Baxtiyorova yulduzning


CHAQALOQ TUG‘ILISHI BILAN BOG‘LIQ URF-ODATLAR


Download 44.44 Kb.
bet6/11
Sana26.01.2023
Hajmi44.44 Kb.
#1126525
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
YULDUZ BAKHRAMOVNA

CHAQALOQ TUG‘ILISHI BILAN BOG‘LIQ URF-ODATLAR
Bola tug‘ilgandan keyin issiq suvga solinib yuvuntiriladi.Bola 40 kun chillada saqlanadi .Ya’ni , 40kungacha uni asrab , kasal bo‘lmasligi uchun uni tashqariga , odamlarga ko‘rsatmasdan saqlash kerak ekan . Hozirgi vaqtta bolani raddomdan olib kelgan vaqtta , onasi uyga olib kirar vaqtida olov yoqilib , o‘sha olovdan o‘tib ichkariga kiriladi.Buning ma’nosi shaytonlar ketsin degan ma’noda qilinadi . Bolani tug‘ilgandan keyin 1 haftadan so‘ng tuzga solib cho‘miltiradi .Bu bola tug‘ilgan vaqtta xom go‘sht bo‘lib tug‘iladi va pishsin degan ma’noda 40 kun tuzga solib cho‘miltiriladi . Bolani ko‘pincha buvisi yoki katta yoshli buvilar cho‘miltiradi.Cho‘miltirib bo‘lib hamma joylarini , sochlarini moylaydi . Bolani moylashdan maqsad bolaning butun tanasi , oyoq qo‘llari yumshoq va yorilib ketmasligi uchun moylanadi . Bolani 40kun tuzga solib cho‘miltirib bo‘lgandan keyin chilladan chiqariladi .O‘g‘il bola bo‘lsa 35-40 kundan keyin , qiz bola bo‘lsa 40-45 kundan keyin chilladan chiqariladi . Buning ma’nosi o‘g‘il bolada qalin pul berganda oz bo‘lsin , qiz bolada ko‘p bo‘lsin degan ma’noda bo‘ladi. Chilladan chiqargan vaqtda qirq qoshiq suv quyib cho`miltiriladi. Suvga tanga oltin uzuk zirak moshinaning kaliti solib cho`miltiriladi. Buning monasi o`g`il bola bo`lsam moshina minsin,qiz bola bo`lsa oltinlarga ko`milib yursin degan ma’noda qilinadi. Bolani chilladan chiqarmaguncha sochi olinmaydi . Chilladan chiqarilgandan keyin sochi olinadi .Sochini Yoshi ulug` otaxon yoki onaxonlar oladi . Bolani ko`rishga kelgan odamlor bolaga kiyim ,pul olib kelishadi.Bu narsalar bolaning ko`rmanasi hisoblanadi. Bola tug`ilgan vaqtda uning ismini ham o`ziga moslab qo`yish kerak ya`ni bolaning ismi uning kelajakda qanday bo`lishiga ham ta`siri bor. Bolaning ismini bizda ko`pincha yoshi ulug` otaxon va onalar qo`yadi yoki qattiq hurmat qilgan, havasi kelgan odamga qo`ydiriladi.U odamlar ham yaxshi manoga ega bo`lgan , aytilishi oson bo`lgan ismlarni qo`ygani maqul hisoblanadi .Ilgari zamonlarda bola tug`ilgan vaqitta bolaning ismi azon aytib qo`yilgan. Bolaning ismini azon aytib qo`ydirish Islom dinida farz hisoblanadi. Hozirgi zamonda ham agar bola yig`loqi bo`lsa ismi azon aytib qo`ydirilmagani uchun shunday yig`loqi bo`lgan deb aytilar ekan.
Beshik to`yida qiziqarli dasturlar bo`lishini bilib oldim.


Download 44.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling