Barqaror rivojlanishga ta’sir etuvchi omillar reja


Turistik resurslardan foydalanishga salbiy ta’sir


Download 50.59 Kb.
bet5/7
Sana18.11.2023
Hajmi50.59 Kb.
#1785964
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BARQAROR RIVOJLANISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

Turistik resurslardan foydalanishga salbiy ta’sir
etuvchi omillar

Noqulay siyosiy ahvol

Ijtimoiy muhitning o‘zgarishi

Mamlakat ichidagi va mintaqalaridagi hukumat va partiyalar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, davlatlar o‘rtasi -
dagi iqtisodiy, harbiy sanksiyalar e’lon qilish, terrorizm va b.

Ksenofobiya, an’ana ahloqiy tuzilishlarning buzilishi, til va milliy o‘zlikni yuqolishi va b.

Iqtisodiy rivojlanish ahvolining yomonlashuvi

Tabiiy va texnogen o‘zgarishlar

Soliq, bojxona siyosati, xo‘jalik faoliyatining huquqiy korxonalari, bank va sug‘urtalashning chegaralanishi, birjalardagi aksiyalar kursining tushishi.

Turli talofatlar, zilzila, sovuq tushishi, AESlarda, kimyo zavodlarida avariyalar, ekologik fojialar va b.

Manba: Tuxliyev N.T., Abdullayeva T. Natsionalniye modeli razvitiya turizma. T: GNI «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» 2006.


Yuqorida qayd qilingan barcha omillar turizmni shakllanishi va rivojlanishiga o‘z ta’siriga ega. Shuning uchun bu omillarni tahlil qilish, ularning qaysi birlari asosiy ahamiyatga ega ekanligini aniqlab ish yuritish, o‘z navbatida turistik resurslardan samarali foydalanishimizga olib keladi.
Mintaqalarda turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar tasnifi
Zamonaviy turizm bozorida mavjud ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar butun dunyo globallashuv jarayonlarining negizida shakllanib va rivojlanib bormoqda. Globallashuv jarayoni xalqaro turizmni rivojlantiruvchi, ya’ni turizmni jahon miqyosida ommalashuvi, uning rivojlanishini ta’minlovchi texnik-texnologik aloqalarni takomillashuvi kabi ijobiy sharoitlarni yaratishi bilan bir qatorda, dunyo iqtisodiy va geosiyosiy holatining o‘zgarishi natijasida xalqaro turizmni rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi salbiy omillarni ham keltirib chiqaradi. Ushbu omillarning ta’siri xalqaro turizmning rivojlanish tendensiyalarida o‘z aksini topadi.
O‘z navbatida bunday holatga alohida e’tiborini qaratgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov o‘z nutqida: «Bugungi kunda dunyoda shiddat bilan o‘zgarib borayotgan vaziyat, globallashuv jarayonlarining jadallashuvi, tez-tez takrorlanayotgan jahon iqtisodiy va moliyaviy inqirozlari xalqaro turizm rivoji yo‘lida turli muammolar tug‘dirib, uning oldiga yangi-yangi talablar qo‘yayotganini”, - ta’kidlab, hozirgi globallashuv sharoitida: “Xalqaro turizmni rivojlantirish va uning samaradorligini belgilaydigan eng muhim omillar, hech shubhasiz, butun dunyoda, turli mintaqalarda, sayyohlarni qabul qiladigan har bir davlatda tinchlik, xavfsizlik, siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat”, - ekanligini aytib o‘tdi.
Hozirda mamlakatimizda turizm tarmog‘i global iqtisodiy jarayonlar ta’siri ostida rivojlanib bormoqda. Shunday sharoitda, fikrimizcha, turizm bozorida amaldagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar o‘rni, ahamiyati ta’sir darajasiga qarab belgilanadigan turli xil ekzogen va endogen, statik va dinamik, ekstensiv va intensiv, ijobiy va salbiy, shuningdek aynan mazkur bozorga xos bo‘lgan mavsumiy omillar ta’siri ostida shakllanadi va rivojlanadi. Yuqoridagi fikrdan kelib chiqqan holda, turizm bozorining shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni bir nechta guruhlarga ajratib ko‘rsatish mumkin (1-rasm).
Hududiy turizm rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni statik va dinamik omillar guruhlariga ajratish mumkin.
Statik omillar o‘zgarmas ta’sir va ahamiyatga ega bo‘lib, tabiiy-iqlimiy va geografik, madaniy-tarixiy omillardan iborat bo‘lib, turizm bozorida faoliyat yurituvchi tashkilotlar turistik taklifni ushbu omillarga moslashtirib, ulardan foydalanish imkoniyatlarini yaratadi.
Dinamik omillar qatoriga demografik, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va moddiy-texnik omillarni kiritish mumkin. Ular turli muhit, makon va zamonda turli xil ta’sir va ahamiyatga ega hisoblanadi.
Turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni tashqi(ekzogen) va ichki(endogen) omillar kabi guruhlarga ajratib ko‘rsatish ham mumkin. Bu omillar turizm bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan, ammo uni o‘rab turuvchi muhit negizida shakllanadi.
Tashqi (ekzogen) omillar jamiyatda turli xil demografik va ijtimoiy o‘zgarishlar negizida shakllanuvchi quyidagi omillarni: aholining yosh tarkibi; ishlovchi ayollar sonining ko‘payishi; oilaning har bir a’zosiga to‘g‘ri keluvchi o‘rtacha daromad miqdorining ko‘payishi; jami aholi sonida yolg‘iz kishilar tarkibiy ulushining ko‘payishi; kech turmush qurish tendensiyasining mavjudligi; hududiy aholi tarkibida farzandsiz oilalar sonining oshishi; immigratsion to‘siqlarning kamayishi; ish kuni grafiklarining egiluvchanligi natijasida bo‘sh vaqtning oshishi; to‘lanadigan safar harajatlari miqdorining ko‘payishi; nafaqaga muddatdan oldin chiqish holatining ko‘payishi kabi omillarni o‘z ichiga oladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan ko‘rsatkichlarning deyarli barchasi aholining mavjud bo‘sh vaqt tuzilmasiga ma’lum bir darajada ta’sir etgan holda, turizmning rivojlanishi uchun aniq, ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan ijtimoiy-demografik shart-sharoitlarni yaratadi.
Ma’lum bir hudud aholisi tomonidan turistik mahsulotlarga nisbatan talabning bildirilishi, eng avvalo ularda mavjud iqtisodiy imkoniyatlar va bo‘sh vaqtning mavjudligi bilan uzviy bog‘liqdir. Ammo, fikrimizscha, hozirgi vaqtda ko‘p hollarda aholining bo‘sh vaqt tuzilmasi va iqtisodiy imkoniyatlari o‘rtasida o‘zaro mos kelmaslik holatlari mavjud. Oqibatda, bo‘sh vaqtga ega aholining ma’lum bir qismi turistik mahsulotlardan foydalanish imkoniyatiga, shuningdek iqtisodiy imkoniyatlarga ega bo‘lgan boshqa bir qismi esa, dam olish uchun bo‘sh vaqtga ega emasligi tufayli, hattoki qisqa muddatli ta’tilga chiqish imkoniyaga ega emas.
Xalqaro turizmning samarali rivojlanishida iqtisodiy omillar o‘ziga xos o‘rinni egalllaydi. Turizmning va iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyalari o‘rtasida chambarchas aloqalarning mavjudligi iqtisodiy omillarning turizmga ta’sirini belgilab beradi. Ma’lum bir davlatning rivojlanish darajasi, milliy daromadning hajmi bilan fuqarolarining moddiy farovonligi o‘rtasida bevosita bog‘liqlik mavjud. Shu sababli, iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar o‘z fuqarolarining sayohatga chiqish ko‘rsatkichlari bilan jahon turizm bozorida peshqadamlik qiladi. Bunda, nafaqat aholi daromadlari, balki turizmning moddiy-texnik bazasi va infratuzilmasining rivojlanganlik darajasi mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga bevosita bog‘liqdir.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining barqaror rivojlanib borishi natijasida aholi turmush darajasi va sifating tobora o‘sib borishiga sabab bo‘lmoqda. Ushbu holatni O‘zbekiston Respublikasida keyingi yillarda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan jami daromadlarning o‘sish dinamikasida kuzatish mumkin (2-rasm).

Biz tahlil etgan 2007-2013 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasida aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi jami daromadlar 4 marotabaga o‘sgan. Bu esa, bizning fikrimizcha, mahalliy aholi tomonidan turistik xizmatlarga bo‘lgan talabini rag‘batlantirib, O‘zbekiston Respublikasi milliy turistik mahsulotlar ichki iste’molchilari sonini 1,5 martaga oshirdi (3-rasm).




Download 50.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling