Baxtiyorova yulduzning
Download 44.44 Kb.
|
YULDUZ BAKHRAMOVNA
- Bu sahifa navigatsiya:
- SUNNAT TO‘YI BILAN BOG‘LIQ URF-ODAT VA MAROSIMLAR
- BOLALAR FOLKLORI
TUSHOV KESISH MAROSIMI
Bolaning tushovini kesish dasturida qilinadigan urf-odatlarini Saburova Oyjamol enadan eshitib,yozib oldim. Ular: Tushov kesish dasturi bola yura boshlagan vaqtda bo`ladi.Hozirlari beshik to`yi bilan bir vaqtda o`tkaziladi. Tushov kesganda chaqqon ,yaxshi ,havas qilgan odamga kestiradi. Tushov kesganda bolaning ikki oyag`ining o`rtasiga ko`zmunchoq bog`lab bola yurayotganida haligi odam kesadi. Tushov kesganda bolaning oyog`ining ostiga oq mato to`shaladi. Bola shu to`shalgan narsaning bir burchagida turadi. Tushovini kesib bo`lgandan keyin to`shalgan narsaning narigi chetida non,kitob,moshinaning kaliti,pul turadi va bola yurib borib shu narsalardan birini oladi.Agar u nonni olsa rizqi mo`l bo`ladi,kelajakda agar kitobni olsa olim yoki ustoz bo`ladi, mashinaning kalitini olsa moshina minadi,pulni olsa biznesmen bo`ladi deb irim qilinadi. Tushov kesgan odam bolaga boshdan oyoq kiyim-kechak olib beradi. Tushov kesgan odamga ham bolaning ota-onasi kiyim beradi .Sochqilar sochiladi. Agar bolaning tushovi kesilmasa bola yurganida qoqilib , surilib, yiqilaveradigan ,yurishga qiynalar ekan. Shuning uchun bolaning tushovi kesiladi-dedilar. SUNNAT TO‘YI BILAN BOG‘LIQ URF-ODAT VA MAROSIMLAR Sunnat qilish haqida ma`lumotlarni Yo‘ldosheva Nasibadan yozib oldim: O`g`il bola 5 yoshga chiqqanida musulmonchilikka ko`ra sunnat qilinadi va yurtga qo`y so`yilib to`y beriladi. Sunnatlangan bolaga tog`a yurti quroq ko`rpacha ,yostiq, ko`rpa tikib olib borishadi. Buning ma`nosi sunnatlangan bola quroqday quralib baxtli,davlatli, rizqi baland bo`lsin deb qilinadi. Sunnatlangan bola shu toza ko`rpa-to`shakda yotadi. To`yga kelgan har bir odam to`y bolaga pul beradi. Sunnat to`yida tog`a yurti ilgarilari ot olib kelishar edi,hozirlari esa velosiped olib kelishadi.Aslida sunnat qilishni yahudiylar boshlab bergan. Sunnat Yoshi 3,4,5 yoshdan boshlanib ,6,7,8 yoshgacha bo`ladi. BOLALAR FOLKLORI Bolalar folklori haqida ma`lumotni Ubbishova Shukurjon momodan yozib oldim: Bolalarning aytgan so`zlari she`r va qo`shiqlari o`zgachadir. Bular odamga boshqacha ta`sir qiladi. Bolalar qo`shiqlari o`yin bilan ,savol-javob bilan bog`lanib keladi. Bizning bolalar folkloriga < A’welemen duwelemen salg‘an iytin’ sani menen, Qa’ra qoydin’ qani menen, Awez molla qayda ketti, duzg‘a ketti, Qashan keler, jaz keler, jaz kelmese kuz keler, Pallenpish sen tur, Sen shiq. *********** Download 44.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling