Glossariy
fonema – nutqiy ko‘rinishi leksema va morfemalarni
shakllantiradigan va ma’no farqlaydigan, faqat eshitilishi asosida
mavjud bo‘lgan, eng kichik lisoniy birlik
tovush – fonemaning nutqda ovozli xususiyat kasb etib, so‘z va
qo‘shimchalar tarkibida kelgan varianti
morfema – so‘z yasaydigan, so‘zlarning grammatik shakllarini
vujudga
keltirib,
sintaktik
qurilmalarni
hosil
qilishda
qatnashadigan, ma’nosi so‘zlarga bog‘liq holda namoyon
bo‘ladigan, mustaqil holda ma’no bermaydigan nutqiy birliklarning
lisoniy asosi
qo‘shimcha – morfemaning nutqda reallashgan, so‘z yasash va
grammatik vazifa bajaradigan ko‘rinishi
leksema – atash mohiyatiga ega, mustaqil ma’no anglata
oladigan, tugal shakllangan lisoniy birlik
so‘z – leksemaning nutqda reallashgan, borliq hodisalarini
ifodalash uchun qo‘llangan, grammatik shakllangan ko‘rinishi
qolip – gap, so‘z birikmasi va yasama so‘z hosil qilish andozasi
sifatidagi lisoniy birlik
Do'stlaringiz bilan baham: |