Barqaror rivojlanishga ta’sir etuvchi omillar reja


Mintaqalarda turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi o‘zgaruvchi omillar


Download 50.59 Kb.
bet4/7
Sana18.11.2023
Hajmi50.59 Kb.
#1785964
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BARQAROR RIVOJLANISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

Mintaqalarda turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi o‘zgaruvchi omillar
Davr mobaynida o‘zgaruvchanlikka ega omillarga siyosiy, ijtimoiy-demografik, moliyaviy-iqtisodiy va texnikaviy omillar kiradi.
Turistik biznesni rivojlantirishda, mamlakatdagi siyosiy vaziyatning qay ahvolda ekanligi katta ahamiyatga ega. Chunki xalqaro munosabatlarning rivojlanganligi, xavfsizlik kafolati turizmni bir moramda rivojlanishiga olib keladi. Ma’lumki, mamlakatdagi ichki vaziyatning qay darajada turg‘unligi ko‘p hollarda xalqaro turizm oqimining yo‘nalishini belgilaydi. Tabiiyki, davlatlararo turistlarni almashtirishda, mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvchilik munosabatlari ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Odatdagi diplomatik aloqalar, turizm sohasidagi kelishuvlar, shartnomalar, kommunikasiyalar va transport vositalaridan hamkorlikda foydalanish, turistik reklamalarni bir-birlari bilan almashtirish-bularning hammasi turizmning rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ijtimoiy-demografik omillar. Dunyo mamlakatlarida demografik jarayonlar (aholining tug‘ilishi, o‘limi, tabiiy ko‘payishi, aholi migrasiyasi kabilar) ham xalqaro turizm sohasining rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Yer sharining turli davlatlarida, hududlarida va mintaqalarida aholi sonining ko‘payib borishi, ayniqsa shahar aholisi aglameratsiya doirasining borgan sari kengayib borishi kishilarning dam olishi va sayyohlikka chiqishni taqazo qiladi. Shu borada turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi demografik omillarni quyidagicha ifodalash mumkin:

  • dunyo xalqlaridagi bir-biriga o‘xshashlik bo‘lish umumiy tomonlari, ularning qiziqishlari h.k;

  • ayrim malakaviy sohalaridagi kishilarning maxsus sayyohlik guruhda faol ishtirok etishning kuchayib borishi;

  • turizm tarkibidagi Xotin-qizlar va yoshlar salmog‘ining ortib borishi;

  • xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan kurort va sanatoriyalar tarmog‘ining ko‘payib borishi, ularda davolanishga mail bo‘lgan kasallar sonining ortib borishi;

  • kishilarning atrof muhitga bo‘lgan qarashlari, tushunchalari va munosabatlarning o‘zgarib borishi h.k.

Turizm rivojlanishiga, har bir davlatning ichki iqtisodiy imkoniyati, barcha iqtisodiyot tarmoqlarining integrasiyalashuvi muhim ahamiyatga ega. Bu o‘z navbatida aholini ishga doir harakatchanligini oshirib, xizmat turizmni rivojlantiradi. Odatda iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda xalq ommasining turmush farovonlik darajasi bir muncha yuqori bo‘lganligi sababli, turizm harakati ommaviy tusga egadir. Ya’ni buning asosiy sababi ishchilarning oylik ish haqi miqdori, ularning tatil paytida oladigan tatil pulining ko‘pligi, nafaqaxo‘rlarning nafaqa pulining yuqori bo‘lishi bilan harakterlanadi.
Ijtimoiy-demografik omillar o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Turizm rivojlanishiga aholi sonining oshishi, asosan shahar aholisining ko‘payishi ta’sir ko‘rsatadi.

Chizma 3.



Download 50.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling