Barqaror rivojlanishga ta’sir etuvchi omillar reja


Download 50.59 Kb.
bet1/7
Sana18.11.2023
Hajmi50.59 Kb.
#1785964
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BARQAROR RIVOJLANISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR


BARQAROR RIVOJLANISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR


Reja:

  1. Barqaror rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar

  2. Barqaror turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi o‘zgaruvchi omillar

  3. Barqaror turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar tasnifi

Barqaror rivojlanish maqsadlari– bu Birlashgan Millatlar Tashkilotining dunyoda iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik vaziyatni har tomonlama yaxshilash orqali butun insoniyatning hayot tarzini yaxshilash va turmush farovonligini oshirishga, adolatli va barqaror jamiyat qurishga qaratilgan global chaqirigʼidir. Barqaror rivojlanish sohasidagi turli mamlakatlarning tajribasi juda katta farq qilganligi sababli, 2030 yil kun tartibining barcha maqsadlari va tegishli vazifalari umumiy, universal shaklda shakllantirilgan va qoida tariqasida aniq miqdoriy maqsadlar mavjud emas. Har bir mamlakat BRMni lokalizatsiya qilishi, yaʼni 2030 yilga moʼljallangan kun tartibidagi 169 ta vazifadan oʼzining rivojlanish ustuvorligi va moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, milliy rivojlanish maqsadlarini ishlab chiqishi belgilangan. Mamlakatlar ushbu maqsadlarni oʼzining milliy sharoitlariga moslashtirishi, har bir vazifaga tegishli statistik koʼrsatkichlar uchun miqdoriy koʼrsatkichlarni aniqlashi hamda vazifalar va aniq miqdoriy koʼrsatkichlarni milliy strategik hujjatlarda belgilashi kerak.


Bugungi kunda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va Ijtimoiy Departamentida (UNDESA) Barqaror Rivojlanish Maqsadlari bo'limi (DSDG) BRMlar va ular bilan bog'liq tematik masalalar, shu jumladan suv, energetika, iqlim, okeanlar, urbanizatsiya, transport, fan va texnologiyalar uchun moddiy yordam ko'rsatish va salohiyatni oshirish bo'yicha ishlarni ta'minlaydi.
Oʼzbekiston ham 2015 yilning sentabr oyida BMT Sammitida eʼlon qilingan Barqaror rivojlanish maqsadlarining milliy darajada bajarilishi boʼyicha shartlarini qabul qildi va 2030 yilgacha boʼlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni belgilab oldi[2]. Qaror asosida 2030-yilgacha bo‘lgan davr uchun 16 ta Barqaror rivojlanish milliy maqsadlari hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan 125 ta vazifalar tasdiqlandi. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 841-son qarori qabul qilinib, har bir yo‘nalish bo‘yicha masʼul vazirlik va idoralar belgilandi[3]. Shuningdek, hukumat darajasida Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʼrinbosari rahbarligida idoralararo Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzildi va milliy BRMlarni amalga oshirish uchun tegishli «yoʼl xaritasi» qabul qilindi. BRM koʼrsatkichlari boʼyicha maʼlumotlarni monitoring qilish maqsadida nsdg.stat.uz sayti ishga tushirildi. Ushbu platforma mamlakatdagi BRMga erishishda mavjud vaziyat toʼgʼrisida maʼlumot toʼplash va umumlashtirish uchun yagona markaz hisoblanadi.
Jahon bo‘yicha xalqaro turizmni rivojlanishi mintaqalar bo‘yicha bir xil taqsimlanmagan. Albatta, bu o‘sha mintaqaning turistik-rekreatsion resurslarga qanchalik ega ekanligiga, undan tashqari turizm infratuzilmasi va industriyasi shakllanishi uchun shart- sharoitning qanchalik qulayligiga ham bog‘liqdir.
Turistik resurslar asosiy tuzilishiga ko‘ra qo‘yidagicha tavsiflanadi:

  • jozibadorligi, ko‘rkamligi;

  • iqlimiy sharoiti;

  • borish mumkinligi;

  • ekskursion ahamiyati;

  • manzarali tuzilishi;

  • ijtimoiy – demografik tarkibi;

  • qayta ishlab chiqarish darajasi;

  • foydalanishga qodirligi;

  • noyobligi va boshqalar.


Download 50.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling