Baxtiyorova yulduzning


Download 44.44 Kb.
bet4/11
Sana26.01.2023
Hajmi44.44 Kb.
#1126525
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
YULDUZ BAKHRAMOVNA

20-yanvar, 2023-yil

Nikoh to‘yi bilan bog‘liq urf-odat va dasturlar( yor-yor , kelinsalom , lapar va h.k.)ni o‘rganish va tahlil qilish
Birinchi marta sovchilikka kim (lar) boradi? Jarayon qanday amalga oshiriladi?
Eshik ochar, non sindirish , fotiha to‘yi marosimlarida kimlar qatnashadi qanday tashkil qilinadi?
Nikoh to‘yida siynoq , kengash marosimlari qanday tashkil qilinadi?
Kelin kim tamonidan tushirib olinadi?
Sizning hududingizda kelinni tushirishda aytiladigan kelin salomlar?(bironta Yoshi katta onaxon yoki otaxonga ayttirib , videoga oling , iloji bo‘lsa)
Hududingizda kuyov suzilishi odati mavjudmi? Agar bor bo‘lsa bu qanday amalga oshiriladi?
Nikoh to‘yida kelinning yangasi va kuyovjo‘ralar o‘rtasida qanday udumlar mavjud?

Nikoh to‘yi bilan bog‘liq ma’lumotlarni 20-yanvar kuni soat 18-30larda Ilyasova Zulfiyra momodan yozib oldim. Ular Turkiston MFYda Qush yo‘li ko‘chasida yashaydi. Hozir 62 yoshdalar.

Amaliyotchi: Y.Baxtiyorova



YASHASH JOYIM(shahar,qishloq) nomi va kelib chiqish tarixi
Men Qoraqalpog‘iston Respublikasida besh qal’aning biri bo‘lgan Qo‘ng‘irot tumanida Turkuston mahallasi Ayron ko‘chasida yashayman. Menga yoshligimdan ota-onam tumanimiz haqida uning tarixi haqida ma’lumotlar aytib berishgan.Qo‘ng‘irot tumani ilk marotaba 1927-yilda tashkil etilgan ekan. 1963-yilda esa Xo‘jayli tumaniga qo‘shib yuborilib, 1964-yil qayta tuzilgan. U shimoliy sharqdan Mo‘ynoq tumani, sharqdan Amudaryo orqali Bo‘zatov, janubiy sharqdan Qanliko‘l, Shumanay tumanlari janubdan Turkmanistonning Toshhovuz viloyati, g‘arb va shimoldan Qozog‘iston Respublikasining Aterov va Oqto‘ba viloyatlari bilan chegaradosh. Qo‘ng‘irot qoraqalpoqlarning atoqli urug‘iga qo‘yilgan atama bo‘lib, shu urug‘ga tegishli odamlar yashaganligi uchun shunday atalgan ekan. Qo‘ng‘irot tumani eng katta qalalardan biri hisoblanadi. U hududi jihatidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlari ichida eng kattasi maydoni 76 ming kv.km. Ayaming aytib berishga ko‘ra tumaniz joylashgan hududda eski zamonda bir kishi o‘zining qo‘ng‘ir rangli otini yo‘qotib qo‘yadi va shundan bu yerlar qo‘ng‘ir ot yo‘qolgan joy deb atalib hozir esa QO‘NG‘IROT nomi bilan atalar ekan.Qo‘ng‘irot tumani 2500-2600 yillik tarixga ega ekan. Bizning tumanimiz haqida qoraqalpoq adabiyotining taniqli vakili Ibroyim Yusupov ajoyib she’r ham yozgan.
Qon’irat
Merwert suwli A’ltinko‘ldin’ hawasi, Harbir da’rtge d’arman eken Qon’irat. Qaraqalpaqda qalalardin’ ag‘asi , Ko‘rmegenge a’rman eken Qon’irat.
1959-jil.
Bizning ko‘chamiz Ayron deb atalishining ham o‘ziga yarasha tarixi bor. Eski davrlarda bizning ko‘chamizdan otliq odamlar va boshqa insonlar yo‘l yurib o‘tadigan bo‘lgan va chanqog‘ini bosish uchun ayron olib ichishar ekan. Shundan beri ayroni bor ko‘cha deb nomlanib Ayron bo‘lib keladi.

Download 44.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling