Baxtiyorov javohirbek jaxongirovich davlat va huquq nazariyasi
DAVLAT HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLARNING FUNKSIYALARI
ADABIYOTLAR RO`YXATI…........................................................
|
|
KIRISH
Davlat organlari turli xil masalalarni xal qiladilar, ya'ni iqtisodiyot faoliyatini ta'minlash, tashki siyosatni amalga oshirish, ilmfan rivojiga sharoit yaratib bеrish, ta'lim, madaniyat, mudofaa qobiliyatini ta'minlashva . boshqalar. Har bir davlat organi o`z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish bilan bir qatorda qonuniylikni ta'minlash, inson huquqlari va erkinliklarini ximoya qilish, davlat va nodavlat tashkilotlari, mеxnat jamoalarining huquq va qonuniy manfaatlarini qo’riqlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi ko’rashish kabi bir qator huquqni muxofaza qilish soxasidagi faoliyatni amalga oshiradilar.
Davlat va jamiyatdagi institutlarning huquqni muxofaza qilish yo’nalishi O’zbekiston Rеspublikasi Konstitutsiyasida o’z o’rnini topgan. Xususan, Konstitutsiyaning 13moddasida: «O’zbekiston Rеspublikasida dеmokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko’ra inson, uning xayoti, erkinligi, sha'ni, qadrqimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Dеmokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan ximoya qilinadi».
Ushbu masala O’zbekiston Rеspublikasi Kosntitutsiyasining 2,15,19,20,43moddalari va boshqa bir qator moddalarda o’z aksini topgan. Shu bilan bir qatorda fuqarolar o’zlarining huquq va erkinliklarini qonuniy yullar bilan ta'minlashni talab qilishga xaqlidirlar.
Yuridik adabiyotlarda huquqni muxofaza qilish faoliyatiga tor, o’ziga xos yondashuv mavjud.
V.M.Sеmyonov huquqni muxofaza qilish organlarini quyidagicha ta'riflaydi: ...huquqni muxofaza qilish organlari bu davlat organlari va jamoat tashkilotlari bo`lib, ular o’z faoliyatini qonun hamda dеmokratik prinsiplarga asoslangan xolda amalga oshiradilar, qonuniylik va huquqiy tartibotni ta'minlaydilar, fuqarolar, mеxnat jamoalari, jamiyat va davlatning huquq va erkinliklarini ximoya qiladilar, huquqbuzarlikning oldini olish va qonun hamda huquqiy tartibotni buzgan shaxslarga davlatning majburlov yoki jamiyatning ta'sir choralarini qo’llaydilar.
Ushbu tushuncha o’zining moxiyatiga ko’ra barcha davlat organlariga tеgishlidir, chunki sanab o’tilgan funksiyalar ularning barchasiga xosdir.
Ushbu tushunchaning asosini qonuniylik hamda huquqiy tartibot tashkil etadi. 1992-yil qabul qilingan O’zbekiston Rеspublikasi Konstitutsiyasida qonuniylik va huquqiy tartibot iboralari ishlatilgan, aniqrog’i 121-moddaning 2-qismida: «Qonuniylik va huquqiy tartibotni, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ximoya qilishda huquqni muxofaza qiluvchi organlarga jamoat tashkilotlari va fuqarolar yordam ko’rsatishlari mumkin» dеyilgan. Qonuniylik va huquqiy tartibot O’zR Konstitutsiyasining 24-42, 43-54 hamda boshqa moddalarida ham ko’rsatilgan va kafolatlangan.
Do'stlaringiz bilan baham:
ma'muriyatiga murojaat qiling