Barqaror rivojlanishga ta’sir etuvchi omillar reja
-rasm. O‘zbekiston Respublikasida ichki turistik oqim
Download 50.59 Kb.
|
BARQAROR RIVOJLANISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-asm. Turistik maqsadlarda xorijga chiquvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining o‘sish tendensiyasi
3-rasm. O‘zbekiston Respublikasida ichki turistik oqim
hajmining o‘sish tendensiyasi Shu bilan birga, ushbu davr oralig‘ida xorijga turistik maqsadlarda chiquvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining soni ham 2,5 marotabaga oshgan (4-rasm). 4-asm. Turistik maqsadlarda xorijga chiquvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining o‘sish tendensiyasi Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar asosida quyidagicha xulosa qilishimiz mumkin: aholi daromadlarining o‘sishi ular orasida dam olish yoki sayohatga chiqishni istovchi kishilar sonining oshishiga olib kelib, mamlakat yoki hudud miqyosida turizmning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, bizning fikrimizcha, inflyatsiya, foiz stavkalari, valyutalar real ayriboshlash kurslaridagi tebranishlar ham turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi iqtisodiy omilar qatoriga kiradi. Misol uchun, turizm sohasidagi xalqaro amaliyotga tajribasiga ko‘ra, chet elga turistik safar tan-narxining 5%ga oshishi turistik putyovkaga bo‘lgan talabning 6-10%ga kamayishiga olib keladi. Turizmning rivojlanishi nafaqat milliy iqtisodiyotning, balki jahon iqtisodiyotining davriy siklli rivojlanishiga bog‘liq bo‘lib, unga nisbatan juda ham ta’sirchan hisoblanadi. Xususan, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi natijasida mamlakatimizga xalqaro kiruvchi turistik oqim hajmining 3,9%ga hamda xalqaro turistik tushumning 9,3%ga kamayishi fikrimizning dalilidir. Yana shunday holatni e’tirof etish mumkinki, qaysi mamlakatda aholi turmush darajasi yuqori bo‘lsa, ularda turistik sayohat uchun moliyaviy mablag‘ ajratish imkoniyati yuqori bo‘ladi. Dunyo amaliyotida potensial turistlarning daromadlari tahlili deyarli barcha davlatlarda turistik oqim tarkibida o‘rta sinf vakillarining nisbiy ustunligini ko‘rsatmoqda. Masalan, ularning salmog‘i Gollandiyada 40%ni, Italiyada 59%ni tashkil etadi. O‘rta sinf vakillari keng doiradagi moddiy va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun barqaror daromadlarga ega kishilar ijtimoiy guruhi bo‘lib, ularning moliyaviy imkoniyatlari “etarli” turmush darajasini ta’minlay oladi. Shu sababli o‘rta sinf vakillari yuqori ijtimoiy barqarorligi bilan ajralib turadi. Demak, bizning fikrimizcha, dunyo miqyosida aholining daromadlar bo‘yicha tarkibida ushbu tabaqa ulushining oshishi potensial turistlar sonining va turistik oqim hajmining kengayishiga olib keladi. Bu holga alohida e’tibor qaratgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov: “bugungi kunda xalqaro turizm o‘rta sinf uchun dam olishning keng tarqalgan turiga aylanib bormoqda” - deb ta’kidlab o‘tgan. Hududiy turizm hajmiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillar qatoriga aholi bilim saviyasini, madaniyati darajasini, estetik talablarini (insonlarning o‘z xalqining, shuningdek boshqa xalqlar madaniyati, tarixi, yashash tarzini o‘rganishga intilishi) o‘sishi kabilarni ham kiritish mumkin. Ichki (endogen) omillar – bu bevosita hududiy turizm sohasiga tegishli omillar hisoblanadi. Ushbu omillar tarkibiga hududda turizmning rivojlanishida yuqori ahamiyatga ega bo‘lgan moddiy-texnik omillarni kiritish mumkin. Ularning ko‘pchiligi hududda turistlarni joylashtirish muassasalarini, transport tizimini, ovqatlanish, dam olish, savdo tashkilotlarini, shuningdek, turizmga oid boshqa tegishli infratuzilmani rivojlanishi bilan bevosita bog‘liqdir. Shuningdek, ichki omillar qatoriga turizm bozoridagi mavjud quyidagi omillar guruhini kiritish mumkin: talab, taklif hamda almashuv jarayoniga xos xususiyatlar (misol uchun, so‘nggi vaqtlarda jahon turizm bozorida individual turlarga talabning oshayotganligi); turizm bozorini segmentatsiyalashning ahamiyatini oshishi (misol uchun, mavjud turistik makonda turistik mahsulotni diversifikatsiyalash); turizm bozorida gorizontal va vertikal integratsiyalashuv jarayonlarining (turizm bozorida faoliyat ko‘rsatuvchi yirik tashkilotlarning kichik korxonalar bilan hamkorligida namoyon bo‘luvchi gorizontal integratsiya, shuningdek strategik turistik ittifoqlarda namoyon bo‘luvchi vertikal integratsiya) kuchayishi; ishlab chiqariladigan turistik mahsulot harakati va realizatsiyasini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari ahamiyatining oshishi; turizm sohasining malakali kadrlar bilan ta’minlanganligi; turizm bozorida xususiy turistik biznesning ahamiyati oshishi (turizm bozorida xususiy tashkilotlarga faoliyat ko’rsatish uchun qulay muhitning yaratilganligi) va hk. Hududda turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar ichida mavsumiylik omili alohida ahamiyatga ega. Turistik faoliyat doirasidagi ushbu omilning ta’siri yuqori darajali tebranishlarga sababchi bo‘ladi. Yuqorida sanab o‘tilgan omillarni ekstensiv va intensiv hamda negativ (salbiy ta’sir qiluvchi) va pozitiv (ijobiy ta’sir qiluvchi) omillar guruhlariga ajratish mumkin. Ekstensiv omillarga: ishchilar sonining oshirilishi, turistik korxona oborotiga jalb qilinadigan moddiy resurslar hajmining oshirilishi, mavjud texnik darajadagi turistik ob’ektlar sonining oshirilishi kabilarni kiritish mumkin. Intensiv omillarga: xodimlar malakasini oshirish, ilmiy-texnik yangiliklarni joriy etish orqali moddiy-texnik bazani takomillashtirish; xizmat ko‘rsatish sifati va madaniyatini o‘stirishga qaratilgan dasturlarning amalga oshirilishi, hududda mavjud moddiy resurslar, turistik ob’ektlar va marshrutlardan ratsional foydalanish, turizm tarmog‘ini kompyuterlashtirish kabilarni kiritish mumkin. Hududda turizmning rivojlanishiga salbiy ta’sir qiluvchi(negativ) omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: inqirozlar, iste’mol mahsulotlariga narxlarning oshishi; hududda siyosiy beqarorlikning mavjudligi; ishsizlik darajasining oshib borishi; hududda kriminogen holatning mavjudligi; shaxsiy iste’mol hajmining pasayib borishi; moliyaviy beqarorlikning mavjudligi; noqulay ekologik holatning vujudga kelishi; turistik rasmiyatchilikning murakkablashuvi; turfirmalar tomonidan o‘z mas’uliyatlarining bajarilmasligi va hk. Download 50.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling