tomonga bildirmasdan pisib o'tishga
ko'nadigan birorta ham mard topilmadi. Hammadan mardi o'zim ekanman.
Men turk shahrini o'qqa tutayotgan kattakon bir to'pning oldiga borib turdirn,
uning og’zidan o'q otilib chiqishi bilanoq, sapchib unga minib oldim-da, oldinga
qarab uchib ketdim. Hammalari baravariga:
— Barakalla, baron Myunxauzen! — deb qichqirishdi.
Boshda maza qilib uchib boraverdim, biroq dushmanning shahri uzoqdan
ko'rinishi bilanoq meni vahima bosa boshladi.
«Shoshma! — dedim o'z-o'zimga. — Uchib borishga-ku borasan-a, lekin u
yoqdan qanday qilib chiqib kelasan? Dushman seni ayab o'tirmaydi, josus deb ushlab
olib, yaqin oradagi dorga osadi-qo'yadi. Yo'q, azizim Myunxauzen, esing borida
orqangga qaytib qo'ya qol!»
Xuddi shu on turklarning biz tomonga otgan o'qi yonginamdan o'tib qolmasmi
deng. Uzoq o'ylab-netib o'tirmay unga minib oldim-da, hech narsa bo'lmagandek,
g'izillaganimcha izimga qaytdim. Albatta, uchib ketayotib, men turklarning hamma
to'plarini yaxshigina sanab, bilib oldim va dushmanning to'plari to'g’risida
komandirga juda ham aniq ma'lumotlar keltirdim.
Do'stlaringiz bilan baham: |