Baxriddinova n. M. Zaripova m. D


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/120
Sana06.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1673372
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   120
 
 
MA’RUZA №16 
Global isish muammosi (sohaning ekologik muammolari) 
16.1. Global isish muammosining dolzarbligi 
16.2. Avtomobillarning atmosfera havosini ifloslantirishi 
16.3. Qattiq chiqindilardan atrof muhitni himoya qilish 
A d a b i y o t l a r 
1. 
Abdullaev O., Toshmatov 3. O’zbekiston ekologiyasi bugun va ertaga. T. Fan, 
1992. 
2. 
Rafiqov A.A Geoekologik muammolar. T. O'qituvchi, 1997, 112 b. 
3. 
Otaboev Sh., Nabiev M, Inson va biosfera. T. O'qituvchi, 1995, 320 b. 
4. 
To'xtaev A.S. Ekologiya. T. O'qituvchi, 1988, 192 b. 
5. 
Shodimetov Yu. Ijtmoiy ekologiyaga kirish. T. O'qituvchi, 1994. 
Hozirda ko’plab global muommolar hosil bo’lmoqda. Ulardan biri havoning 
ifloslanishi, orolning qurishi bo’lsa, boshqa biri havoning isib ketishi, ozon qatlamining 
yemirilishidir. Havo bir necha gazlardan tashkil topgan. Lekin zavodlardan chiqayotgan zaharli 
gazlar ham osmonga chiqadi va biz bu havodan nafas olamiz havodagi CO2 organizmimizga 
kirib nafas olishimizni qiyinlashtiradi. Ozon qatlami nega yemirilmoqda? Buning oldini olish 
uchun nimalar qilinmoqda? Degan savol har bitta odamni qiziqtirsa kerak. Olimlar,harbiylar 


92 
sun’iy yo’ldoshlarni to’xtovsiz kosmosga uchirishda davom etishyapti, lekin ozon qatlami 
to’g’risida unutib qo’yishyapti. Axir ultra binafsha nurlar kosmosdan bemalol kirib kelmoqda!. 
Orolning qurishi juda ko’p noyob jonzodlar, o’simliklarni yo’qolib ketishiga sabab 
bo’ldi.Xo’sh orol nega quridi? Orol dengizi tiktonik yo’l bilan paydo bo’lganligi uchun yana 
tiktonik yo’l bilan qurib ketadi. Orol bo’yi aholisi, tuz miqdori ko’payishi natijasida 
kasallangan .Bugungi kunda havoni isib ketishi to’g’risida ko’p tortishuvlar bo’lmoqda. Global 
isishga odamzot ta’sir o’tkaza oladimi? degan savolga AQSh lik olim shunday javob beradi: “ 
Odam hech qachon tabiatga to’sqinlik qila olmaydi va tabiat ofatlarini oldini ololmaydi, 
faqatgina unga qarshi ish ko’radi. Lekin odam issiqlikga ta’sir ko’rsatadi”.
Global isish tabiatdan bo’ladigan hodisa hisoblanadi. U quyosh qobig’idagi qora dog’lar 
ya’ni magnit maydonchalari (ular quyosh aktivligidan hosil bo’ladi) ko’payishi natijasida hosil 
bo’ladi. Quyoshda qancha qora dog’lar ko’p bo’lsa, issiqlik ham oshadi! buni 1893-yilda 
Edvard Munder aniqlagan. Ilgari quyoshda bunday dog’larni ko’rishmagan, o’sha paytda iqlim 
sovuq bo’lgan , demak issiqlik o’sib bormoqda va yana pasayish ehtimoli bor. Lekin boshqa 
olimlar esa buning sababi odamlar deb ta’kidlashmoqda. Ularning fikricha odamlar yaratgan 
mashina, zavodlardan chiqadigan gaz CO2 ozon qatlamini yemirib, quyoshning issiqligini 
yerga ko’proq kelishininig sababi bo’lar ekan va aynan CO2 issiqlikning sababi deb fikr 
yuritishgan AQSH nig bir ekologik tashkiloti. Bu tashkilot a’zolarini so’rab surishtirish 
natijasida bu tashkilot vakillari ekologiya sohasiga hech qanday aloqasi yo’qligi va ular 
butunlay siyosat odamlari ekanliklari aniqlangan. Ular AES larni ishga tushirish maqsadida 
issiqlikning o’sishini bahona qilib odamlardan pul undirishadi. Odamlarning ongiga CO2 
issiqlik o’sishining sababi deya singdirishadi.”Biz bunga qarshi ishlar qilamiz” deb avrab 
pullarini laborotoriyalar qurishga sarf qilishadi va ularga AES larning zarari yo’q, aksincha 
foyda deya ularga o’qtirishadi. Olimlar bu tashkilotni nohaq ekanliklarini isbotlash maqsadida 
ko’p dalillar topishdi. Ular grafik tuzib temperaturaga CO2 ta’sir qilmasligiga amin bo’lishdi. 
Yana boshqa olimlarning statistikasiga ko’ra issiqlikga zavod,mashinalar ta’sir qilmasligini 
ham aniqlashdi. 1920-yildan 1940-yilgacha harorat ko’tarilib, 1940-yildan, sanoat rivojlanib, 
mashinasozlik aynan kuchaygan vaqtda issiqlik keskin pasaygan to 1960-yilgacha pasayib yana 
1961- yildan birdaniga ko’tarilib ketadi. Bundan bilish mumkinki har qanday mashina, zavod 
ham havoni isita olmaydi.”Okeanda, eng katta kema ham hech narsa emas”degani kabi 
Osmonni, kichkinagina zavodlar,mashinalar buza olmaydi.Bu degani havoni ifloslantirish 
mumkin degani emas. Bu mavzu teleekran,radio uchun tugalmas mavzu hisoblanadi. Glabal 
isish bahonasida ko’plab savdo firmalari foyda ko’rmoqda masalan: inson issiqdan 
himoyalanish uchun dezadarant, krem, muzlatkichlar xarid qilishadi oqibatda bu narsalarga 
talab oshishi bilan birga ozon qatlamni yemiruvchi qurol ham ko’payadi va savdogarlar pul 
ishlashadi. Issiqlikning yana bir sababi ozon qatlami yemirilishidan deb o’ylayman, chunki 
dezadarant, muzlatkichlardan ayniqsa chiqadigan “Freon” gazlari yomon ta’sir o’tkazadi. 
Sinoptiklarning taxminiga ko’ra agar shimoliy muz okeani erisa butun Yevropani, 
Rossiyaning shimoliy qismini, Shimoliy Amerikani suv bosishi mumkin bo’lgan bir paytda 
O’rta Osiyoda joylashgan O’zbekistonda quriqlik hukmron bo’ladi. Amudaryo Orolga 
quyilmasdan Tojikistonda joylashgan GESSga borib quyilar ekan oqibatda orol ham butunlay 
qurib ketar ekan.Lekin Aydar ko’lda suv ko’payib ketar ekan.Nima bo’lsa ham suv osmonga 
uchib ketmaydi.Yog’ingarchilik bilan suv omborlari yana to’ladi. Agar issiqlik ortib boraversa 
o’simliklar, nafas olish manbalarimiz (daraxtlar) qurib ketish ehtimoli bor, shuning uchun har 
bitta inson hech bo’lmasa bittadan daraxt eksa o’rmon hosil bo’lgan bo’lardi. CO2 kamayishi 
uchun ko’proq archalar ekish kerak.Chunki archalar CO2 ni ko’proq kislorodga aylantirib 
beradi. Xullas havoning isib ketishiga biz sababchi bo’lib qolmaylik.Axir biz shu tabiatdan 
oziqlanamiz. Daraxt barglari to’kilgan paytda u yerga tushib, chiriydi va ko’p vaqt o’tgach 
Torf, Neftga aylanadi. Bu neft keyingi avlod uchun kerak-ku, biz-chi ularni aksincha yoqib 
yuboramiz. Oqibatda o’zimiz bilgan holda havoni zaharlantiramiz. Bu dunyoda faqat biz emas, 
balki bizdan keyingi avlod ham yashashi kerak. Shunday ekan tabiatni asraylik! 
Atmosfera havosining ifloslanishiga avtotransport vositalarining ulushlari 
Hayotimizning 
farovonligiga 
va 
iqtisodiyotning 
rivojlanishiga 
avtotransport 
vositalarining ahamiyati va o’rni nihoyatda kattadir. Ammo atmosfera havosining sun’iy 
ifloslanishida avtotransport vositalari birinchi o’rinni (40%) egallab turibdi. Maishiy-


93 
kommunal xo’jaligi va qishloq xo’jaligi ikkinchi o’rinda (26%), energetika tarmoqlari esa, 
uchinchi o’rinni (20%, ishlab chiqarishda 14%) egallab kelmoqda. 
Avtomobil, samolyot, kosmiq kema, teplovoz, qishloq xo’jaligi mashinalari nihoyatda 
katta miqdorda kislorodni sarflab, atmosfera havosini is gazi, azot oksidi, uglevodorodlar, 
qo’rg’oshin birikmalari, chang va boshqa kanserogen moddalar bilan ifloslantirmoqda. AQSH 
da atmosfera havvosining ifloslanishida avtotransport vositalarining hissasi 60%ni, sanoat esa 
17% ni tashkil yetadi. Sanoati rivojlangan bir qator shaharlarda (N`yu-York, Los-Anjelos, 
Tokio, Moskva va boshqa shaharlarda) avtmosfera havosida ifloslanishida sanoat 60%, 
taransport esa 13% “hissa” qo’shmoqda. 
Ba’zi ma’lumot.larning dalolat berishicha, “SHatl” kosmiq kemasini orbitaga chikargan 
raketa atmosfera havosiga 300 t alyuminiy ok sidini oq kukun shaklida chiqargan. 
Er sharining aholisiga nisbatan avtotrnsport vositalari 3-4 marotaba ko’proq kislorodni 
sarflaydi. Ishlab chiqariladigan yoqilg’i mahsulotlarining 12-25% ni avtotransport vositalari 
iste’mol qiladi. Transport vositalariga ishlatiladigan yoqilg’ining 90% ni benzin, kerosin, 
solyarka va boshqalar tashkil qiladi. Yoqilg’i mahsulotlari tarkibida SO
2
CN
4
va NO
2
gazlari 
mavjud. (2-jadval), ammo ularning miqdori yoqilg’i turiga bog’liqdir. 


94 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling