Baron myunxauzen sarguzashtlari
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Baron Myunxauzenning sarguzashtlari BARON MYUNXAUZENNING SARGUZASHTLARI
CHANA QO’SHILGAN BO’RI.
Ammo men qish kuni otda yurish noqulayligini, chanada sayohat qilish yaxshiroq ekanini tezda payqab qoldim. O'zimga yaxshigina chana sotib oldim-da, momiqday qor ustidan g’izillatib choptirib ketdim. Kechga borib bir o'rmonga yetdim. Ko'zimni endi uyqu bosa boshlagan edi, birdan otimning jon talvasasida kishnaganini eshitib qoldim. Orqamga o'girilib qarasam, oy yorug'ida juda vahimali bir bo'riga ko'zim tushib qoldi: bo'ri og'zini katta ochib, chanamning orqasidan quvib kelyapti. Qutulishning hech iloji yo'q edi. Men darhol chananing ichiga yotib olib, qo'rqqanimdan ko'zlarimni chirt yumdim. Otim jon halpida chopardi. Bo'rining tishlarini g'ijirlatgani xuddi qulog'imning ostida eshitilardi. Ammo, toleyimga, bo'ri menga hech parvo qilmadi. U chana ustidan — to'ppa-to'g’ri boshim tepasidan sapchib o'tdi-yu, sho'rlik otimga hamla qilib qoldi. Bir zumdayoq och bo'ri otimning orqa qismini yamlab yutib yubordi. Oldingi qismi esa, hang-mang bo'lib, og'rig'iga chidayolmay, hamon olg’a qarab chopardi. www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud
Bo'ri otimni yamlab yutib yubormoqda edi. Men o'zimga kelib, qamchini qo'litnga oldim-da, ochko'z bo'rini savalay ketdim. Bo'ri uvlab yubordi va oldinga qarab talpindi. Otning bo'ridan omon qolgan oldingi qismi chanadan chiqib, yerga tushib qoldi, otning o'rniga, shotiga va ot jabdug'iga bo'ri kirib qo'shilganicha qoldi! Bo'ri chanadan chiqib keta olmadi: chanaga otdek qo'shilib qolgan edi. Men uni bor kuchim bilan savalayverdim. U chanani tortganicha o'qday uchib, oldinga chopgani-chopgan edi. Biz shunday tezlik bilan ketdikki, ikki-uch soat deganda Peterburgga kirib keldik.
Hayratda qolgan peterburgliklar chanasiga ot o'rniga yirtqich bo'rini qo'shib olgan bahodirni tomosha qilgani ko'chalarga to'p-to'p bo'lib chopishib chiqdilar. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling