Baxtiyorov javohirbek jaxongirovich davlat va huquq nazariyasi


II BOB. «O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUQUQNI MUHOFAZA QILISH ORGANLARI» TUSHUNCHASI, TIZIMI, PREDMETI


Download 37.11 Kb.
bet5/7
Sana08.01.2022
Hajmi37.11 Kb.
#237423
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
DAVLAT HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLARNING FUNKSIYALARI

II BOB. «O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUQUQNI MUHOFAZA QILISH ORGANLARI» TUSHUNCHASI, TIZIMI, PREDMETI

2.1. O`zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish faoliyatining asosiy yo`nalishlari

Adabiyotlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati hamda ularni tavsiflovchi belgilar to`¦risida yagona fikr yo`q. Ayrim mualliflar «huquqni muhofaza qiluvchi organlar» tushunchasiga keng va har tomonlama yondashganlar, ularning fikricha huquqni muhofaza qilish organlariga barcha vazirliklar, davlat qo`mitalari va boshqa ijro organlarini kiritish mumkin, sud, prokuratura, hamda advokatura va notariat to`¦risida gapirmasa ham bo`ladi, chunki yuqorida sanab o`tilgan organlarning barchasi huquqni muhofaza qilish hamda qo`riqlashda o`z o`rniga ega. [1]

Davlat organlari turli xil masalalarni hal qiladilar, ya`ni iqtisodiyot faoliyatini ta`minlash, tashqi siyosatni amalga oshirish, ilmfan rivojiga sharoit yaratib berish, ta`lim, madaniyat, mudofaa qobiliyatini ta`minlash v.b. Har bir davlat organi o`z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish bilan bir qatorda qonuniylikni ta`minlash, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, davlat va nodavlat tashkilotlari, mehnat kollektivlarini huquq va qonuniy manfaatlarini qo`riqlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish kabi bir qator huquqni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni ham amalga oshiradilar.

Davlat va jamiyatdagi institutlarning huquqni muhofaza qilish yo`nalishi O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida o`rnini topgan. Xususan, Konstitutsiyaning 13moddasida: «O`zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko`ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha`ni, qadrqimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.

Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi».

Ushbu masala O`zR Konstitutsiyasining 2,15,19,20,43moddalari va boshqa bir qator moddalarda o`z aksini topgan. Shu bilan bir qatorda fuqarolar o`zlarining huquq va erkinliklarini qonuniy yo`llar bilan ta`minlashni talab qilishga haqlidirlar.

Shuni ta`kidlash kerakki, ko`pgina davlat organlarining faoliyat doirasi inson huquq va erkinliklarini ta`minlash, jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarni oldini olish, qonuniylikni ta`minlash masalalarini hal qilish bilan chegaralanib qolmaydi. Birinchi navbatda ular xo`jalik, fan, madaniyat, mudofaa qobiliyati, tashqi siyosat va boshqa sohalar bilan shu¦ullanishadi. Qonuniylikni ta`minlash va tartibni saqlash funksiyalarini ular o`zlarining asosiy faoliyatlari bilan birgalikda amalga oshiradilar.

Yuridik adabiyotlarda huquqni muhofaza qilish faoliyatiga tor, o`ziga xos yondashuv mavjud.

V.M. Semyonov huquqni muhofaza qilish organlarini quyidagicha ta`riflaydi: huquqni muhofaza qilish organlari – bu davlat organlari va jamoat tashkilotlari bo`lib, ular o`z faoliyatini qonun hamda demokratik prinsiplarga asoslangan holda amalga oshiradilar, qonuniylik va huquqiy tartibotni ta`minlaydilar, fuqarolar, mehnat jamoalari, jamiyat va davlatning huquq va erkinliklarini himoya qiladilar, huquqbuzarlikning oldini olish va qonun hamda huquqiy tartibotni buzgan shaxslarga davlatning majburlov yoki jamiyatning ta`sir choralarini qo`llaydilar. [2]

Ushbu tushuncha o`zining mohiyatiga ko`ra barcha davlat organlariga tegishlidir, chunki sanab o`tilgan funksiyalar ularning barchasiga xosdir.

Ushbu tushunchaning asosini qonuniylik hamda huquqiy tartibot tashkil etadi. 1992 yil qabul qilingan O`zR Konstitutsiyasida qonuniylik va huquqiy tartibot iboralari ko`p ishlatilgan, aniqro¦i 121moddaning 2qismida: «Qonuniylik va huquqiy tartibotni, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jamoat tashkilotlari va fuqarolar yordam ko`rsatishlari mumkin» deyilgan. Qonuniylik va huquqiy tartibot O`zR Konstitutsiyasining 2442, 4354 hamda boshqa moddalarda ham ko`rsatilgan va kafolatlangan.

Ushbu bobda huquqni muhofaza qilish faoliyati hamda «huquqni muhofaza qiluvchi organlar» tushunchasining umumiy masalalari ko`rilayotgan ekan, bu yerda ushbu masala yuzasidan izlanishlar olib borgan bir qator mualliflarning qarashlari, fikrlarini keltirib o`tish maqsadga muvofiq bo`ladi.

Shuni ta`kidlash joizki, ushbu masalaga yondashuvlar hamda qarashlar turlichadir.

Masalan, A.P. Rijakovning fikricha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bo`lib qonunga muvofiq jismoniy (yuridik) shaxslarning hamda davlatning huquq hamda qonuniy manfaatlarini muhofaza qiluvchi hamda qonuniylik va huquqiy tartibotni ta`minlovchi muassasa, mansabdor shaxs yoki boshqa shaxslar (masalan, sudya, tergovchi, yuridik yordam ko`rsatuvchi fuqaro) hisoblanadi. [3]

Bizning fikrimizcha, ushbu tushuncha yetarli darajada to`liq bo`lmay, unda faqatgina huquqni muhofaza qilish faoliyatining ayrim elementlari to`¦risida gap boradi.

V.N. Galuzoning fikricha: «Har bir huquqni muhofaza qiluvchi organ o`z ichiga alohida elementlarni olgan murakkab tashkiliy tizimni aks ettiradi. Ushbu tizim zamirida, odatda, Rossiya Federatsiyasining federativ tuzumi, uning ma`muriy hududiy bo`linishi hamda harbiyma`muriy bo`linishi yotadi». [4]

Ushbu fikrni B.N. Gabrichidze asosli ravishda tanqid qilib, davlatning harbiyma`muriy bo`linishi hech qanday vaziyatda huquqni muhofaza qilish organlarining butun tizimiga ta`sir ko`rsatmasligini ta`kidlaydi. [5]

Quyidagicha ta`rif ham mavjud: «Huquqni muhofaza qilish organlari sohaviy faoliyati xususiyati bo`yicha alohida mustaqil davlat organlari guruhini tashkil etib, ular oldilariga aniq bir maqsadni qo`yadilar». [6]

Yuqoridagi ta`rif o`zining qisqaligidan «ajratilgan» deganda nimani nazarda tutishi hamda «sohaviy faoliyat» nimani anglatishi haqida tu¦iladigan savollarga javob bermaydi.

Adabiyotlarda shunday ta`rif ham borki, unda asosan «Huquqni muhofaza qilish organlari» atamasi terilgan, yi¦ma hisoblanadi.

Unda bir necha davlat organi birlashgan bo`lib, xususiyatiga ko`ra ular huquqni muhofaza qilish sohasida qonun bilan belgilangan vakolati doirasida shaxs, jamiyat, davlat manfaatlari, huquq va erkinliklarini qo`riqlash bo`yicha ixtisoslashgan holda faoliyat olib boradilar yoki huquqni muhofaza qilish funksiyasi bilan boshqa funksiyalarni birgalikda amalga oshiradilar. [7]

Ushbu ta`rif tanqid qilingan bo`lib, bizning fikrimizcha bu tanqid asoslidir. Chunki bu yerda ushbu guruhlarning prinsiplari qanday ekanligi, fuqarolar, jamiyat, davlat manfaatlari, huquq va erkinliklarini himoya qilishga ixtisoslashgan organlar qaysilar ekanligi aniq yoritib o`tilmagan. K.F. Gutsenko va M.A. Kovalevlarning huquqni muhofaza qilish faoliyati mazmuni va xususiyatlariga taalluqli fikrlari bizda qiziqish uy¦otadi.

Huquqiy tartibot organlari tushunchasi bilan huquqni muhofaza qilish organlari tushunchasi birbiriga yaqin hisoblanadi. Ushbu tushunchalar o`xshash bo`lgani bilan ular aynan bir tushuncha degan fikr uy¦otmasligi kerak. Chunki har qanday huquqiy tartibot organi huquqni muhofaza qilish organi emas. Aytib o`tish joizki, huquqni muhofaza qilish organlari safiga huquqiy tartibot organlaridan bir qismini kiritib bo`lmaydi.

U yoki bu davlat organini huquqni muhofaza qilish organlari safiga qo`shishda amal qiladigan talablarni anglashda «huquqni muhofaza qilish faoliyati» deb nom olgan faoliyatning xususiyatlarini aniqlash kerak. Ushbu tushuncha nisbatan yosh tushuncha hisoblanib, amaldagi huquqshunoslikka 50 yillar oxiri – 60 yillar boshlarida kirib kelganligi sababli boshqa atama va tushunchalarga qaraganda «mur¦ak» deyish o`rinli bo`ladi. Uning atrofida faol tortishuvlar kechmoqda, turlicha fikrlar bildirilmoqda. Ammo hozirgi amaldagi qonunchiligimizda bu haqda aniq ko`rsatmalar yo`q.

Davlat faoliyatini ko`rib chiqayotgan mavjud doktrinalar aniq xususiyatlarga ega. Ulardan biri shunda ko`rinadiki, bunday faoliyat har qanday usul bilan amalga oshmaydi, balki faqat huquqiy ta`sir chorasini qo`llagandagina nomoyon bo`ladi. Unga qonun bilan yo`l qo`yilgan davlatning majburlov hamda jazolash usullarini kiritishimiz mumkin. Masalan, jinoyat sodir etilgan taqdirda, unga nisbatan jinoyat qonunchiligida nazarda tutilgan jazo yoki qonunda belgilangan boshqa huquqiy ta`sir chorasi qo`llaniladi; jinoiy javobgarlik keltirib chiqarmagan holda moddiy zarar yetkazilganda, zararni qoplash majburiyati yuklanadi; agar shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilmagan bo`lsa, aytaylik bironbir xizmat yoki mahsulot tayyorlash lozim darajada bajarilmasa, u holda moddiy sanksiya qo`llaniladi; shaxs avtotransport vositasini mast holda boshqargan taqdirda, unga nisbatan jarima qo`llanishi yoki haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinishi va h.k. Huquqiy ta`sir choralarning huquqka xilof harakatlarni ogohlantirish, ularni profilaktika qilish turlariga katta ahamiyat berilgan.

Huquqni muhofaza qilish faoliyatining ikkinchi ahamiyatli belgisi huquqiy ta`sir choralarini qo`llashda qonun yoki boshqa huquqiy me`yorlarda ko`rsatilgan shartlarga to`la mos kelishidir. Faqat ulargina huquqiy ta`sir choralarini qo`llashga asos bo`la oladilar. Shunday ta`sir chorasini qo`llovchi organ qonunga aniq, puxta amal qilishga majbur. Masalan, agar qonunga asosan birinchi marta bezorilik jinoyatini sodir etganlik uchun eng kam oylik ish haqining 50 barobaridan 100 barobarigacha jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 6 oygacha qamoq jazosi qo`llaniladigan bo`lsa, u holda yuqoridagi ta`sir choralari faqat shu chegaralarda qo`llanilishi lozim.

Uchinchidan, huquqni muhofaza qilish faoliyatiga xos belgilardan biri shundaki, u faqat qonunda belgilangan ma`lum tartibga amal qilgan holda amalga oshiriladi. Misol uchun jinoiy jazoni belgilaydigan yoki undan ozod qiladigan yoxud sudlanuvchini oqlaydigan sud hukmi faqat protsessual normalarda belgilangan tartibda sud muhokamasida ish holatlari to`la, har tomonlama xolisona muhokama qilgandan keyingina chiqariladi. Bunday muhokama maslahatxonada maslahatlashuv sir saqlangan va boshqa tartibqoidalarga rioya qilgan holda o`tkaziladi. Qonunda boshqa huquqbuzarliklarni hal qilishning o`z tartibqoidalari belgilangan. Mulkiy, meros, ishdan bo`shatilganlik to`¦risidagi va boshqa nizolarni ham hal qilishning o`ziga xos tegishli tartibqoidalari mavjud. Xulosa qilib aytganda u yoki bu huquqiy ta`sir chorasini qo`llash yoki qo`llamaslikka qaror qilish uchun qonunda majburiy ravishda amal qilish lozim bo`lgan aniq qoidalar o`rnatilgan. Ularni buzganlik qarorni noqonuniy hamda haqiqiy emas deb topish uchun asos bo`ladi.

Huquqni muhofaza qilish faoliyatining oxirgi belgisi shuki, faoliyatni amalga oshirish, avvalo, maxsus vakolatlarga ega bo`lgan davlat organlariga yuklatiladi va ular o`z navbatida tegishli ravishda tayyorlangan xodimlar – aksariyat holda yuristlar va boshqa sohalarni egallagan mutaxassislarga ega bo`ladilar. Ularning ixtiyoriga moddiy va texnik vositalar beriladi. Bunday davlat organlarini tashkil etish va ularning faoliyati alohida qonunda belgilanadi va shu bilan bir qatorda muhim masalalarni hal etishning prosessual tartibi ham mavjud. Bularning barchasi huquqni muhofaza qilish organlariga tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun huquqiy ta`sir choralarini qo`llashga qaror qilishida tezkorlik, asoslilik, qonuniylik va adolatni ta`minlash uchun zarur.

Yuqorida aytilganlarni e`tiborga olib huquqni muhofaza qilish deb hisoblanayotgan faoliyat tushunchasini aniqlash mumkin. Keltirilgan belgilar va ularga berilgan qisqacha sharhlardan ko`rinib turibdiki, huquqni muhofaza qilish faoliyatiga shunday davlat faoliyatini kiritish mumkinki, unda maxsus vakolatga ega bo`lgan davlat organlari qonunga hamda belgilangan tartibga qat`iy rioya qilgan holda huquqni muhofaza qilish maqsadida huquqiy ta`sir chorasini qo`llaydilar.


Download 37.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling