Baron myunxauzen sarguzashtlari
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Baron Myunxauzenning sarguzashtlari BARON MYUNXAUZENNING SARGUZASHTLARI
YARIM OT
Janglarda men, albatta, mardonavor harakatlarirn bilan boshqalardan ajralib turar va yovga qarshi hammadan oldin ot soldirib borar edim.
Bir kuni turklarga qarshi olib borilgan qattiq jangdan keyin biz dushmanning qai'asini qo'lga oldik. Qal'aga birinchi bo'lib men ot soldirib kirdim-da, undagi hamma turklarni quvib chiqarib, chanqab qolgan otimni sug'ormoq uchun quduq oldiga choptirib bordirn. Otim shuncha suv ichsa ham, chanqog’ini hech bostirolmadi. Oradan bir necha soat o'tib ketgan bo'lsa hamki, quduqdan boshini ko'tarmas edi. Nirna gap o'zi? Men hayron bo'lib qoldirn. Ammo birdan orqamdan g'alati bir shovillagan ovoz eshitildi.
Qarasam, otimning orqa qismi cho'rt kesilib ketibdi, shuning uchun ot ichayotgan suv qornida turib qolmasdan, bemalol orqasidan oqib ketaveribdi!
Shundan orqamda kattakon ko'l hosil bo'lib qolibdi. Men shoshib qoldim. - Ajabo, nima voqea bu? — dedim.
Shu payt soldatlarimdan biri oldimga ot choptirib kelib qoldi-yu, darhol jumboq yechildi.
Men dushmanni tiraqaylatib quvib, qal'aga bostirib kirgan zahotim turklar darvozani birdan sharaqlatib yopib olib, otimni qoq ikkiga bo'lib tashlashibdi! Otning orqa qismi birpasgacha darvozadan sal nariroqda turklarni tepib-quvib yurgandan so'ng, yon tomondagi o'tloqqa qarab chopib ketibdi.
- U hozir ham o'sha yerda o'tlab yuribdi! — dedi soldatim. - O'tlab yuribdi! Yo'g'-e!
- Ishonmasangiz borib ko'ring. Men otning oldingi qismini minganimcha g’izillab o'tloqqa qarab chopdim. Otning orqa qismini rostdan ham o'sha yerdan topdim. Maysazorda bemalol o'tlab yurgan ekan.
Men darhol harbiy doktorga odam yubortirdim; doktor ko'p o'ylab o'tirmay, otimning ikkala qisrnini dafna daraxtining ingichka novdasi bilan bir-biriga tikib qo'ydi. Chunki yonida ipi yo'q ekan.
Otning har ikkala qismi tuzalib, bitib ketdi; dafna daraxtining novdalari esa, otimning tanasida ildiz otib, bir oydan so'ng egarim ustida dafna daraxti novdasidan soyabon hosil bo'lib qoldi. www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud
Mana shu shinam soyabon ichida o'tirib men birtalay g'aroyib qahramonliklar ko'rsatdim.
Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling