Bastakorlar ijodi
Download 1.84 Mb.
|
bastakorlar ijodi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy mashg‘ulot
- Nazorat savollari
- XORAZM BASTAKORLIK MAKTABI
M.M. .=100–104 Muqimiy g‘azali
J. Sultonov Asar o‘ziga xos shaklga ega bo‘lib, maqom yo‘llariga xos tarkibda yaratilgan. Ashulaning o‘lchov-ritmik asosida talqin usuli tanlangan va usul jozibasida o‘ziga xos asar yaratilgan. Asarning Farg‘ona vodiysi katta ashulalariga xos talqinga egaligini e’tirof etish lozim. Asarning lad tizimi ham major va minorli xususiyat kasb etadi. Asar diapazoni unchalik keng emas, oktava oralig‘iga ega. Lekin asosan seksta intervali oralig‘ida kuylanadi. Ahamiyatli jihatlaridan biri katta ashula kabi yuqori pardalarda ijro etilishi uchun mo‘ljallangan. Yoqori pardalardagi ovoz dramatizmi uning xarakterini ochib berishi mumkin. O‘zbek musiqa san’ati rivoji yo‘lida samarali mehnat qilgan, zamonamizning yetuk sozanda, xonanda va bastakori Jo‘raxon Sultonov o‘z ijrochilik mahorati negizida xonandalikda va bastakorlikda maktab yaratdi. Amaliy mashg‘ulot: I. Ikromov, T. Jalilov, Y. Rajabiy, M. Murtazoyev, J. Sultonovlarning ijodiy faoliyatii o‘zlashtirish. Asarlaridan namunalar tinglash. Ularning ijodiy uslublarini ajratib olish va umumiylik jihatlari xususida ma’lumotlar to‘plash. Yaratgan asarlarini tinglab tahlil qilish. O‘zbek bastakorlik san’atining yirik namoyandalari bo‘lgan ushbu ijodkorlarni o‘zbek mumtoz musiqa san’ati rivojidagi o‘rnini va ularning ijodini tarixiy ahamiyati xususida fikrlash. Nazorat savollari Toshkent-Farg‘ona bastakorlik maktabi va uning o‘z uslublari bilan elga tanilgan namoyandalari xususida nimalarni bilasiz? I. Ikromov, T. Jalilov, Y. Rajabiy, M. Murtazoyev, J. Sultonovlar bastakorlik ijodining o‘ziga xos tomonlari xususida gapirib bering. Voha bastakorlari xususida fikr yuritib, ularning asarlarini tahlil qiling. XORAZM BASTAKORLIK MAKTABI O‘zbekistonning yirik va o‘ziga xos vohalaridan biri Xorazmdir. Ushbu voha o‘zining qadimiyligi, azaldan madaniyat markazlaridan biri bo‘lganligi, yuksak san’at namunalariga egaligi va albatta, o‘z lokal jihatlari bilan alohida o‘rin tutib kelgan. Bunga X asrda Xivada faoliyat olib borgan Ma’mun akademiyasini yorqin misol sifatida ko‘rsatish mumkin. Ushbu vohada bir qator allomalar yashab ijod etgan va o‘z ijodlarida musiqa ilmiga ham katta e’tibor qaratgan. Jumladan, Abu Abdulloh al-Xorazmiyning «Mafotix ul-Ulum» risolasi bunga misol. XIX asrga kelib Xorazm tanbur chizig‘ining yaratilishi musiqa san’ati sohasining yangi sahifasini ochib berdi. Musiqa bilimdoni Komil Xorazmiy tomonidan tanbur chizig‘i ixtiro qilinib, Xorazm maqomlari va Xorazm dutor maqomlari notaga olindi. Xorazm musiqasining tarixiy, nazariy jihatlari aks etgan «Xorazm musiqa tarixchasi»1 (Mulla Bekjon Rahmon o‘g‘li, Muhammad Yusuf Devonzoda) yaratildi. Tarixdan Xorazm vohasi o‘ziga xos ijro uslubi bilan boshqa vohalardan ajralib turadi. Bunda vohada ommalashgan musiqiy cholg‘ular, cholg‘u va aytim yo‘llarining lokal xususiyatga egaligi ahamiyatlidir. Xorazm musiqa merosi, har biri alohida yo‘nalish bo‘lgan hamda rivojlanish jarayonida bir-biri bilan uyg‘unlikda 1 Mulla Bekjon Rahmon o‘g‘li, Muhammad Yusuf Devonzoda. Xorazm musiqa tarixchasi (M., 1925). – T., 1998. shakllanib rivojlangan uch tarmoq, ya’ni xalq musiqasi, dostonchilik yo‘llari va maqom san’atini tashkil etadi. Xorazm xalq musiqa merosi boy an’analarga ega bo‘lib, xalqona kuy, qo‘shiq va laparlari bilan boshqa vohalardan ajralib turadi. Xorazm vohasining barcha musiqiy sohalariga o‘z ta’sirini o‘tkazgan doston yo‘llari esa o‘zining salobatliligi, ijroviy jihatlariga egadir. Dostonlar, odatda, qadimda ko‘chmanchi va o‘troq xalqlar ijro amaliyotida shakllanadi. Bu ham badiiy ijodning bir ko‘rinishi. Dostonlar tarixdan xabar beruvchi xalqning og‘zaki (keyinchalik yozma) ijodiyotidir. Xorazmda doston ijrochiligi juda keng ommalashgan va shunga qarab uning ijrochilari ham xalq orasida o‘z mavqelariga ega. Xalq tomonidan ardoqlanib, ko‘p xususiyatga egaligini nazarga olib ularni «baxshi» deb yuritiladi. Xorazm doston ijrochiligida dong taratgan baxshilar ko‘p. Jumanazar baxshi, Bola baxshilar shular jumlasidandir. Bola baxshi nomi bilan el orasida dovrug‘ topgan doston ijrochisi Qurbonnazar Abdullayevdir. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling